shakllantirishning negizi va asosiy manbai.
Tarbiya tamoyillari
–
bu tarbiyaviy
ishning yo’nalishiga, mazmuniga,
metodlari va tashkil etilishiga, tarbiya jarayonining ishtirokchilari
orasidagi munosabatlarga qo’yiladigan asosiy talablar ifodalanadigan
dastlabki qoidalardir.
Tarbiya turlarining umumiy tavsifi.
Tarbiya turlari turli sohalarga ko’ra tasnif
etiladi.
Ko’proq umumlashgan tasnif o’zida aqliy, mehnat, jismoniy tarbiyani
qamrab oladi. Ta’lim muassasalaridagi
tarbiyaviy
ishlarning turli yo’nalishlari
bilan bog’liqlikda
fuqarolik, siyosiy, baynalmilal, axloqiy, estetik,
mehnat, jismoniy, huquqiy
, ekologik, iqtisodiy tarbiyaga bo’linadi.
Institutsional
belgilariga bo’yicha oila, ta’lim
muassasasi
, ta’lim
muassasasidan tashqari, diniy, bolalar, yoshlar tashkilotlaridagi tarbiya,
maxsus ta’lim muassasalaridagi tarbiyaga bo’linadi.
Tarbiya-muayyan, aniq maqsadga va har tomonlama ijtimoiy-tarixiy tajriba
asosida yosh avlodni tarbiyalash uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib
toptirish jarayoni. Shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma`naviy sifatlarni
shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogic jarayon, insonning jamiyatda yashashi
uchun zarur bo`lgan hissiyotlarga ega bo`lishini ta`minlash yo`lida ko`riladigan
choratadbirlar yig`indisi.
Dostları ilə paylaş: |