O’. A. Farmanov


Yuklama va dam olish jarayoninig o’zaro bog’langan tarkibiy



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

 
2.4.Yuklama va dam olish jarayoninig o’zaro bog’langan tarkibiy 
qismlari sifatida 
Mashq og’irligi deganimizda mashqni bajarish jarayonida 
organizmning funksional faolligi darajasi tinch holatga nisbatan 
qo’shimcha bo’lgan og’irlik hamda bu holatda kechiriladigan 


24 
qiyinchiliklarning darajasi ko’zda tutiladi.Og’irlikning tashqi va ichki 
tomonlarini ajratish muhimdir. Uning tashqi tomoni jismoniy 
harakatning hajmi va tezkorligi parametrlari bilan belgilanadi, ichki 
tomoni esa mashqlar natijasida organizmda ro’y beradigan siljishlar 
natijasi katta-kichikligi bilan belgilanadi. Organizmning boshlang’ich 
holati nisbatan bir xil bo’lganida og’irlikning tashqi va ichki 
tomonlarida muayyan muvofiqligi mavjuddir. Tashqi parametrlar 
bo’yicha bir xil parametrlar funksional siljishlarning bir xildagi amaliy 
katta-kichikligiga to’g’ri keladi: tashqi parametrlar bo’yicha og’irlik 
qancha ko’p bo’lsa, organizmdagi siljishlar ham shunchalik ko’payadi 
va aksincha, og’irlik qancha kam bo’lsa, siljishlar ham kamayib boradi. 
Og’irlikning intensivligi - bu musukullar harakati tomonidan 
organizmlarga qo’yiladigan talablar darajasidir. U yoki bu lahzada 
bajarilayotgan ishning keskinligi va vaqt doirasida mujassamlashishi 
bilan ham belgilanadi. Xususan, og’irlik intensivligi ish kuchi, tiklanish 
harakatining tezligi va harakat tezkorligi bilan belgilanadi. 
Alohida mashqni bajarish jarayonida og’irlikning hajmi va 
intensivligi teskari proporstional holatda bo’ladi, ya’ni mashqdagi 
og’irlik qanchalik ko’p bo’lsa, uning intensivligi shunchalik kam 
bo’ladi. Va aksincha, intensivlik qancha yuqori bo’lsa, hajm parmetrlari 
shunchalik kam ko’rsatkichlarga ega bo’lishi mumkin. Hordiqlar 
orasidagi intervallarning ushbu xillari har bir alohida mashg’ulot 
davomida tiklanishning sharti sifatida ishlatiladi. Tiklanish va 
adaptatsiya jarayonlarining umumiy yo’nalashaga ta’sir qiladigan 
mashg’ulotlarorasidagi hordiq oraliqlarini ham hisobga olish lozimdir. 
Ushbu borada oddiy va superkompensator bo’lib hisoblanadigan 
intervallarni alohida ta’kidlash kerak. Bu intervallar mashg’ulotlarning 
foydali tomonlarini jamlashga yordam berar ekan organizmning 
funksional imkoniyatlariga yuqori talablar qo’yilish imkonini beradi va 
katta mashg’ulotlarning umumiy ta’sirchanligini oshirishga imkon 
yaratadi. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə