O’. A. Farmanov



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

 
4.2.5
 
Zonali himoyaga o’rgatish va unda takomillanish 
 
Asosiy vazifalari: 
1.
Biriktirilgan zonada joyni (pozitsiyani) to’g’ri tanlash, vaziyatga 
qarab uni tez o’zgartira bilishni egallash; 
2.
Har xil joylashishlarni o’rganish va ularni, hujumdagi 
jamoaning holatiga qarab ustalik bilan ishlata bilishni egallash; 
3.
Zonali himoya variantlarini egallash va maydonda jamoa tartibi 
o’zgarishiga hamda raqib harakatiga muvofiq ularni qo’llay bilish. 


57 
Eng avval zichlashtirilgan himoya; 2-1-2, 2-3, 1-3-1 o’rganiladi. 
Shaxsiy harakatlarda, shchit tomonga tez qaytish va biriktirilgan joyni 
(pozitsiyani) egallashga; zonasida to’pli o’yinchiga o’z vaqtida chiqish 
hamda to’p uzatganidan keyin orqaga qaytishga; Xujumchilar son 
jihatdan ortiq bo’lgan sharoitda harakat qila bilishga; savatga to’p 
tushmaganda hujumchini shchitdan, “operativ qochishga” va tez yorib 
o’tish uchun tayyorligiga asosiy urg’u beriladi. Guruhli harakatlarda, 
shchit tagidagi eng xavfli zonalarni straxovka qilishga; to’pli o’yinchiga 
guruh bo’lib hujum qilishga; va shchitdan qaytgan to’p uchun 
kurashishni tashkil qilishga asosiy e’tibor beriladi. Tarqoq himoyani 
o’rganishda, hujum qilayotgan raqibning ikkinchi eshelonida to’p bilan 
oldinga 
harakatlanayotgandagi 
qarshi 
chiqqan 
birinchi 
chiziq 
o’yinchilariga harakatlariga ko’proq e’tibor beriladi. Ular oldiga – 
hujumni tashkil qilayotgan o’yinchilarga qarshi faol harakat qilish, 
hujumni oldingi va orqa liniyalari o’rtasida uzilishni amalga oshirish, 
oldinga to’pni aniq uzatilishiga yo’l qo’ymaslik vazifasi qo’yiladi. 
Bular bilan bir vaqtda himoyachilarni ikkinchi chizig’i shchit tagiga 
qaytish o’rganiladi. 
Zonali pressingga o’rgatish ayniqsa qiyin hisoblanadi. U ham 
shaxsiy pressing singari takomillashtirilgan boqichida o’rganiladi. 
Bunda hamma bosh o’yinchining harakatlarini bir-biriga mos 
kelishligini egallab olish asosiy vazifadir. 
Bu - bir zumda o’yinchilarni pozitsiya (joylashish)lari bo’yicha 
turishlari va ularni shchit tomon kaytish vaqtida o’zgartira bilish. Ayrim 
chiziqlar o’rtasida uzilish bo’lmasligiga e’tibor beriladi. Bu maqsadda, 
avval himoyachilar aniq bir zonalarda harakat qiladigan mashqlar 
bajariladi, keyin esa vaziyatni o’zgartirishga muvofiq harakat qiladilar. 
Guruhli harakatlarda shchit tomon chekinayotganda xavfli zonalarni 
straxovka qilish, to’pni hujumchini zonadan zonaga “uzatishda” 
ikkinchi himoyachi qabul qilinib olishi va to’pli o’yinchiga ikki 
himoyachini hujum qilish mashqlari ko’p o’rin oladi. 
Shaxsiy harakatlar uchun - to’p qaerdaligiga muvofiq qo’llash 
pozitsiyasini egallash va tez mo’ljal qila bilish asosiy mashqlardir. 
Zonali pressingni o’rganishda jamoa harakatlari qo’llaniladigan 
territoriya (hudud, joy, maydon) asta-sekin kattalasha boradi. Boshida 
bu harakatlar o’yin to’xtatilgandan keyin, so’ngra to’p savatga 
tushgandan keyin hamda raqib to’pni orqa zonada o’yinchiga 
uzatgandan keyin bajariladi. 
Taktik tayyorgarlikning asosiy xususiyatlari kuyidagilardan iborat: 


58 
-universallashtirish degani juda baland bo’ylilar uchun qabul qilsa 
bo’ladigan tushuncha desa bo’ladi, jumladan, markaziy o’yinchilar 
uchun; 
-odatdagi shchit oldidagi pozitsiyadan chekinish (qaytish), taktik 
kombinastiyalarni faqat yakunlash qismida emas, balki tayyorlash 
qismida faol ishtirok etish; “ixtisoslashtirish” himoyachilarga xosdir; 
-ular orasida hozirgi paytda hujumkor himoyachilar o’yinni 
qovushtiruvchi himoyachilarga ajratadilar; 
-sportchilarni aqliy, zexniy qobiliyatlarini xar taraflama tarbiyalash, 
zarur. Jiddiy voqealarni mustaqil fikrlay bilishlikka ma’lumot etarli 
bo’lmaganda hamda vaqt etishmayotgan sharoitda jamoa bo’lib 
improvizastiya qilishlik qobiliyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan 
tayyorgarlik; 
-ikki-uch yo’li bor kombinastiyalarga asoslangan taktik harakatlarni 
qo’llash; 
-himoyachilarni qarshilik ko’rsatish darajasini yuqoriligi bilan faol 
himoyalanish formalarini qo’llashni ko’p va tez uchrashi; 
-mashg’ulot jaryonida, vaqtni va texnik-taktik harakatlarni bajarish 
joyini chegaralash, himoyachilar qarshiligini kuchaytirish ba’zi hollarda 
ularni sonini ko’paytirish hisobiga musobaqa sharoitiga yaqin muhitni 
yaratish; 
-shaxsiy jihatdan ham, umumhimoya jihatdan ham raqib o’yin 
harakatlarini modellashtirish metodidan tizimli ravishda foydalanadi; 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə