74
sharoitida shiddat bilan harakatlanishi; maydonchada va o’z qolqoni
yonida har qanday baland bo’yli raqibini ta’qiblashi; o’rta
va uzoq
masofalardan halqaga to’pni aniq ota olishi kerak.
Uning
ruhiy
sensomotor
regulyastiyasi
darajasi
quyidagi
ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi: oddiy reaksiya tezligi - 163,9 m/s;
atitsipatsiya (oldindan bilish) reaksiyasi tezligi - 49,2 m/s; tanlash
reaksiyasi tezligi - 13,08 m/s.
Markaziy uyinchi basketbolba o’ziga xos,ahamiyatli uyinchi
hisoblanadi. Mahoratli uyinchi hisoblanadi. Mahoratli markaziy uyinchi
yarim jamoa demakdir. U-irodaviy, tezkor, peshqadam hujumchidir.
Markaziy o’yinchining siljishi va harakatlari ko’p jihatdan o’yin
taktikasini belgilab beradi. Ayniqsa, qalqon
ostidagi jangda uning roli
o’ta muhimdir.
Vaziyatni oldindan ko’rabilish, tajovuzkorlik, mehnatsevarlik, o’z
kuchiga ishonch, tezkorlik kabi omillar modelini yaratishda qo’llaniladi.
Markaziy o’yinchining harakatlari doirasini kengaytirishga intilish
mavjud. O’rtacha masofadan to’p otish,
kombinatsiyalarda faol
qatnashish; tezkor yorib o’tishni tashkil etish-turli texnik vositalar,
operativ tafakkur, o’zaro hamkorlikda harakatlanish qobiliyatini, ya’ni
hujumchi uchun xos bo’lgan hislatlarni talab etadi.
Basketboldagi hujumchi model buyicha baland bo’yli, to’p otishga
shaylangan o’yinchidir. Intellektual hislatlar katta ahamiyatga ega.
Hujumchiga doimo, deyarli tanaffussiz, shaxsiy yoki guruhli taktik
harakatlarga tegishli bo’lgan operativ vazifalarni hal etishga to’g’ri
keladi. To’p otish, dribling (to’pni boshqarish), to’p uzatish harakatlari
ultra yuqori maromda bajariladi va yuksak
rivojlangan intellektual
qobiliyatlarni talab etadi.
Himoyachi modelida birinchi navbatda, texnika vositalari bilan
jihozlanganlik, asab jarayonlarini harakatchanligi kabi omillar hisobga
olinadi. Texnika vositalari qancha turli-tuman bo’lsa, jamoaning hujum
va himoyadagi taktik harakatlari doirasi shuncha keng bo’ladi. Ko’pgina
ilg’or jamoalarda himoyachilar hujum
peshqadamlar sifatida ham
namoyon bo’lishida va hatto, hujumchilardan natijalar bo’yicha o’zib
ketishadi. Himoyachining bosh vazifasi - tashkiliy masalalarni hal
etishdir. Hamma narsani ko’rish,bajara olish, tezkor va rastionaltarzda,
o’zaro hamkorlikda harakatlanish-modelning
ahamiyatli mintaqalarini
tashkil etuvchi oillardir. Himoyachilar bo’yi ham o’ziga xos ahamiyatga
ega. Har bir murabbiy tafakkur va texnikaviy xislatlar jihatidan faol,
baland bo’yli orqa chiziq o’yinchilari bo’lishini istaydi.