O’. A. Farmanov



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

6.5.
 
Ruhiy regulyatsiya boshqarish darajasi va psixologik 
xususiyatlarni o’rganish uslubiyati 
 
Ma’lumki, 
saralashni 
muvaffaqiyatli 
bulishi 
dastlabki 
(boshlang’ich) ko’rsatkichlarni to’g’ri tanlanishiga bog’liq bo’ladi. Shu 
ma’noda, psixofiziologik xislatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Chugnki 
ular o’yinchi faoliyatida namoyon bo’ladi (o’yinchini sport mahorati 
qancha yuqori bo’lsa, psixo-fiziologik xislatlar shuncha yorqin aks 
etadi). Inson hayoti davomida uning asab tizimini tug’ma xususiyatlari 
asosida shakllanadi; ular sport takomillashuvi jarayonida yo’naltirilgan 
o’zgarishlarga minimal darajada uchraydi. 
Psixofiziologik funkstiyalar prognostik ahamiyatga ega: muayyan 
xislat yosh o’tgan sayin deyarli o’zgarmasa, demak, o’smirda shu 
xislatni yuqori darajada rivojlanganligini aniqlab, uni yillar o’tgan sari, 
saqlanib qolishini kafolatlash mumkin bo’ladi. 
Psixofiziologik xislatlar umumiy qobiliyatlarning funksional 
asosini tashkil etadi. Umumiy qobiliyatlar o’yinchining alohida 
xislatlari bilan (emostional turg’unlik, tezda hujumdan himoyaga o’tish 
qobiliyativa h.k.) kam bog’langan. 
“Psixofiziologik 
xususiyatlar” 
tushunchasi 
ostida 
kuch, 
harakatchanlik, 
dinamiklik, 
nerv 
jarayonlarining 
mutanosibligi 
tushuniladi. Bu xislatlarning har biri ham qo’zg’alish, ham tormozlanish 
jarayoniga taalluqlidir. Masalan, qo’zg’alish jarayoni kuchi va 
tormozlanish jarayoni kuchi. 
Maydonda o’yinchilarni o’z vaqtida ko’rish va yuzaga kelgan o’yin 
vaziyatini tezda baholash qobiliyati - basketbolchining muhim 
xislatlaridan biridir. U periferik ko’rishning funksional holatiga ko’p 
jihatdan bog’liq. Basketbol ko’z to’r pardsining periferik hujayralari 
qo’zg’aluvchanligini oshirib, qo’rish maydonini kengaytiradi. 
Maydonchada aniq harakatlana olmaslik, to’p otish va uzatishlarni 
noaniq bajarish ko’p hollarda ko’rish va vestibulyar analizatorlar 
funksiyasini buzilishi bilan bog’liq bo’ladi. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə