|
![](/i/favi32.png) O’. A. Farmanov13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA576634816.2.
Oliy toifa o’yinchisi modeli
Asosiy raqib bilan o’kaziladigan match uchun o’yin modeli va
jamoaning asosiy model xususiyatlari quyidagicha shakllanadi: bo’lajak
yillik stiklda bosh raqibning bellashuv harakatlarini sifat va miqdoriy
ko’rsatkichlari prognozlashtiriladi. Shu tariqa hisoblab chiqilgan
vajamoaning besh raqib ustidan ustunligini ta’minlashi mumkin bo’lgan
model ko’rsatkichlariga tuzatishlar kiritiladi.
Jamoa tarkibi, jamoa o’yinining model ko’rsatkichlari va
bajaradigan vazifasiga ko’ra o’yinchilarni shaxsiy-guruhli modellari
jamoani tayyorlash jarayonini boshqarishning asosiy vositalaridan biri
hisoblanadi. Sportchi va jamoani prognostik modelini ishlab chiqish
basketbolda eng samarali yo’nalishlarni oldindan aniq ko’ra bilish va
ijobiy natijaga erishish usullarini belgilash imkonini beradi.
6.3.
Jamoa o’yini modeli
Jamoaning hujumkorlik va himoyalanish imkoniyatlarini sezilarli
ravishda ortib borishini; o’yin o’tkazish shakli va usullari, ularning
turg’unligi, mutanosibligini hisobga olgan holda o’yin taktikasi
takomillashib boradi. Asosiy e’tibor - to’pni aniq otish qobiliyatini
yanada rivojlantirish; hujum va himoyada o’yinharakatlari tezkorligini
oshirish; “erta hujum”ni amalga oshirish - oldindan o’rgatilgan
hamoaviy sxemalarni qo’llamagan holda basketbol halqasiga to’satdan
tezkor hamla qilish; qisqartirilgan va jadallashtirilgan o’yin tartibida
faol harakatlanishga o’yinchilarni tayyorlash; bosh raqibga qarshi o’yin
olib borishning aniq rejasini turg’un amalga oshirilishiga qaratilishi
lozim. So’ngra, butun jamoa uchun miqdoriy o’yin modeli
ko’rsakichlari va bajaradigan funksiyasi bo’yicha o’yinchilarning
shaxsiy-guruhli modellari (markaziy o’yinchi, hujumchi, himoyachi)
ishlab chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|