116
Mezostikllarni OMS tuzilishini hisobga olgan holda bunyod etish
sportchi qizlarning yuqoriroq umumiy ish qobiliyatini ta’minlash, ish
qobiliyatining yuqori darajasi va ma’qul psixik holatda ular
organizmining optimal holatida asosiy o’quv-mashg’ulot ishlarini
bajarish uchun zamin yaratishga imkon beradi. Mashg’ulotlarni ushbu
alpozda tashkillashtirish bo’yicha ko’makchi
va asosiy mezostikllar,
aksariyat nazorat-tayyorlov mezostikllar, ya’ni rejalashtirilayotgan sport
natijalariga erishish, tayyorgarlikning turli jabhalarini har tomonlama
shay holatga kelitirish uchun zarur bo’lgan texnik va taktik hamda
funksional shart-sharoitlarni yaratish bilan bog’liq bo’lgan mezostikllar
uchun shart bo’lmog’i darkor.
Musobaqalardan
oldingi
va
ayniqsa,
musobaqalarga
oid
mezostikllarga kelganda esa, ularning
tuzilishi va yuklovlar
dinamikasiga bo’lajak musobaqalarni o’tkazish muddati va ularning
OMS fazasiga nechog’lik muvofiqligiga qarab jiddiy o’zgarishlar
kiritilishi mumkin. Tajriba shuni ko’rsatadiki, musobaqalardan oldingi
va musobaqalarga oid mezostikllarni bunyod etishda mazkur omillarni
hisobga olgan holda musobaqalar muddati yuklovlarni ko’chirish nuqtai
nazaridan olib qaraganda eng noqulay OMS fazalariga to’g’ri kelgan
taqdirda ham sportchi chiqishlarining natijalari anchagina yuqori bo’lib
chiqadi. Bayon etilgan fikrdan shu g’oya o’z
isbotini topadiki,
ko’rsatilgan mezostikllarda hajmi va intensivligi yuqori bo’lgan
mashg’ulotlar yuklovini rejalashtirish, nazorat musobaqalarni o’tkazish
maqsadga muvofiqdir va bu musobaqalarda oldinga bo’ladigan asosiy
o’yinlarni sportchi qizlar funksional holati nisbatan noqulay bo’lgan
OMS fazalarida ham o’tkazish maqsadga muvofiqdir.
Guruhlarni rastional tarzda tuzish masalasiga mashg’ulotlar
jarayoniga tegishli muhim tashkiliy muammolardan biri sifatida
qaraladi. Xususan, ko’pgina murabbiylar turli yoshdagi va tayyorgarlik
darajasi turlicha bo’lgan o’yinchilardan tashkil topgan guruhlar bilan ish
olib boradilar. Ishni bu tarzda tashkillashtirish
malakali sportchilarga
ham iqtidorli o’smir va qizlarga ham hech kanday foyda keltirmaydi.
Kamroq tajribaga ega bo’lganlar yuqori malakali sportchi qizlar bilan
yonma-yon ishlar ekan, odatda eng yuqori natijalarga tayyorgarlik
bosqichiga xos bo’lgan shunday uslub va vositalarni qo’llaydilarki,
bular
kuchli
rag’batlantiruvchi
omil
bo’lib
xizmat
qiladi.
Mashg’ulotlarda doimiy raqobatning yo’qligi bois yuqori malakali
sporchi qizlarda mashg’ulotlardan sovib
ketish hollari kuzatiladi,
117
natijada ular o’z funksional imkoniyatlarini kerakli darajada safarbar eta
olmaydilar.
Hozirgi davrda murabbiylar tarkibida nisbatan tor ixtisoslashuvga
moyillik tendenstiyasi kuzatilmoqda: ba’zi murabbiylar ta’lim va tanlov
bilan shug’ullansalar, boshqalari kamolotga erishishning birlamchi
bosqichida mashg’ulotlar o’tkazish, yana boshqalari esa malakali
sportchilar bilan ish olib boradilar. Buni faqat shu holatdagina to’g’ri
deb aytish mumkin, bashartiki bolalar bilan ishlaydigan murabbiylar o’z
faoliyatlariga ko’p yillik tayyorgarlik vazifa va talablari nuktai
nazaridan yondoshsalar hamda yosh sportchilar bilan ish olib borganida
uzviy masalalarni tezda hal qilish ilinjida
yuqori natijalarga erishish
borasida sportchi qizlar bilan ko’p yillik ish olib borish bilan bog’liq
bo’lgan asosiy vazifaga ikkinchi darajali masala deb qaramasalar.
Sportchi qizlar mashg’ulotlariga yuqori darajadagi jo’shqinlik ato etish
mashg’ulot jarayonini rag’batlantiruvchi zabardast omil bo’lib xizmat
qiladi. Ushbu yo’nalishda olib boriladigan ish uslublari va shakllari
turlicha bo’lishi mumkin: mashg’ulot topshiriqlarini bajarishda
musobaqaviy uslubni qo’llash, mashg’ulot dasturlarining nihoyatda
xilma-xilligi va ularni muntazam yangilab turish.
Dostları ilə paylaş: