X-BOB. BASKETBOLCHILARNI MA’NAVIY - IRODAVIY VA
PSIXOLOGIK TAYYОRGARLIGI
Sportchida irodaviy xislatlarni tarbiyalashda usullar va vositalar
katta ahamiyatga ega. Asosiy tarbiyaviy usul – tushuntirish, ishontirish
usulidir.
Ishontirish (uqtirish) – suhbat, izohlash, nasihat berish tarzida
amalga oshiriladi. Uqtirish qoida yoki belgilangan tartibni buzgan
sportchini ko’ndirish yoki yalinib rozi qilish darajasiga borib etmasligi
kerak. Bu erda qat’iy talab o’rinli bo’ladi. Nafaqat so’z bilan, balki
yaqqol namuna yordamida ham ishontirish mumkin.
Irodaviy xislatlarni tarbiyalashda o’rnak muhim ahamiyat kasb
etadi. Murabbiyning shaxsiy ibrati sportchini tarbiyalashdagi muhim
usul hisoblanadi. Murabbiy o’z o’quvchilari bilan muloqotning
dastlabki
va
oxirgi
daqiqalarigacha
ularga
ta’sir
o’tkazadi.
Murabbiyning fikrlari, harakatlari, butun faoliyati va hayoti sportchilar
ongida o’chmas taassurot qoldiradi. Tarbiyaviy jarayonda ko’proq
ijobiy ibrat namunalarini qo’llash lozim, biroq nojoiz hulq-atvor
holatlarini ham e’tiborsiz qoldirish kerak emas. Shu bois, murabbiy
darhol o’quvchilar bilan mazkur holatni tahlil qilishi lozim. Yetuk
sportchilar ahloq borasida yosh sportchilar uchun ibrat bo’lishi kerak,
chunki yoshlar o’zi yoqtirgan sportchilarga taqlid qilishga o’rganishadi.
Sportchini tayyorlashda mashq qilish jarayoni va musobaqa
vaziyatlarini sportchi tomonidan mustaqil tarzda hal etilishi asosiy
o’rinlardan birini egallashi lozim. O’quvchilaridan aynan o’zining
ko’rsatmalariga rioya qilishni talab etuvchi murabbiylar xato qilishadi,
chunki bu hol jamoa o’yinchilarini mustaqil tarzda harakatlanishga,o’z
kuchiga ishonishiga halaqit beradi va past natijalarga olib keladi.
Sportchi jang maydonida mustaqil tarzda va ishonch bilan qaror
qabul qila olishi kerak. Mustaqil harakatlana olish bosqichi mashq qilish
mashg’ulotlarida, uyda bajariladigan qo’shimcha mashqlar yordamida
shakllanadi. Tarbiyaviy jarayonda majburlash usuli ham qo’llaniladi.
Sportchiga turli choralar yordamida ta’sir etish mumkin. (murabbiy
tanbehidan boshlab mashg’ulotlardan chetlashtirishgacha). Terma jamoa
tarkibidan chiqarish vamusobaqada ishtirok etishdan chetlanish-sportchi
uchun jiddiy jazo hisoblanadi. Albatta, bunday choralar sportchi jiddiy
xatolarga yo’l qo’ygandagina qo’llanishi lozim. Rag’batlantirish ham
tarbiyaviy usul hisoblanadi. Agar o’quvchi maqtovga loyiq bo’lsa, uni
rag’batlantirish, maqtash kerak. Bu ayniqsa, yosh sportchilar uchun
121
muhimdir; biroq me’yordan ortiq maqtovlarga yo’l quymaslik kerak,
chunki bu hol sportchi tomonidan man-manlikka olib kelishi mumkin.
Har bir tarbiyaviy usul takror tarzda qo’llaniladi. Faqat takroriy
ta’sirot ko’nikma, odatni shakllanishiga; ahloqiy-irodaviy xislatlarni
tarbiyalashga yordam beradi.
Barkamol navqiron insonni tarbiyalash, uning dunyokarashini
shakllantirish -sport o’yinlaridagi, xususan, basketboldagi o’quv-mashq
qilish jarayonining asosiy maqsadi hisoblanadi. U ma’naviy-irodaviy va
psixologik tayyorgarlik jarayonida amalga oshiriladi va quyidagi
vazifalardan iborat bo’ladi:
1.
Shaxsni shakllantirish.
2.
Kuchli iroda va intiluvchanlikka asoslangan sporchi xarakterini
tarbiyalash.
3.
Texnik-taktikaviy faoliyat negizini tashkil etuvchi va uning
bellashuv jarayonidagi samaradorligini ta’minlovchi maxsus texnik
xislatlarni rivojlantirish.
4.
His-tuyg’ularni nazorat qilish va hulq-atvor harakatlarini
mustaqil ravishda boshqarish qobiliyatlarini tarbiyalash.
Psixologik (ruhiy) tayyorgarlik o’ziga xos xususiyatlarga egadir.
Eng avvalo, bu uzluksizlik va turg’unlikdir. Sportchi bilan murabbiy
o’rtasidagi har bir muloqot - tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Yana bir
xususiyati, ruhiy tayyorgarlik deyarli maxsus vositalarga ega emas va
bevosita jismoniy mashqlar jarayonida amalga oshiriladi. Bu esa
maxsus bilim va qobiliyatlarni talab etadi. Har bir murabbiy ularni
mukammal darajada bilishi lozim.
Irodaviy tayyorgarlik sportda g’alabaga erishishning muhim va
asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. G’oyaviy va ahloqiy kuchlar
sportchini g’alaba sari intiluvchanligini ta’minlaydi, ularni sabotli
bo’lishiga yordam beradi.
Irodani tarbiyalashda har bir sportchini individual xususiyatlarini
hisobga olish kerak.
Iroda kuchi bir qator irodaviy xislatlar: intizomlik, sabot va
qat’iylik; jasorat va jur’at, matonat va dadillik bilan tavsiflanadi.
Intizomlilikni tarbiyalash mashg’ulotning dastlabki daqiqasidan
boshlanishi kerak. Murabbiyni aniq jamoasi; mashg’ulotlarni uz vaqtida
boshlanishi, qatnovlar jarayonida muntazam belgilash-guruh intizomi
asoslaridir. Bunda gigienik targ’ibot chora-tadbirlari, jumladan
chekmaslik va alkogol ichimliklarini iste’mol qilmaslik ham ijobiy
natijalarga olib keladi.
122
Sabot va qat’iylikni tarbiyalash sportchini tayyorlashdagi muhim
vazifalardan biri hisoblanadi. Yosh sportchilar sport seksiyasiga turli
kiziqishlar ishtiyoqida kelishadi: tez yugurishni; yana biri jismonan
barkamol bo’lishni istaydi. Murabbiy yosh sportchini maqsadini bilishi
kerak. Sabot va qat’iylikni tarbiyalashda nafaqat maqsad sari intilish,
balki unga erishishga ishonish ham lozim.
Qat’iylik va mehnatsevarlikni tarbiyalash uchun jismoniy
mashqlarni o’tkazishning bellashuv usulini keng ko’lamda qo’llash
lozim;
Sabot, qat’iylik va mehnatsevarlikni tarbiyalash, qiyinchiliklarni
engish uchun sportchi mustahkam irodaga ega bo’lishi, mushkul
sharoitlarda o’tkaziladigan musobaqalarda muvaffaqiyatga erishish
uchun qiyin sharoitlarda mashq qilishi kerak.
Bundan tashqari, ichki qiyinchiliklar ham mavjuddir. Kuchli
mushaklar va baquvvat tanaga ega bo’lishni o’zi kifoya qilmaydi.
Yuzaga kelayotgan toliqishga qaramay, mashqlarni davom ettirish
uchun metin iroda bo’lishi kerak. Bu esa o’z kuchiga ishonch hissini
rivojlantirishga yordam beradi.
O’z kuchiga oshonch sportchiga musobaqada yuksak natijalarga
erishishga, raqib ustidan g’alaba qozonishga yordam beradi. Bunga
erishish uchun shunday metin irodani tarbiyalash zarurki, toki hech bir
kuchli raqib ham, o’yingohdagi yuz minglab tomoshabinlar ham,
qo’rquv hissi yoki yomon ob-havo sharoiti yohud boshqa sabablar ham
uni enga olishmasin.
Qo’rquv hissi va qat’iyatsizlik sportchi erishadigan natijalarga
salbiy ta’sir etadi. Shu bois sportchilarni bo’lajak musobaqaga ma’naviy
jihatdan tayyorlash yuqorida ko’rsatilgan xislatlarni oldini oluvchi
muhim vosita hisoblanadi. Sportchi o’z raqibi haqidagi ma’lumotlarga
ega bo’lishi hamda uni ismi-sharifi, fotosuratlar, kinogrammalar
bo’yicha tanishi kerak. Qat’iyat, o’z kuchiga ishonch hissini tarbiyalash
uchun sportchi musobaqa sharoitida yaqinlashtirilgan sharoitda mashq
qilishi lozim.
Mashq
qilish
mashg’ulotlarida
musobaqadagidan
yanada
mushkulroq bo’lgan sharoitni yaratishdan qo’rqmaslik kerak. Misol
tariqasida, basketbol bo’yicha sobiq ittifoq terma jamoasini keltirish
mumkin. Bu haqda terma jamoa murabbiysi A.Ya.Gomelskiy shunday
deydi: “Aynan basketbol mashqlarini bajarishda biz doimo irodaviy
tayyorgarlik muammosini hal etamiz. Bizning uslubiyatimiz mohiyati
shundaki,
mashg’ulot
yuklamalari
musobaqa
yuklamalaridan
123
mushkullik jihatidan ustun turadi, ish hajmi kamaymagan holda uning
jadalligi
oshirib
boriladi.
Mazkur
uslubiyat
sportchilarda
qiyinchiliklarni engish qobiliyatini tarbiyalaydi.
Tayyorlov mashqlarida kutilmagan qiyinchiliklarni yuzaga keltirish
usuli o’yinchilarda qo’shimcha irodaviy hislatlarni ruyobga chiqarishga
yordam beradi. Masalan, o’yinchiga o’yingoh yo’lakchasi bo’ylab,
juftliklarda o’zaro to’p uzatgan holda 1500m.ga yugurish vazifasi
beriladi. Distansiyani tugatgach, o’yinchilar hordiq chiqarish uchun
odatdagi tanaffusga shaylanadilar.
Lekin shu damda, murabbiy yana bir bor aylana bo’ylab yugurishga
jamoa beradi. Yoki masalan, sport zalida o’yinchilar 5-6 daqiqa ichida
tez yorib o’tish mashqlarini yuqori jadallikda bajarishar ekan,
navbatdagi tanaffusni kutishadi. Biroq hordiq chiqarish o’rniga, ularga
yangi topshiriq beriladi-shartli raqib qarshiligida to’p bilan qalqon
ostiga o’tish.
Albatta, bunday mashqlar sportchi imkoniyatlariga muvofiq tarzda
tanlanishi kerak; aks holda qo’shimcha kutilmagan qiyinchiliklar salbiy
natijalarga olib keladi.
Shuningdek, raqib halqasiga birinchi bo’lib to’p otgan jamoa
g’alaba qozonadigan tayyorgarligi o’yinlarini ham o’tkazishi mumkin.
Quyidagi mashq ijobiy samara beradi: jamoa 3-4 ta o’yinchidan iborat
bo’lgan 3ta guruhga bo’linadi. Ular o’rtasida davomiyligi 5-10 m
o’rtoqlik uchrashuvlari o’tkaziladi. Birinchi uchrashuvda g’alabaga
erishgan jamoa o’yinni 3-jamoa bilan davom ettiradi va h.k. Galaba
qozongan jamoa maydonchada o’yinni davom ettiradi. Jamoa ichida
bo’lajak musobaqalar formulasi bo’yicha musobaqalarni tez-tez o’tkazib
turish kerak.
Masalan, jarima to’pini otish bo’yicha musobaqa o’tkazish tavsiya
etiladi. Mazkur bellashuvning asosiy qoidasi dastlabki muvaffaqiyatsiz
to’p otishdan so’ng o’yinchi musobaqani davom ettirishdan
chetlashtiriladi.
Bunday
musobaqa
basketbolchining
texnikaviy
xislatlarini rivojlantirib, o’yinda qo’pollikka yo’l qo’yilishiga qarshi
tarbiyaviy vosita vazifasini o’taydi. Jarima to’pini otish o’yin
natijalarida ahamiyatli o’rin egallagani bois, shu ko’nikmasini
takomillashtirish lozim.
Ko’p hollarda, basketbolda o’yin natijasini bitta ochko hal qiladi.
Bu ochko jarima to’pini otish orqali qo’lga kiritilishi mumkin va
o’yinchidan kuchli ruhiy urinishni talab etadi.
124
Musobaqa vaqtida jarima to’pini otish natijalari quyidagilarga
bog’liq:
1.
Jarima to’pini otish muvaffaqiyatli bajarilishida basketbolchini
jismoniy tayyorgarlik holati hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Jismonan
tayyor sportchi keng yo’nalishdagi texnikaviy imkoniyatlarga ega
bo’ladi.
2.
Jarima to’pini engishda musobaqalar miqyosi, ahamiyati, ularni
o’tkazish tizimi katta rol o’ynaydi. Musobaqa miqyosi qanchalik to’g’ri
bo’lsa, va jamoa oldida turgan vazifalar qanchalik salmoqli bo’lsa,
jamoa a’zolarining javobgarlik hissi va psixologik zo’riqishi shunchalik
katta bo’ladi.
O’yinchilarning emostional holati (ayniqsa, ularning sport tajribasi
kichik bo’lganda) jarima to’pini otish natijalariga salbiy ta’sir
ko’rsatishi mumkin.
3. O’yin natijalari ham jarima to’pini otishga ma’lum darajada ta’sir
etadi. Agar o’yin boshidan boshlab, jamoa raqib ustidan ustun kelsa,
o’yin sur’atini susaytirmasa jamoa to’pini otish engillashadi.
4.Jarima to’pini otish o’yin boshlanishida yoki oxirida bajarilishi
ham muhim ahamiyatga ega. O’yin boshlanishida ham jarima to’pini
otish sabablari quyidagicha:
a) o’yindan oldingi badan qizdirish vaqtida jarima to’pini otishga
kam e’tibor beriladi.
b) ko’pchilik o’yinchilarning start oldi holati ularning harakatlariga
ayniqsa, o’yin boshlanishida salbiy ta’sir etadi;
-
alohida
hollarda,
jarima
to’pini
muvaffaqqiyatli
otish
o’yinchilarning o’zaro va murabbiy bilan bo’lgan muloqotiga bog’liq
bo’ladi.
-
raqibning tayyorgarlik darajasi ham jarima to’pini otishiga ta’sir
etadi.
-
jarima to’pini otishda mazkur jamoa bilan o’tkazilgan oldingi
uchrashuv natijasi ham tasir ko’rsatadi.
-
tomoshabinlarning o’yinga munosabati (shovqin, hayqiriqlar va
h.k.) ham jarima to’pini otayotgan basketbolchiga kuchli ta’sir etadi.
-
musobaqani o’tkazilish jarayoni joyi (zalda, ochiq havoda)
maydondagi to’p, halqalar, to’r, qalqon sifati jarima to’pini otishda
salmoqli ahamiyat kasb etadi.
-
jarima to’pini otish natijalari oldingi musobaqa natijalari va
o’yindagi psixologik tayyorgarlik saviyasini to’g’ri tahlil etishga ham
bog’liqdir.
125
Jarima to’pini otish borasidagi sust harakatlar o’yinchining
mahoratsizligi bilan tushuntiriladi. Bu muammoni hal etishda asosiy
vosita-mashq qilish hisoblanadi. Sportchini o’z kuchiga bo’lgan ishonch
hissi katta ahamiyatga ega. Biroq haddan tashkari o’z kuchiga ishonish,
manmanlik, mashq qilish tartibining buzilishiga va musobaqada jiddiy
xatolarga olib keladi. G’alabaga intilish sabot, qat’iyat, o’z kuchiga
ishonch kabi ma’naviy xislatlarga tayanadi. Shu bois ma’naviy va
irodaviy xislatlarni tarbiyalash ko’p darajada g’alabaga bulgan intilishni
belgilab beradi.
Sportchi musobaqa davomida jangovor ruxda harakat qilishi va
g’alabaga intilishi kerak. Sharoit qiyinchiliklari va kuchli raqobat uning
irodasini bukolmasligi lozim. Raqib qanchalik kuchli bo’lsa, bellashuv
shunchalik qiziqarli va g’alaba qimmatli bo’ladi. Sportchilarda o’z
kuchiga ishonch hissini uyg’otish kerak (yetuk sportchilar, sport ustalari
tajribasidan misollar keltirish orqali).
Sportchilar bolalik chog’laridanoq ishtirok etuvchi ko’plab
musobaqalar g’alabaga intilishni tarbiyalashda maktab vazifasini
o’taydi. Jamoaviy musobaqalarda jamoaning sport sha’ni uchun kurash
ma’naviy xislatlarga bog’liq holda amalga oshadi. Bunda sportchi
birinchi navbatda musobaqada o’zi ishtirok etuvchi jamoa haqida
o’ylaydi. Haqiqiy sportchi uchun jamoa va shaxsiy sport sha’ni katta
ahamiyatga ega, u toliqish hissini engib, zafar sari intiladi.
Tayyorgarlik mashg’ulotlari va musobaqalarda sportchi irodasi
shakllanadi. Mashg’ulot sharoiti, vazifalari, musobaqa sharoitiga va
boshqa sabablarga bog’liq holda ba’zi hislatlar faol, ba’zilari esa sust
rivojlanadi.
Sportchining barcha irodaviy hislatlarini rivojlantirib, uni kuchli
irodaga ega bo’lgan shaxsga aylantirish-murabbiyning vazifasi
hisoblanadi. Ko’p yillar davomida uzluksiz ravishda sabot bilan mashq
qilish orqali yuksak ko’rsatkichlarga erishish mumkin.
Har qanday sportchi yoki jamoani tayyorlash rejasida texnik-
taktikaviy harakatlarni mashq qilishga eng ko’p vaqt ajratiladi.
Ko’p karra tayyorgarlik mashg’ulotlari davomida irodaviy
hislatlarni takomillashtirishda sportchi namoyon bo’luvchi ayrim
hislatlarni shaxsiy harakterning turg’un xususiyatlariga aylantira olishi
kerak. Tayyorgarlik mashg’ulotlari irodaviy xislatlarni rivojlanishiga
yordam berishi uchun, sabot bilan ko’p mehnat qilish; qiyinchiliklar va
qiyin sharoitlardan qo’rqmaslik; avval bitta so’ngra ikkita hujumchi
126
yoki himoyachiga qarshi harakatlanish kerak. Natijada, himoyachi yoki
hujumchining mahorati, o’z kuchiga ishonch hissi oshadi.
A.Gomelskiy shunday yozadi: “Rigadagi SKA jamoamizga Gunder
Maytina kelganida, uning xarakteri yumshoq edi, raqibnig arzimagan
qo’polligi uning asabini izdan chiqarar edi, u hakamlarga g’amgin qarar,
jamoadoshlaridan hamdardlik kutar, o’yindan butkul chiqib ketardi.
Shunda butun jamoa bu kamchiliklarni bartaraf etish borasida ishladi,
jamoa bilan birgalikda biz kasallik tashhisini aniqladik va “davolash”
muolajasini boshladik. Tayyorgarlik mashg’ulotlarida Gunderga qarshi
Omertu Xoxktu va Iveru Vertisu o’yin olib bordilar. Ular o’z raqiblari
bilan juda ham “muloyim” munosabatda bo’lishmadi. O’yinga men
hakamlik qilar edim. Gunder menga zorlanib qarar edi. Men esa go’yo
Xoxktuning qo’pol harakatlarini ko’rmagandek o’zimni tutardim. Bu
hol har bir mashg’ulotda, toki Gunder hujum qilishni o’rganmagunicha
davom etdi. Shu tariqa u mahoratli va jasur o’yinchiga aylandi”.
Toliqish holatidagi sportchidan yangi urinishlar, diqqat bilan
harakat
qilish
talab
etiladigan
mashqlar-irodaviy
xislatlarni
rivojlanishiga yordam beradi.
G’alaba uchun zarur bo’lgan irodaviy xislatlarni tarbiyalashning
juda yaxshi usullaridan biri-bellashuv usuli hisoblanadi. Ba’zida
tayyorgarlik mashg’ulotlarini tomoshabinlar, hakamlar, mehmonlar
huzurida yoki maxsus tarzda tashkil etilgan shovqin fonida o’tkazish
maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu hol sportchini hayajonini engib, bor
kuchini to’plab, mashqlarni yaxshi bajarishga harakat qilishga undaydi.
Hamda uni musobaqa vaqtida bo’ladigan vaziyatga ko’niktiradi.
Sportchi musobaqada hovliqmasdan dadil va o’z kuchiga ishongan
holda ishtirok etishi uchun tayyorgarlik mashg’ulotini bir qismini sport
bellashuvi sharoitiga maksimal yaqinlashitirilgan sharoitlarda o’tkazish
kerak. Agar imkon bo’lsa, sportchilar musobaqa vaziyatini oldindan
o’rganishlari maqsadga muvofiq bo’lar edi. Sportchi musobaqada o’z
irodasini muayyan maqsadga yanada ko’proq qaratishi uchun, u
raqibning kuchli va sust tomonlarini bilishi kerak va shunga bog’liq
holda u bilan bo’ladigan sport bellashuviga oldindan, tayyorgarlik
mashg’ulotlarida tayyorlanishi kerak. Musobaqaga tayyorgarlik ko’rish
maqsadida, kuchli raqiblar bilan tayyorgarlik uchrashuvlarini o’tkazish
joiz bo’ladi. Bu esa sportchiga o’zining kuchli va ayniqsa, sust
tomonlarini aniqlash imkonini beradi.
Tayyorgarlik mashg’ulotlari davomida turli raqiblar bilan
uchrashish lozim. Chunki, har bir raqib muayyan taktikaviy usullarga,
127
o’ziga xos jismoniy, intellektual va irodaviy xislatlar hamda muayyan
sport nufuziga, mahalliy va xalqaro uchrashuvlarda qatnashish
tajribasiga egadir.
A.Puni yozishicha, sport yutuqlarini yaxshilashga bo’lgan umumiy
intilish tayyorgarlik mashg’uloti jarayonida yuzaga keladi va
rivojlanadi. Har bir o’yinchi va jamoa psixologik tayyorgarlikning
bosqichlar bo’yicha tuzilgan maxsus rejasiga ega bo’lishi lozim. Bunda,
texnik-taktikaviy tayyorgarlik rejasi katta o’zgarishlarga uchramaydi,
ruhiy xislatlarning namoyon bo’lishi esa o’zgaruvchan bo’ladi.
Ma’naviy-irodaviy
tayyorgarlik
murabbiydan
katta
psixologik
mahoratni talab etadi. Murabbiy-sportchi musobaqadagi jangovor
holatda amalga oshirishi mumkin bo’lgan hatti-harakatlarni oldindan
ko’ra bilishi kerak.
Murabbiy jamoaning har bir o’yinchisini bilishi kerak, bu jamoani
psixologik tayyorgarligi uchun juda muhimdir. Shuning uchun, sportchi
mashaqqatlarni
engib
o’tib,
qo’yilgan
maqsadga
erishadigan
musobaqalar irodaviy xislatlar uchun oliy sinov vazifasini o’taydi.
Qolgan o’zaro teng sharoitlarda kuchli irodaga ega bo’lgan sportchi
g’alabaga erishadi. Musobaqada barcha jismoniy-ma’naviy kuchlarni
yaqqol namoyon bo’lishini talab etadi. Shuni yodda tutish kerakki, har
bir sport turi o’ziga xos qiyinchilikka ega bo’lib, u “o’lik nuqta” deb
ataladi. Sportchi “o’lik nuqta”ni yuzaga kelishi mumkinligi haqida
hamda uni bartaraf etish yo’llarini bilishi kerak. Qiyinchiliklar
musobaqani o’tkazilish sharoitlari tufayli kelib chiqishi mumkin. Yetuk
sportchilarni musobaqalarda ishtirok etish amaliyoti ba’zi sharoitlarni
sanab o’tish imkonini beradi:
1.
Onglilik.
2.
Intizomlilik.
3.
Qobiliyat va ko’nikmalar hajmi, saviyasi.
4.
Sportchini jamoada tutgan o’rni.
Irodani shakllantirishda sport bellashuvi natijalarini sarhisobi, o’z
harakatlarini baholash qatta ahamiyatga ega.
Sportchi natijalariga kasallik va qat’iyatsizlik salbiy ta’sir etadi,
chunki ular o’z kuchiga va uchrashuvni muvaffaqiyatli yakunlashiga
ishonch hissini yo’qotishiga olib keladi.
Irodaviy hislatlarni namoyon bo’lishi uchun muhim usullardan biri-
ixlos qilishdir. Sportchi qo’yilgan maqsadga erishish maqsadida o’z
irodasiga ta’sir etishi mumkin. Musobaqa-ma’naviy-irodaviy hislatlarni
tekshirishning asosiy usulidir. Jarov yozadi: “Sport bellashuvi irodaviy
128
xislatlarni chiniqtirishning eng yaxshi usulidir. Yaxshi natijani
ko’rsatib, g’alabaga erishish uchun raqiblarning har biri g’alabaga
intiladi”.
Murabbiyni o’z jamoasining ichki ma’naviy hayoti qiziqtiradi.
Inoq, uyushqoq jamoa mashg’ulotda va musobaqalarda muvaffaqiyatga
oson erishadi.
Murabbiy jamoaning ichki hayotiga ta’sir etishni ko’plab usullariga
ega. Bunda eng muhimi uning o’z jamoasiga, klubiga sodiqligidir.
O’yinchilar murabbiy jamoa uchun o’z vaqti va kuchini ayamasligini
ko’rishganida, ularda unga nisbatan hurmat hissi paydo bo’ladi, uning
har bir so’ziga ishonishadi, murabbiyning har bir talabi va ko’rsatmasi
jamoa foydasiga xizmat qilishini bilishadi.
Lug’atlarda murabbiylar haqida shunday deyilgan. Enstiklopedik
lug’at: ”Murabbiy-sportchilarni tarbiyalovchi ularni musobaqalarga va
rekord natijalarini qo’lga kiritishiga tayyorlovchi rahbardir”.
Dal lug’ati: ”Biror sport turida sportchilarni mashq qilishini
boshqaruvchi mutaxassis”.
Oxirgi
paytlarda
jamoalarga
murabbiylarning
maxsus
yordamchilari bo’lmish psixologlar jalb etilmoqda. Ba’zida mutaxassis-
psixolog maslahati muayyan samara berishi mumkin. Biroq, agar
murabbiyning o’zi psixolog bo’lmasa, hech bir yordamchi unga katta
madad berolmaydi. Maydonda o’yin olib borishga o’rgangan
o’yinchilar, gohida zahira kursisini egallashadi. Bu o’yinchilar -o’yinda
ishtirok etish mazkur “qiynoqlar kursisi”da o’tirganga nisbatan ancha
oson ekanligini iqror bo’lishadi.
Jamoa o’yinchilariga muntazam ravishda psixologik ta’sir
ko’rsatish ko’p jihatdan, murabbiyning qo’yilgan maqsadiga erishish
qobiliyati bilan belgilanadi.
Murabbiy nafaqat sportchi salomatligini mustahkamlab, yuksak
sport natijalariga tayyorlashi, balki uni ahloq jihatidan tarbiyalashi ham
kerakdir. Sportchini zamona ruhida tarbiyalash uchun murabbiy har bir
o’yinchini fe’l-atvorini aniq bilishi lozim. Murabbiy jamoa uchun
javobgar shaxsdir. U o’z shogirdlari uchun ma’naviy ustoz bo’lishi
kerak.
Murabbiy har tomonlama rivojlangan bo’lishi, o’zida barcha kasb
xislatlarini mujassam etishi lozim. U yosh sportchilar uchun har jihatdan
o’rnak bo’ladi. Shu bois, u sofdillik, adolatparvarlik, oliyjanoblik,
vatanparvarlik kabi xislatlar sohibi bo’lishi va sportchilarni hurmat
qilishi darkor. Murabbiy o’yinchiga nisbatan haqoratlovchi, tahqirlovchi
129
choralarni qo’llashi mumkin emas. Murabbiy bilan sportchilar
o’rtasidagi o’zaro hurmat va ishonch- mahoratga erishish uchun zaruriy
shart hisoblanadi.
O’quv-sport terma musobaqalaridagi tayyorgarlik mashg’ulotlarida
murabbiy o’quvchilarga vatanparvarlik namunalarini namoyon etishi
lozim.
Jamoaning ahamiyati shundaki, sportchini musobaqada ishtirok
etishga o’rgatish birgaligida amalga oshiriladi, sportchini shaxsiy
manfaati butun jamoa manfaatiga bo’ysunadi. Shu bilan birga jamoa har
bir o’yinchining har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi. Jamoada
sportchilar o’rtasidagi do’stona munosabatlar, intizomlilik, kamtarlik
kabi xislatlar shakllanadi.
Dostları ilə paylaş: |