O’. A. Farmanov



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

11.1.
 
Taktik tayyorgarlikning kamchiliklari 
 
-hattoki bosh basketbolchilardagi individual taktik tayyorgarlikning 
yuqori darajada emasligi; 
-taktik amalning etarli darajada intensiv emasligi; 
-tashkil etilgan zvenolarda o’yin yozuvi ko’rishda vahioblashda 
aniqlikning etishmasligi; 
-jamoa va ko’pincha yakkaxon amaliyotdagi egiluvchanlikning 
etarli darajada emasligi, ya’ni o’yinda behosdan o’yin tezligi va 
ma’nosini o’zgartirish, raqibni esankiratib bir himoya tizimidan boshqa 
hujum tizimiga o’tishni olib borishning sustligi; 
-Malakali jamoani taktik tayyorlash mashg’ulotning butun tizimini 
tuzishda strategik nuqtasi hisoblanadi. 
O’yin taktikasini tanlashda ikki jihatga e’tibor berish kerak: 
1.
Mavjud bo’lgan o’yinchilarni kontingentidan kelibchiqib o’yin 
taktikasini tanlash; 
2.
Jamoani tayyorlashda ilg’or taktik konstepstiyani qo’llash va 
shu jihatdan 
-aniq maqsadga yo’naltirgan holda o’yinchilarni tanlash. 
Taktik harakat zahirasiga avvaldan belgilangan bir namunaviy 
nostandart yuqori tezlikdagi o’yinlarga mos keladigan kombinastion 
tashkil etilgan o’yinlar holatini qo’shadi. 
Ruhiy tayyorlashning asosiy xususiyatlari: 
-malakali 
basketbolchiga 
xos 
sifat 
va 
inson 
shaxsini 
shakllantirishga uyg’unlik bilan yondoshish; jamoada ijtimoiy- ruhiy 
iqlim 
sharoitini 
yaratish 
va 
ma’naviy 
qulay 
vaziyat 
o’rnatish;sportchilarning kasbiy sifatini tarbiyalash vamahoratini 
takomillashtirishga 
yo’naltirilgan 
“ruhiy” 
pedagogik 
vosita. 


142 
Mashg’ulotlar davrida va o’yin davomida shiddatli va kuchli og’irlikka 
moslashish uchun eng qulay sharoit yaratish lozim, mashg’ulotlar va 
musobaqadan so’nggi ruhiy tiklanish jarayonini vujudga keltirish lozim. 
Mahoratli basketbolchini ruhiy tayyorlashga har tomonlama qarash 
mumkin. Ruhiy tayyorlash vositasi yo’nalishi bo’yicha ular yakka holda 
va jamoa uchun guruh bo’yicha qo’llaniladigan bo’lishi mumkin. 
Ruhiy tayyorgarlikning qo’llash sohasi bo’yicha quyidagilarni 
ta’minlaydi: jamoada ijtimoiy- ruhiy qulay iqlimni yaratish; atletik va 
texnik-taktik tayyorgarlik jarayonida qulay sharoit yaratuvchi ruhiy 
holat yaratish; basketbolchilarni musobaqa va mashg’ulotlarga ruhiy 
holatini boshqaradi. 
Mashg’ulot 
davrida 
ruhiy 
tayyorlash 
vositasi 
asosan 
muvaffaqiyatlarni asoslashni shakllantirishga o’qitishda yangiliklarni 
yaratishga jamlashga va kuzatishga hamda sportchida “ichki tayanch” 
yaratishga yo’naltirilgandir. 
Yutuqlarga erishishni asoslashning vositalari: bu yuqori, lekin etib 
bo’ladigan maksadlar talab qilish, ishontirish, masalan, mukofotlash va 
jazolash, maqsadli usish tartibini o’stirish. Qayta tiklanishga har xil 
usuldagi nafas olish va bo’shashtiruvchi mashqlar yordamida erishiladi. 
Basketbolchining qayta tiklanishi (relaksasiya) uchun mashqlar: 
mashg’ulotdagi bo’sh turganda barmoqlarni musht qilib siqish, 
mushaklarning kuchlanishini sezish, chuqur nafas olish, nafasni 3-5 
soniya ushlab turib chiqarish va setkaga engil tashlashni tahlid qilish - 
bo’shashganlikni sezish (og’ir mashg’ulotlarda bir necha marotaba 
qaytarish). Kuzatish texnikasi bo’lajak raqib bilan o’yinda sodir 
bo’ladigan eng ko’p holatlarni hayolga keltirishda hosil bo’ladi. 
O’yindan avvalgi tayyorgarlik vositalari sportchiga o’zining 
hayajonlanishiga uni samarali tartibga keltiruvchi sfatida chetdan qarab 
tahlil etishni o’yinning kutilayotgan natijalarini avvaldan aytib berish 
sohasida 
texnik-taktik 
mazmunga 
yo’naltirish. 
Tayyorgarlik 
vositalarining aniq qo’llanishi o’yinchining shaxsiy xususiyatlari, uning 
ruhiy holati faoliyati va o’yindan avvalgi holatda aniqlanadi: oldinda 
turgan taktik masalani echish bilan bog’liq noqulay vaziyatni fikran 
qabul qilishlar va boshqalarni qabul qilish. 
Yuqori malakali basketbolchilarni tayyorlash vositasi va uslublari 
quyidagicha guruhlanadi: sportning boshka turlaridan qabul qilingan 
vosita va usullar; basketbolning xususiyatini hisobga olgan usullar, 
hamda faqat basketbolchini tayyorlashda qo’llaniladigan vosita va 
usullar. 


143 
Birinchi holatda ko’pincha kuchli tayyorlash vosita va usullari 
haqida so’z boradi, ikkinchidan esa mashg’ulotlarning har xil aylanma 
variantlari, uchinchidan esa boshqa hamma ushbu guruhdagilar. 
Ushbu holatda mashg’ulotlar jarayoni tashkil etish uslubi nuqai 
nazardan atletik, texnik va taktik tayyorgarlik, hamda kompleks ta’sir 
etuvchi samaraga ega bo’lgan, sun’iy usul deb nomlanuvchi vosita va 
usullar ajralib turadi. 
Malakali basketbolchini tayyorlash jadvaliga ko’proq kuch ishlatish 
mashqlari kiradi. Bunday mashg’ulot turlari mushaklar kuchini 
rivojlantirish va boshqa jismoniy sifatlarni rivojlantirish uchun 
poydevor tayyorlashda ta’sir etadi. Ancha yillardan beri kelayotgan 
fikrga ko’ra, jismoniy tayyorgarlik aniq o’yin holatiga bog’liq asab-
mushak harakatlari jarayoniga teskari ta’sir etuvchi fikrlar amalda 
to’g’ri kelmay qolmoqda. 
Basketbolda jismoniy tayyorgarlik asosan ikki xil bo’ladi – 
jismoniy tayyorgarlik bo’yicha maxsus mashg’ulotlar tashkil qilish va 
texnik-taktik mahoratni takomillashtirish bo’yicha mashg’ulotlar vaqtini 
qismlarga ajratadi. 
Bulardan birini tanlash tayyorgarlikning bosqichi bilan belgilanadi, 
sportchini atletik tayyorgarlik darajasi va ularning jismoniy tayyorgarlik 
vositalariga sub’ektiv munosabatlaridan hamda murabbiy bu masaladagi 
vazifalaridir. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə