173
Har bir o’yinchining ko’krak va orqa tomonida raqami bo’lishi
kerak. Bu raqamlar tushunarli va bir xil rangda, maykaning rangidan
yaqqol ajralib turishi zarur. Raqamlar aniq ko’rinib turishi lozim:
orqadagi
raqamlarning
balandligi
kamida
2-sm,
ko’krakdagi
raqamlarning balandligi kamida 1-sm bo’lishi shart.
Raqamlar uchun
ishlatiladigan ashyoning eni 0,2-sm dan kam bo’lmasligi kerak.
Jamoalar 4-chidan 15-chigacha bo’lgan raqamlarni ishlatishlari lozim.
Bir jamoa o’yinchilari takrorlanadigan raqamli maykani kiyib
chiqishlari mumkin emas.
O’yinchining sport kiyimi quyidagilardan iborat:
-bir jamoaning hamma o’yinchilari old va orqa tomonlari bir xil va
umumiy rangda bo’lgan maykalarni kiyishlari shart. Yo’l-yo’l
maykalarni kiyish man etiladi;
-bir jamoaning hamma o’yinchilari bir xil va umumiy rangda
bo’lgan
shortik kiyishlari kerak;
-maykalar tagidan kalta engli maykalar kiyish mumkin. Lekin kalta
engli maykalar kiyilsa, ularning rangi mayka rangiga mos bo’lishi shart;
-kalta shim tagidan pastga chiqib turadigan ichki kiyim kiyilsa,
uning rangi kalta shim rangiga mos kelishi kerak.
Sardor zaruriyati tug’ilganda maydonda o’z jamoasining vakili
bo’lib hisoblanadi. Bu qoidalarni izohlash bilan bog’liq bo’lgan savollar
bo’yicha yoki kerakli ma’lumot olish uchun
hakamga murojaat qilish
mumkin. Bu narsa xushmuomalalik bilan qilinishi lozim. Sardor biron-
bir uzrli sabab bilan maydondan chiqib ketishdan oldin, katta hakamga
o’yinchilardan qaysi biri uning o’rniga sardor sifatida qolayotganligini
ma’lum qiladi.
Tartib bo’yicha o’yin boshlanishiga hech bo’lmaganda 20-daqiqa
qolganida
har
bir
murabbiy
kotibga
o’yinda
qatnashadigan
o’yinchilarning familiyalari va raqamlarini,
shuningdek jamoa sardori,
murabbiyi va murabbiy yordamchisining familiyalarini ma’lum qilishi
kerak.
O’yin boshlanishiga 10-daqiqa qolganida murabbiylar o’z
o’yinchilarining
familiyalari
va
raqamlarni
tasdiqlaydilar
va
qaydnomaga qo’l qo’yadilar hamda shu vaqtning o’zida o’yinni
boshlaydigan 5-ta o’yinchini belgilab qo’yadilar. “A” jamoasi
murabbiyi shu ma’lumotni birinchi bildirayotgan bo’lib hisoblanadi.
Agar o’yinchi o’yin jarayonida o’z raqamini o’zgartiradigan bo’lsa,
unda bu haqida kotib va katta hakamga ma’lum qilishi zarur.
174
Bir daqiqalik tanaffuslar haqidagi
iltimoslarni murabbiy yoki
murabbiy yordamchisi qilishlari mumkin. Agar murabbiy yoki
murabbiy yordamchisi o’yinchini almashtirish kerakligi to’g’risida bir
qarorga kelsalar, unda zahiradagi o’yinchi shu iltimosni etkazish uchun
kotibga murojaat qilishi kerak va o’yinga darhol tushish uchun tayyor
turishi zarur.
Agar jamoada murabbiy yordamchisi mavjud bo’lsa,
uning
familiyasi o’yin boshlanishidan oldin qaydnomaga yozilgan bo’lishi
shart.
Agar murabbiy turli sabablarga ko’ra o’z vazifasini davom ettira
olmasa, bunda murabbiy yordamchisi murabbiy vazifasini bajaradi.
Jamoa sardori murabbiydek harakat qilishi mumkin. Agar u biron
bir uzrli sabab bilan maydondan chiqib ketishi kerak bo’lsa,
unda u
murabbiy sifatida harakatini davom ettirishi mumkin. Lekin, agar u
qoidani buzganligi tufayli o’yinda qatnashish huquqidan mahrum
etilgan bo’lsa yoki og’ir jarohatlanganligi sababli murabbiylik vazifasini
bajara olmasa, uning o’rniga sardor sifatida o’yinga tushgan o’yinchi
uni murabbiy sifatida ham almashtirish kerak.
Dostları ilə paylaş: