13.3. Murabbiy va murabbiy yordamchisining stol atrofidagi
hakamlar bilan muloqoti
Murabbiy yoki murabbiy yordamchisi o’yin paytida stol atrofida
o’tirgan hakamlar bilan muloqot qila oladigan jamoaning yagona vakili
bo’lib hisoblanadi. U istagan paytida, masalan, hisob, vaqt tabloga yoki
follar soniga tegishli bo’lgan ma’lumotni olmoqchi bo’lganida hamda
bir daqiqali tanaffus olish uchun murojaat qilganida bu ishni qilishi
mumkin. Uning hakamlar stoli atrofida o’tirgan hakamlar bilan o’zaro
muloqot har vaqt o’yinning bir me’yorda kechishiga xalaqit
bermaydigan bo’lishi va osoyishtalik hamda vazminlik bilan o’tishi
kerak. Agar murabbiy o’yinchini almashtirmoqchi bo’lsa, u zaxiradagi
o’yinchiga almashish to’g’risida kotibga murojaat qilishni taklif etadi.
Bu iltimosni aytish uchun murabbiy hakamlar stoli oldiga borishi shart
emas.
13.4. O’yin holatlari
O’yin vaqti - “toza” vaqt 40-daqiqa davom etadi. U to’rtta 10-
daqiqalik choraklardan iborat. Birinchi va uchinchi choraklardan so’ng
175
2-daqiqalik tanaffus bo’ladi. Ikkinchi chorakdan keyin 10-15 daqiqalik
tanaffus bo’ladi. O’yin natijasi durang bo’lsa, 5-daqiqalik over taymlar
beriladi.
O’yin soati:
a) bahsli to’pni yuqoriga otib berish vaqtida to’p o’zining eng
yuqori nuqtasiga etganidan so’ng, to’p o’yinchilarning biri tomonidan
urib yuborilgan paytida, yoki;
b) agar jarima to’pi noaniq tashlangan bo’lsa va maydondagi biron
o’yinchi to’pni egallab olgan paytida to’p o’yinda qolishi kerak bo’lsa,
yoki;
v) maydondagi biron o’yinchi to’pga tekkan paytda o’yin to’pni
maydon tashqarisidan o’yinga kiritish bilan davom ettirilsa, yoqiladi.
O’yin soati:
a) o’yinning har ikkala yarmi yoki qo’shimcha davr oxirida yoki;
b) hakam hushtak chalgan vaqtda yoki;
v) 24-soniya operatorining signali chalingan paytda yoki;
g) agar tanaffus talab qilgan murabbiy jamoasining savatiga to’p
tushsa, ammo shu to’p savatga tashlayotgan o’yinchining qo’lidan
murabbiy iltimosiga nisbatan keyin chiqib ketgan bo’lsa, to’xtatiladi.
Agar o’yinnning ikkinchi yarmi tugagan vaqtda hisob durang
bo’lsa, hisobdagi tenglikni buzish maqsadida 5-daqiqalik qo’shimcha
davr yoki muvozanat buzilgunga qadar bir necha 5-daqiqalik davrlar
belgilanadi. Jamoalar birinchi qo’shimcha davr boshlanishidan oldin
qur’a tashlash yo’li bilan savatlarni tanlab oladilar va har bir keyingi
qo’shimcha davr boshlanishidan oldin savatlarni almashtiradilar. Har bir
qo’shimcha davr orasida 1-daqiqalik tanaffuslar ko’zda tutiladi. Har bir
qo’shimcha davr boshida o’yin markaziy doirada bahsli to’p otib
berilishi bilan boshlanadi.
O’yin markaziy doirada bahsli to’p tashlab berilishi bilan
boshlanadi. Katta hakam ikki raqib o’rtasida to’pni yuqoriga otib beradi.
Bu narsa o’yinning ikkinchi yarmi boshlanishida, agar kerak bo’lsa, har
bir qo’shimcha davr oldidan ham bajariladi.
Mehmon jamoa savatni va jamoa o’rindig’ini tanlab olish huquqiga
ega bo’lishi kerak. Agar o’yin betaraf maydonda o’tkazilayotgan bo’lsa,
bu huquqni jamoalar o’zaro qur’a tashlash yo’li bilan aniqlaydilar.
O’yinning ikkinchi yarmida jamoalar savatlarini almashadilar. Agar
jamoalardan birida o’yinga tayyor beshta o’yinchi maydonda bo’lmasa,
o’yin boshlanishi mumkin emas. Agar o’yin boshlanishi vaqtidan 15-
daqiqa o’tganidan so’ng qoidani buzayotgan jamoa yo’q bo’lsa yoki
176
maydonga 5-ta o’yinchisini chiqara olmasa, unda bu jamoa o’ynash
huquqidan mahrum qilinganligi sababli mag’lubiyatga uchraydi va
g’alaba boshqa jamoaga beriladi.
I-II chorakdan keyin jamoalar hujum qilish tomonlarini
almashtiradilar. Qo’shimcha choraklarda hujum qilish tomonlari bilan
almashinmaydi. To’rtinchi chorakda qaysi savat tomon hujum bo’lgan
bo’lsa, shu tomonga hujum qiladilar.
a) hakam bahsli to’pni otib berish uchun doira ichiga kirgan paytda
yoki;
b) hakam jarima to’pi otilishini boshqarish uchun jarima to’pini
tashlash maydoniga kirgan paytda, yoki;
v) maydon tashqarisidagi vaziyatda, to’p to’pni o’yinga kiritish
joyida turgan o’yinchining ixtiyorida bo’lgan paytda, to’p o’yinga
kiritildi deb hisoblanadi.
Agar jonli to’p yuqoridan savatga tushib, uning ichida qolsa yoki
undan o’tib pastga tushsa, to’p savatga tushdi deb hisoblanadi. To’p
o’yin jarayonida maydondan savatga tushsa, 2-ochko, uch ochko
keltiradigan chiziq orqasidan savatga tushsa 3-ochko hisoblanadi.
Jarima to’pi tashlanganda savatga tushgan to’p 1-ochko
hisoblanadi. Qaysi jamoa hujum uyushtirib savatga to’p tushirsa,
maydondan tashlangan bunday to’p shu jamoa hisobiga yoziladi. Agar
to’p pastdan yuqoriga chiqayotib bexosdan savat ichiga kirib qolsa, bu
to’p jonsiz hisoblanadi va o’yin to’pni o’yinga galma-gal kiritish
qoidasi bilan davom ettiriladi. Lekin agar o’yinchi ataylab to’pni
pastdan savatga kiritsa, bu qoidaning buzilishi bo’lib hisoblanadi va
raqib o’yin jamoasi tomonidan to’pni qoida buzilgan joyga yaqin
bo’lgan maydonning yon chizig’i tashqarisidan o’yinga kiritish bilan
davom ettiriladi. Bu bahs to’pi vaziyati sodir bo’lganda bahs to’pni
otish o’rniga to’pni maydon tashqarisidan o’yinga kiritib, to’pni jonli
qilish usulidir.
O’yin boshlanganida biron jamoa to’pni nazorat qilgan zahoti,
to’pni galma-gal o’yinga kiritilishini anglatuvchi strelka to’pni egallab
olgan jamoa tomoniga qaratiladi. Yana bahsli to’p vaziyati sodir bo’lsa,
strelkaning uchi qaratilmagan jamoa o’yinchisi shu joy yaqinidagi yon
chiziq tashqarisidan to’pni o’yinga kiritadi. To’p o’yinchining qo’lidan
chiqqan zahoti strelka to’p uzatgan o’yinchining jamoasi tarafga
qaratiladi.
Zahiradagi o’yinchi maydonga tushishidan oldin almashish haqida
kotibga murojaat qilishi va darhol o’yinga kirish uchun tayyor turishi
177
lozim. Kotib to’p jonsiz holatga o’tishi va o’yin soati to’xtatilishi bilan,
ammo to’p qaytadan o’yinga kiritilishidan oldin, o’z signalini berishi
shart. O’yin qoidasi buzilganidan so’ng qoidani buzmagan jamoa to’pni
maydon tashqarisidan to’pni o’yinga kiritishi kerak bo’lsa, faqat shu
jamoagina o’z o’yinchisini almashtirishi mumkin. Agar shunday vaziyat
yuzaga kelsa, raqib jamoasi ham keyinchalik o’z o’yinchisini
almashtirishi mumkin. Zaxiradagi o’yinchi hakam maydonga tushishga
ruxsat berguniga qadar maydon chegarasi tashqarisida turishi lozim va
ruxsat olinganidan so’ng darhol o’yinga tushishi mumkin. O’yinchilarni
almashtirish imkoni boricha tez amalga oshirilishi kerak. Agar
hakamning fikricha, biron bir jamoa o’yin vaqtini asossiz cho’zayotgan
bo’lsa, qoida buzayotgan jamoa hisobiga tanaffus yozilishi zarur. Bahsli
to’p uchun kurashda qatnashadigan o’yinchi boshqa o’yinchi bilan
almashtirilishi mumkin emas. Almashtirilgan o’yinchi bir almashtirish
davri ichida yana qaytadan maydonga chiqishga haqqi yo’q.
Quyidagi hollarda:
a) agar talab qilib olinadigan tanaffus berilgan yoki fol belgilangan
bo’lmasa, maydondan tashlangan to’p savatga tushganidan so’ng;
b) birinchi yoki yagona jarima to’pini tashlash uchun to’p o’yinga
kiritilgan paytdan boshlab, to o’yin vaqti hisobining ma’lum bir
davridan so’ng to’p yana jonsiz holatga o’tmagunicha, fol yoki qoida
buzilishi soatda hisob qilishni boshlashdan oldin qayd qilinmagunicha
o’yinchilarni almashtirishga ruxsat berilmaydi. Bunday qoidabuzarlik
uchun jarima to’pini yoki to’plarni tashlash, galma-gallik qoidasi berish
yoki maydonning yon chizig’i tashqarisidan to’pni o’yinga kiritish jazo
bo’lib hisoblanadi.
O’yinning birinchi yarmida 2-ta, ikkinchi yarmida 3-ta, shu bilan
birga har bir qo’shimcha davrda har bir jamoa bir daqiqali tanaffus
olishi mumkin. Foydalanilmagan 4-daqiqali tanaffus 1-chi chorakda
olinmasa, 2-chi chorakka o’tishi mumkin, yoki o’yinchi chorakda
olinmagan daqiqalik tanaffus to’rtinchi chorakka o’tishi mumkin, lekin
o’yinning birinchi yarmidagi olinmagan tanaffuslar ikkinchi yarmiga
o’tmaydi, berilmaydi. O’yin vaqtining har ikkala yarmida har bir
jamoaga ikkita talab qilib olinadigan tanaffuslar va qo’shimcha
davrning har birida bir marta shunday tanaffus berilishi mumkin. Talab
qilib olinmagan tanaffuslar o’yinning keyingi yarmi yoki qo’shimcha
davrga ko’chirilishi mumkin emas. Murabbiy va murabbiy yordamchisi
talab qilib olinadigan tanaffusni so’rashiga haqqilari bor. Buni ular
shaxsan kotibga borib, qoidalarda ko’rsatilgan ishoralar orqali
178
“tanaffus” olishlarini qo’llari bilan ko’rsatishlari lozim. Kotib talab
qilingan tanaffus haqidagi iltimosni to’p jonsiz holatga o’tgan paytda,
hamda albatta, to’p o’yinga kiritilishidan oldin hakamlarga ma’lum
qiladi.
Shuningdek, murabbiy yoki murabbiy yordamchisining talab qilib
olinadigan tanaffus haqidagi iltimosidan so’ng, raqib jamoasi
maydondan savatga to’p tashlasa, bu iltimos savatga to’p tashlanishidan
oldin, ya’ni to’p otayotgan o’yinchining qo’lidan chiqib ketishidan oldin
qilingan bo’lsagina, ularga tanaffus berilishi mumkin. Bu holda soniya
hisoblovchi o’yin soatini darhol to’xtatishi lozim. Shundan so’ng, kotib
o’z signalini chaladi va talab qilib olinadigan tanaffus haqida iltimos
bildirilganligini hakamlarga ma’lum qiladi. To’p birinchi yoki yagona
jarima to’pi tashlanganidan keyin, o’yinga kirgan paytdagi daqiqadan to
o’yin vaqti tugab, to’p yana jonsiz holatga o’tmaguncha, quyidagi
hollardan tashqari:
a) jarima to’plarini tashlash oralig’ida fol qilingan paytda jarima
to’plarini tashlash oxiriga etkaziladi, tanaffus esa fol uchun yangi jazo
berilganda, to’p o’yinga kirishidan oldin olinadi;
b) o’yin soati yurgazilishidan oldin qoida buzilishi qayd qilinsa,
bunda bahsli to’p tashlab berish yoki maydonning yon chizig’i
tashqarisidan to’pni o’yinga kiritish jazo bo’lib hisoblanadi, talab qilib
olinadigan tanaffusni olishga ruxsat berilmaydi.
Bir daqiqa davom etadigan tanaffus ushbu shartlarga binoan jamoa
hisobiga yoziladi. Agar tanaffusga javobgar jamoa talab qilib olingan
tanaffus vaqti tamom bo’lmasidan o’yinni boshlashga tayyor bo’lsa,
katta hakam darhol o’yinni boshlaydi. Tanaffus vaqtida o’yinchilarga
o’yin maydonini tashlab chiqish va jamoa o’rindig’ida o’tirishga ruxsat
etiladi.
To’p jonsiz holatga o’tishi va o’yin soati to’xtalishi bilan, ammo
to’p o’yinga kiritishdan oldin kotib signal berganidan keyin maydondagi
hakam ruxsat berganidagina amalga oshishi mumkin. O’yinchilarni
almashtirish ikkala jamoani xohlagan paytida amalga oshiriladi.
Jarima to’pini otish belgilanganda, o’yinchilar jarima to’pi
otiladigan savat tagidagi 3 soniyali maydoncha atrofida quyidagi
tartibda joylashishlari shart. Uch soniyali zonani, ya’ni trapstiyani
shchitga yaqin tomonidagi ikkala birinchi joyni himoyachilar
egallaydilar, betaraf zonada hech kim turmaydi. Betaraf zonadan
keyingi ikkinchijoyni hujumchilar egallaydilar, undan keyingi uchinchi
joylardan birini bitta himoyachi egallashi kerak.
179
Hammasi bo’lib 3-soniyali zona atrofida oltita o’yinchi joylashishi
kerak. Qolgan o’yinchilar orqa tomonda joylashadilar.
O’yin natijasi o’yin davomida to’plangan eng ko’p ochkolar soniga
qarab aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |