O’. A. Farmanov



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

Р
ақ
и
б 
 
Ҳалқаси
 


167 
Jarima to’pini tashlash joyi-bu o’yin maydonida 1,80-radiusli yarim 
doira bilan ajratiladigan chegaralangan zonalardir. Ularning markazlari 
jarima to’pini tashlash chizig’i o’rtasida joylashgan. Bunday yarim 
doiralar chegaralangan zonalarning ichida nuqtali chiziqlar bilan 
o’tkaziladi . 
Chegaralangan zona. 
Jarima to’pni tashlash zonasi bo’ylab belgilangan joylarni 
o’yinchilar jarima to’pi tashlanayotganda egallaydilar. Bunday joylar 
quyidagicha belgilanadi: jarima to’pini tashlash zonasi tomonidan 
chiziqlar bo’ylab o’lchab turib, yon chizig’ining ichki chekkasidan 1,75-
m uzoqlikda birinchi belgilanadi. Birinchi joy 85-sm uzoqlikda 
o’tkaziladigan chiziq bilan chegaralanadi. Bu chiziq orqasida eni 30-sm 
bo’lgan betaraf xona joylashadi. Ikkinchi joy betaraf zona ketida 
joylashadi va eni 85-sm bo’ladi. Ikkinchi joyni belgilab turgan 
chiziqdan keyin eni 85 sm bo’lgan uchinchi joy belgilanadi. Bu joylarni 
belgilash uchun ishlatiladigan hamma chiziqlarning uzunligi 10-sm va 
eni 0,5-sm bo’ladi. Bu chiziqlar jarima maydonchasining yon 
chiziqlariga nisbatan perpendikulyar bo’lib, tashqi tomondan chizilgan 
bo’lishi kerak. 
Jarima to’pini tashlash chizig’i har ikkala yon chizig’iga parallel 
holda o’tkaziladi. Uning uzoq chekkasi yon chizig’ining ichki 


168 
chekkasidan 5,80-m uzoqlikda turishi va u 3,60-m uzunlikda bo’lishi 
kerak. Uning o’rtasi esa ikkala yon chiziqlarning o’rtasini tutashtiruvchi 
chiziqda bo’lishi lozim. 
Jamoa o’rindig’i zonasi maydon tashqarisida, kotib stoli va 
jamoalar o’rindiqlari uchun joy ajratilgan tomonda joylanadi. Zona, yon 
chizig’idan tashqariga chiqib turadigan, uzunligi 2-m bo’lgan chiziq va 
markaziy chiziqdan hamda perpendikulyar yon chizig’idan 5-m narida 
chiziladigan boshqa chiziq bilan belgilanadi. 
2-m uzunlikdagi chiziqlarning rangi va yon chiziqlari rangiga 
qarama-qarshi bo’lishi kerak. 
Ikkala shitning har biri qalinligi 0,3-sm bo’lgan qattiq yog’ochdan 
yoki shunga mos oynadek tiniq ashyodan (yog’ochning qattiqligiga 
o’xshash qattiqlikdagi bir bo’lakdan) tayyorlanishi lozim. 
Olimpiada o’yinlari va jahon birinchiligi musobaqalari uchun shit 
o’lchovlari gorizontal bo’yicha 1,80-m va vertikal bo’yicha 1,05-m 
bo’lishi, pastki qirrasi maydon yuzasidan 2,90-m balandlikda turishi 
kerak. Qolgan barcha musobaqalar uchun FIBAga tegishli strukturalar, 
masalan, zonal va kontinental musobaqalar o’tkazilganda zonal 
komissiya yoki barcha ichki musobaqalar uchun milliy federatsiya 
shitlarining quyidagicha o’lchovlarini tasdiqlashga haqqilari bor: shitlar 
gorizontal bo’yicha 1,80-m va vertikal bo’yicha 1,20-m bo’lishi, pastki 
qirrasi maydon yuzasidan 2,75-m balandlikda turishi mumkin yoki 
gorizontal bo’yicha 1,80-m va vertikal bo’yicha 1,05-m bo’lishi, pastki 
qirrasi maydon yuzasidan 2,90-m. balandlikda turishi mumkin. Bundan 
qat’iy nazar, barcha yangi qurilayotgan shitlar xuddi Olimpiadalar va 
jahon birinchiligi uchun mo’ljallangandek, gorizontal bo’yicha 1,80-m 
va vertikal bo’yicha 1,05-m qilib tayyorlanishi kerak. 
Agar shit yuzi silliq va oynadan tiniq bo’lmagan ashyodan 
tayyorlangan bo’lsa, oq rangda bo’lishi shart. Uning sirti quyidagicha 
belgilanadi: halqa orqasiga eni 0,5-sm ga teng bo’lgan chiziqlar bilan 
to’g’ri 
to’rtburchak 
chiziladi. 
To’g’ri 
to’rtburchakning 
tashqi 
o’lchovlari gorizontaliga 59-sm, vertikaliga 45-sm bo’lishi kerak. Uning 
asos chizig’ining yuqori qismi halqa bilan teng turishi kerak. Shitlarning 
chetlari 0,5-sm kenglikdagi chiziqlar bilan belgilanadi. Bu chiziqlar shit 
rangidan yaqqol ajralib turishi lozim. Agar shit tiniq bo’lsa, u oq 
chiziqlar bilan, boshqa hollarda esa, qora bilan hoshiyalanadi. 
Shitlarning hoshiyalari va ularda chizilgan to’g’ri to’rtburchakning 
ranglari bir xil bo’lishi shart. 


169 
Shitlarni mustahkam qilib, maydonning ikkala chekkasiga yon 
chiziqlariga parallel holda, to’g’ri burchak ostida polga o’rnatiladi. 
Ularning markazlari har biri yon chiziqlari o’rtasining ichki chekkasidan 
1,20-m narida maydondan chiqarilgan nuqtalarga perpendikulyar 
ravishda joylashadi. 
Shitlarni ushlab turadigan qurilmalar yon chiziqlarining tashqi 
chekkasidan kamida 2-m uzoqlikda joylashishi shart va ular 
o’yinchilarning ko’ziga yaqqol tashlanadigan darajada ochiq rangga 
bo’yalgan bo’lishi lozim. 
Ikkala shit yumshoq material bilan quyidagicha qoplangan bo’lishi 
kerak: shitlarning pastki qirrasi va yon tomonlari uchun yumshoq o’ram 
tagidan kamida 35 sm uzoqlikda tag sirtini va yonlarning ustini 
qoplaydi. Oldingi va orqa sirtlar tagidan kamida 0,2-sm uzoqlikda 
qoplanadi va to’ldirilgan material kamida 0,2-sm qalinlikda bo’lishi 
lozim. Shitning pastki qismi to’ldirilgan material 0,5-sm qalinlikda 
bo’lishi kerak. 
Qurilmalar yumshoq material bilan quyidagicha qoplanadi: shitning 
har qanday qurilmasi shit orqasidan va poldan kamida 2,75-m 
balandlikda, shitning sirt yuzasidan 60-sm uzoqlikda, tag yuzasi bo’ylab 
yumshoq material bilan qoplangan bo’lishi kerak. 
Hamma ko’chma shitlarning tagi maydon tomonidan sirti bo’ylab 
2,15-m balandlikda yumshoq material bilan o’ralgan bo’lishi lozim. 
 
Halqa shit qurilmasi. 


170 
Savatlar halqa va to’rlardan iborat. Halqa qattiq metalldan 
tayyorlanadi, uning ichki diametri 45-sm ga teng bo’lib, to’q sariq 
(apelsin) rangga bo’yaladi. Halqalarning metalli kami bilan 0,17-sm va 
ko’pi bilan 0,2-sm diametrga egabo’lib, pastki qirrasida to’plarni ilish 
uchun qo’shimcha bir xil kichik ilmoqlar yoki shunga o’xshash ilgaklari 
bo’lishi kerak. Halqalar maydonga nisbatan gorizontal holatda, 3,05-m 
balandlikda shitlarga mustahkam o’rnatiladi va shitning har ikkala 
vertikal chekkalaridan bir xil uzoqlikda joylashadi. Halqalar ichki 
chekkasining yaqin nuqtasi shitning yuza qismidan 15-sm uzoqlikda 
turishi kerak . 
Shit. Uning o’lchovlari. 
Halqalarga ilinadigan to’rlar oq kanopdan tayyorlanadi, ularning 
tuzilishi shunday bo’lishi lozimki, to’p savat orasidan o’tayotgan vaqtda 
bir lahza ushlanib qolishi mumkin bo’lsin. To’rlarning uzunligi 40-sm 
bo’lishi shart . 
Halqa. 


171 
To’p sharsimon shaklda va tasdiqlangan qizg’ish rangda bo’lishi 
kerak: u sirti bilan birga charmdan, rezina yoki sun’iy xomashyodan 
tayyorlanadi; uning aylanasi uzunligi 749-sm dan kam va 780-sm dan 
ko’p bo’lmasligi lozim; u kamida 567-g dan kam va 650-g dan ko’p 
bo’lmagan og’irlikka ega bo’lishi kerak; unga havo shunday to’ldirilishi 
kerakki, to’p taxminan 1,80-m balandlikdan (to’pning pastki qirrasidan 
o’lchanganda) o’yin maydoniga yoki qattiq yog’och polga tushgan 
vaqtida to’pning yuqori qirrasidan o’lchanganda 1,20-m dan kam va 
1,40-m dan ortiq bo’lmagan balandlikka ko’tarilishi lozim. To’pning 
choklari yoki chuqurliklarining kengligi 0,635 sm dan ortiq bo’lmasligi 
kerak . 
 
Basketbol to’pi. 
Maydon egasi bo’lgan jamoa yuqorida aytib o’tilgan shartlarga 
javob beradigan, kamida bitta avval ishlatilgan to’p bilan ta’minlanishi 
lozim. Katta hakam to’pning yaroqliligini aniqlab beruvchi yagona 
shaxs bo’lib hisoblanadi va u mehmon jamoa taqdim qilgan to’pni o’yin 
uchun tanlab olishi mumkin. 
Quyidagi texnik jihozlar maydon egalari tomonidan tayyorlangan 
bo’lishi va hakamlar hamda ularning yordamchilari ixtiyoriga havola 
qilinishi kerak: 
a) O’yin vaqtini belgilovchi soat va tanaffuslarni hisoblaydigan 
soat; soniya hisoblovchi, hech bo’lmaganda bitta o’yin vaqtini 
belgilovchi soat yoki bitta soniya o’lchagich bilan ta’minlangan bo’lishi 
kerak. O’yin bo’limlarini va ular orasidagi tanaffuslarni hisoblashda 
ishlatiladigan soat hamda tanaffus vaqtini belgilashda ishlatiladigan 
soniya o’lchagich shunday joylashgan bo’lishi kerakki, ularni ham 
soniya hisoblovchi, ham kotib aniq va ravshan ko’rib turishlari lozim; 
b) 24-soniya qoidasiga rioya qilinishini nazorat qilish uchun barcha 
o’yinchilar va tomoshabinlarga ko’rinadigan tegishli moslama bo’lishi 
kerak. Uni 24 soniya vaqtini belgilovchi operator boshqaradi. 


172 
v) Halqaro basketbol Federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan 
qaydnoma rasmiy hisoblanib, undagi qoidalarga asosan o’yin 
boshlanishidan oldin va o’yin davomida kotib tomonidan to’ldirib 
boriladi; 
g) Juda bo’lmaganda ushbu qoidalarda ko’zda tutilgan uchta signal 
uchun moslamalar bo’lishi lozim. 
O’yinchilar, tomoshabinlar va kotibga ko’rinadigan qo’shimcha 
hisob tablochi bo’lishi kerak; 
d) 1-chi raqamdan 5-raqamgacha bo’lgan ko’rsatkichlar kotib 
ixtiyorida bo’lishi zarur. Har safar u yoki bu o’yinchi fol qilganida, 
kotib o’yinchi nechanchi fol olganligiga qarab shu raqamli ko’rsatkichni 
har ikkala murabbiy ko’ra oladigan darajada yuqoriga ko’taradi. 
Ko’rsatkichlar oq rangda bo’lishi, raqamlari o’lchov bo’yicha 2-sm va 
eniga 1-sm, hamda 1-chidan 4-chi raqamgacha qora rangda, 5-chi qizil 
rangda bo’lishi kerak; 
e) Kotib jamoa follarini belgilovchi ikkita ko’rsatkichlar bilan 
ta’minlangan bo’lishi shart. Ko’rsatkichlar qizil rangda va shunday 
tayyorlangan bo’lishi kerakki, kotib stoli ustida turganida o’yinchilar, 
murabbiylar va hakamlar yaqqol ko’rib turishsin; 
to’p jamoa o’yinchisi beshinchi fol qilinganidan so’ng o’yinga 
kirgan vaqtda, ko’rsatkich kotib stoli ustiga, ya’ni o’yinchisi beshinchi 
fol qilgan jamoa o’rindig’i yaqinidagi chekkaga qo’yilishi kerak; 
j) Jamoa follarini belgilash uchun ishlatiladigan munosib moslama. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə