|
O’. A. FarmanovHarakat sifatlarini tarbiyalash metodlari13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA576634813.3.1. Harakat sifatlarini tarbiyalash metodlari
Zarur sifatlarni tarbiyalash maqsadida, shu sport turlariga xos vosita
va metodlardan foydalaniladi. Amaliyotda, o’quv mashg’ulot jarayonida
quyidagi ma’lum metodlar qo’llaniladi.
Qaytarish metodi
- bu o’yinlarda uchraydigan uzuq-uzuq ishning
bir ko’rinishidir. Uni bajariladigan ishga nisbatan katta quvvatliligini
ajratib turadi. Bu metoddan tezlikni, kuchni, tezlikka bo’lgan
chiniqishni tarbiyalashda foydalaniladi.
Interval metodi
- bu ham uzuq-uzuq ishning bir ko’rinishi sifatida
namoyon bo’ladi. U boshqalardan aniq chegaralangan ish va dam
olishdan farq qiladi. Dam olish nisbatan uzoq davom etmay, organizmni
tiklanishiga ulgurmaydi. Bu metod tezlik kuchi va chidamlilikni
tarbiyalashda qo’l keladi. Bu anaerobik va aerob energiya ta’minlash
mexanizmlarini takomillashtirib, kislorod qarzi katta bo’lgan paytlarda
harakat qilishga o’rgatadi.
Maksimal va intensiv metod
. U maksimal kuchni tarbiyalashga va
katta kuch va quvvat bilan ishlashga qaratilgan. U yaxshi
tayyorlanganlarga mo’ljallangan. Uning yordami bilan (tezkor-kuch)
sifatlarini va anaerobik jarayonlarini takomillashtiriladi.
Sopryajenniy
(juft)
metod
-
texnika,
taktika
harakatlarini
takomillashtirish bilan birga harakat sifatlarini tarbiyalashga imkon
beradi. Shu tarzda kuchni, chaqqonlikni, chidamlilikni shu metod
yordamida tarbiyalash, o’yinchining malakaliligi esa musobaqa
sharoitida foydalanish imkonini beradi.
Aylanma metod
- bir vaqtning o’zida bir necha sifatlarni
tarbiyalash, ba’zi hollarda esa maxsus malakalarni takomillashtirish
uchun foydalaniladi.
Aylanma mashg’ulotdan foydalanish, bu o’quv vaqtini tejash,
hamda o’quv jarayonini intensiv o’tkazish, harakat malakalarini
birgalikda har tomonlama rivojlantirishga sharoit yaratadi. Sport
mashg’ulotining asosiy maqsadi - rejalashtirilgan sport natijalariga
erishishdir. Har bir tayyorgarlik turida foydaliroq mashqlardan
foydalaniladi. Yuqori natijalarga yaxshi tanlangan mashqlar va ularni
o’tkazish metodlari yordamida erishish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |
|
|