44
biridir. O’z kuchiga ishonish uchun avvalombor unga sira
gumonsiramaslik kerak.
3.9.3. Usulni o’yinda mustahkamlash
Ushbu bosqich usullarni o’rganish
jarayonida juda ham muhim
hisoblanadi.
Murakkab sharoitda o’zlashtirilgan usulni o’yinda mustahkamlash
zarur. O’yinlar har turda bo’lishi mumkin. Usulni mustahkamlash uchun
o’yin
mashqlari, harakatli va o’quv o’yinlaridan foydalaniladi. Har bir
o’yindan oldin aniq va ravshan vazifalar qo’yilishi lozim, “umumiy
o’ynash”, “o’ynalsa bas”ga yo’l qo’ymaslik kerak. O’yinda aniq har xil
usullar qo’llanishi mumkin degan vazifa qo’yilgan bo’lishi mumkin.
Shu maqsadda shug’ullanuvchilarni e’tiborini o’rganilayotgan usulni
o’yinda qo’llashligiga qaratish maqsadida ba’zi
bir chegaralovchi
maxsus o’zgartirishlar kiritish mumkin.
O’quv o’yinlarining xarakterini ustalik bilan o’zgartira oladigan
bo’lish kerak. Ularni asta-sekinlik bilan qiyinlashtirib borish zarur.
O’tilgan materialni o’zlashtirilganlik sifati qiyinroq o’yinlarda,
o’rtoqlik va rasmiy o’yinlarda tekshirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: