55
4.2.3.
Shaxsiy himoyani o’rgatish va unda takomillanish.
Asosiy vazifalari:
1.
Raqib bilan kurashishning shaxsiy usullar arsenalini to’liq
foydalanishga o’rgatish;
2.
Guruhli o’zaro harakatlarni muvofiqligiga erishish;
3.
Bir variantlarni o’rganish
va hamma, beshta o’yinchilarni
harakatlari bo’yicha bir xil harakatlarni amalga oshira bilishni egallash.
Birinchi bo’lib zichlashtirilgan himoya keyin esa tarqoq himoya
o’rganiladi. Shaxsiy pressingli o’zlashtirishga, aytilgan variantlarni
egallagandan keyin hamda jismoniy, texnik va irodaviy (ruhiy)
tayyorgarlik yuqori darajada bo’lganda kirishiladi.
Har bir variantni
o’rgatish uning uchun xarakterli bo’lgan shaxsiy harakatlarni
takomillashtirish bilan boshlanadi. Mashqlar, himoyachilarni ta’qib
qiluvchiga va to’pga nisbatan joylashganligi,
ularni faollik darajasi va
harakat qaerda bajarilganligiga qarab farqlanadi.
Zichlashtirilgan himoyani o’rganishni birinchi bosqichida guruhli
harakatlarini straxovka qilish mashqlariga ko’proq e’tibor ajratiladi,
keyinchalik shchitdan qaytgan to’p uchun kurashish harakatlari
mashqlarga e’tibor beriladi.
Birinchi holatda asosiysi - joyni (pozitsiyani) to’g’ri
tanlash va
to’pni harakatiga qarab joyni tez almashtirish, ikkinchi holatda -
“sapchish uchburchagini” yarata bilishdir.Tarqoq himoyani egallashda
avval o’yinchini keyin sirpanib o’tish o’rganiladi. O’yinchi
almashish
uchun mashqlarda o’yinchilarni almashish o’z vaqtida va kelishilgan
holda bajarilishga asosiy e’tibor beriladi. Sirpanib o’tishni o’rganishda
esa-o’zaro harakat qilayotgan raqiblarni kuzata bilish, ularni niyatini
topa olish va tez qaror chiqarishga (tez biron bir echimga kelishga)
e’tibor qilinadi.
Shaxsiy pressingni o’rganishga o’tilganda
anchagina masofada
almashish mashqlariga, bir hujumchiga ikki himoyachi hujum qilishiga,
raqibni son jihatdan ortiq bo’lgandagi qarshi harakatlarga ko’p vaqt
ajratiladi. Ta’qib qilayotgan o’yinchilarni almashtirishga majbur
bo’lganda,
sheriklarni
(himoyadan)
kelishilgan
qarorni
qabul
qilishlariga va mo’ljal qilish tezligiga; to’pli hujumchiga ikkinchi
himoyachi hujum qilishligi uchun imkoniyat
yarata bilishlikka hujum
uyushtirilishini iloji boricha savatdan uzoqroqda to’xtatishga va to’pli
o’yinchiga tezlik bilan chiqishga asosiy e’tibor qilinadi. Zichlashtirilgan
himoyani o’rganishda, mashqlar kichkina chegaralangan maydonlarda,
56
o’rganiladi. Shaxsiy pressingni o’rganishda esa aksincha butun maydon
bo’ylab o’rganiladi.
Shaxsiy pressingni egallash juda muhim, qiyin va o’rgatish uzoq
davom etuvchi bosqich hisoblanadi. Shaxsiy pressingga o’rgatish,
himoyachilarni harakatlarini izchillik bilan faollashtirish va ayniqsa
to’psiz o’yinchiga qarshi shaxsiy usullarni
takomillashtirish mashqlari
jarayonida o’tadi. Keyin to’pni egallash usullarini va ta’qib qilinayotgan
o’yinchi hamda to’p o’rtasida joylashganda qarshilik ko’rsatish usullari
o’rganiladi. Faol qarshilik ko’rsatiladigan mashqlar (1x1, 2x2, 3x3)
maydon tashqarisidan to’pni uzatishda ma’lum vaqt ichida to’pni qabul
kilmaslik, to’pni qabul qilganlaridan so’ng savatga otishlariga yo’l
qo’ymaslikka harakat kilishlar, muhim o’rin oladilar. Hamma
mashqlarda ham aniq vazifa qo’yiladi: har qanday sharoitda ham o’zi
ta’qibidagi o’yinchidan ajralmaslik, to’pli o’yinchiga
qarshi chiqish,
ikki kishi hujum qilish va h.k.
Jamoa harakatlarini takomillashtirish mashqlari va o’yinlarda
shaxsiy pressingni qo’llash avval statik holatdan amalga oshiriladi.
Keyin bu tizimni qo’llash uchun vaziyatlar soni ko’paytiriladi va oxiri
to’pni har qanaqa yo’qotilishidan qati nazar uni qo’llash topshirig’i
beriladi. Xuddi shu tartibda shaxsiy pressingni butun maydon bo’ylab
qo’llash mashqlari murakkablashtiriladi. Shaxsiy pressingni egallash
uchun raqib bilan kurashishga o’yinchilarda ruhiy holatni tarbiyalash
muhim ahamiyatga egadir. Shaxsiy
himoyani takomillashtirish
jarayonining so’nggi vazifasi ushbu himoya variantlarini oqilona birga
qo’sha bilishni egallash hisoblanadi. Bu maqsadda mashqlar va o’yinlar
foydalaniladi, bularda murabbiylarning ko’rsatmasiga binoan variantlar
o’zgartiriladi, ma’lum vaziyatlardan keyin va oxiri o’yinda kuchlarni
ahvoli o’zgarishiga muvofiq mustaqil o’zgartiriladi.
Dostları ilə paylaş: