54
O’yinchilarni eng avval joylashishlar bilan har bir pozitsiyada
bajariladigan harakat faoliyati xarakteri bilan tanishtirish kerak. Bu
maqsadda asosiy joylashishlarni tushuntirib va ko’rsatilgandan keyin
kelishilgan holda joy almashish mashqlari qo’llaniladi.
Guruhli
harakatlarni mashqlari qo’shimcha topshiriqlar bilan orientirovka qilish
sharoitlarini qiyinlashtirish bilan; asta sekin qarshilikni kuchaytirish
bilan murakkablashtiriladi. Keyingi o’yinchining o’zaro harakatlari:
uchburchak, kesishish va “kichik sakkiz” o’rganiladi. “Kichik sakkiz”
bo’yicha harakatlar qilish mashqlarini har xil variantlari katta o’rin
tutadi. To’siqlar bilan guruhli harkatlarni o’rgatish muhim o’rin
egallaydi. Avvalambor shug’ullanuvchilarda to’siq
haqida tushuncha
hosil qilinadi. U maqsadda harakatli o’yinlar qo’llaniladi. Keyin maxsus
mashqlarda (himoyachi albatta ishtirok etadi, u o’zi ta’qib qilayotgan
harakatlar o’rganiladi). Bunda uchraydigan
xatolarni tuzatishga,
ayniqsa:
1) to’siq qo’ygan o’yinchining, raqibning yonida yoki yonida-
oldida joylashishi, u raqibni yonida-orqasida turishi lozim;
2) raqibga “etib oladi”;
3) ta’qib qilayotgan o’yinchisini kuzatayotgan paytda, to’siq
qo’ygan o’yinchi uni qo’llari yoki oyoqlari bilan
tutib qolishi;
4) ozod bo’layotgan o’yinchi qo’yilgan to’siq tomonga o’tish
o’rniga boshqa tomonga harakat qilishi;
5) to’siq qo’yilmasdan harakat qilishi;
6) himoyachi e’tiborinio’ziga jalb qilmasdan to’siq qo’yilishini
passiv kutib turish va shu kabilarga e’tibor beriladi. Birinchi bo’lib,
to’psiz o’yinchilarni to’siq qo’yishlari o’rganiladi.
Takomillashtirish bosqichida asosiy e’tibor qayta va qo’sh (juft)
to’siqlarga boriladi. Harakatda qo’yiladigan to’siq avval pozitsion
hujumni guruhli o’zaro harakatlarida so’ngra esa tez yorib o’tishda
takomillashtiriladi. O’yin to’xtatilgach ayrim hollarda qo’llaniladigan
kombinatsiyalarga o’rgatish. Guruhli va
jamoani hujum harakatlarini
egallash jarayonida amalga oshiriladi. Eng avval o’yin boshlanishida va
bahs to’pi tashlanayotganda (otilayotganda), keyin to’p maydon
tashqarisidan uzatilayotganda va oxiri jarima to’pi otish bajarilganda
kombinatsiyalar o’rganiladi. Har bir kombinatsiyani
bir nechta yakun
qilish yo’llarini o’rganish zarur.
Dostları ilə paylaş: