57
Eng avval zichlashtirilgan himoya; 2-1-2, 2-3, 1-3-1 o’rganiladi.
Shaxsiy
harakatlarda, shchit tomonga tez qaytish va biriktirilgan joyni
(pozitsiyani) egallashga; zonasida to’pli o’yinchiga o’z vaqtida chiqish
hamda to’p uzatganidan
keyin orqaga qaytishga; Xujumchilar son
jihatdan ortiq bo’lgan sharoitda harakat qila bilishga; savatga to’p
tushmaganda hujumchini shchitdan, “operativ qochishga”
va tez yorib
o’tish uchun tayyorligiga asosiy urg’u beriladi. Guruhli harakatlarda,
shchit tagidagi eng xavfli zonalarni straxovka qilishga; to’pli o’yinchiga
guruh bo’lib hujum qilishga; va shchitdan qaytgan to’p uchun
kurashishni tashkil qilishga asosiy e’tibor beriladi.
Tarqoq himoyani
o’rganishda, hujum qilayotgan raqibning ikkinchi eshelonida to’p bilan
oldinga
harakatlanayotgandagi
qarshi
chiqqan
birinchi
chiziq
o’yinchilariga harakatlariga ko’proq e’tibor beriladi. Ular oldiga –
hujumni tashkil qilayotgan o’yinchilarga qarshi faol harakat qilish,
hujumni oldingi va orqa liniyalari o’rtasida uzilishni amalga oshirish,
oldinga to’pni aniq uzatilishiga yo’l qo’ymaslik vazifasi qo’yiladi.
Bular bilan bir vaqtda himoyachilarni ikkinchi chizig’i shchit tagiga
qaytish o’rganiladi.
Zonali pressingga o’rgatish ayniqsa qiyin hisoblanadi. U ham
shaxsiy pressing singari takomillashtirilgan boqichida o’rganiladi.
Bunda hamma bosh o’yinchining harakatlarini
bir-biriga mos
kelishligini egallab olish asosiy vazifadir.
Bu - bir zumda o’yinchilarni pozitsiya (joylashish)lari bo’yicha
turishlari va ularni shchit tomon kaytish vaqtida o’zgartira bilish. Ayrim
chiziqlar o’rtasida uzilish bo’lmasligiga e’tibor beriladi. Bu maqsadda,
avval himoyachilar aniq bir zonalarda harakat qiladigan mashqlar
bajariladi, keyin esa vaziyatni o’zgartirishga muvofiq harakat qiladilar.
Guruhli harakatlarda shchit tomon chekinayotganda xavfli zonalarni
straxovka qilish, to’pni hujumchini zonadan zonaga “uzatishda”
ikkinchi himoyachi qabul qilinib olishi va to’pli o’yinchiga ikki
himoyachini hujum qilish mashqlari ko’p o’rin oladi.
Shaxsiy harakatlar uchun - to’p qaerdaligiga muvofiq qo’llash
pozitsiyasini egallash va tez mo’ljal qila bilish asosiy mashqlardir.
Zonali pressingni o’rganishda jamoa harakatlari qo’llaniladigan
territoriya (hudud, joy, maydon) asta-sekin kattalasha boradi.
Boshida
bu harakatlar o’yin to’xtatilgandan keyin, so’ngra to’p savatga
tushgandan keyin hamda raqib to’pni orqa zonada o’yinchiga
uzatgandan keyin bajariladi.
Taktik tayyorgarlikning asosiy xususiyatlari kuyidagilardan iborat:
58
-universallashtirish degani juda baland bo’ylilar uchun qabul qilsa
bo’ladigan tushuncha desa bo’ladi, jumladan, markaziy o’yinchilar
uchun;
-odatdagi shchit oldidagi pozitsiyadan chekinish (qaytish),
taktik
kombinastiyalarni faqat yakunlash qismida emas, balki tayyorlash
qismida faol ishtirok etish; “ixtisoslashtirish” himoyachilarga xosdir;
-ular orasida hozirgi paytda hujumkor himoyachilar o’yinni
qovushtiruvchi himoyachilarga ajratadilar;
-sportchilarni aqliy, zexniy qobiliyatlarini xar taraflama tarbiyalash,
zarur. Jiddiy voqealarni mustaqil fikrlay bilishlikka ma’lumot etarli
bo’lmaganda hamda vaqt etishmayotgan sharoitda jamoa bo’lib
improvizastiya qilishlik qobiliyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan
tayyorgarlik;
-ikki-uch yo’li bor kombinastiyalarga asoslangan taktik harakatlarni
qo’llash;
-himoyachilarni qarshilik ko’rsatish darajasini
yuqoriligi bilan faol
himoyalanish formalarini qo’llashni ko’p va tez uchrashi;
-mashg’ulot jaryonida, vaqtni va texnik-taktik harakatlarni bajarish
joyini chegaralash, himoyachilar qarshiligini kuchaytirish ba’zi hollarda
ularni sonini ko’paytirish hisobiga musobaqa sharoitiga yaqin muhitni
yaratish;
-shaxsiy jihatdan ham, umumhimoya jihatdan ham raqib o’yin
harakatlarini modellashtirish metodidan tizimli ravishda foydalanadi;
Dostları ilə paylaş: