O’. A. Farmanov



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

4.2.1
 
Taktik harakatlarga o’rgatishda izchillik
Taktik tayyorgarlik - mashg’ulot jarayonini ancha qiyin bo’limidir. 
Bunga sabab, basketbolchining texnik mahorati oxir oqibatda 
o’yinchilarni taktik fikrlashiga va sheriklari bilan o’zaro kelishib, 
tushunib harakat qila olishlariga bog’liqdir. Taktik fikrlashni 
rivojlantirish va jamoa bo’lib o’zaro harakat qilishni egallash, tashkil 
qilinishi va zarur vositalarni tiklash bo’yicha juda qiyindir. 
Taktik tayyorgarlikning asosiy vazifalari quyidagilardir: 
1.
Taktikani umumiy nazariy qonuniyatlarini va hozirgi zamon 
basketbolida uni rivojlantirish an’analari (tendenstiyasi)ni o’rganish. 
2.
Taktik 
fikrlashning 
teranligi, 
puxtaligi, 
intensivligini 
takomillashtirish. 
3.
Taktikaning asosiylari bo’lmish shaxsiy, guruhli va jamoa 
harakatlarini egallash. 
4.
Ayrim o’yinchilarni va umuman jamoaning imkoniyatlariga 
ko’proq javob beradigan murakkab usullarni, tizimlarni va variantlarni 
egallashda taktik mahoratni takomillashtirish. 
5.
Musobaqa o’yinga ishlab chiqilgan rejani, kutilmaganda paydo 
bo’ladigan sub’ektiv va ob’ektiv qiyinchiliklarga qaramay, taktik qila 
bilishni shakllantirish. 
6.
O’yin jarayonida har xil taktik usullar va tizimlarni ustalik bilan 
qo’llay olishni egallash. 
Ko’rsatilgan vazifalar ikki bosqichda hal qilinadi. Birinchi 
bosqichda taktikaning umumiy masalalari va uni basketboldagi 
ahamiyati o’rganiladi. Taktik fikrlash rivojlantiriladi, asosiy taktik 
usullar va harakat qilish variantlari o’rganiladi va takomillashtiriladi, 
o’yinni asosiy tizimlari o’rganiladi. Ikkinchi bosqichda ancha qiyin 
masalalar hal qilinadi. Taktika nazariyasi va kuchli jamoalar tajribasi 
o’rganiladi, o’zini harakatlarini va raqib harakatlarini chuqur tahlil 
qilish qobiliyatlari shakllantiriladi, o’yinni murakkab taktik variantlarini 
amaliy 
jihatdan 
egallash 
ro’yobga 
chiqariladi, 
ko’zlangan 
(mo’ljallangan) rejani amalga oshirish qobiliyati va musobaqa 
jarayonida taktika arsenali bilan manevr qila olishlikni tarbiyalash. 
Bosqichlarning har birida taktik tayyorgarlik umumiy qonuniyatlari 
nazariy jihatdan egallash va taktik mahoratni amaliy egallash yo’li bilan 
amalga oshiriladi. Taktik tayyorgarlikni (masalalari) vazifalari har xil 
shaklda hal qilinadi. Mustaqil mashg’ulotlarda maxsus adabiyotlar 
o’rganiladi, shaxsiy taktik harakatlar amaliy takomillashtiriladi. 


49 
Jamoaning umumiy nazariy mashg’ulotlarida va mashg’ulotlarida 
shaxsiy, guruhli va jamoa harakatlari takomillashtiriladi. Musobaqa 
davomida 
raqibning 
taktik 
imkoniyatlari 
tahlil 
qilinadi 
va 
umumiylashtiriladi, o’rganilgan taktik variantlar va tizimlar tekshiriladi. 
Basketbolda taktik harakatlarni ketma-ket (izchil) o’rganish 
materialni egallashda analitik (analiz, tahlil qilish) yo’lni foydalanishni 
ko’zda tutadi. O’yindan alohida taktikani ayrim elementlari o’rganiladi, 
ular keyinchalik tayyorlov va o’quv o’yinlarida mustahkamlanadi, 
keyinroq ancha murakkab elementlar o’rganiladi, ular ham o’yinda 
mustahkamlanadi va h.k. Faqat bolalar bilan tayyorlov va kichik guruh 
dastlabki egallashlarni harakatli, tayyorlov va soddalashtirilgan o’quv 
o’yinlari jarayonida amalga oshirish mumkin. O’yin taktikasini 
o’rganish avval hujumni shaxsiy harakatlarining asoslarini egallash 
bilan keyinroq himoyaning shaxsiy harakatlari asoslarini egallash bilan 
boshlanadi. Bular bilan nazariy tanishish esa, texnik usullarni u yoki bu 
usulni vaziyat talab qiladigan sharoitda, o’rganish jarayonida amalga 
oshiriladi. 
Amaliy 
egallash 
bo’lsa, 
usullarni 
takomillashtirish 
jarayonida, vaziyatga qarab harakat qilishni oqilona yo’lini tanlay 
bilishni rivojlantirilayotganda amalga oshiriladi. Taktik harakatlarni 
umumiy asoslarini egallagandan keyin ma’lum o’yin tizimlariga 
muvofiq ravishda izchillik o’rganish boshlanadi. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə