O bobojonov k. Jumaniyozov



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/215
tarix12.10.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#127289
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   215
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

6. Vaqt bilan bog’lanish.
Moliyaviy hisob tashkilotning moliyaviy 
tarixini aks ettiradi. Buxgalteriya o’tkazmalari xo’jalik muomalalari sodir 
bo’lib o’tgandan keyin beriladi. Garchi moliyaviy hisobning ma’lumotlari 
rejalashtirish uchun asos qilinib olinsa ham, ular o’z tabiatlariga ko’ra tari-
xiy xususiyatga egadir. Boshqaruv hisobi tarixiy xususiyatga ega bo’lgan 
axborot bilan birgalikda, kelajakni baholash va rejalashtirishni ham o’z 
tarkibiga oladi. Moliyaviy hisobning vazifasi – u qanday bo’lganligini 
ko’rsatish bo’lsa, boshqaruv hisobi – u qanday bo’lishi kerakligini 
ko’rsatadi.
7. Axborotning ko’rinishi

shakli.
Moliyaviy hisobning pirovard 
mahsuli bo’lgan moliyaviy xujjatlar asosan pul ifodasidagi axborotdan 
iborat. Boshqaruv hisobi ham pul ifodasidagi, ham pulda ifodalanmagan 
axborotni beradi. Boshqaruv hisobida materiallarning miqdori va uning 
qiymati, sotilgan buyumlarning soni va ularni sotishdan tushgan pulning 
summasini aks ettiradi va hokazo.
8. Axborotning aniqlik darajasi.
Firmaning ma’muriyatiga o’z 
vaqtida olingan axborot kerak va bunda ko’pincha axborotni tezroq olish 
foydasiga axborotning aniqligiga qo’yilgan talablarni ma’lum darajada 
bo’shashtirishga ham yo’l qo’yish mumkin. Shunday qilib boshqaruv 
hisobidan ko’pincha, aniq bo’lgan ma’lumotlarga qaraganda, taxminiy 
ma’lumotlardan ko’proq foydalaniladi. Albatta, moliyaviy hisobning 
ma’lumotlari ham har doim juda aniq bo’lishi kerak, lekin boshqaruv 
hisobida, moliyaviy hisobga qaraganda taxminiy ma’lumotlardan ko’proq 
foydalaniladi.
9. Hisobotning davriyligi.
To’liq moliyaviy hisobot sub’ekt 
tomonidan yilning yakuni bo’yicha tuziladi, unchalik batafsil bo’lmagan 
hisobot esa har chorakda tuziladi. Boshqaruv hisobida esa batafsil 
hisobotlar katta tashkilotlar tomonidan har oyda tuziladi. Faoliyatning 
ayrim turlari bo’yicha hisobotlar har oyda, har kuni, ba’zi paytlarda esa – 
shu ondayoq tuzilishi mumkin.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə