O bobojonov k. Jumaniyozov


 Hisobni yuritishining majburiyligi



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/215
tarix12.10.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#127289
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   215
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

1. Hisobni yuritishining majburiyligi.
Moliyaviy hisobning yuritilishi 
majburiydir. Talab qilinadigan shakl va talab qilinadigan aniqlik darajasidagi 
ma’lumotlarni yig’ish uchun, bu ma’lumotlarni ma’muriyat foydali 
hisoblaydimi yoki yo’qmi, undan kat’iy nazar, katta kuch sarflanadi.
Boshqaruv hisobini yuritish rahbariyatning ixtiyoriga bog’liq. Bunda 
hech qanday begona tashkilot nima qilish kerak va nimani qilmaslik 
kerakligi to’g’risida buyruq bera olmaydi. Shuning uchun boshqaruv 
hisobini yuritish butunlay ma’muriyatning xohishiga bog’liq. Agar 
axborotni yig’ish va ishlash ulardan olinadigan nafdan qimmatga tushsa, 
unda bunday axborotni olishga xojat qolmaydi.
2. Hisobni yuritishdan maqsad.
Moliyaviy hisobning maqsadi 
-sub’ektdan tashqaridagi foydalanuvchilar uchun zarur bo’lgan moliyaviy 
xujjatlarni tuzishdir. Xujjatlar tuzilgandan so’ng maqsadga erishilgan 
hisoblanadi. Boshqaruv hisobi faqat rejalashtirish, o’zining faoliyatini 
boshqarish va nazorat qilish quroli bo’lib hisoblanadi.
23


3. Axborotdan foydalanuvchilar.
Moliyaviy hisobni yuritish 
natijasida olingan axborotdan foydalanuvchilar aksariyat aniq bo’lmagan 
tashkilotlardan iborat (bundan tashkilotning o’z ma’muriyati mustasnodir). 
Кo’pchilik kompaniyalarning ma’muriyati shu kompaniyaning 
buxgalteriya hisobotidagi axborotlardan foydalanuvchi aksiyadorlar, 
kreditorlar va boshqa shaxslarning ko’pchiligini shaxsan bilmasligi 
mumkin. Undan tashqari, ko’pchilik tashqi foydalanuvchilarning talablari 
bir xil deb faraz qilinadi. Boshqaruv hisobining ma’lumotlaridan 
foydalanuvchilarning (kompaniyaning menejerlari va ularga axborotni 
yig’ish va tahlil qilishda yordam beruvchi xodimlar) esa odatda har biri 
shaxsan ma’lum bo’ladi. Shuning uchun ularga xos bo’lgan talablar ham 
ma’lum bo’lib, boshqaruv hisobining tizimi ham shu talablarga moslangan 
bo’ladi.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə