O bobojonov k. Jumaniyozov


Pul mablag’lari va pul ekvivalentlarining tavsifi



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/215
tarix12.10.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#127289
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   215
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

2.2. Pul mablag’lari va pul ekvivalentlarining tavsifi.
Pul mablag’lari –
bu majburiyatlarni zudlik bilan to’lash uchun 
ishlatilishi mumkin bo’lgan turdagi mablag’larni o’z ichiga oladi. Pul 
mablag’lariga moliyaviy muassasalardagi joriy schyotdagi qoldiqlar, naqd 
kupyuralar, tangalar, valyutalar, kichik kassaning naqd pullari va 
moliyaviy muassasalar tomonidan muddatli depozitlar va muomaladan 
chiqarish uchun qabul qilingan, sub’ektning kassasidagi konkret o’tkazib 
beriladigan pul xujjatlaridir (depozit schyotlar ham pul mablag’lari sifatida 
ko’riladi. Bu o’tkaziladigan pul xujjatlariga oddiy cheklar, kassaning 
orderlari, mijozlarning cheklari, pul o’tkazmalari va boshqa hisoblashish 
vositalari kiradi. Balansning «Pul mablag’lari» moddasidagi qoldiq pul 
mablag’lari schyotlariga kiradigan barcha turdagi mablag’larni aks ettiradi.
Pul ekivalentlari –
bu pul mablag’lariga o’xshaydigan lekin boshqacha 
turkumlanadigan aktivlardir. Ular xazina veksellari (xazina veksellari – bu 
muomalaga chiqarilgan, keyin bir yildan kam muddatda qaytariladigan 
hukumatning foizsiz majburiyatlaridir. Ular chegirma bilan sotiladi va o’z 
vaqtida to’lanadi. To’lash qiymati bilan chiqarilish qiymati o’rtasidagi farq 
xaridorning foiz daromadi bo’ladi. 
Overdraft – 
bu qisqa muddatli majburiyat kabi hisoblanadigan va aktiv 
schyotlardagi mavjud bo’lgan debet qoldiqdan yuqori bo’lmagan 
summadagi to’lovni amalga oshirishda vujudga keladigan kredit qoldiqdir. 
Pul mablag’larining ichki nazorati.
38


Ichki nazorat tizimi quyidagilarni ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan 
siyosat va tadbirlardir:
aktivlarni himoya qilish;
sub’ektning moliyaviy siyosatiga mosligini ta’minlash;
buxgalteriya schyotlarida aks ettirilgan ko’rsatkichlarning 
ishonchliligini ta’minlash.
Pul mablag’lari va likvidli aktivlar ustidan o’rnatilgan qattiq ichki 
nazorat tizimi, pul mablag’lari va ularning ekvivalentlarining amalga 
oshirilgan baholanishi moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun 
aniq va ishonchli bo’lib hisoblanadi.
Pul mablag’lari ustidan o’rnatilgan ichki nazorat quyidagi vazifalarni 
bajarishi kerak:
pul mablag’larini alohida saqlash va alohida hisobini yuritish;
naqd pulga amalga oshirilgan barcha muomalalarning hisobini yuritish;
kassada faqat zarur bo’lgan naqd pulning qoldig’ini saqlash;
kassadagi naqd pul qoldig’ining doimiy tekshiruv hisoblarini amalga 
oshirish;
daromad keltirmaydigan pul mablag’larining qaytarilishini ta’minlash;
pul mablag’larini jismoniy nazorat qilish (vaqti vaqti bilan kassadagi 
naqd pullarni inventarizasiya usuli yordamida tekshirib turish).
Pul mablag’larining kelib tushishini nazorat qilish quyidagi tartibda 
amalga oshiriladi.Hamma sub’ektlarda pul mablag’larining tushishishining 
ko’p manbalari va har xil nazorat muomalalari mavjud. Amalda quyidagi 
muomalalar ko’proq ishlatiladi:
pul mablag’larini to’lash, naqd pulga amalga oshiriladigan 
muomalalarni aks ettirish va kassadagi qoldiqlarni taqqoslash bo’yicha 
majburiyatlarni ta’minlash. Bu tartib o’g’irlikni qalbaki xujjatlar bilan 
berkitish va o’g’irlik tavakkalchiligini kamaytiradi;
pul mablag’larining bankdagi schyotlarga tushishidan boshlab
doimiy va to’xtovsiz pul olish uchun har bir alohida xodimga majburiyatni 
belgilash. 
Bu nazorat o’z navbatida quyidagilarni talab etadi:
a) kechiktirilmagan hisoblashishlar, ya’ni hisoblashishlarni belgilangan 
vaqtda amalga oshirish;
b) kechiktirilmagan yozuvlar, muomala yozuvlarini o’z vaqtida amalga 
oshirish;
v) olingan barcha pul mablag’larini o’z vaqtida deponentlash, ya’ni 
tegishli maqsadlar yoki majburiyatlarga yo’naltirish.
39


Pul mablag’larining boshqaruv funksiyasini bajarish bo’yicha to’xtovsiz 
nazoratni ta’minlash va yozuvlarni yuritish. Bu nazorat, kundalik va 
kassadagi naqd pulning kutilmagan hisobi, ichki taftish va kundalik 
olingan pul mablag’lari, to’lovlar va qoldiqning kundalik hisobotini o’z 
ichiga oladi.
Pul mablag’larining sarfini nazorat qilish tartibi quyidagilardir. 
Кo’pchilik kompaniya va firmalar juda ko’p remitentlarga pul to’laydilar. 
Pul mablag’larini nazorat qilish tizimi har bir kompaniya va firma uchun 
ayrim ishlab chiqarilsa ham quyidagi qoidalar ko’p hollarda umumiy holda 
qo’llaniladi:
pul mablag’larining xarajatlari haqidagi xujjatlarni yuritish bo’yicha 
cheklarni yozish, imzolash, ularni yuborish va yozuvlarni yuritish bo’yicha 
majburiyatlarni taqsimlab berish;
xo’jalik ehtiyojlari uchun sarflangan xarajatlarni kichik summadan 
tashqari (kichik kassalar), oldindan raqamlangan cheklar bilan 
rasmiylashtirish (xarajat orderlari bilan);
agar kichik kassaning schyotlari qo’llanilsa, ulardan foydalanish 
bo’yicha huquqlarni nazorat qilish zarur;
xarajatni tasdiqlovchi zarur xujjatlar mavjud bo’lsagina kassaning 
chiqim orderlarini yozish;
pul mablag’larini ro’yxatga olish va rasmiylashtirish ustidan nazorat 
qilish, ya’ni kassaning kirim va chiqim daftarini o’z vaqtida va to’g’ri 
yuritish.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə