O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor



Yüklə 10,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/124
tarix23.09.2018
ölçüsü10,01 Mb.
#70228
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   124

4. 
E ksport-im port  bojlari  orqali.  U shbu  yo‘nalishda  davlat  to m o - 
nidan xo'jalik subyektlari olib boradigan eksport-import operatsiyalariga 
o'rnatilgan  past yoki yuqori darajadagi  boj stavkalari ushbu faoliyatning 
rivojlanishiga  yoki  t o ‘xtatib  q o ‘yilishiga  olib  kelishi  m um kin.
Yuqorida ta ’kidlab o ‘tilganlarni  umumlashtirgan  holda,  moliyaning 
tartibga  solib  turish  funksiyasi  quyidagi  darajada  yuzaga  chiqadi:
- -   mikroiqtisodiy darajada  (xo'jalik  subyektlari  darajasida).  B unda 
faoliyat  ko'rsatayotgan  xo‘jalik  subyektlari  ishlab  chiqarishni  rivojlan- 
tirish  m aqsadida  turli  pul  fondlarini  tashkil  etadi;
— 
m akroiqtisodiy   darajada  (davlat  darajasida).  B u n d a   davlat 
tom onidan  iqtisodiyotni  rivojlantirish  uchu n   davlat  budjeti  xarajat- 
laridan  soliqlar,  bojlar,  ta ’riflar  orqali  foydalanish  am alga  oshiriladi.
Yuqoridagilardan  xulosa  qilish  m um kinki,  davlat  m oliya  dastak- 
larining  har  bir  turini  yoki  bir  nechtasi  q o ‘llanishi  y o rd am id a   iqtiso- 
diyotning  barcha  sohalariga  kuchli  t a ’sir  ko‘rsatish  im koniyatiga  ega. 
Fikrim izcha,  bu  omil  moliyaning  tartibga  solib  turish  funksiyasini 
mustaqil  funksiya  deb  m ulohaza  qilinishiga  asos  b o ‘la  oladi.
3 .3 .  M oliya  siyosatining  mohiyati  va  mazmuni
H a r  bir  davlat  o'ziga  yuklatilgan  siyosiy,  iqtisodiy  va  ijtimoiy 
vazifalarni bajarish uchun eng a w a lo   iqtisodiy siyosatdan,  shu jum ladan 
ushbu siyosatning poydevori b o ‘lgan  moliya siyosatidan samarali foyda- 
landi.  M oliya  siyosatining  mohiyati  va  m azm uni  t o ‘g ‘risida  iqtisodiy 
adabiyotlarda  turli  iqtisodchi  olim lar  o'rtasida  h a r  xil  ilmiy  fikrlar 
mavjud.  Akademik  G.B.  Polyak  va  V.V.  Karchevskiylarning  fikricha1 
moliya  siyosati  —  davlat  zimmasiga  yuklatilgan  funksiyalarni  bajarish 
u c h u n   m o liy a   m u n o s a b a tla rid a n   f o y d a la n is h   y u z a s i d a n   tash k il 
etiladigan  chora-tadbirlarining  yig‘indisi.  Ushbu  fikrni  rivojlantirgan 
holda  va  «moliya  munosabatlari»  atamasi  kengaytirilgan  h o ld a   i.f.d., 
RTFA  akademigi  V.K.  Senchagov2moliya  siyosatiga  o ‘z  fikrini  bildi- 
radi.  U ning  fikricha  moliya  siyosati  —  davlat  iqtisodiy  siyosatining 
tarkibiy  qismi  sifatida  amaldagi  qonunchilikka  asosan  iqtisodiy  siyo­
satining  strategiyasi  va  taktikasiga  asosan  davlat  m oliya  rcsurslarini
1Поляк Г.Б.
  и др.  Финансы. Д е н е ж н о е  обращ ение.  Кредит.  —  М.:  Ю Н И Т И , 
2004.

Сенчагов  В.К.
  и  др.  Ф и н а н сы ,  д е н е ж н о е   о б р а щ е н и е   и  к р е д и т   —  М.: 
П роспект,  2004.


shakllantirish  hamda ularning sarflanishi yuzasidan vakolatga ega davlat 
moliya  tizimi  institutlari  budjet-soliq  va  boshqa  moliya  dastaklarining 
yig‘indisidan  iboratdir.
O lim ning  fikricha  moliya  siyosati  m exanizm ida  davlat  moliya 
dastaklarining  yagonaligi  t a ’kidlanadi.  Buning  asosiy  omili  sifatida 
jam iyatda  moliya  dastaklarini  faqatgina  vakolatli  davlat  moliya  insti­
tutlari  amalga  oshirishi  keltiriladi.
Mohiyati jihatdan  moliya  siyosati juda  murakkab  ham da  nozikdir. 
Moliya  siyosatini  ishlab  chiqishda  mamlakatdagi  pul-kredit  siyosati, 
valuta  munosabatlari  ham da  fond  bozoridagi  faoliyat  ham   hisobga 
olinadi.  Agar  moliya  siyosatidagi  turli  tamoyillar  umumlashtirilsa,  u 
holda  asosiy  tamoyillar  quyidagilardan  iborat  b o ‘ladi:
—  har  bir  jamiyatda  obyektiv  iqtisodiy  qonunlarning  mavjudligi 
va  ularning  doimiy  ravishda  harakatda  bo'lishi;
—  moliya siyosatining um um iy  konsepsiyasini  ishlab  chiqish, uning 
asosiy  yo'nalishlari,  maqsadi  va  vazifalarining  aniqlab  olinishi;
—  davlat  moliya  faoliyatini  va  iqtisodiyotning  boshqa  subyektlari 
faoliyat ini  boshqarish  ham d a  bu  sohada  yuksak  rivojlangan  davlat - 
larning tajribasi va mahalliy tajribani oqilona uyg‘unlikda olib borilishga 
erishishni  t a ’minlash;
—  adekvat  moliya  mexanizm ini  tashkil  etish.
Yuqoridagilardan  xulosa qilish  mumkinki,  moliya siyosati  iqtisodiy
siyosatining  tarkibiy  qismi  boMishi  bilan  bir  qatorda  uning  har  bir 
tam oyili  maqsadliligi  bilan  ajralib  turadi.  Shuning  u c h u n   moliya 
siyosatining  asosiy  vazifalarini  k o ‘rsatib  o'tish  mumkin:
— jam iyatda  imkoniyat  darajasida  ko‘p  miqdordagi  moliya  resurs- 
larini  shakllantirishga  erishish;
—  davlat  miqyosida  moliya  resurslarining  taqsimlanishi  va  sarfla- 
nishida  oqilona  ham da  sam arador  tizimini  shakllantirish;
—  jam iyatdagi  iqtisodiy  rivojlantirish  va  ijtimoiy  jarayonlarni 
tartibga  solib  turish  ham da  rag‘batlantirishda  moliya  usullaridan  keng 
foydalanishni  tashkil  etish;
—  jamiyatdagi  m uhim   ijtimoiy-iqtisodiy  sohalarni  rivojlantirish 
m aqsadida  moliya  resurslarining  markazlashuvini  amalga  oshirish;
—  moliya  tizimida  barcha  b o ‘g ‘indagi  budjetlarning  darom ad  va 
xarajatlarini  muvozanatlantirish  ham da  budjet  profisitiga  erishish;
—  iqtisodiy  rivojlantirish  b o ‘yicha  davlat  siyosatidagi  strategiya 
va  m aqsadlarning  o'zgarishi  asosidagi  faol  moliya  mexanizmini  ishlab 
chiqish  ham d a  amalga  oshirish;


— 
moliya tizimidagi o ‘zgarishlarni o 'z  m udd atid a anglab oladigan, 
ishchan  va  tajribali  mutaxassislar  tayyorlash  ham d a  qayta  tayyorlash 
orqali  sam arador  moliyani  boshqarish  tizimini  tashkil  etish.
M oliya  siyosati  davlat  iqtisodiy  siyosatining  asosiy  tarkibiy  qismi 
hisoblanadi.  JJshbu  siyosatda  iqtisodiyotni  rivojlantirish  y o ‘nalishlari 
aniqlashtiriladi,  moliya  resurslarining  um um iy  miqdori,  uni  tashkil 
etadigan  manbalari,  shakllangan  moliya  resurslarining  taqsimlanishi 
va  sarflanishi  ham da  ushbu jaray o n da  moliya  usullaridan  foydalanish 
o'z  aksini  topadi.
Shuni  ta ’kidlash  lozimki,  m oliya  siyosati  davlatning  faoliyat  ko'r- 
satishida  nisbatan  mustaqil  soha  hisoblanadi.
Amalga  oshirishda  k o‘zda  tutilgan  chora-tadbirlarning  xususiyati 
ham da  yuzaga  chiqarish  m uddatlariga  asosan  moliya  siyosatini  ikki 
yo'nalishdagi  siyosatga  ajratish  m umkin:
1.  Strategiya  yo‘nalishidagi  moliya  siyosati.
2.  Taktik  yo'nalishidagi  moliya  siyosati.
Moliya siyosatining  asosini strategik yo'nalishdagi  moliya siyosati 
tashkil  etadi.  U shbu  siyosat  m oliya  siyosatini  uzoq  va  o 'r ta   m uddatli 
yo'nalishi  hisoblanib,  u  davlatning iqtisodiy  rivojlanish  faoliyati  h a m ­
da  m am lakat  ijtimoiy sohasining xususivatlaridan  kelib chiqib kelajak- 
da  k o 'z d a   tutilgan  asosiy  vazifalarning  amalga  oshirilishini  moliya 
resurslari  bilan  t a ’m inlanishi  yuzasidagi  moliya  chora-tadbirlarin ing  
yig'indisidir.
Davlat  o 'z   vaqtida  moliya  siyosatining  strategik  yo'nalishlarini 
amalga  oshirish  maqsadida  moliya  m unosabatlarining  taktik  yo 'n a- 
lishlaridan  foydalanadi.  M oliya  siyosatining  taktik  yo'nalislu 
o'z 
mohiyatiga ko'ra qisqa muddatli bo'lib,  uning yordam ida davlat  moliya 
resurslarini  jalb  etishlik,  ushbu  resurslardan  oqilona  va  tejamkorlik 
bilan  sarflanishini,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  jaray on larni  tartibga  solib 
turish ham da iqtisodiyotning ayrim sohalarini rivojlantirishni o 'z  ichiga 
oluvchi  chora-tadbirlarning  yig'indisidir.  Bu  c h o ra-tadbirlar  o'zaro 
bir-birini  to'ldirib  turuvchi  hisoblanadi.
Davlat  moliya  siyosatini  ishlab  chiqishda  jam iyatdagi  tarixiy  ri- 
vojlanishning  aniq  xususivatlaridan  kelib  c h iq m o g 'i  shart.  Moliya 
siyosatining strategik yo'nalishida  davlatning  mavjud  haqiqiy iqtisodiy 
va moliya imkoniyatlari ham da xalqaro holatlar hisobga olinishi lozim. 
Joriy  xususiyatlar  esa  moliya  siyosatining  taktik  yo'nalishida  amalga 
oshiriladigan chora-tadbirlar orqali bosqichm a-bosqich,  samarali h a m ­
da  tejamkorlik  yo'lidan  foydalanib  am alga  oshiriladi.


Yüklə 10,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə