O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor



Yüklə 10,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/124
tarix23.09.2018
ölçüsü10,01 Mb.
#70228
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   124

Biz  moliya  siyosatidagi  strategik  va  taktik  yo'nalishlarning  uzviy 
bog‘liq  holda  olib  borilishini  0 ‘zbekiston  Respublikasini  iqtisodiy 
rivojlantirish  tajribasida  k o ‘rishim iz  m um kin.  Iq tiso d iy o tn i  bozor 
m uno sabatlariga  o ‘tishning  b irin ch i  bosqichida  g‘o yat  m u h im   va 
birinchi  darajali  chora-tadbirlar  h am d a  ustuvor  yo‘nalishlar  sifatida 
quyidagilar  ilgari  surildi.
Moliya  va  soliq  siyosati  sohasida:
—  qattiq  moliyaviy  siyosatni  amalga  oshirish,  davlat  budjetidagi 
defitsitni  iloji  boricha  kamaytirish,  budjetdan  beriladigan  dotatsiyalar 
va  subsidiyalarning  barcha  turlarini  bosqichm a-bosqich  qisqartirib 
borish;
—  budjet  m ab la g ia ri  d a ro m a d   tushganidan  keyingina  taqsim- 
lashtiriladigan  y o ‘ldan  og‘ishmay  borish,  birinchi  darajali,  eng  zarur 
um um davlat  ehtiyojlari  uchungina  budjetdan  mablag‘  ajratish;
—  xalq  x o ‘jaligi  tarm oqlarini,  ayrim  korxonalarni  rivojlantirish 
uchun budjetdan pul bilan  qaytarilmaydigan qilib ta ’m inlash amaliyo- 
tidan voz kechish va ana shu maqsadlar uchun  investitsiya kreditlaridan 
ketig  foydalanish;
—  soliq  tizimini  takoinillashtirish,  budjet  darom adlari  barqaror 
sur’atda  t o ‘ldirib  turilishini  t a ’minlaydigan,  kichik  va  xususiy  korxo- 
nalarning,  chet el kapitali ishtirokidagi,  qishloq xo'jalik mahsulotlarini 
qayta  ishlaydigan  va  xalq  iste ’m oli  m ollarini  ishlab  chiqaradigan 
q o'shm a korxonalarning rivojlanishini  rag‘batlantiradigan pishiq puxta 
soliq  siyosatini  olib  borish.
Albatta,  bu  yuqorida  t a ’kidlab  o'tilgan  ch ora-tadbirlar,  iqtiso- 
diyotning  o ‘sha  davridagi  rivojlanish  holatiga,  m am lak at  aholisini 
ijtimoiy  him oya  qilish  m aqsadida  mablagUarni  shakllantirish  uchun 
soliqlar  stavkalarining  yuqoriligi  h a m d a   sifatan  yangi  iqtisodiyot 
tarm oqlarini  tashkil  qilish  bilan  bog'liq  xarajatlarni  kerakli  moliya 
m ablag‘lari  bilan  ta ’m inlash  u c h u n   zarur  bo‘lgan  majburiy  chora- 
tadbirlar  edi.
Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga bosqichm a-bosqich o ‘tishi- 
ning keyingi bosqichlarida iqtisodiyotning ustuvor sohalari hisoblangan 
Buxorodagi «Qorovulbozor» neftni qayta ishlash birlashmasi,  Asakadagi 
« U z D E U »   yengil  avtom obillar  ishlab  chiqarish  korxonasi,  Samar- 
qanddagi  «Sam ko‘chavto» yuk va yo'lovchi tashuvchi avtomobil ishlab 
chiqarish  korxonasi,  Q ashqadaryodagi  «Sho'rtarigaz»  kimyosanoat 
k o m p le k s la r in in g   ishga  tu s h ir ilis h i  n a tija s id a ,  d a v la t  b u d jetig a  
q o ‘sh im c h a   pul  m ab lag'larin i  kelib  tushishini  t a ’m in ladi.  0 ‘zbe-


kistonning  g‘alla  mustaqilligiga  erishishi  natijasida  esa  xorijdan  g ‘alla 
mahsulotlari  im port  qilish  salmog‘i  keskin  kamaydi  va  bu  omil  valuta 
mablag‘larini  tejashga  olib  keldi.
M amlakatimizdagi  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikning  tez 
sur’atlar  bilan  rivojlanishi  nafaqat  davlat  budjetiga  q o'shim cha  m ab - 
lag‘larning  kelib  tushishi  bilan  birga  aholini  q o ‘shim cha  ish  o ‘rinlari 
bilan  t a ’minladi.
Bu  yuqoridagi  om illar  bilan  bir  qatorda  davlat  budjeti  sarflarining 
omilkorlik  va  m anzilli  sarflanishi  jarayonlari  h a m   amalga  oshirila 
boshladi.  Ushbu  ijobiy  o'zgarishlar  davlatimizning  moliya  siyosatiga 
o ‘z  t a ’sirini  k o 'rsatd i.  2007-yil  25 -dekabrda  tasdiq langan  va  2008- 
yil  1 -y an v a rd a n   kuchga  kirgan  « 0 ‘zb ek isto n   Respublikasi  Soliq 
Kodeksi» va 2000-yil  14-dekabrda qabul  qilingan  0 ‘zbekiston  Respub- 
likasining «Budjet tizimi t o ‘g ‘risida»gi  Q o n u n i  m amlakatimizdagi  m o ­
liya siyosatining sifatan yangi  darajaga ko'tarilganligidan  dalolat beradi. 
Davlat  olib  borayotgan  moliya  siyosati  jam iyat  iqtisodiy  manfaatlari 
va aholining ayrim  ijtimoiy guruhlarining talablaridan  kelib chiqadigan 
maqsad  hamda  vazifalar  hal  etilishi  bilan  bog'liqdir.
Shuning  u ch u n   moliya  siyosatini  olib  b orishda  moliya  m exa- 
nizmining ahamiyati kattadir.  Biz mazkur darsligimizning  keyingi para- 
grafida  moliya  siyosatini  amalga  oshirishda  moliya  m exanizm ining 
mohiyati  va  o ‘rnini  yoritishga  harakat  qilamiz.
3 .4 .  M oliya  siyosatini  amalga  oshirishda  moliya 
mexanizmining  mohiyati  va  o ‘rni
Davlat  moliya  siyosatini  tashkil  etuvchisi  moliya  m exanizm i 
hisoblanadi, chunki u orqali  davlatning moliya munosabatlari sohasidagi 
butun  faoliyati  amalga  oshiriladi.
Moliya  mexanizm i  o'zining  mohiyatiga  k o 'ra   davlat  to m o n id an  
jamiyatda  moliya  munosabatlarini  tashkil etishdagi  shakl,  turlar h a m d a  
usullarning yig‘indisi  hisoblanadi.  Moliya m exanizm i-m oliya am aliyo- 
tida  yuzaga  chiqadigan  moliyaning  tarkibidagi  elem entlarni  mujas- 
samlashtirgan.  Moliya  resurslarining  shakllari,  ularni  shakllantirish 
usullari,  qo n u n c h ilik   asosidagi  m e ’yo r  va  u larning  tizim i,  bu djet 
tizimini tashkil etish,  xo'jalik subyektlarining moliyasi  ham da qimm atli 
qog‘ozlar bozori  ushbu  elementlarga  kiradi.  Shuni  t a ’kidlash  lozimki, 
moliya  mexanizm ining  elementlari  o ‘zaro  bog‘liqlikda  faoliyat  k o ‘r- 
satadi.


Moliya  mexanizmi  bu  rnoliya  siyosatining  aksari  hollarda  o ‘zgarib 
turuvchi qismi  hisoblanadi.  Davlat tomonidan jamiyatdagi joriy iqtisodiy 
holatni  ham da  m am lakat  ijtimoiy  holatini  hal  etishdagi  q o ‘yilgan 
taktik vazifalarning hal etilishi xususiyatlariga asosan moliya mexanizmi 
o ‘zgarib  turadi.  Davlat  qonun  chiqaruvchi  va  ijrochi  organ  sifatida 
moliya munosabatlarini  turlicha tashkil etishi mumkin.  Masalan,  bunday 
moliya  munosabatlari  vakolatli  davlat  organlari  hamda  faoliyat  ko‘r- 
satayotgan  xo ‘jalik  subyektlari  o ‘rtasida  davlat  budjetining  darom ad- 
larini  shakllantirish  maqsadida ulardan  turli soliqlar to ‘lovlarini undirish 
asosida tashkil  etilishi  mumkin.  Davlat tom onidan soliq tizimini tashkil 
etishda  um um d av lat  va  mahalliy  soliqlarni,  bevosita  va  bilvosita 
soliqlarning  turlarini,  har  bir  soliq  turi  bo ‘yicha  obyekti,  subyekti, 
soliq  stavkalari,  soliqlar  bo ‘yicha  imtiyozlarning  ro ‘yxatini  ham da 
amaldagi  soliq  qonunchiligining o ’zgarish  yuzasidagi  boshqa elem ent- 
larni  hisobga  olishi  zarur.  Buning  uchun  davlat  organlari  barcha 
iqtisodiy  qonunlarni juda  puxta  o ‘rganishi  ham da  moliyaning  rivojla- 
nishini  mukam mal  aniqlashi  lozim.
Moliya  mexanizmi  o ‘z  mohiyatiga  ko‘ra  asosan  ikkiga  bo'linadi: 
direktiv  moliya  mexanizmi;  tartibga  solib  turuvchi  moliya  mexanizmi.
Direktiv moliya  mexanizmida asosan davlatning  vakolatli  organlari 
to m o n id a n   moliya  m unosabatlari  ishlab  chiqiladi.  U shbu  moliya 
munosabatlariga  soliqlar,  yig‘imlar,  davlat  krediti,  budjet  xarajatlari, 
budjetdan  moliyalashtirish,  budjet  tuzilmasini  tashkil  etish,  budjet 
jaravoni,  budjetlararo  m unosabatlar  ham da  moliyaviy  rejalashtirish 
kiradi.
Direktiv moliya mexanizmida davlatning vakolatli organlari jamiyat- 
da  moliya  munosabatlarining  barcha  ishtirokchilari  uchun  bajarilishi 
majburiy  bo'lgan  tartib-qoidalar  tizimini  ju da  puxta  va  m ukam m al 
holda  ishlab  chiqadi.
Shuni  ham  t a ’kidlash  lozimki,  ba’zi  holatlarda  ishlab  chiqilgan 
direktiv  moliya  mexanizmi  davlat  bevosita  ishtirok  etmaydigan  moliya 
munosabatlarini  o ‘z  tarkibiga  kiritishi  mumkin.  Bu  holat  jam iyatda 
moliya  siyosatini  amalga  oshirishda  katta  ahamiyatga  ega  b o ‘lgan 
sohalarning  faoliyati  bilan  bevosita  bog‘liqdir.  Bunday  sohaga  korpo­
rativ  qimmatli  qog‘ozlar  bozorining  faoliyatini  misol  qilib  ko'rsatish 
mumkin.
Tartibga  solib  turuvchi  moliya  mexanizmi  davlat  manfaatlariga 
t o ‘g !rid a n -to ‘g ‘ri  t a ’sir  etmaydigan  moliya  munosabatlarining  aniq 
segmentida  faoliyatni  tartibga  solib  turadi.  T a ’kidlab  o'tganim izdek,


Yüklə 10,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə