O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor



Yüklə 10,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/124
tarix23.09.2018
ölçüsü10,01 Mb.
#70228
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   124

Yuqorida qayd etilgan jarayonlam ing barchasida davlat budjetining 
ahamiyati va o ‘rni kattadir.  Davlat budjeti orqali  markaziy va mahalliy 
davlat boshqaruv organlari boshqaruv apparatini  saqlab turish,  ijtimoiy- 
m adaniy  chora-tadbirlarni  am alga  oshirish,  iqtisodiy  rivojlantirish 
yuzasidan vazifalami bajarish uchun zarurbo'lgan  moliyaviy mablag'lar 
bilan  o ‘z  m uddatlarida  ta ’minlaydi.
Davlat budjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatiga asosan uni  m a ’lum 
iqtisodiy  mohiyatiga  asosan  uni  m a ’lum  iqtisodiy  m unosabatlarini 
o ‘zida  ifoda  etadigan  iqtisodiy  kategoriya  sifatida  k o 'rib   chiqish 
maqsadga  muvofiqdir.
D a v la t  b udjeti  orqali  o ‘ziga  yuklatilgan  v a z ifala rn i  bajarish 
u c h u n   bevosita  moliyaviy  m a b la g 'la r  bilan  t a ’m in lash n in g   dastagi 
sifatida  foydalanish  bilan  bir  vaqtd a  m am lak atda  iqtisodiy  ham d a 
ijtim oiy  siyosatni  amalga  osh irish da  ham   m u h im   dastak  sifatida 
foydalaniladi.
Budjet  munosabatlari  iqtisodiy  kategoriya  sifatida  mamlakatdagi 
moliya munosabatlarining asosiy tarkibiy qismi hisoblanib, ushbu omilga 
asosan  davlat budjeti  moliyaning asosiy funksiyalariga o ‘xshash quyidagi 
funksiyalarni  bajaradi:
—  mamlakatdagi  milliy  darom adni  qayta  taqsimlash;
—  milliy  iqtisodiyotni  davlat  tom onidan  tartibga  solib  turish  va 
rag‘batlantirish;
—  m am lakatda  ijtimoiy  sohani  moliyaviy t a ’minlash  va  davlatning 
ijtimoiy  siyosatini  amalga  oshirish;
—   m am lakatda  markazlashgan  pul  mablag‘lari  ja m g ‘armalarini 
tashkil  etish  va  uning  sarflanishi  ustidan  nazorat  olib  borish.
Davlat  budjetining  milliy  darom adini  qayta  taqsimlash  funksiyasi 
markazlashgan  pul  mablag‘lari  ja m g ‘armalarini  markaziy  va  mahalliy 
davlat boshqaruv organlari darajasi  m e ’yorida tashkil topishi  va ularning 
sarflanishid a  n am oyon  b o 'lad i.  Shuni  t a ’kidlash  lozim ki,  dunyo 
iqtisodiyoti  rivojlangan  mamlakatlarida  (AQSH,  Germ aniya,  Fransiya, 
Y a p o n iy a   va  b o sh q a la r)  tu rli  d arajadagi  b u d je tla r  o rq ali  milliy 
darom adning  30  %  —50  %  qayta taqsimlanishi  amalga  oshiriladi.  Har 
bir  m am lakatda  markaziy  h u k u m at  davlat  budjeti  yordam ida  milliy 
iqtisodiyotning faoliyatini,  iqtisodiy munosabatlarni tartibga solib turadi 
h am d a  iqtisodiyotning  ayrim  tarm oqlarini,  hududlarni  rivojlantirish 
m aqsadida  budjet mablagMarini  yo'naltiradi.  Iqtisodiy  munosabatlarni 
u shbu  tartibda  ushlab  turish  orqali  davlat  maqsadli  ravishda  ishlab 
chiqarishni  rivojlantirish  yoki  sekinlashtirish,  kapitallar  va  xususiy


ja m g ‘arm alarning  o ‘sishiga  h a m d a   tak lif  va  talab  tarkibini  tu b d a n  
o'zgartirishga  erishishi  mumkin.
M a m la k a td a   m illiy  d a ro m a d n in g   d a v la t  b u d jeti  o rq ali  q a y ta  
taqsimlash jarayoni  bir vaqtning  o ‘zida  am alga  oshadigan  va  uzluksiz 
faoliyat ko‘rsatadigan  ikki  o ‘zaro uzviy bog'liq jarayonlarga ega b o ‘lib, 
ular  quyidagilardan  iborat:
a)  davlat  budjetining  darom adlarini  tashkil  etish;
b)  davlat  budjetining  xarajatlarini  am alga  oshirish.
M am lakatda  davlat  budjeti  d aro m a d la rin in g   tashkil  to p ish i  va
budjet  m ablag‘larining  sarflanishi  jaray o nlarid a  milliy  iqtisodiyotni 
davlat  to m onidan  tartibga  solib  turish  va  rag'batlantirish  funksiyasi 
amalga  oshiriladi.
Davlat  budjetining  darom adlari  —  bir  to m o n d a   vakolatli  davlat 
organlari  va  ikkinchi  to m o n d a n   turli  m u lkchilik  shaklida  x o ‘jalik 
yurituvchi  subyektlar  h a m d a  m am lakat  aholisi  o ‘rtasidagi  iqtisodiy 
m unosabatlarning  yig‘indisi  hisoblanadi.  Bir  vaqtning  o ‘zida  davlat 
budjetining  darom adlari  —  markaziy  va  m ahalliy  davlat  boshqaruv 
organlarining  ixtiyoriga  kelib  tushadigan  pul  mablagMari  hisoblanadi. 
Davlat budjeti darom adlarining shakllanishi jarayonlarida m am lakatda 
yaratilgan  milliy  darom adning  m a ’lum  qismi  majburiy  tarzda  davlat 
foydasiga  undiriladi,  natijada  davlat  va  x o ‘jalik  yurituvchi  subyektlar 
ham da  m am lakat  aholisi  o 'rtasida  moliyaviy  m unosabatlar  vujudga 
keladi.
Davlat  budjeti  m am lakatda  faoliyat  yuritayotgan  turli  mulkchilik 
shaklidagi  xo'jalik  yurituvchi  subyektlarning  foydasini  taqsimlashda 
faol  ishtirok  etadi.  Shuni  t a ’kidlash  lozimki,  xo'jalik  subyektlarining 
foydasidan  davlat  budjetiga  undirilish  shakli,  hajmi  h am d a  korxonalar 
faoliyatining  natijalariga  m oddiy  manfaatlari  o ‘rtasida  m a ’lum   o ‘zaro 
b o g ‘liqlik  mavjud.  Foydadan  davlat  budjetiga  undiriladigan  shaklning 
rivojlanganligi  va  hajmiga  asosan  xo'jalik  yurituvchi  subyektlarning 
ishlab  c h iq a rish   z a x ira la rid a n   o q ilo n a   f o y d a la n is h i,  re n ta b e llik  
darajasining  oshishi  h a m da  eng  asosiysi  foydaning  ko ‘payishi  amalga 
oshadi.
Davlat  budjeti  xarajatlari  —  bir  to m o n d a n   davlatning  vakolatli 
organlari  va  ikkinchi  to m o n d a n   tash k ilo tla r,  m uassasalar  h a m d a  
m a m la k a t  aholisi  o ‘rta sid a g i  m a m la k a td a g i  m a r k a z la s h g a n   pul 
m ablag‘lari jam g ‘armalarining ishlatilishi jaray o nid a vujudga keladigan 
iqtisodiy  m unosabatlarn ing   yig‘indisidir.  M a m la k a tn in g   M arkaziy 
h u k u m a ti  d a v la t  b u d je ti  o r q a li  u n d a   m o liy a v iy   m a b l a g ‘la rin i


markazlashgan tarzda shakllantirish va u orqali um um davlat ehtiyojlari 
hisoblangan  —  milliy iqtisodiyotning  ustuvor tarmoqlarini jadal su r’at- 
lar  bilan  rivojlantirish,  malakali  ishchi  kuchlarini  vujudga  keltirish, 
ilm-fanni  rivojlantirish,  ijtimoiy-madaniy  chora-tadbirlarni  amalga 
oshirish  h a m d a   m am lakat  m udofaa  qudratini  saqlab  tu rish n i  pul 
mablag‘lari  bilan  yetarli  m iqdorda  ham da  belgilangan  m u d d atlard a 
t a ’minlab  turadi.
M am lakatda  davlat  budjeti  orqali  yaratilgan  milliy  d aro m adning 
hududlar b o ‘yicha,  shu jum ladan jam iyatning moddiy  ishlab  chiqarish 
va  nom oddiy  ishlab  chiqarish  sohalari  b o ‘yicha  qayta  taqsimlanishi 
amalga  oshiriladi.
Buning  natijasida davlat budjeti  hisobidan saqlab turish va m udofaa 
ehtiyojlarini  pul  m ablag‘lari  bilan  moliyalashtirish  m aqsadida  jam - 
g'arm alar tashkil  etiladi.  Davlat budjeti orqali  moddiy  ishlab  chiqarish 
tarmoqlari o ‘rtasida ularning oqilona va samarali  rivojlanishi  maqsadida 
budjet  moliyalashtirishi  yordam ida  moliya  mablag‘larining  qayta  taq ­
simlanishi  amalga  oshiriladi.
M am lakatda yaratilgan  milliy darom adni qayta taqsimlashda asosiy 
qurol  hisoblangan  davlat budjeti yordam ida  Markaziy h ukum at  iqtiso­
diyotning  ustuvor  tarm oqlariga  va  iqtisodiy  hududlarga  moliyaviy 
mablag‘larni  yo'naltiradi,  bundan  tashqari  davlat  budjeti  yordam ida 
hududlararo  va  tarm oqlararo  milliy  darom adning  qayta  taqsimlanishi 
amalga  oshiriladi.
Bu bilan  esa  m am lakatning  iqtisodiy  rivojlantirishdagi  manfaatlari 
va  hududlarning  tamoyillariga  rioya  etiladi.
M am lakatda davlat budjeti  orqali yangi texnika va texnologiyalarni 
vujudga  keltirish  h a m d a  fanni  rivojlantirish  yo‘nalishlarida  faoliyat 
ko'rsatayotgan  ilm iy-tadqiqot  muassasalarini  moliyalashtirish  amalga 
oshiriladi.  M am lakatning  Markaziy  H ukum ati  davlat  budjeti  orqali 
ilm-fanning  eng  zam onaviy  va  ustuvor  tarmoqlarini  moliyalashtirish 
hisobiga  milliy  malakali  ishlab  chiqarish  kuchlarini  rivojlantirishni 
t a ’minlaydi.
U sh b u   h o la t  esa  davlat  iq tiso d iy   hay o tin i  m u q o b illa sh tirish , 
iqtisodiyotning  b a rc h a   tarm oqlari  o ‘rtasida  pul  va  m oddiy  resurslarni 
oqilona  joylashtirish,  shu  asosda  texnik  taraqqiyotni  rivojlantirishga 
ham da  m am lakat  iqtisodiy  qudratini  oshirishga  imkoniyat  yaratadi.
M am lakat hududlarida iqtisodiy va madaniy qurilishda katta o'rinni 
budjet  mablag‘lari orqali tartibga solib turish asosida juda keng m a ’noda 
m a b la g 'la rn i  h u d u d la ra ro   taqsim lash,  m ahalliy  davlat  b o sh q a ru v


Yüklə 10,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə