O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor



Yüklə 10,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/124
tarix23.09.2018
ölçüsü10,01 Mb.
#70228
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   124

g ‘armalar,  tijorat  banklari va  boshqa mijozlar oldidagi  m ajburiyatlarni 
bajarish,  debitorlik-kreditorlik  qarzdorlarni  nazorat  qilish  va  bajarish 
amalga  oshiriladi.
2.  X o‘jalik subyektlarining  aksiyadorlari,  asosan yirik aksiyadorlar 
kuzatuvi  o ‘z  sarm oyalarini  sam adorlik  bilan  foydalanishini  h a m d a  
shu  asosda  dividend  olish  m aqsadida  moliyani  boshqarishda  bevosita 
ishtirok  etadi.
3.  Tijorat  banklari  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarga  kredit  berish 
va  uning  o ‘z  m u ddatida  qaytarilishida  moliyaning  m aqsadli  boshqa- 
ruvida  ishtirok  etadilar.
4.  A uditor firmalari  x o ‘jalik  yurituvchi  subyektlar x o ‘jalik-m oliya 
faoliyatini  n a z o ra t  qilish  v a q tid a   va  s h a r tn o m a   a s o s id a   m o liya 
boshqaruvida  yo ‘l  q o ‘yilgan  kamchiliklarni  bartaraf  etishda  ishtirok 
etadi.
X o‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatidagi ijobiy moliyaviy natijalar 
bu  yerda  m oliyani  b oshqarishda  sa m a rad o r  qoida  va  u slu b la rd a n  
foydalanilayotganidan  dalolat  beradi.  Buning  aksi,  x o ‘jalik  yurituvchi 
subyektlar  faoliyatidagi  salbiy  moliyaviy  natija  (zarar)lar  bu  yerda 
moliyani boshqarishda samarasiz uslublardan foydalanilayotganligidan 
dalolat  beradi  ham d a  qat’iy  chora-tadbirlar  ko‘rilishini  talab  etadi.
3 .7 .  Moliyaviy  boshqaruvda  moliyaviy  nazoratning  modelhiri, 
shakllari  va  usullari
Moliyaviy  na z o ra t  m oliyani  bo shqarish  ja r a y o n in in g   ajralm as 
tarkibiy qismi  bo'lib, u  moliyani taqsimlash va qayta taqsim lash  ham d a 
nazorat  funksiyasi  bilan  bevosita  bog'liqdir.  U ning  m ohiyati  barcha 
xo ‘jalik  yurituvchi  subyektlar  t o m o n id a n   am aldagi  q o n u n c h ilik d a  
belgilangan  q o n u n iy -h u q u q iy   m e ’yorlarga  amal  qilishlik,  b o ‘lajak 
moliyaviy  q onim buzarliklarning  oldini  olish  va  m a m la k a t  m oliya 
tizimining  samarali  faoliyat  ko'rsatishini  t a ’minlash  bilan  izohlanadi. 
Chunki  m am lakatda  yaratilayotgan  yalpi  ijtimoiy  m ah su lo t  va  milliy 
darom adni  taqsimlash  va  qayta  taqsimlash  jarayonida  yuzaga  chiqa- 
digan  ulk an  pul  oqim larin in g   m aqsadli  sarflanishi  u n in g   u stid a n  
nazoratni  talab  etadi.  Ushbu  nazoratni  amalga  oshirish  esa  maxsus 
ixtisoslashtirilgan  tashkilotlarni  va  ulardagi  yuqori  m alakali  h a m d a  
tajribali  mutaxassislaming  jalb  qilinishini  talab  etadi.  B ular  u m u m -  
lashtirilsa  moliyaviy  nazorat  tushunchasi  yuzaga  keladi.  M oliyaviy 
nazorat  —  maxsus  vakolatga  ega  tekshiruv  tashkilotlari  va  tekshi-


ruvchilarning  (auditorlar)  iqtisodiyotdagi  barcha  xo'jalik  yurituvchi 
subyektlarning faoliyatini amaldagi  moliyaviy qonunchilik va moliyaviy 
intizomga  rioya  etilishi yuzasidan turli  shakl  ham da usullarni  q o ‘llash 
orqali  olib  boriladigan  faoliyati  hisoblanadi.
Moliyaviy  nazorat  uning  obyektlari,  subyektlari,  o ‘tkazish  m ud- 
datlari,  o'tkazish  reglamentiga asosan  turli  modellar,  shakllar va usul- 
larga  bo'linib  ketadi.  Quyida  ularni  yoritishga  harakat  qilinadi.
M a ’lumki,  har  qanday  moliyaviy  nazoratning  mahsuldorligi  va 
ta ’sirchanligi unda aniqlangan turli moliyaviy qonunbuzarlik holatlariga 
nisbatan  qo'llaniladigan jazo choralariga bog'liqdir.  Xalqaro amaliyot- 
da  moliyaviy  nazorat  orqali  q o ‘llaniladigan  jazo  choralar  darajasiga 
asosan  ikki  model  shakllangan:
1.  Moliyaviy nazoratning  anglosakson  modeli.
2.  Moliyaviy  nazoratning  fransuz  modeli.
Moliyaviy  nazoratning  anglosakson  modeli  q o ‘llaniladigan  m am - 
lakatlardagi  nazorat  organining  faoliyatida  o ‘zi  olib  borgan  moliyaviy 
n azoratning  yakunlari  h am d a  u n d a   aniqlangan  qonunbuzarlik  to 'g ‘- 
risida  faqatgina hisobot tayyorlash  bilan  cheklangan.  Ushbu  nazoratda 
a n iq la n g a n   moliyaviy  q o n u n b u z a rlik k a   y o ‘l  qo 'y ilg a n   shaxslarga 
nisbatan  qanday  moliyaviy  jazo   qoMlanilishi  masalasi  m a ’muriy  va 
sud  organlari  tom onidan  k o ‘rib  chiqiladi.
Bu  organlarning  rasmiy  jaz o   t o ‘g ‘risidagi  hukm igina  jazoning 
q o ‘llanilishiga  asos  bo'ladi.
Moliyaviy  nazoratning  fransuz  modulini  q o ‘llayotgan  mamlakat- 
lardagi  n azorat  organining  faoliyatida  o ‘zi  olib  borgan  moliyaviy 
n a z o ra t  y aku nlarida  a n iq la n g a n   moliyaviy  q o n u n b u z a rlik k a   y o ‘l 
q o ‘ygan shaxslarning aybdorlik darajasini  aniqlash ham da ulardan yo ‘l 
qo'yilgan  zararni  qoplashni  talab  qilish  huquqi  berilgan.  Bu  mamla- 
k atlard a  moliyaviy  qo n u n b u z a rlik k a   y o ‘l  q o ‘ygan  shaxslarga  jazo 
q o'llash  uchun  sud  organlarining  hukm i  kerak  emas.
M oliyaviy  na z o ra tn in g   olib  borilishi,  m u d d atla ri,  reglam enti, 
n a z o ra t  obyekti  va  subyektiga  asosan  quyidagi  asosiy  shakllarda 
tasniflash  mumkin:
1.  Moliyaviy nazoratning subyektiga asosan-davlat vakolatli organ­
lari,  x o ‘jalik  subyekti  ichidagi,  tarm oq,  jam o a   va  auditorlik  nazorati.
2.  Moliyaviy  nazoratning  obyektiga  asosan  soliq,  kredit,  valuta, 
bojxona,  budjetdan  tashqari  fondlar  va  sug‘urta.
3.  Moliyaviy nazorat o'tkazilishi reglamentiga asosan-ichki va tashqi 
(majburiy)  nazorat.


4. 
Moliyaviy  nazoratning  o'tkazilish  m ud datiga  asosan-dastlabki, 
joriy va  davriy  nazorat.
Davlat  moliya  n azoratini  u m u m d a v la t  boshqaruv  organlari  va 
tezkor  moliya  boshqaruv  organlari  ( 0 ‘zbekiston  Respublikasi  M oliya 
Vazirligi, 0 ‘zbekiston  Respublikasi Davlat Soliq Q o ‘mitasi,  0 ‘zbekiston 
Respublikasi  Davlat  Bojxona  Qo'm itasi)  to m o n id a n   amaldagi  q o n u n - 
chilikka  asosan  olib  boriladi.
X o 'ja lik   ichid ag i  m oliyaviy  n a z o ra t  a lo h id a   o lin g a n   x o 'ja lik  
yurituvchi  subyektning  ichida  tashkil  qilingan  m oliya  xizmati,  moliya 
b o ‘limi  yoki  buxgalteriya  xodimlari  to m o n id a n   olib  boriladi.
Moliyaviy  nazoratning  tarm oq  nazorati  turli  vazirliklar,  kom pa- 
niyalar,  assotsiatsiyalar  va  xoldinglarning  tark ib ida  tashkil  etilgan 
maxsus  moliya  taftish  organlari  to m o n id an   olib  boriladi.
Moliyaviy  nazoratning  jam o a   nazorati  aksiyadorlik  jam iyatlarida 
aksiyadorlar  orqali  tashkil  etilgan  maxsus  m oliya  taftish  organlari 
tom o nidan   olib  boriladi.
Moliyaviy  nazoratning  mustaqil,  ya’ni  auditorlik  nazorati  esa  o ‘z 
faoliyati  uch u n   maxsus  litsenziyaga  ega  h a m d a   malakali  auditorlari 
mavjud  auditorlik  firmalari  tom o n idan   olib  boriladi.  Moliyaviy  n a z o ­
ratning  obyektini  asosan  am aldagi  q o n u n c h ilik k a   asosan  xo'jalik 
subyektining  alohida  olingan  faoliyat  turini  faqat  vakolatli  nazorat 
organi  nazorat  etadi.  Masalan,  soliq  organlari  soliq  qonunchiligiga 
rioya  etilishini,  tijorat  banklari  berilgan  kreditlar b o ‘yicha  olib  boradi.
Moliyaviy  nazoratning  o'tkazilish  reglam entiga  asosan  h a r  bir 
x o ‘jalik  yurituvchi  subyekt  doimiy  ravishda  ichki  nazoratni  amalga 
oshiradi.  Yuridik va jism oniy shaxslarning  moliyaviy  faoliyatini tashqi 
(majburiy)  nazoratining  o ‘tkazilishi  amaldagi  qonunchilikda  belgilab 
q o ‘yilgan.  Masalan,  yuridik shaxslar xo ‘jalik-m oliya faoliyatining yillik 
yakunlari  majburiy tarzda auditor firmalari va soliq organlari tom onidan 
nazorat  qilinadi.
Dastlabki  moliyaviy  nazorat  xo'jalik  yurituvchi  subyektlar o ‘zlari- 
ning xo‘jalik moliya faoliyatining boshlanishidan oldin olib boriladigan 
n a z o ra t  shaklidir.  Bu  nazorat  shakli  yuridik  va  jis m o n iy   shaxslar 
faoliyatida  m uhim  ahamiyat  kasb  etadi,  u n d a  ularning  moliya rejalari, 
kassa  rejalari,  smetalarni  ishlab  chiqish  va  uni  k o ‘rib  chiqish  h am d a 
tasdiqlash jarayonini  o ‘z  tarkibiga  oladi.  Dastlabki  moliyaviy  nazorat 
orqali  kelajakda amaldagi budjet-soliq qonunchiligi va boshqa m e ’yoriy 
hujÿatlarda  keltirilgan  tartib  va  qoidalar  buzilishining  oldi  olinishiga 
xizm at  qiladi.


Yüklə 10,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə