O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor



Yüklə 10,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/124
tarix23.09.2018
ölçüsü10,01 Mb.
#70228
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   124

moliya tizimi  bu  real  iqtisodiyotning  faoliyat  ko'rsatish  shart-sharoit- 
larini  belgilab  beradi.  Bozor  m unosabatlari  sharoitida  iqtisodiyotni 
tarkibiy qayta qurishda,  moddiy va n o m oddiy resurslarni taqsimlashda 
h a m d a   pul  o qim lari  o q ilo n a  sa rflan ish ida  m o liy a   tiz im i  m u h im  
ahamiyat  kasb  etadi.
Hozirgi  davrda  moliya  tizim i  real  iqtisodiyotni  rivojlantirish, 
ijtimoiy m u am m o lam i hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlar,  dastaklar 
ham da  moliya  institutlarining  barch a  b o ‘g‘inlari  faoliyatining  yig'in- 
disidan  iborat.  Shuning  uchu n   jam iyatni  ja m o a t  —  siyosiy  hayotida 
oqilona m uvozanatni  saqlab turish,  u n i  rivojlantirishda,  davlat  organ- 
larining  barcha  b o ‘g‘inlari  o'rtasida  m unosabatlarni  y o ‘lga  q o ‘yishda 
moliyani  boshqarish  ju da  m urakkab  h am d a  puxta  ishlab  chiqilgan 
moliya  tizimini  talab  etadi.
M am lakatim izda  moliyani  boshqarish  eng  a w a l o   davlatimizning 
oliy  qonunchilik  organlari  to m o n id an   amalga  oshiriladi.  0 ‘zbekiston 
Respublikasining  Konstitutsiyasiga  asosan  moliyani  boshqarish  oliy 
qonunchilik organlari  hisoblangan  Oliy Majlisning  ikki palatasiga,  ya’ni 
Senat va  Quyi  Qonunchilik  Palatasiga yuklatilgan.  Bunday  boshqaruv 
eng a w a lo  davlat  budjetini  ko‘rib  chiqish,  uni tasdiqlash  h a m d a  budjet 
ijrosini  tasdiqlashda  yuzaga  chiqadi.  Oliy  Majlis  b u n d a n   tashqari 
soliqlar,  yig‘imlar,  bojlar  va  boshqa  majburiy  t o ‘lovlar  t o ‘g ‘risidagi 
qonunlarini  ko ‘rib  chiqadi  va  tasdiqlaydi.
Moliyani  boshqarishda  oliy  qonunchilik  organlaridan  biri  0 ‘zbe- 
kiston  Respublikasi  Prezidenti  devoni  hisoblanadi.  Amaldagi  qo n u n - 
chilikka  asosan  Prezident  devoni  to m o n id an   m am lakatdagi  moliya 
siyosatini  olib  borish,  iqtisodiyot  tarm oqlarini  rivojlantirishda  soliqlar 
bo ‘yicha  imtiyozlar  berish  yuzasidan  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezi- 
dentining  Farm onlarini  qabul  qilish  uch u n   takliflar  kiritadi.
Moliyani  boshqarishda  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Hisob  Palatasi 
m uhim  o ‘ringa ega.  Ushbu organga asosan  davlat budjeti va budjetdan 
tashqari  ja m g ‘arm alar  mablag‘larining  harakatini  m aqsadli  nazorat 
qilish yuklatilgan.  Bundan tashqari,  qabul qilingan qonunlam i moliyaviy 
nuqtayi  nazardan  ekspertiza  qilishni  amalga  oshiradi.
0 ‘zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasiga asosan m am lakatim izda 
moliyani  boshqarishda ju d a  katta  vakolatlar  0 ‘zbekiston  Respublikasi 
Vazirlar  M ahkam asiga  yuklatilgan.  U shbu  vakolatli  organ  to m o n id a n  
davlat  budjetini  ishlab  chiqish,  un in g  ijrosini  n azorat  etish  h am da 
mam lakatim izda  moliya,  pul,  kredit  va  fond  bozorida  yagona  siyosat 
olib  boriladi.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  M ahkam asi  m am -
7 — O.Yu.  Rashidov  va  bosh.
97


lakatdagi  barcha  vazirliklar va  idoralaming  moliya  faoliyatini  nazorat 
qiladi  va  tartibga  solib  turadi.
Biz  yuqorida  t a ’kidlab  o ‘tgan  moliyani  boshqarishdagi  um um iy 
boshqaruvdan  tashqari  uni  aniq  amalga  oshiruvchi  tezkor(operativ 
boshqaruv)  moliya  apparati  mavjud.  M amlakatimizda  moliyani  bosh- 
qarishni joylarda ijro etuvchi barcha tashkiliy tuzilm alarning jamlamasi 
moliya  apparatini  tashkil  etadi.
Agar  biz  moliyani  boshqarishning  um umiy  va  tezkor  sohalarini 
um um lashtirsak,  u  holda  moliyani  boshqarish  tizimini  shakllantirib 
uni  quyidagi  chizmada  ko‘rishimiz  mumkin.
M oliya tizim ida  0 ‘zbekiston  Respublikasi  M oliya vazirligi m uhim  
o ‘rin  egallaydi.  Buning  asosiy  sababi,  Moliya  vazirligi  nafaqat  moliya 
siyosatini  ishlab  chiqib,  uni  amalga  oshiradi,  balki  o ‘z  vaqtida  davlat 
ijroiya organlari tom onidan bajarilishini bevosita nazorat etadi.  Moliya­
ni  boshqarishda  Moliya  vazirligiga  amaldagi  qonunchilikka  asosan 
quyidagi  vazifalarni  bajarish  yuklatilgan:
—  m anfaatd o r vazirliklar va  idoralar bilan  birgalikda  milliy  iqtiso- 
diyotni  rivojlantirish  yuzasidan  qisqa  ham d a  uzoq  m uddatli  reja- 
taxm inlarni  ishlab  chiqishda  ishtirok  etadi;
—  m am la k a t  oliy  ijroiya  organlari  bilan  birgalikda  davlatning 
markazlashgan pul  mablag‘lari  resurslariga bo ‘lgan  ehtiyojini aniqlaydi 
va  uni  davlat  ham da mahalliy budjetlar o'rtasida  taqsimlash yuzasidan 
takliflar  ishlab  chiqishda  ishtirok  etadi;
—  davlat  budjetining  loyihasini  tayyorlash  yuzasidan  ishni  tashkil 
etadi,  mahalliy  budjetlar  u c h u n   umumdavlat  soliqlaridan  ajratmalari 
m e ’yorlari  loyihasini  ishlab  chiqadi,  ajratiladigan  subvensiya  hamda 
dotatsiyalarning  miqdorini  belgilaydi;
—  davlat  budjeti  va  budjetdan  tashqari  jam g 'arm alarning  ijrosini 
t a ’m inlaydi;
—  D avlat  Soliq  Q o'm itasi  bilan  birgalikda  soliq  tizimi  va  soliq 
siyosatini  takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab  chiqishda ishtirok 
etadi;
—  m anfaatdor vazirliklar,  idoralar va kom paniyalar bilan birgalikda 
narx-navo  siyosatini  (ta ’riflar,  imtiyozlar)  aniqlashda  ishtirok  etadi;
—  D avlatning  qisqa  h a m d a   uzoq  m uddatli  obligatsiyalarni  m uo- 
m alaga  c h iq a rish   va  u larn i  joylashtirish  b o ‘y ich a   takliflar  ishlab 
c hiqadi;
— 
milliy  qim m atli  q o g 'o z la r  bozorini  shakllantirish  va  uning 
faoliyatini  takomillashtirish  yuzasidan  takliflar  ishlab  chiqadi;


— m am lakatda sug‘urta faoliyatini takom illashtirish yuzasidan olib 
boriladigan  ishlarda  ishtirok  etadi  va  nazorat  qiladi;
— Vazirlar M ahkamasining topshirig‘i va vakolati b o ‘yicha xalqaro 
m oliya  tashkilotlari  (Xalqaro  V aluta  fondi,  X alqaro  Tiklanish  va 
T araqqiyot  Banki  va  boshqalar)  bilan  ham korlikni  amalga  oshiradi;
—  0 ‘zbekiston  Respublikasining tashqi davlat qarzdorligi yuzasidan 
dasturlar  loyihasini  ishlab  chiqadi  va  boshqalar.  0 ‘zbekiston  Respub- 
likasi  M oliya  vazirligi  o ‘ziga  yuklatilgan  vazifalarni  o ‘zining  tarkibiy 
b o ‘g ‘inlari  orqali  amalga  oshiradi.  Bu  tarkibiy  tuzilishni  5-chizm ada.
Shuni t a ’kidlash lozimki,  O 'zbekiston  Respublikasi  M oliya vazirligi 
va  u n in g   joylardagi  bo‘g ‘inlari  o ‘z  faoliyatini  «Budjet  tizimi  t o ‘g ‘ri- 
sida»gi  Q onuniga  asosan  tashkil  etadi  ham d a  am alga  oshiradi.
O ‘zbekiston  Respublikasi  iqtisodiyotiiung  b ozor  m unosabatlariga 
bosqichm a-bosqich  o'tishi  va  yangi  soliq  q o n u n in in g   qabul  qilinishi 
natijasida  davlat  darom adlarida  soliqlar  va  yig‘im larning  aham iyatini 
oshirishga  t a ’sir  ko ‘rsatdi.  Soliq  qonunchiligini  takom illashtirish  va 
davlat  budjetiga  darom adlar  tush u m in i  oshirish  m aqsadida  Moliya 
vazirligi  tarkibidan  maxsus  vakolatga  ega b o ‘lgan  m arkazlashgan  soliq 
organlari  tizimini  tashkil  etishga  katta  ehtiyoj  sezildi.
0 ‘z b e k isto n   Respublikasi  Oliy  Kengashi  1991-yil  14 -iy u n d a  
« 0 ‘zbekiston  Respublikasi davlat  soliq organlari  t o ‘g ‘risidagi nizom »ni 
tasdiqladi.  Ushbu  nizomga  asosan  Vazirlar  M ahkam asining  1991-yil
12-avgustida 217-sonli « 0 ‘zbekiston  Respublikasi  davlat  soliq organlari 
to ‘g ‘risida»gi  qarori  qabul  qilindi.  Ushbu  qon un chilik  asosida  soliq 
organlarining mustaqil davlat soliq xizmati  sifatidagi faoliyati boshlandi. 
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  Soliq  Q o ‘m itasining  m aqom i,  uning 
asosiy  vazifalari,  funksiyalarining  doirasi  va  faoliyatining  kengayishi 
natijasido  1994-yil  14-yanvarda 0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 
« 0 ‘zbekiston  Respublikasi Vazirlar  M ahkam asi  qoshidagi  Davlat bosh 
soliq boshqarmasini O'zbekiston  Respublikasi  Davlat Soliq Q o ‘mitasiga 
aylantirish to ‘g ‘risida»gi Farm oni qabul qilindi.  Ushbu farm onni amalga 
oshirish uchun O'zbekiston  Respublikasi Vazirlar M ahkam asining  1994- 
yil  18-m artda « 0 ‘zbekiston Respublikasi  Davlat soliq q o ‘mitasini tashkil 
etish  va  faoliyat  ko‘rsatishi  masalalari  t o ‘g ‘risida»gi  114-sonli  qarori 
qabul. qilindi.  Ushbu m e ’yoriy hujjatga asosan  0 ‘zbekiston Respublikasi 
Davlat  Soliq  Qo'm itasi  m am lakatim izda  soliq  va  bojxona  siyosatini 
amalga  oshirish  ham da  davlatning  iqtisodiy  m anfaatlarini  va  mulkiy 
huquqlari  himoyasini ta ’minlash sohasidagi  davlatning vakolatli organi 
ekanligi  belgilab  qo‘yildi.


Yüklə 10,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə