O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor



Yüklə 10,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/124
tarix23.09.2018
ölçüsü10,01 Mb.
#70228
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   124

M amlakatda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning chuqurlashib 
borishi  va  bu  o'zgarishlarga  soliq  siyosatini  m oslashtirish  ham da 
takomillashtirish m aqsadida  1997-yil 29-avgustda «Davlat soliq xizmati 
to‘g‘risida»gi 474-1 sonli 0 ‘zbekiston  Respublikasi Qonuni qabul qilindi. 
Ushbu  q on u n n i  amalga  oshirish  maqsadida  Vazirlar  M ahkam asining 
1998-yil  12-yanvardagi  « 0 ‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  Soliq  Q o‘- 
mitasi  faoliyatini  tashkil  etish  masalalari  to ‘g'risida»gi  14-sonli  qarori 
qabul  qilindi.  Ushbu  m e ’yoriy  hujyatlarda  mamlakatimizdagi  davlat 
soliq organlarining amalga oshiradigan asosiy funksiya va vazifalarining 
doirasi  kengaytirildi  ham da  aniqlashtirildi.
Moliyani  boshqarishda Davlat Soliq Q o ‘mitasiga amaldagi qonun- 
chilikka  asosan  quyidagi  vazifalarni  bajarish  yuklatilgan:
—  m am lakatda  soliq  q o n u n   hujjatlariga  rioya  etilishi,  soliqlarning 
to ‘g‘ri  hisoblanishi,  soliqlar  t o ‘liq  va  o ‘z  vaqtida  toManishi  ustidan 
nazoratni  amalga  oshirish;
—  soliq qonun  hujjatlariga  rioya etishda zarur shartlarni  t a ’minlash, 
soliq  majburiyatlarini bajarishda soliq to'lovchilarga yordam  ko'rsatish;
—  m am lakatda soliq  siyosatini  amalga  oshirishda bevosita  ishtirok 
etish;
—  soliqqa  tortish  subyektlari  va  obyektlarini  to'liq  va  o ‘z  vaqtida 
hisobga  olishni  ta ’minlash;
—  soliqqa doir huquqbuzarliklarni aniqlash,  oldini olish va bartaraf 
qilish;
—  nazorat qiluvchi  organlar tom onidan xo'jalik yurituvchi subyekt- 
lar  moliya-xo'jalik  faoliyatini  tekshirish  va  taftish  qilishlarning  ham- 
masini  muvofiqlashtirish;
—  jism oniy  va  yuridik  shaxslarni,  budjetga  soliqlar  va  boshqa 
to'lovlarni  t o ‘lovchilarni,  yuridik ham da jismoniy shaxslarning soliqqa 
tortish  obyektlarini  hisobga  olishning  to ‘laqonli  bazasini  yaratish;
—  yagona  telekom m unikatsiya  tizimini  yaratish;
—  tashkiliy  ham da  kadrlar  bilan  ishlashni  takomillashtirish  va 
kuchaytirish;
— m e ’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, soliq sohasida 
huquqbuzarlikning  oldini  olish,  soliqlarni  yig‘ish  va  majburiy  tarzda 
undirish  funksiyalarini  birlashtirish;
—  belgilangan  prognoz  k o ‘rsatkichlariga  muvofiq  budjetga  to ‘lov- 
larning  to ‘liq  tushishini  t a ’minlash;
—  soliq tizimining unum dorligi  va  samaradorligini  oshirish,  salbiy 
ta ’sir  va  xatar  darajasini  pasaytirish;


— 
0
‘tkaziladigan  iqtisodiy  islohotlarning  borishiga  xufiya  iqtiso- 
diyotning  roli  va  t a ’sirini  kamaytirish.
Y uqorid a  t a ’kidlab  o ‘tg an   vazifalarni  D avlat  Soliq  Q o ‘m itasi 
quyida keltirilgan chizm ada o ‘zining tarkibiy b o ‘g‘inlari orqali  am alga 
oshiradi.
6-chizma.  O ‘zbekiston  Respublikasi  Davlat Soliq 
Q o‘mitasining tarkibiy tuzilishi
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  Soliq  Q o ‘mitasi  o ‘z  faoliyatini 
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi,  0 ‘zbekiston  Respublikasining 
«Davlat soliq xizmati t o ‘g‘risida»gi  Q o nu n i,  « 0 ‘zbekiston  Respublikasi 
Soliq  Kodeksi» va boshqa q o n u n  hujjatlariga,  shuningdek  0 ‘zbekiston 
Respublikasining  Xalqaro  shartnom alariga  amal  qilgan  holda  am alga 
oshiradi.
0 ‘zbekiston  R.espublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng u o ‘zining 
bojxona  chegarasiga  ega  bo ‘ldi.  M ustaqil  H am do'stlik  Davlatlari  va 
uzoq xorij  mamlakatlari  bilan  iqtisodiy  m unosabatlarning  faollashuvi, 
m amlakatlararo  eksport-im port  hajm ining  ortishiga  olib  keldi.  U sh bu 
omillar asosida bojxona ishini tashkil  etishni takom illashtirish,  yagona 
bojxona siyosatini o'tkazish,  Respublika bojxona organlari faoliyatining 
tezkorligi  va  t a ’sirchanligini  oshirish,  u larning  m am lakat  iqtisodiy 
xavfsizligini mustahkamlashdagi rolini kuchaytirish,  shuningdek bojxona 
ishi  sohasida  xalqaro  ham korlikni  y a n a d a   kuchaytirish  m aqsadida 
0 ‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining  1997-yil 8-iyuldagi « 0 ‘zbekis-


ton  Respublikasi  Davlat  Bojxona  Q o'm itasining  tashkil  etish  to ‘g ‘- 
risida»gi  PF-1815-sonli  farmoni qabul qilindi.  Ushbu farmonni amalga 
oshirish  maqsadida  Vazirlar  Mahkamasining  1997-yil  30-iyulda  374- 
sonli  « 0 ‘zbe k isto n   Respublikasi  Davlat  Bojxona  Q o ‘m itasin in g  
faoliyatini tashkil  etish  to ‘g‘risida»gi  qaroriga asosan  0 ‘zbekiston  Res­
publikasi  Davlat  Bojxona  Q o ‘mitasi  tashkil  etildi.
Yuqorida t a ’kidlangan  qonunchilikka asosan  0 ‘zbekiston  Respub­
likasi  Davlat  Bojxona Qo'mitasiga mamlakatimizdagi bojxona bojlarini 
undirish  majburiyati  yuklatilgan.  Ushbu  majburiyatni  amalga  oshirish 
maqsadida  Davlat  Bojxona  Q o ‘mitasi  quyidagi  vazifalarni  bajaradi:
—  mamlakatdagi  bojxona  organlari  to m o n idan   soliqlarning  to ‘g‘ri 
va  o ‘z  m uddatida  undirish  yuzasidan  soliq  tekshiruvlarini  o ‘tkazish;
—  joylardagi  soliq  organlari  to m o n id an   soliqlarni  hisoblash  va 
undirish  b o ‘yicha  barcha  hujjatlarni  tekshirishdan  o'tkazish;
—  soliq  to ‘lovlarining  amaldagi  soliq  va  bojxona  qonunchiligini 
buzganligi  yoki  majburiyatlarini  bajarmaganligi  sababli ularning tijorat 
banklaridagi  hisobvaraqlari  b o ‘yicha  barcha  operatsiyalarni  to ‘xtatib 
q o ‘yish;
— amaldagi soliq va bojxona qonunchiligida ko‘zda tutilgan soliqlar 
bo'yicha  boqim andalar  ham da  jarimalarni  undirish.
Um um ari  o linganda,  bojxona  organlari  0 ‘zbekiston  R espub- 
likasining  davlat  chegarasidan  o ‘tadigan  tovarlar  yuzasidan  amaldagi 
bojxona soliqiari,  valuta ham da bojxona qonunchiligiga amal  qilinishi, 
bojxona  bojlarining  t o ‘g‘ri  hisoblanishi,  undirilishini  nazorat  qiladi.
Moliyani  boshqarish d a  o 'ziga  xos  o ‘rinni  x o‘jalik  yurituvchi 
subyektlardagi  moliya  xizmati  egallaydi.  Bunday  boshqaruvni  olib 
borishda davlatning vakolatli  organlari  ishtirok etmaydi va boEhqaruvni 
m a n fa a td o r  t o m o n l a r   olib  boradi.  M oliya  boshqaruvini  quyidagi 
guruhlarga  ajratish  mumkin:
—  ichki(korporativ);
—  aksiyadorlar  boshqaruvi;
—  tijorat  banklari  tom onidan;
—  auditor  firmalari  to m o n id an   olib  boriladigan  boshqaruviardir.
1.  Ichki  boshqaruv.  B unday  boshqaruvni  x o ‘jalik  yurituvchi
subyektlaridagi tashkil  etilgan moliya xizmati,  moliya bo‘limlan,  moliya 
m enejm enti  va  m oliya  faoliyatiga  taalluqli  boshqa  xizm atlar  olib 
boradilar.  B undan  faoliyatda  o ‘zlik  va jalb  etilgan  pul  m ablag'lardan 
m aqsadli  h a m d a   sa m a rad o rlik   bilan  foydalanishni  nazorat  etish, 
moliyaviy  holatni  tahlil  etish,  davlat  budjeti,  budjetdan  tashqari ja m -


Yüklə 10,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə