O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor



Yüklə 10,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/124
tarix23.09.2018
ölçüsü10,01 Mb.
#70228
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   124

Joriy  moliyaviy  nazorat  x o ‘jalik  yurituvchi  subyektlar  x o ‘jalik- 
moliya faoliyatida moliyaviy operatsiyalar va pullik bitimlar tuzilayotgan 
vaqtda  amalga  oshiriladi.  Moliyaviy nazoratning ushbu  shakli  m a ’lum 
hisobot  davri  (masalan,  h ar  dekada,  oy,  kvartal)  nazorat  qilinadigan 
jarayon,  m uom ala  va  xatti-harakat  tugagandan  so‘ng  uning  m iqdor 
va sifat tavsifiga muvofiq bajariladigan nazoratdan iborat.  Joriy moliya­
viy nazorat uch un   m a ’lum ot m anbayi  rejadagi tezkor-texnik,  statistika 
va buxgalteriya axboroti xizmat qiladi. Joriy moliyaviy nazorat x o ‘jalik 
yurituvchi  subyektlar  x o ‘jalik-m oliya  faoliyatida  moliyaviy  intizom  
buzilishining oldini olish ham da pullik bitimlarni o ‘z vaqtida tuzilishini 
ta ’minlash  maqsadida  amalga  oshiriladi.
Davriy  moliyaviy  nazorat-m uayyan  hisobot  davri  u c h u n   tuzilgan 
rejalar,  smetalar,  m e ’yorlar va buxgalteriya hujjatlari,  ishlab  chiqarish, 
hisobotlarning m a ’lumotlari,  hisob registrlari,  hisobotlar ham da boshqa 
manbalardagi  m a ’lumotlar  asosidagi  tekshirishdir.  Amaldagi  q onun- 
chilik,  shu ju m ladan  soliq  to ‘g‘risidagi  qonunlardagi  talablarga  rioya 
etilayotganini,  xo‘jalik muomalalari t o ‘g‘ri,  o ‘z m uddatida va m aqsad- 
ga  muvofiq olib borilayotganligini  aniqlash,  nazorat etilayotgan obyekt 
(jismoniy,  yuridik  va  m ansabdor  shaxs)  faoliyatidagi  kamchiliklar  va 
qonunbuzarliklarni ochib tashlash ham da ularni bartaraf etish b o ‘yicha 
chora-tadbirlarini  ko‘rish  m azkur  nazorat  shaklining  asosiy  vazifasi 
hisoblanadi.
Moliya  nazorati  o'zining  amalga  oshirish  usullari  bo'yicha  ham 
turli  guruhlarga  ajratiladi,  ular  quyidagilardan  tashkil  topgan:
1.  Hujjatli  va  kameral  tekshirish.
2.  0 ‘rganib  chiqish.
3.  Nazorat.
4.  Moliyaviy  holatini  tahlil  etish.
5.  M onitoring  (kuzatish).
6.  Taftish.
Hujjatli  va  kameral  tekshirish jarayonida  alohida  olingan  xo'jalik 
subyektlarining  balansi,  hisoboti  va  xarajat  hujjatlari  asosida  m a ’lum 
m uddatdagi  x o‘jalik-m oliya  faoliyatining  alohida  masalalari  ko'rib 
chiqiladi.  U shbu  tekshirish  jarayonida  xo'jalik  subyektining  x o ‘jalik- 
moliya faoliyatida moliya intizomining yo‘l qo'yilgan  nuqsonlari aniqla- 
nadi  h am d a  bu  nuqsonlarn i  b a rta ra f  etish  yuzasidan  aniq  ch ora- 
tadbirlar  ishlab  chiqiladi.
Moliyaviy  nazoratning  o ‘rganib  chiqish  usuli  hujjatli  va  nomeral 
tekshirish  usuliga  nisbatan  keng  masalalarni  qam rab  oladi.  U shbu


usulda  xo ‘jalik  yurituvchi  subyektning  moliyaviy-iqtisodiy  k o 'rsa t- 
kichlari,  uning  iqtisodiy  potensiali  ko'rsatkichlari  c h u q u r  o 'rg an ib  
chiqiladi  hainda  kelajakda  b o ia ja k   rivojlantirish  yo ‘nalishlari  belgi- 
lanadi.
Iqtisodiyotda  x o ‘jalik  yurituvchi  ayrim   subyektlarning  faoliyatini 
tartibga  solib  turish  u c hu n   maxsus  litsenziyalar  talab  etiladi.  Bunga 
misol qilib, auditorlik faoliyati u c h u n  0 ‘zbekiston Respublikasi  Moliya 
Vazirligi,  bank  faoliyati  uch u n  0 ‘zbekiston  Respublikasi  M arkaziy 
bankining maxsus  litsenziyalarini keltirish  m um kin.  Maxsus  litsenziya 
olgan  x o ‘jalik  subyektlari  u c h u n   o ‘rn atilg a n   ta r tib - q o id a   h a m d a  
m e ’yorlarga amal qilinishi ushbu litsenziya bergan organlar to m o n id a n  
nazorat  qilinadi.  Shuni  ta ’kidlash  lozimki,  o ‘rnatilgan  tartib-qoidalar 
va  m e ’yorlarga  a m a l  q ilm a g a n   x o 'ja lik   s u b y e k tla rin in g   m ax su s 
litsenziyasi  qaytarib  olinadi  va  u  faoliyatini  t o ‘xtatishi  shart.
Moliyaviy holatni tahlil  etish m oliya nazoratining eng keng tarq al- 
gan  ham da  ustuvor  usulidan  biri  hisoblanadi.  U shbu  usulda  xo'jalik 
yurituvchi  subyektning  davriy  va  yillik  moliyaviy  hisobotlari  c h u q u r 
o'rganib chiqiladi.  B undan asosiy m aqsad xo'jalik-moliya faoliyatining 
natijalariga  um um iy   baho  berish,  o 'z   kapitali  bilan  ta ’m inlanganlik 
darajasi  ham da  u n d an   omilkorlik  va  sam aradorlik  bilan  foydalanish 
yo'nalishlari  belgilanadi.  Bu  esa  kelajakda xarajatlarni  im koni b o rich a 
kamaytirish  va  foydani  ko'paytirishga  xizmat  qiladi.
Monitoring (kuzatuv)  usuli krcditorlar,  asosan tijorat banklari to m o ­
nidan  qo'llaniladi.  Tijorat  banklari  xo'jalik  yurituvchi  subyektlarga 
berilgan kreditlarni o 'z  m uddatida va foizi bilan  qaytarilishi  m aqsadida 
kreditni  maqsadga  muvofiq  ishlatilishi ustidan  doimiy nazorat-m o nito- 
ring  olib  boradi.  M onitoring  jarayonida  xo'jalik  yurituvchi  subyekt 
tom onidan  olinayotgan  kreditdan  samarasiz  foydalanishi  an iqlang an  
holatda  kredit  shartnomasidagi  shartlar  o'zgartirilishi  yoki  kreditni 
m uddatidan  oldin  qaytarilish  talabi  qo'yilishi  mumkin.
Taftish  moliya  nazoratining  eng  c h u q u r  va  keng  qamrovli  usuli 
hisoblanadi.  U shbu  usulda  xo'jalik  yurituvchi  subyekt  xo'jalik-m oliya 
faoliyatining  amaldagi  qonunchilikka  mosligi,  maqsadliligi,  to'g'riligi 
va samaradorligi yo'nalishlari  kom pleks ravishda  to'liq  o'rganib  c h iq i­
ladi.  Shuni ta ’kidlash lozimki,  taftish bu ju d a  m a s ’uliyatli va m urakkab 
moliya  nazorati  hisoblanadi.  S h u n ing   u c h u n   am aliy otd a  taftishni 
o'tkazish  uchun  maxsus  tayyorgarlik  k o'riladi  va  u  oldindan  ishlab 
chiqilgan  maxsus dastur asosida amalga oshiriladi.  D asturda o 'tkazila- 
digan  taftishning  m aqsadi,  taftish   obyekti  va  k o 'rila d ig a n   asosiy


Yüklə 10,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə