O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor



Yüklə 10,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/124
tarix23.09.2018
ölçüsü10,01 Mb.
#70228
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   124

organlarining moliyaviy asosi  hisoblangan  mahalliy budjetlarni  kerakli 
darom adlar  manbayi  bilan  t a ’m inlash  am alga  oshiriladi.
R ivojlangan  xorijiy  m a m la k a tla r d a   dav lat  budjeti  y o r d a m id a  
ja lb   e ti lg a n   m a b l a g “  u m u m j a m i y a t   i s t e ’m o l  j a m g ‘a r m a l a r i n i  
(um u m jam iy at  iste ’mol ja m g ‘a rm a la ri  u m u m iy   su m m a sin in g   85  % 
gacha)  tashkil  etish  va  ularning  sa rfla n ish id a   b irin ch i  n avbatdagi 
aham iyatga  egadir.
Davlat  budjeti  mamlakatda  m arkazlashgan  pul  fondlarini  tashkil 
etish  va  uning  sarflanishi  ustidan  n azorat  funksiyasini  bajaradi.  Bu 
funksiyani  bajarishda  davlat  budjetiga  bu jdet  m ablag'larining  kelib 
tushishi  ham da  ularning  maqsadli  sarflanishi  ustidan  davlat  vakolatli 
organlarining  imkoniyatlari  va  majburiyatlari  asosiy  o ‘rinni  egallaydi.
Xulosa  qilib  aytganda,  davlat  budjeti  h a r bir  m am lakatning  asosiy 
m oliya  rejasi  hisoblanadi  va  u  m ark a ziy   h a m d a   m ah a lliy   davlat 
boshqaruv  organlariga  boshqaruv  vakolatlarini  am alga  oshirishlari 
uchun  haqiqiy  iqtisodiy  imkoniyat  yaratib  beradi.
Davlat  budjeti  o 'zida davlat  faoliyati  u c h u n   kerakli  b o ‘lgan  moliya 
resurslarining  hajm ini  ifoda  etadi  va  shu  orqali  m a m la k a td a   olib 
boriladigan  soliq  siyosatini  belgilab  beradi.
Davlat  budjeti  orqali  yalpi  ichki  m ahsulot  va  milliy  daro m ad nin g 
qayta taqsimlanishi,  budjet mablag'larining aniq maqsadlarga sarflanishi 
qayd etiladi va buning natijasida mamlakatdagi  iqtisodiy h am d a ijtimoiy 
jarayonlarning  tartibga  soluvchisi  sifatida  m aydonga  chiqadi.
3 .9 .  Budjet  tuzilmasi  va  budjet  tizimi
Budjet  tuzilm asi  o ‘z  m o h iy atig a  a so sa n   —  davlat  b u d jeti  va 
mamlakat budjet tizimini tashkil etish,  budjet tizimiga  kiruvchi alohida 
budjetlaro'rtasidagi o'zaro munosabatlar,  turli darajadagi budjetlarning 
faoliyat ko'rsatishini  huquqiy jihatdan ta ’minlash, budjetlarning tuzilishi 
va  tarkibi,  budjetlarning  darom adlarini  shakllantirish  h a m d a   budjet 
mablag'larining  sarflanishi jarayonlarini  o ‘zida  aks  ettiradi.
H a r  bir  davlatda  davlat  budjeti  tuzilm asining  asosi  ,  ushbu  dav- 
latning siyosiy tizimi,  undagi  asosiy  q o n u n c h ilik   hujjatlari  va jam iyat- 
ning  qayta  ishlab  chiqarish  h a m d a   ijtim oiy  jarayonlaridagi  davlat 
budjetining egallagan mavqevi  hisoblanadi.  Budjet tuzilmasining asosiy 
tarkibiy  qismi  budjet  tizimi  hisoblanadi.
Budjet  tizimi  —  turli  darajadagi  budjetlar  va  budjet  m ablag‘lari 
oluvchilar yig‘indisini, budjetlarni tashkil etishni va tuzish prinsiplarini,
8 — O.Yu. Rashidov  va  bosh.
113


budjet  jarayonida  ular  o'rtasida,  shuningdek,  budjetlar  ham da  budjet 
m ablag‘lari  oluvchilar  o ‘rtasida  vujudga  keladigan  o ‘zaro  rnunosa- 
batlarni  o ‘zida  ifodalaydi.  0 ‘z vaqtida budjet tizim i  davlatning  moliya 
tizim ining  eng  asosiy  b o ‘g ‘ini  hisoblanadi.
Наг  bir  m am lakatda  budjet  tizimining  tashkil  topishi  eng  a w a lo  
davlatning  siyosiy  tizim i  va  uning  m a ’m u riy -h u d u d iy   tuzilmasiga 
bevosita  bog‘liqdir.  Xalqaro  amaliyotda  hukum at  boshqaruv  vakolat- 
larin in g   m arkaziy  h u k u m a t  h am d a  m a ’m u riy -h u d u d iy   b o ‘limlari 
o 'rtasid a  taqsimlanishi  asosida  barcha  davlatlar  quyidagi  guruhlarga 
ajratiladi:
—  unitar  tizimdagi  davlatlar;
—  federativ  (ittifoq)  tizimdagi  davlatlar;
—  konfederativ  tizimdagi  davlatlar.
Yuqorida  qayd  etilgan  barcha  tizimdagi  davlatlarning  mohiyatini 
ko'rib  chiqamiz.
U n itar  (yagona)  tizimdagi  davlat  —  davlatning  siyosiy  tizimida 
m a ’muriy  - -   hududiy  b o ‘linm alaridan  hech  biri  mustaqil  davlatchilik 
yoki  avtonom iya  huquqiga  ega  bo ‘lmagan  davlat  tizimi  hisoblanadi. 
B unday  davlatlarda  yagona  Konstitutsiya  amal  qiladi,  barcha  tizim 
u c h u n   um umiy  huquqlar,  yagona  davlat  boshqaruv  organlari  mavjud 
h a m d a   m am lak atd ag i  siyosiy,  iqtisodiy  va  ijtim oiy  ja ra y o n la rn i 
markazlashgan  tartibda  boshqaruv amalga  oshiriladi.  U n itar tizimdagi 
davlatda  budjet  tizimi  ikki  b o ‘g‘indan,  y a ’ni  markaziy  va  mahaliiy 
budjetlardan  tashkil  topadi.
D unyoning  unitar  davlatlari  qatoriga  Yaponiya,  Chexiya,  Polsha, 
Belgiya,  Qirg‘iziston,  Q o zo g‘iston,  T urk m an isto n ,  0 ‘zbekiston  va 
boshqa  davlatlarni  kiritish  m umkin.
Federativ  tizim dagi  davlat  —  davlat  tizim ida  b a ’zi  m a ’muriy- 
hududiy  b o ‘linm alar  o ‘zlarining  mustaqil  davlatchiligiga  ega  va  ular 
davlat  bosh q aru v id a  m arkaziy  H u k u m a t  o ‘rtasid a  vakolatlarning 
bo'linishida  bir  qato r  siyosiy  mustaqillikka  ega  bo'lgan  davlatlardir. 
Federativ  tizimdagi  davlatlarda  budjet  tizimi  uch  b o ‘g ‘indan,  y a’ni 
fe d e ra l  b u d je t,  f e d e r a ts iy a   a ’z o la rin in g   b u d je tla ri  va  m ah a liiy  
budjetlardan  iborat  b o ‘ladi.  Dunyoning  federativ  tizimidagi  davlatlar 
qatoriga  A Q SH   (shtatlar  va  munisipalitetlar),  G erm aniya  (yerlar), 
Rossiya (Respublikalar va o ‘lkalar),  Hindiston (shtatlar) va boshqalarni 
kiritish m umkin.
Konfederativ tizimdagi  davlat — yagona  iqtisodiy,  siyosiy va harbiy 
m aqsadlarga  erishish  u c h u n   mustaqil  davlatlarning  doimiy  ittifoqiga


asoslangan  davlat  hisoblanadi.  U shbu  davlatda  budjet  tizim i  konfe- 
derensiyaga  kiruvchi  a ’zo  davlatlarning  budjetlaridan  tashkil  topadi. 
S h u n i  t a ’kidlash  lozim ki,  h o zirg i  v a q td a   d u n y o d a   k o n fe d e ra tiv  
tizim dagi  davlatlar  ju d a   k a m   uchraydi.  B unga  y o rqin  misol  qilib 
Shveytsariyani  keltirish  m u m k in .  Shveysariya  davlat  tizim i  u n in g  
boMinmalari  hisoblangan  k a n to nlardan   iborat  b o ‘lib,  davlat  budjeti 
esa  konfederatsiyaga  a ’zo  b o 'lg a n   kantonlarning  badal  ajratm alari 
hisobiga  tashkil  topadi.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  siyosiy  tuzilmasiga  asosan  u n ita r  davlat 
hisoblanadi.  U nda  yagona  K onstitutsiya  amal  qiladi  va  b a rc h a   uch u n  
bir  xil  q o n u n la r   mavjud.  M a m la k a tim iz d a   b u d je t  tiz im i  tashkil 
topishining  huquqiy  asosini  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi 
va  0 ‘zbekiston  Respublikasining  «Budjet  tizimi  t o ‘g ‘risida»gi  Q onuni 
tashkil  etadi.  Ushbu  qonunchilikka  asosan  Respublikam izning  budjet 
tizimi  ikki  b o ‘g ‘indan  iborat:
1.  Respublika  budjeti.
2.  M ahalliy  budjetlar.
0 ‘zbekiston  Respublikasining  hozirgi  davr  budjet  tizim ini  7-chiz- 
m ada  ko'rish  mumkin.
B und a  O 'zbekiston  Respublikasi  budjet  tizim ini  «Budjet  tizim i 
to ‘g ‘risida»gi  Qonuniga asosan  va  unda  ko ‘zda  tutilgan  m o d d alarn in g  
tasnifi  b o ‘yicha  chizm a  tay yorlandi  va  uni  tahlil  etishga  h arak at 
qildik.
C hizm a  m a ’lumotlaridan  k o ‘rinib  turibdiki,  0 ‘zbekiston  Respub- 
likasining  Respublika  budjeti  va  mahalliy  budjetlardan  tashqari  bir 
necha  budjetdan  tashqari  jam g'arm alarni:  Respublika  y o ‘l  ja m g 'a r- 
masini,  davlat bandlik jam g'arm asini,  Respublika pensiyajam g'arm asini 
va 0 ‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  Mulk Qo'mitasining  maxsus fondini 
o ‘z  tarkibida  birlashtiradi.
Budjet  tizimi  to ‘g‘risidagi  q o n u ng a  asosan  mahalliy  budjetlarga 
Q oraqalpog‘iston  Respublikasi  budjeti  Toshkent  sh a h ar  va  viloyat- 
larning budjetlari  kiradi. Viloyatlar budjeti o ‘z tarkibiga viloyat budjeti
tu m a n la r  budjeti  va  viloyatga  b o 'ysunuvchi  shaharlarning  budjetini 
oladi.
«B udjet  tizim idagi»  Q o n u n g a   a so sa n   Q o r a q a lp o g ‘isto n   R e s­
publikasi  budjeti  va  viloyatlarning  budjeti  o ‘z  tarkibiga  viloyat  b u d ­
jeti,  tu m a n la r  budjetlari  va  u lar  h u d u d id a   joylashgan  yirik  sanoat 
markazlari  ham da  Respublika ah am iy atig a ega  sh a h arlarn in g  budjet- 
larini  o ‘z  ichiga  oladi.


Yüklə 10,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə