O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor



Yüklə 10,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/124
tarix23.09.2018
ölçüsü10,01 Mb.
#70228
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   124

Buyuk Britaniya hukumati esa  1979-yildan banklarva boshqa kredit 
tashkilotlari,  h a m d a   «litsenziyali  depozit  tashkilotlari»ni  farqlashga 
ya’ni  ularni  o ‘zaro  ajratishga  harakat  qildilar.  A m m o  eng  a w a lid a n  
boshlab institutlam i tasniflashda barcha mumkin bo'lgan cheklashlarni 
amalga  oshirishga  harakat  qildilar.
1986-yildan  esa  bu  tizim dan  haqiqatda  voz  kechishlariga  t o ‘g ‘ri 
keldi,  chunki bu tizim  nafaqat samarasiz,  balki  kredit tizimi va  moliya- 
viy  b o z o rla r  ustidan  M arkaziy  bank  nazoratini  am alga  oshirishda 
ishonchsiz,  asossiz  ham da  noqulayliklarga  olib  keldi.
0 ‘zbekistonda  tijorat  banklarini  yaratish  va  faoliyat  ko'rsatishi 
0 ‘zbekiston  Respublikasining  1996-yil  25-aprelida  qabul  qilishcha 
«Banklar va bank faoliyati t o ‘g ‘risida»gi  Qonunga binoan olib boriladi. 
U shbu  qonunga asosan  bank-  bu tijorat tashkiloti  bo‘lib,  bank faoliyati 
deb  hisoblanadigan  quyidagi  faoliyat  turlari  majmuyini  amalga  oshi- 
radigan  yuridik  shaxsdir:
—  yuridik  va jism oniy  shaxslardan  om onatlar  qabul  qilish  ham da 
qabul  q ilin g a n   m a b la g 'la r d a n   tavakkal  qilib  k red it  b e rish   yoki 
investitsiyaiash  uchu n  foydalanish;
—  t o ‘lovlarni  amalga  oshirish.
Bankning  tarixan  aniq  paydo  b o ‘lgan  sanasi  yo‘q.  Bank  faoliyati 
unsurlarining  u  yoki  bu  m iqdorda  rivojlanishi  Italiyada,  Gretsiyada, 
Misrda  va  boshqa  m am lakatlarda  yangi  davrga  qadar  qayd  qilingan. 
Birlamchi  banklar tangalarni  sotish,  sotib olish,  almashtirish,  muddatli 
kelgun cha  m ajburiyatlarni  hisobga  olish,  m ijozlarning  m ulklarini 
(moliyasini)  boshqarish,  kreditlarni  berish,  ipoteka  va  lombard  ope- 
ratsiyalarni,  dalolatnom alarni  tuzish  ham d a  boshqa  operatsiyalarni 
amalga  oshirganlar.  Keyinchalik  esa  o ‘z  mijozlarining  farmoishiga 
asosan  kreditorlar  hisob-kitoblar  va  boshqa  operatsiyalarni  amalga 
oshirishni  boshladilar.
Ishlab chiqarish va muomalaning o ‘sishi  munosabatda barcha m am ­
lakatlarda  banklarning  aham iyati  ko'tarildi.  Yuqorida  k o‘rib  o'tilgan 
funksiyalarga yangilar,  m asalan,  foiz  keltiradigan  kapitalni  boshqarish 
funksiyalari  q o ‘shildi.
S h u n d a y   qilib  b an k lar  —  bu  kreditning  rivojlanishi  natijasidir. 
Shuning  u c h u n   kredit  bankga  nisbatan  asos  bo ‘lib  hisoblanadi.
T a ’kidlash  m u m k in k i  —  b ank   bu  kredit  ishining  sh u n d a y   rivo- 
jolanish  bosqichiki,  u n d a   kredit,  pul  va  hisob-kitob  operatsiyalari 
m ajm u asida  bir  m arkazd a  yig'iladi.  U m u m a n   olganda  yak u n   qilib 
aytish  m um k in ki:


B an k   —  bu   pul  m ablag‘larini  ja m la s h   va  ularn i  o ‘z  n o m id a n  
qaytarib  berishlik,  t o ‘lovlilik  va  m uddatlilik  asosida  tarqatish  u c h u n  
yaratilgan  tashkilotdir.
Banklarning  asosiy  maqsadi  pul  m ablag‘larini  kreditorlardan  qarz 
oluvchilarga  va  sotuvchilardan  xaridorlarga  o ‘tkazishda  vositachilik 
qilishdir.  Banklar  bilan  bir  q a to rd a ,  b o z o rla rd a   pul  m a b la g ‘larni 
o ‘tkazishni  b oshqa  m oliyaviy  va  kredit  —  m oliyaviy  tashkilotlar: 
investitsion fondlar,  sug'urta kom paniyalari, brokerlar,  d em ir firmalari 
va  hokazolar  bajarilishlari  m um kin.  Biroq  banklar,  moliyaviy  b o zo r 
subyekti  sifatida  boshqa  subyektlardan  quyidagi  belgilari  bilan  ajralib 
turad i.
Birinchidan, banklar uchun qarz majburiyatlarining  ikki to m o n lam a  
a lm ashtirish  xarakterli  (xos)dir:  u la r  o 'z la r in in g   m a jb u riy a tla rin i 
(depozit)  shakllantiradilar  va  jalb  qilingan  m a b la g ia rn i  qarz  m aj- 
buriyatlariga,  qimm atli  qog'ozlarga  (boshqalarning  chiqargan  qog‘oz- 
lariga)  joylashtiradi;
Ikkin ch id an   b a n k la r  o 'z la rig a   yu rid ik   va  jis m o n iy   sh ax slar  ol- 
didagi  q a ’tiy  belgilangan  su m m a   b o ‘y icha  sh artsiz  m ajb u riy atlarn i 
oladilar.
A m m o  shuni  nazarda  tutish  zarurki,  bugungi  kunda  aniq  olingan 
bank  tashkiloti  amaliyotida  barcha  sanab  o'tilg an   bank  operatsiyalari 
amalga  oshirilmaydi  yoki  deyarli  mavjud  emas.
Yuqorida  ko'rib  o'tilganlarga  asosan,  aytish  m um kinki,  banklarni 
m e ’yor  faoliyat  ko‘rsatishi  va  yashashi  u c h u n   aniq  asosiy  faoliyat 
«to'plami»  mavjuddir.
Bunday  operatsiyalarga  quyidagilar  kiradi:
—  depozitlarni  qabul  qilish;
—  pul  to'lovlari  va  hisob-kitoblarni  amalga  oshirish;
—  kreditlarni  berish.
Bank  mohiyatini  t o ‘liqroq  (to 'laro q )  u ning  funksiyalarini  ochib 
beradi.
Tijorat  banklarining  iqtisodiy  roli  un in g  faoliyat  doirasining  keng 
bo'lishiga  olib  keladi.
Tijorat  banklari  quyidagilarni  bajaradi:
—  v a q tin c h a   b o ‘sh  tu rg a n   pul  m a b la g ‘la r n i  yig‘ish  va  u la rn i 
kapitalga  aylantirish;
—  korxona,  tashkilotlar  va  aholini  kreditlash;
—  muomalaga  kredit  pullar  (m uo m a la n in g   kredit  vositalari)  ni 
chiqarish;


—  xalq  x o ‘jaligida  hisob-kitoblar  va  t o ‘lovlarni  amalga  oshirish;
—  moliya-valuta  bozorida  faoliyat  ko ‘rsatish;
—  iqtisodiy-moliyaviy  axborotlar  berish  va  maslahat  xizmatlarini 
k o ‘rsatish.
Bankning birlam chi va asosiy  funksiyasi b o i ib ,   vaqtinchalik b o ‘sh 
pul  mablag‘larini  akkumlatsiya  qilish,  yig‘ish  funksiyasi  hisoblanadi. 
Akkumlatsiyasining  o ‘ziga  xos  tam oyillarni  hisobga  olish  zarurdir. 
Banklar b o ‘sh  pul  m ablag‘larini  yig'ish  va  ularni  kapitalga  aylantirish 
funksiyasini  bajara  turib  mavjud  b o ‘sh  pul  daromadlari  va  jam g ‘ar- 
malarni  yig'adi.
Chunki  banklar  nafaqat  o ‘zlarining,  balk,  begonalarning  vaqtin- 
chalik  b o ‘sh  pul  m ab lag ‘larini  yig‘adi.  Jam lan g an   pul  m ablag‘lari 
banklarning o'zlarining is’temoliga  emas,  balki begonalarning (boshqa) 
is’temoli  uchun  foydalaniladi.  Jam g ‘aruvchi  (b o ‘sh  pul  mablag‘i  egasi) 
o ‘z  m ab lag 'larin i  ban k k a  ishonib  to p shirg an i  u c h u n   va  bank  bu  
m ablag'lardan  foydalangani  uch un   m a ’lum   foiz  hisobida  darom ad 
oladi.
Jam lanad ig an   va  qayta  taqsim lanadigan  m ablag'larining  m ulk 
huquqi  birlamchi  kreditor  (bank  mijozi)  da  saqlanib  qoladi.  B o'sh 
pul  mablag‘lari  hisobidan  ssuda  kapitali  fondi  vujudga  keladi  va  b u  
fond  xalq  xo‘jaligi  tarm oqlarini  kreditlash  uch u n   ishlatiladi.
Banklarning  ikkinchi  funksiyasi  —  pul  muomalasini  tartibga solish 
funksiyasi.  Banklar  turli  xo'jalik  subyektlar  orqali  o ‘tadigan  to ‘lov 
m uomalasi  (oboroti)  ning  markazi  sifatida  chiqadi.  Hisob-kitoblar 
tizim i  orqali  ban klar  o ‘zlarining  mijozlariga  ayirboshlashni  amalga 
oshirishni,  pul  m ablag‘!ari  va  kapitalni  aylanishi  uchun  sharoit  yaratib 
beradi  (10-chizm a).
Banklar  orqali  alohida  olingan  subyektlar  va  bir  butun  m am lakat 
iqtisodiyotidagi  oborot(aylanishi)  o ‘tadi.
M uom alaga  kredit  pullarni  chiqarish  funksiyasi  tijorat  banklarni 
boshqa  moliya  institutlaridan  ajratib  turadi.
Tijorat  banklari  depozit-kredit  emissiya  qilganida,  ssudalar  ber- 
ganida  pul  massasi  oshadi  va  ssuda  bankka  qaytarilganda  m u o m alad a 
pul  massasi  kamayadi.
Tijorat  banklari  kredit  pullarni  yaratishning  emitenti  hisoblanadi. 
Tijorat  bank to m o n id a n   mijozga berilgan  kredit uning hisob  raqamiga 
o ‘tkaziladi  va  b an kning  qarz  majburiyati  ortadi.
Mijoz  bu  m ablag‘ning  m a ’lum  qismini  naqd  pul  shaklida  hisob 
raqam idan  olishi  m unikin.


Yüklə 10,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə