O nazarov monografiya



Yüklə 3,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/20
tarix19.10.2023
ölçüsü3,33 Mb.
#128102
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
portal guldu uz O`zbekistonda ommaviy jamoalashtirishning o`tkazilishi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
113
2017-yil 9-oktyabrdagi PF–5199-son Farmoni 


92 
ORTGA BIR NAZAR. 
 
Men, 1961 yil 2 oktyabrda Samarqand viloyati Qo‟shrabod tumanidagi Urganji 
qishloq fuqarolar yig‟inida joylashgan Bozorjoy qishlog‟ida tug‟ilganman. Dadam, 
Dadam Nazarov Raxim uzoq yillar xo‟jalikda ishchi bo‟lib ishlagan. Mehribon
samimiy, kamtarin inson edilar. Halol inson edilar. U kishining “bolam, harom bizga 
yoqmaydi” degan o‟gitlari ta‟sirida katta bo‟ldim. SHunga rioya qilib kelaman. Opam 
(onam), Nazarova Jibak oilam, bolam-chaqam deydigan, oila tutumini yaxshi 
biladigan ayol edi. Dadam vafot etganlarida (1978 yil) men, maktabda o‟qiyotgan 
edim, akalarim balog‟at yoshida edi, ukam va singim hali yosh edilar. Oilaning 
yolg‟iz boquvchisidan ayrilganimizdan so‟ng iolamizning to‟ng‟ich farzandi Umar 
akam bizga otalik va akalik vazifalarini o‟z qo‟liga olib Rahmatli onamn bilan 
birgalikda akam aka-ukalarimni uylantirib, uyli-joyli qildi va singlimni eldan kam 
qilmay uzatganlar.
Oilamizning barakasi onam edilar, onamni qo‟ni-qo‟shnilar doimo “chevar 
xotin” deb hurmat qilishar edilar. SHu tariqa ota-onamning duolari, bergan tarbiyalari 
sabab, 1982 yili Toshkent davlat universiteti tarix fakul‟tetiga o‟qishga kirdim. 
To‟g‟risi, o‟quvchilik paytimda, tarix sohasi bo‟yicha tasavvurga ega edim. 
Kafedrada Tarix yo‟nalishida G. A. Xidoyatov, Z. I. Usmanova, I. Nizomitdinov, A. 
Soliyev, T. Salimov, O. Musayev, A. Sagdullayev, A. Kabirov kabi ustozlardan tarix 
fani sir-asrorlarini o‟rgandim. Diplom ishim “Osiyo va Afrika xalqlarining milliy 
ozodlik xarakatining o‟ziga xos xususiyatlari” mavzusidagi ishimni professor A. 
O‟tamurodov raxbarligida ximoya qildim. Keyinchalik, universitetni tugatgach, 
Guliston davlat universitetining Tarix kafedrasiga ish faoliyatimni yurita boshladim. 
Ilk faoliyatimda kafedra mudiri M. Adixonov, A. Nabiyev, T. Omonjulov(oxiratlari 
obod bo‟lsin)lar bilan bilgalikda ishladim.
Keyinchalik men o‟z ilmiy faoliyatimni O‟zbekistonda amalga oshirilgan 
jamoalashtirish va uning ijtimoiy iqtisodiy oqibatlarini, jabr-sitamlarini bugungi kun 
nuqtai-nazardan talqin etishga qiziqishimning ortishi sabab, ustozim K. Eshchanovga 
o‟z qiziqishlarimni bayon qildim va ilmiy raxbarlik roziligini oldim. Tarix soxasining 


93 
yetuk bilimdoni K. Eshchanov ustozlik qildi. Komil Eshchanov madaniyatli, bilimli 
va mehribon inson edilar. Ustoz sifatida u kishi ideal edilar, desam to‟g‟ri bo‟ladi. 
Har doim ustoz o‟z maslahatlarini darig‟ tutmadilar. Xatto ustoz ilmiy ishimni 
tayyorlash jarayonida professor R. Aminova, professor I. Alimovlarning bu soha 
bo‟yicha bergan tavsiyalari xamon yodimda turibdi. Ishni tayyorlash davrida 8 yil 
davomida Farg‟ona vodiysidagi mavjud arxiv materiallari bilan tanishib chiqishga va 
mavzuga oid materillarni to‟plashga ketgan vaqtimga xech achinmayman.
Himoyadan so‟ng o‟z faoliyatimni yana Guliston davlat universitetida davom 
etkazdim. 2004-2005 yillar universitetning tarix fakul‟teti dekani, dekan o‟rinbosari 
va uzoq yillar Tarix kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritdim. Faoliyatim 
davrida men nafaqat jamoalashtirish davriga balki, Uyg‟onish davri xamda tibbiyot 
soxasiga qiziqishim sabab, o‟tgan vaqt davomida “O‟rta Osiyo qomusiy 
mutafakkirlarining jaxon ilmi fani taraqqiyotiga qo‟shgan xissasi”, “Xorazm ma‟mun 
akademiyasi tarixidan”, “Tibbiyot ilmi tarixidan” kabi ko‟plab risolalarni chop 
ettirdim.
Insonning yoshi ulg‟aygan sayin bosib o‟tilgan hayot yo‟liga bir nazar solib 
turgani ma‟qul ekan. Men ham 60 yoshni qoralabman. O‟tgan umrimdan roziman. 
Ota-onamni qo‟limdan kelgunicha rozi qilishga urindim. Umr yo‟ldoshim, Dilbar 
bilan bir o‟g‟il, bir qizni tarbiyalab, uyli-joyli qilganmiz. O‟g‟lim Azizjon qurilish 
sohasini tanladi. Qizim Xurshida pedagok sifatida yosh avlodga saboq berib 
kelmoqda. Yаxshi insonlar bilan quda bo‟lganman. Kuyovim, Ulug‟bek o‟z 
o‟g‟limdek, kelinim Madina o‟z qizimdek. To‟rt nafar nevaramiz bor. 

Yüklə 3,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə