O nazarov monografiya



Yüklə 3,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/20
tarix19.10.2023
ölçüsü3,33 Mb.
#128102
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
portal guldu uz O`zbekistonda ommaviy jamoalashtirishning o`tkazilishi

 
 
 
 
 
 
 
 
 


86 
XULOSA 
Ommaviy kollektivlashtirish davri sobiq Ittifoq tasarrufidagi respublikalar qatori 
O„zbekiston xalqi tarixiy taqdirida ayanchli asoratlar qoldirgan davr sanaladi. Chunki 
xalqimizning qariyb chorak kam bir asrlik siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy 
hayoti mazkur tarixiy jarayon bilan mustahkam bog„liq. 
Aslini olganda kollektiv xo„jalik yuritish g„oyasi soxta, real hayotdan uzilib 
qolgan edi. Kommunistik mafkurachilar yirik agrar jamoa korxonasi yakka dehqon 
xo„jaligidan yaxshiroq, degan fikrga qat`iy asoslanib ish ko„rdilar. Chunki erdan 
foydalanishning jamoa tizimi markazlashgan rejalashtirishni va ko„pmillionli qishloq 
mehnatkashlarini boshqarishni osonlashtirar, qishloqdagi keng qamrovli ijtimoiy-
siyosiy ishlarni butun mamlakat miqyosida tezroq amalga oshirish imkonini beradi. 
Kollektiv xo„jalikka o„tish tadbiri to„g„risida (eski matbuot hamda siyosiy tuzum 
tazyiqi tufayli) ochiq haqiqatni yozish imkoni bo„lmagan davrda o„tmishdagi 
afsonaviy soxta g„oyalar fanga kiritildi, tarixiy asarlarda katta o„rin tutdi. 
Totalitar tuzum sharoitida uning agrar siyosatini ma`qullovchi tarixiy 
ma‟lumotlar ilmda asosiy o„rin olganligining bosh sababi ma‟muriy buyruqbozlik 
jamiyat ma‟naviy hayotini to„la egallab olganida bo„lib, buning asosiy sabablarini 
quyidagicha talqin qilmoqchimiz: 
Birinchidan, tarix fanida partiyaviylik, sinfiylik tamoyillari hukmronlik qilgan. 
Ikkinchidan, hukmron mafkura tazyiqi-tarixiy haqiqatni yozishiga yo„l 
bermagan. 
Uchinchidan, bu jarayon bir yoqlama noto„g„ri yoritilgan.
Hozirgi kunda pudrat, fermerlik qishloq xo„jaligida ishlab chiqarishning, 
mehnatni tashkil qilishning ilg„or usullariga aylangani singari o„z davrida kollektiv 
jamoa xo„jaliklari ham mamlakat iqtisodiy qudratini oshirishda, odamlar ongi va 
shuurida yakdillik, o„zaro hamkorlik, baynalminal xis-tuyg„ularni tarbiyalovchi 
“maktab” bo„lgan, degan tushunchalar hayotida mustahkam o„rnashib qolgan edi. 
Natijada, tarix sahifalarida, ilmiy jamoatchilik orasida, vaqtli matbuot 
sahifalarida kolxoz (jamoa) tuzumi tufayli erishilgan yutuqlar, bu jarayon ilg„or 


87 
tadbir ekanligini ta‟kidlovchi fikr va mulohazalar tez-tez targ„ib etilib, matbuotda 
keng yoritildi.
Biz bu o„rinda ommaviy jamoalashtirish joylarida, jumladan O„zbekistonda qay 
tarzda, qanday yo„llar va vositalar bilan o„tkazilganligi, qanday oqibatlarga olib 
kelganligi, soxta jamoa xo„jaliklarining keyingi tarixiy taqdiri xususida to„xtalib 
o„tirmaymiz. Chunki bu mavzu o„zgacha tadqiqotlarni talab etadi. Faqat 
ta‟kidlamoqchimizki, 20-yillarda boshlanib, 30-yillar o„rtalarida ham davom etgan 
mazkur voqea o„z tabiati, xato-kamchiliklari, muammolari bilan birga qayta tahlil 
qilishga muhtojligini davr ko„rsatmoqda. 
Ulkan maqsadlar yo„lida qo„yilgan har bir qadam, har bir ish tabiiy, rejali 
sur‟atda olib borilsa va bu jarayon sun‟iy ravishda siyosiylashtirilmasagina yaxshi 
samara berishi mumkin. Aks xolda ezgu niyat bilan boshlangan ishda katta 
muammolar, to„siq va g„aflat paydo bo„lib, ular bartaraf etilguncha ko„pchilikning 
aziyat chekishi turgan gap. Biz O„zbekistonda soxta kolxozlashtirish davri (ya‟ni 
1920-yillar oxiri 30-yillar o„rtalari) tarixga nazar tashlar ekanmiz, uning barcha 
ijtimoiy-iqtisodiy qirralarini va asl mohiyatini ochib berishga harakat qildik. Shu 
maqsadda O„zbekiston respublikasi markaziy Davlat arxivi, respublikadagi qator 
viloyat arxivlari, 1920-yillar oxiri 30-yillar o„rtalarigacha bo„lgan davrga oid vaqtli 
matbuot nashrlarini o„rganish, shuningdek, o„sha davrning shohidlari bo„lgan avlod 
vakillari, ular vorislarining guvohliklari asosida ushbu ishda ko„tarilgan masalalar 
bo„yicha monografiyada quyidagi xulosalarga keldik:
1. O„zbekistonda ommaviy jamoalashtirish tadbirlarini amalga oshirish 
sub‟ektiv ijtimoiy zo„ravonlik yo„li bilan olib borildi. Bu usul ayrim sohalarda 
birmuncha yuksalishni ta‟minlay olgan bo„lsa ham, oqibat natijada millatlar va 
xalqlarning milliy o„zligini iqtisodiy hayotining esa izdan chiqarishga olib keldi. 
2. Xo„jalik qurilishda borgan sari ma‟muriy buyruqbozlik ta‟ziyqi kuchayishi 
tufayli iqtisodiy usullardan chekinish o„zga tobora ko„proq tashlana bordi.
3. Yoppasiga kollektivlashtirish nixoyasiga etishi bilan qishloqdagi jamoalar, 
yer jamiyatlari bo„lib ketdi, qishloq ahli yig„inlari ular o„zini-o„zi boshqarishning 


88 
boshqa turlari ahamiyatini yo„qotdi. Ko„pchilik, dehqonlarning o„zaro yordami va 
kooperatsiyaning an‟anaviy turlari jamiyat tomonidan qo„llab-quvvatlamay qoldi. 
4. Kolxozlashtirish harakati tarixida kooperatsiya o„ziga xos ijobiy rol o„ynaydi. 
Ob‟ektiv jihatdan olganda, yangi iqtisodiy siyosatga o„tish sharoitida kooperatsiya 
qishloqda bozor munosabatlarini tiklash va xo„jalik hayotini jonlantirish borasida 
muhim voqea bo„ldi. Biroq kooperatsiya aholini mustaqil, hech kimga bog„liq 
bo„lmagan ishlab chiqaruvchi sub‟ektlar sifatida tashkil etgan taqdirdagina to„la 
ijobiy natijalarga olib kelishi mumkin edi. Afsuski, kommunistik rahbariyat 
kooperatsiya orqali qishloq ommasini sotsialistik qurilishga jalb etishga intilib, 
kooperativ harakatga bozor iqtisodiyotiga yot siyosiy tus berishga harakat qildi, 
kooperativ birlashmalarning iqtisodiy va ijtimoiy mustaqilligini cheklab qo„ydi. 
Davlat va kolxoz-kooperativ formasidagi mulkchilik butunlay oliy davlat 
hokimiyatiga bo„ysundirildi. Kolxozlarning davlat tomonidan boshqarilishi amalda 
sovxozlarning boshqarishdan xech qanday farq qilmasdi. Kolxozlar o„z ishlab 
chiqarish fondlaridan erkin foydalanish huquqidan, bankdagi hisob raqamida 
saqlanayotgan pul mablag„larini erkin sarflashdan mahrum etildi, o„z ishlab 
chiqargan mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqidan cheklanib, mahsulotni 
davlatga suvtekinga (ya‟ni majburan –O.N.) sotish asoratiga olindi. Ular o„z moddiy-
tehnik extiyojlarini ta‟minlash, ishlab chiqarish tuzilmasini aniqlashda ham erkin 
emasdilar. 
5. Kolxozlarning bosh belgisi bo„lmish mehnat kuni bo„yicha haq to„lash ham 
vaqt o„tishi bilan va mahsulot bilan haq to„lash elementlarini mujassam etgan bo„lib, 
mehnat natijalariga qarab amalga oshirdilar edi. 
6. Mavjud sharoitlarda chinakam kollektiv munosabatlar shakllana olmasdi. 
Ishlab chiqarish munosabatlari o„zaro ichki aloqalardan mahrum edi, ular faqat 
umumdavlat manfaatlariga yo„naltirilgan edi, ko„pi bilan umumdavlat miqyosida 
kollektivlikka javob bera olardi, xolos. Kollektivlikning bunday ko„rinishi, 
demokratiya bilan mustahkamlanmagan, iqtisodiy manfaatlarni ko„zlagan kuchli 
ichki o„zaro aloqalardan mahrum bo„lib, qishloqdagi iqtisodiyotning dinamik, 
haqqoniy taraqqiyotini ta‟minlay olmas edi. U faqatgina aniq bir vaqt davomida 


89 
tashqi iqtisodiy kuchlar tomonidan, masalan, ommaning inqilobiy ishtiyoqi bilan 
qo„llab-quvvatlanib turardi, biroq tabiiy-tarixiy tomonidan qabul qilinmas edi. 
Bularning xammasi mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining pasayishiga, 
buzilishlariga shart-sharoit yaratdi.
7. Kollektivlashtirish qishloq ahli tuzilmasida ham chuqur o„zgarishlarga olib 
keldi. So„ngi yillargacha ilmda kolxoz tuzimi g„alabasi qishloq xo„jaligida sotsialistik 
tuzumning o„rnatilishiga va mustahkamlanishiga olib keldi, degan xulosalar hukmron 
edi. Sovet davridagi adabiyotlar qishloqning o„zgarishi natijasida yangi sotsialistik 
sinf – kolxoz dehqonlari shakllangan, kolxozlar sotsializm sharoitida tug„ilgan 
konkret shakl bo„lib, o„z tarixiy taraqqiyotida kapitalistik davrni oshib o„tgan 
millatlarning ko„p qismi uchun yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi va 
o„rnatilishiga olib keldi, degan xulosa qilingan. 
8. Bugungi kunda ushbu talqinning xayoliy ekanini anglab etdik. Qishloq 
aholisining ijtimoiy tuzilmasi o„zgargan bo„lsa ham, sotsialistik evolyutsiya tomonga 
o„zgarmadi. Faqatgina feodal – kapitalistik eksplutatsiya namoyondalari almashdi, 
xolos. Agar oktyabr to„ntarilishidan oldin va undan keyingi dastlabki yillarda o„zbek 
qishlog„ida o„ziga to„qlar va quloqlar (nomunosib-O.N.) eksplutatorlar sifatida 
toptalgan bo„lsa, sotsialistik ishlab chiqarish munosabatlarining g„alaba qilishi bilan – 
davlat bosh esplutator bo„lib qoldi. Qishloq aholisining kolxoz dehqonlari va qishloq 
xo„jalik ishchilari (sovxozlardagi, MTSlardagi va boshqa davlat agrokorxonalaridagi 
ishchilar) ga bo„linishi sun‟iy xarakterda edi. Amalda dehqonlar etalizatsiyasi 
(davlatga bo„ysundirilishi) qaror topdi. Ya‟ni dehqonlar favqulotda tadbirlar tizimi 
orqali kolxozlarga biriktirib qo„yildi. 
9. “Buyuk burilish” dehqonlarga ma‟naviy-ahloqiy tomondan ham salbiy ta‟sir 
etdi. Yoppasiga kollektivlashtirish tufayli dehqonlarning asrlar davomida shakllangan 
turmush tarzi buzildi, dehqonlar ishlab chiqaruvchi kuch sifatida buzilib, ular o„zga 
shaxslar xohish-istaklarini bajaruvchi ishchi kuchiga aylantirildi, erdan begonalashdi, 
ishlab chiqarishning yakuniy natijalaridan manfaatdorligi pasaya boshladi. 
Qishloqdagi xo„jalik aloqalari tizimiga davlatning aralashuvi soxta sotsialistik 
munosabatlarning mustahkamlanishi dehqonlar ongiga salbiy ta‟sir ko„rsatdi. 


90 
Dehqonlar erga egalik qilish xissini, asrlar davomida hosil qilingan va 
mustahkamlangan mehnatsevarlik sifatlarini yo„qota boshladilar, mehnatga va kasbiy 
mahoratga munosabatlar susaya bordi. Keng miqyosda olib borilgan dinga qarshi 
tashviqot ishlari, iqtisodiyot va madaniyatning mafkuralashuvi, totalitar tuzum 
qadriyatlarini aholi ongiga singdirish natijasida dehqonlar ham, barcha sovet kishilari 
kabi, umuminsoniy qadriyatlarga xurmatsizlik negizida tarbiyalandi. Qishloqdagi 
asriy urf-odat va an‟analar qoralandi, xalqning tarixiy va madaniy xotirasi toptala 
boshlandi. 
Shunday qilib, yoppasiga kollektivlashtirish ommaviy fojeaga aylandi. 
Kooperatsiya bobida ixtiyoriylik chizig„idan chiqish, dehqonlar uchun qulay bo„lgan 
mehnat va haq to„lashning oilaviy-shahsiy formalaridan voz kechish, ijaradan voz 
kechish umumiy taraqqiyotning pasayishiga olib keldi. Mana, bugun biz o„sha 
davrlarda muxim bo„lgan mehnatni tashkil etish formalariga qaytmoqdamiz. 
Yerda xo„jalik yuritishning turli formalari yagona formaga birlashtirildi, qishloq 
xo„jaligini boshqarish ma‟muriy-buyruqbozlikka asoslandi, kolxoz va sovxozlarning 
xo„jalik yuritishdagi mustaqilligi susytirildi, kolxozchilar va sovxoz ishchilari asta-
sekin erdan va ishlab chiqarishning boshqa vositalaridan foydalanishga befarq 
qaraydigan yollanma ishchilarga aylana bordi. Oqibat natijada qishloq xo„jaligi 
sohasida, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‟minlash borasida og„ir vaziyat 
vujudga keldi. Ayniqsa chorvachilik sohasi, ko„rilgan tadbirlarga qaramasdan, 1916-
yil ko„rsatkichlariga erisha olmadi. 
Bugungi kunda qishloq xo„jaligini faqat erdan foydalanish tizimini o„zgartirish, 
xo„jalik yuritish turlari va mulkchilik turlarining ko„p sonliligini ta‟minlash, 
qishloqda chinakam iqtisodiy munosabatlarni shakllantirish yo„li bilan yuksaltirish 
mumkinligini anglab etdik. Respublikaning butun agrar siyosatida erga egalik qilish 
haqidagi masala ayniqsa muhim bo„lib qolmoqda.
Shu bois, mamlakatimizda qishloq xo„jaligi ishlab chiqaruvchilarining asosiy 
qismi – fermer va dehqon xo„jaliklari hamda tomorqa yer egalari faoliyatini chuqur 
tahlil qilish asosida ushbu sohada o„z yechimini kutib turgan masalalarni bugungi kun 
nuqtai nazaridan qayta ko„rib chiqish va hal qilish maqsadida O„zbekiston 


91 
Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xo„jaliklari va tomorqa yer egalarining 
huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo„jaligi ekin 
maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 
to„g„risida” gi 2017-yil 9-oktyabrdagi PF–5199-son Farmoni qabul qilindi.
113 
Ushbu 
farmonda fermer, dehqon xo„jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va 
qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning yer uchastkalaridan foydalanish 
samaradorligini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab berilishi qishloq 
xo„jaligi va aholi turmush-tarziga doir kamchiliklarni to„la to„kis bartaraf etishga 
qaratilganligini alohida ta‟kidlab o„tish lozim. 

Yüklə 3,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə