O nazarov monografiya


-yilga kelib chorvaning eng asosiy turlari kamayib ketishi ko‘rinib turibdi



Yüklə 3,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/20
tarix19.10.2023
ölçüsü3,33 Mb.
#128102
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
portal guldu uz O`zbekistonda ommaviy jamoalashtirishning o`tkazilishi

 
1931-yilga kelib chorvaning eng asosiy turlari kamayib ketishi ko‘rinib turibdi. 
Foiz hisobida quyidagi xolatni ko‘rish munkin. 
Jadval 
Yillar 
Qo„ylar 
Dumbali 
qo„ylar 
Otlar 
Yirik shoxli 
molar 
Sigirlar 
1930 
yil 
bahorida 
119,5 
105,4 
105,4 
108,4 
100,0 
Besh yillik 
reja 
bo„yicha 
1931 
yil 
bahorida 
32430 
21751 
5508 
17846 
5291 
Besh yillik 
reja 
bo„yicha 
70,7 
74,2 
44,3 
85,7 
85,0 
Jadvalda ko„rinib turibdiki, 1931-yilga kelib chorva sonini oldingi yillardagi 
darajaga yetkazish ko„zda tutilgan. Ilk navbatda yirik shoxli mollar va otlarni 
ko„paytirish diqqat markazida edi. Ammo chorvachilikni oldingi darajaga 
yetkazishning imkoniyati yo„q edi.Sababi esa quyidagilardan iborat. 
Birinchidan, yem-xashak masalasi keskin muomo bo„lib qoldi. 1931-yilda 
O„zSSR XKSning 3 fevraldagi qarori bilan 1.83556 sentner o„rniga 1.565422 sentner 
qilib o„zgartirildi topshiriq 271044 sentnerga kamaytirildi. Bu albatta paxtachilikni 
ko‟paytirish hisobiga yuz berdi.


73 
Ikkinchidan, 1930-31-yillar davomida davlatga go„sht tayyorlash rejasi keskin 
ortib ketishi tufayli yuz berdi.
Uchinchidan, chorvachilikni yuksaltirish uchun mablag„ yetishmasligi orqali. 
Masalan, O„zSSR XKSning 1931-yil 8-yanvardagi yig„ilishida "Chorvachilikni 
yuksaltirish uchun tadbirlar ishlab chiqilgan". Unda XKS muovini o„rinbosari 
Davletshevning ma‟lumot berishicha, davlat tomonidan chorva kasallanishining 
oldini olish uchun 79426 so„m ajratilgan. Vaholanki, bu summa chorva mollarni keng 
ravishda chatishtirish orqali kelgan kasallikning oldini olish uchun yetarli emas edi. 
To„rtinchidan, yem-xashak masalasi qiyin holatda, ko„rilayotgan tadbirlar yetarli 
emas edi. Masalan, 1930-yilda O„zSSR XKSning 21 qarorida “Chorvachilik 
sovxozlarida kuzgi ekin maydonlarini quyidagi tartibda belgiladi:”
102
Sovxozlar nomi 
Boshoqli ekin 
Ozuqa ekinlari 
Tez yetiladigan 
o„simliklar 
AO qo„ychilik 
2500 
2500 
1000 
Chorvachilik 
2500 
2500 
1000 
Qo„ychilik 
1000 
1000 
1000 
Chorvachilik sohasidagi qiyinchilik, go„sht tayyorlash rejasining ortib borishi 
vaziyatni keskinlashtirdi. Shuning uchun 1931-yil 19-yanvar kuni VRIK XS raisi 
Boltayevning imzosi bilan SSSR XKS raisi Molotov va XKSning ta'minot raisi 
Mikoyanga maktub yo„llangan. Unda aytilishicha, O„rta Osiyo Iqtisodiy 
kengashining ta'minot bo„yicha vakili Moskvaga yanvar oyida O„rta Osiyodan 11 
ming tonna go„sht yuborish taklifini qo„ygan.
1
Shundan 5 ming tonnasini 
Qirg„izistondan, qolgan qismini O„zbekiston, Tojikiston va Turkmanistondan olib 
ketilishi mo„ljallangan. O„zbekiston ehtiyojini ta‟minlash uchun qo„shimcha 20 ming 
tonna go„sht kerak bo„ladi. Chunki, ekish arafasida baliq mahsulotlari hamda 
sabzavot va sut mahsulotlari ham yetarli emas edi. Maktubda shuning uchun 
O„zbekistondan go„sht olishni to„xtatish o„tinib so„ralgan. 
102
ЎзРМДА. Ф-837, рўйхат – 9, 619 – йиғма жилд, 8-бет 


74 
Respublikamiz go„sht mahsulotlari bilan xalqni ta‟minlanishining yomon 
ahvolda ekanligiga quyidagilar sabab bo„ldi: 
Birinchidan, mahalliy chorva mollarining rejasiz va to„xtovsiz go„shtga 
topshirilishi ko„payib ketdi.
Ikkinchidan, chorva soni reja bo„yicha saqlash mumkin bo„lmay qolganligi 
tufayli. 
Uchunchidan, Qizil armiya mehnatga yaroqli chorva go„shti bilan ta‟minlash 
orqali yuz berganligini qayd qilish o„rinlidir.
Shunga qaramasdan, chorvachilik sohasida orqaga ketishlarining sababini har xil 
rahbarlar turlicha izohlaganlar. Masalan, 1931-yil 31-yanvar kungi O„zSSR XKS 
RKI brigadasining boshlig„i Pestelets chorvachilik sohasida odamlarni (mahalliy 
O.N.) ishga olganda, xarakterini bilib ishga olish kerak, deydi va ishni keng ko„lamda 
olib borish bilan sovet chuponini keltirish uchun kurashish kеrak, deydi.
103
Asrlar 
davomida chorvachilikda katta tajribaga ega bo„lgan mahalliy xalqni yo„l qo„yilgan 
nuqsonlarning bosh aybdori sifatida talqin qilish mantiqqa to„g„ri kelmaydi. 
Chorvachilik sohasida tajriba to„plaganlarning ko„p qismiga sinfiy dushman 
sifatida qaralishi, ularning tajribasi inobatga olinmasligi asossiz ravishda go„sht 
tayyorlashlar va nihoyat ozuqa bazasining keskin kamayishi bu sohaning orqaga 
ketishiga bosh omil bo„lib xizmat qiladi. Chorvachilik sohasida “Sovet cho„poni” ni 
tayyorlash kabi uydirma asossiz fikrlarni rad etgan holda chorvachilik muammolarini 
ilmiy tahlil qilish orqali bu nuqsonlarning kelib chiqish sabablarini aniqlash mumkin 
deb o„ylaymiz. Chorvachilikning orqaga ketishi ma‟lum bir davrda , ya‟ni qisqa vaqt 
oralig„ida yuz bergani yo„q. Chorvachilik keying bir ikki yil ichida asl holiga kelishi 
mumkin edi, degan gaplar ham haqiqatdan yiroq bo„lgan asossiz fikrlar. Zero, 
chorvachilik bevosita dehqonchilik bilan bog„langan bo„lib, ularni bir-biridan ajratish 
qiyin, ammo ular orasidagi munosabatlarni ushlab turish uchun o„lkaning geografik 
shart-sharoitini va kishi psixologiyasini hisobga olgan holda bir me‟yorda tutib turish 
mumkin edi. Lekin bunday qilishmadi. Ishonch bilan aytishimiz mumkinki, o„kadagi 
103
ЎзРМДА. Ф-837, рўйхат – 9, 616 – йиғма жилд, Б. 22. 


75 
chorvachilikning orqaga ketishiga zamin hozirlagan davr–bu dastlabki islohotlar 
davriga borib yetishini yuqoridagi misollar tasdiq etadi. 

Yüklə 3,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə