O nazarov monografiya


partiya qo„mitasi hujjatlarida



Yüklə 3,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/20
tarix19.10.2023
ölçüsü3,33 Mb.
#128102
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
portal guldu uz O`zbekistonda ommaviy jamoalashtirishning o`tkazilishi


partiya qo„mitasi hujjatlarida,
77
shuningdek 1930-yil 7-fevralda bo„lib o„tgan 
yangiyo„l tuman faollarining yig„ilishida soxta kollektivlashtirish va quloq qilish 
to„g„risida Alimov, Yo„ldoshev, Bakuns, Nazarovlarning fikr mulohazalarini tahlil 
qilar ekanmiz, ular yoppasiga kollektivlashtirish va quloq qilish viloyat rahbarlari 
tomonidan yetarli darajada puxta borilmaganligi, jumladan, Mirzacho„l, Yangiyo„l 
rayonlarida quloqlarning ijtimoiy guruhini aniqlash davrida jiddiy xatoliklarga yo„l 
qo„yilganligi, o„rtaxol va batraklarning mol-mulklarini tortib olish va tintuv 
o„tkazishgacha borib yetganlari ma'lum bo„ldi. Xatto quloq qilish masalasi kambag„al 
va o„rtaxol dehqonlarning yig„ilishida olib borilishi haqidagi ko„rsatma inobatga 
olinmaganligi aniqlandi.³ Arxiv hujjatlariga asoslanadigan bo„lsak, hammasi bo„lib 
1930-yil O„zbekiston bo„yicha 2648 ta xo„jalik quloqlar sifatida tugatilgan.¹ Ularga 
qarashli katta qismdagi chorva, mehnat qurollari, yer maydonlari kolxozlarning 
bo„linmas fondiga o„tkazilib, uy-joylari ham musodara qilingan. 1931-yil 9-
fevralidagi ma'lumotga ko„ra O„zbekiston bo„yicha kolxozlardan 4910 kishi 
chiqarildi.
78
Quloqlarni sinf sifatida tugatish davrida butun boshli qishloqlarni 
ko„chirib yuborish, hamda odamlarni jismoniy yo„q qilish ommaviy tus oldi. Shu 
paytgacha, bu xodisa arxiv hujjatlarida mavjud bo„lsa ham haqiqat yuzini ko„rmadi. 
77
ТошкентВДА.Ф-25,рўйхат-1,120-йиғма жилд,61-варақ. 
78
Уз РМДА.Ф-837,оп-9,д.409,27-28 варақлар. 


56 
Oqibatda turlicha talqin qilinib kelindi. Birgina Toshkent viloyati bo„yicha 
ma'lumotlarni ko„radigan bo„lsak, Toshkent tumanidan 1931-yilda Chochtepadan 6 
ta, Qibraydan 21 ta, Tuzeldan 2 ta, Qoratoldan 1 ta, Yvarikdan 1 ta, Qorasuvdan 7 ta, 
Chuvalachidan 4 ta, Oq-qovoqdan 5 ta, Ochildan 10 ta, Nazarbekdan 4 ta, Qo„yliqdan 
10 ta , Sogbondan 7 ta, Erkindan 3 ta , Qizil O„zbekistondan 7 ta, Chinoboddan 5 ta , 
Durmondan 14 ta, Niyozbekdan 2 ta , Qizil Tuyadan 7 ta kishi qo„shimcha quloq 
qilinib, o„zlari yashab turgan yerlaridan birinchi kategoriya quloq sifatida badarg„a 
qilingan.
79
Bundan tashqari O„zKP (b) MK O„rta Osiyo byurosi tomonidan qayd 
qilinadiki, ko„p hollarda quloq qilish tintuv , mol-mulkni tortib olish orqali amalga 
oshirilgan. Vaholanki, quloqdan faqat ishlab chiqarish qurollarini olish ko„rsatilgan 
edi, xolos.

Ko„p hollarda ko„rsatma noto„g„ri berilgan va uning oqibatida quloq 
xo„jaliklarining hammasini teng ko„chirish hollari yuz bergan. Demak, quloqlarni 
ko„chirish rejasi ishlab chiqilmagan, bunga respublikamizda zaruriyatning o„zi yo‟q 
edi. Lekin O„zbekistondan boshqa rayonlarga aholini ko„chirib yuborish aytarli 
darajada xolisona o„rganilmagan holda ketdi. Eng achinarlisi shuki, quloqlar tarkibini 
aniqlash paytida kambag„al, o„rtaxollar oilalari shu toifaga kiritildi. Moliya 
bo„limidan berilgan ro„yxat asosida ish ko„rilishi tufayli nojo„ya quloq qilish hollari 
yuz berdi. Masalan, O„zSSR moliya qo„mitasining ma'lumotiga ko„ra 1929-30 
yillarda respublikamizning 10 ta okrugi bo„yicha yakka tartibda soliq to„lovchilar 
soni 13131 xo„jalik bo„lib, shulardan 1501 tasi quloq xo„jaliklari deb hisoblangan va 
chekka o„lkalarga surgun qilingan.
80
Aslida VKP (b) MK O„rta Osiyo byurosi va O„zKP (b) MK tomonidan ishlab 
chiqilgan asossiz qarorga ko„ra, quyidagi belgilarga qarab oilalar quloq qilinishi 
kerak edi: a) shaxsiy mulkdorligiga qarab; b) xo„jalik agar saylovda ishtirok etishdan 
mahrum etilgan xamda unda ekspluatatorlik belgilari bo„lsa. Shuning uchun joylarda 
shu toifaga kirganlarni boshqalar bilan almashtirib yubormaslik lozimligi to„g„risida 
aniq ko„rsatma berilgan bo„lsada, ammo bu ko„rsatmani amalda qo„llashda qo„pol 
79
Тошкент ВДА.Ф-25,рўйхат-1,132-йиғма жилд,183-варақ. 
80
Коллективизация сельского хозяйство в республиках средней Азии и Казахистана: опыт ипроблемы.-Алма-
Ата,Гылым,1990.141-ст. 


57 
xatolarga yo„l qo„yildi va talay vaqt davom etdi. Masalan, Toshkent okrugi Toshkent 
tumandan ro„yxatga olingan quloq xo„jaliklaridan bir guruhi Bezvodniy qishlog„iga 
ko„chirildi. Ularning umumiy holati quyidagicha edi:
81
X
o„
ja
li
k
s
o
n

A
x
o
li
s
o
n

E
rk
ak
lar
A
y
o
ll
ar
Pax
ta
ma
y
d
o
n

Bo
sh
q

ek
in
lar
Q
o
ram
o

Si
g
ir
U
sh
o
q
m
o
ll
ar
U
y
lar
s
o
n

O
li
b
q
o„
y
il
g
an
mu
lk
107 
529 
148 
147 
400 
ga 
60 
ga 
11 
ta 
34 
ta 
26 
ta 
69 
ta 
37543 
so„m 
50 t. 
Natijada, mahalliy aholi o„rtasida norozilik, qarshilik alomatlari kelib chiqishiga 
sabab bo„ldi. 1930- yilda Toshkent rayon siyosiy komissiyasi tomonidan quloq 
qilinib, ro„yxatga olingan hamda birinchi kategoriya guruhiga kiritilib, Ukrainaga 
ko„chirib yuborilgan mahalliy aholi ro„yxatini keltirish orqali, respublika miqyosidan 
chetga ko„chirish oddiy bir xol bo„lib qolganligini ko„rishimiz mumkin: 
X
o
„j
al
ik
s
o
n

A
x
o
li
s
o
n

E
rk
ak
lar
A
y
o
ll
ar
Pax
tama
y
d
o
n

Bo
sh
q

ek
in
lar
Ch
o
rv

so
n

Si
g
ir
May
d

m
o
ll
ar
Q
o
„y
l
ar
T
o
rt
ib
o
li
n
g
an
mu
lk
254 
3275 624 
628 700, 
35ga 
132,5 
ga 
145 
ta 
112 
ta 
187 
ta 
147 
ta 
175 
Ming 
919 
so„m 

Yüklə 3,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə