O nazarov monografiya



Yüklə 3,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/20
tarix19.10.2023
ölçüsü3,33 Mb.
#128102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
portal guldu uz O`zbekistonda ommaviy jamoalashtirishning o`tkazilishi

Yuqoridagi raqamlardan ko‘rinadiki, kolxozdan chiqish butun okrug bo‘yicha ommaviy tus olgan

Kollektivlashtirishni tezlashtirish bilan bog„liq kamchilik va nuqsonlar faqat 
Farg„ona okrugigagina xos bo„lmay, balki butun respublikaning 1930-31-yil hayoti 
uchun xarakterli xodisadir. Masalan, Surxondaryo okrugida dastlab 4 foizi xo„jaliklar 
kollektivlashtirilgan bo„lsa, 12 kun ichida kollektivlashtirishni 95% ga yetkazish 
to„g„risida qaror qabul qilingan. Vaholanki, bu okrug boshqa okruglarga nisbatan 
iqtisodiy jihatdan kam taraqqiy qilgan okruglardan biri hisoblanardi.
Shu tariqa, O„zbekistan bo„yicha 1930-yil bahorigacha 51% dehqon xo„jaliklari 
kolxozlarga birlashtirilgan edi. Shu davrdan boshlab kollektivlashtirish jadal sur'atlar 
bilan bordi. Kezi kelganda aytish kerakki, 1931-yilda Ittifoq bo„yicha dehqon 
46
Ўзбекистон Республикаси президенти Девони архивининг Фарғона бўлими.Ф-109,оп-11.д-821,38-варақ. 


32 
xo„jaliklarining 
yarmini 
kolxozlashtirishga 
hozirlik 
ko„rilayotgan 
paytda 
O„zbekistonda dehqon xo„jaliklarining 66,1 foizi kolxozlarga jalb etilib, 1932-yil 
oxirigacha O„zbekistonda kollektivlashtirishni 81,7 foizga yetkazish ko„zda tutildi.
47
Demak, kollektivlashtirish jatumanda bu sohada markaziy rayonlarni quvib 
o„tishga doir asossiz qarorlar va intilishlarning hammasi pirovardida dehqonlar 
noroziligiga olib keldi. Kolxozlardan chiqishlar, xatto qurolli to„qnashuvlargacha 
borib yetgan. Oqibatda 1931-yil kolxozlar sonining 64,1 foizdan 56,7 foizga 
kamayishidan boshlandi.
48
Agar okruglar misolida ko„radigan bo„lsak, Andijon 
okrugida 1930-yil 18-yanvarda 64,6 foiz xo„jalik kollektivlashtirilgan bo„lsa, 1930-
yil fevral oyiga kelib, shundan 18,1 foizi, 1930-yil 19-apreliga kelib 16,4 foizi qoldi. 
Toshkent okrugi bo„yicha 1930-yil 18-yanvarda kollektivlashtirilgan xo„jaliklar 79.8 
foizni tashkil qilgan bo„lsa, 1930-yil 1-fevralida bu raqam 35,4 foizga, 19 aprelda 
24,9 foizga tushdi. Kolxoz tuzish siyosiy qarorlar oqibati ekanligi ochiq-oydin 
namoyon bo„la boshlaganini yuqoridagi raqamlar aytib turibdi.
Buning ustiga kolxoz qurilishiga doir yuqoridagi xato-kamchiliklarni 
murakkablashtirgan yana boshqa voqealar ham sodir bo„ldi. Masalan, VKP (b) MK 
ning 1931-yil dekabr plenumida paxtakor rayonlarda kollektivlashtirishni 50 foizga 
yetkazish, 1931-yildan boshlab kollektivlashtirishni chorvachilik rayonlarida ham 
tezlashtirish vazifasi qo„yildi. Zero ma'muriy-buyruqbozlik bilan ish yuritish 
sharoitida yoppasiga kollektivlashtirish uchun shart-sharoit yetildi, degan xulosaga 
kelingan va 1931-yil 10-sentabrda O„zbekistonning 52ta paxtachilik tumanda 
kollektivlashtirish 62,4 foizga, g„allachilik rayonlarida 49,9 foizga, chorvachilik 
rayonlarida 41,4 foizga yetkazildi, deb ma'lumot berildi
49
va katta siyosiy 
xatoliklarga yo„l qo„yildi. Oqibatda VKP (b) MK berilgan soxta faktlarga ishongan 
xolda, O„zbekistonda kolxoz tuzumini 1932-yilda tugatish to„g„risidagi direktivani 
bajarishga imkon bor degan xulosaga keldi. Bunga qo„shimcha ravishda aytishimiz 
mumkinki, raqamlar o„rtasida farq bo„lishiga qaramasdan, yer ishlari xalq 
47
Коллективизация сельского хозяйство в республиках средней Азии и Казахистана: опыт ипроблемы.-Алма-
Ата,Гылым,1990.85-ст. 
48
Иткин А.социально-экономические предпосилики коллективизации хлопководства в средней Азии.-
Т.:Госиздат УзССР,1932.200-ст. 
49
Уз РМДА.Ф-Р-196,оп-1.д.117,106-варақ. 


33 
komissarligining respublika bo„yicha kollektivlashtirish 1930-yil 20-iyulga kelib 62,7 
foizga, 1931-yil 30-dekabrda esa 68,2 foizga yetkazildi, degan ma'lumotga asoslanib 
O„z KP (b) MK 1931 yil 14 iyulda “1931- yil bahorida O„z SSRda kolxoz qurilishi 
xal qiluvchi g„alabaga erishdi” degan rezolutsiyani qabul qilagan edi.
50
Zera, 
yuqorining ko„rsatmasini bajarish shart edi. 1930-yilning 10-aprelidan 1931-yilning 
30-iyuniga qadar kollektivlashtirish 29 foizdan 58 foizgacha o„sdi. Ya'ni bir yilda 100 
foiz o„sishga erishildi,

degan xulosaga kelishdi va 1932-yil iyul oyiga kelib 81,7 foiz 
xo„jalik majburan kollektivlashtirildi.

Soxta kollektivlashtirish, qaysi jihatini 
olmang, faqat zo„ravonlik bilan amalga oshirilgan tadbirlardan bo„lak narsa emas edi. 
Kolxozlashtirish borasidagi jadallikka qo„rqitish, iqtisodiyotning bir tomonlama 
rivojlanishi hamda aholi turmush tarzining pasayishi evaziga erishilgani bugungi 
kunda hech kimga sir emas. Shunday qilib, 1930-1932 yillarda partiya va sovet 
hukumatining ma`muriy tazyiqi, oshkora zo`ravonlikdagi, iqtisodiy bosim choralari 
va 
siyosiy 
tadbirlar 
natijasida 
O`zbekistonda 
qishloq 
xo`jaligini 
kollektivlashtirishning yuqori o`sish sur`atlari ta`minlandi. 1931-yilda O`zbekistonda 
kolxozlardagi xo`jaliklar soni 338482 tani yoki jami dehqon xo`jaliklarining 68,2 
foizini tashkil etdi. 1932 yilda esa kollektivlashtirish 74,9 foizini tashkil etdi va 
xo`jaliklar soni 638131 taga yetdi.
51
Bu ko`rsatkich O`zbekistonda kollektivlashtirish 
rasman tamomlanganligini e`lon qilishga asos bo`ldi. 
Biroq, kollektivlashtirish birinchi besh yillikda tugallangan emas. Bu jarayon 
qishloq xo„jaligida yana uzoq vaqt davom etdi. O„zbekistonda kollektiv-xo„jaliklarni 
tashkil qilish shakli, mazmuni va mundarijasi buzildi. Eng asosiysi dehqonlar ishlab 
chiqarish vositalarining hammasi umumlashtirildi. Bizningcha, qishloq xo„jalik arteli 
kolxoz harakatining bosh mezoni bo„lib xizmat qilishi lozim edi. Bunda asosiy ishlab 
chiqarish vositalarinigina umumlashtirish taqozo etilar edi. Amalda esa bu haqiqat 
“siyosiy siquv” tufayli chetga surib tashlandi.
Kommuna tashkil etilgan joyda birdaniga turar joylar, mayda chorvalar, 
parrandalar ham umumlashtirila boshlandi. Qishloq odamlari onggiga to„g„ridan-
50
Ризаев Г.социалистеческое сельская хозяйство Узбекистана.-Т.:Узбекистан,1978.24-ст. 
51
Ўзбекистон тарихи(1917-1991 йиллар) Т.:”Ўзбекистон”-2019. Б.513 


34 
to„g„ri salbiy (bozorlarni, masjidlarni yopib qo„yish, teskari targ„ibot va tashviqot) 
ta'sir ko„rsatdi. Kambag„al va o„rtaxol dehqonlarning dastlab “ixtiyoriy” ravishda 
kolxozga kirishini respublikamizda kolxoz tuzumining muvofaqqiyatli qadamlari, 
deb baholanganda zaruriyat emas, balki tazyiq asosiy rol o„ynaganligi tufayli, hamda 
jamoalashtirish asosiy me`zonlarining buzilishi oqibatida dehqonlar kolxozlarni tark 
eta boshladilar. Bu esa o„z navbatida o„ziga to„q xo„jaliklar orasida mulkka nisbatan 
munosabatning buzilishiga olib keldi va noto„g„ri buyruqlar norozilik kayfiyatini 
keltirib chiqardi, xolos.
Eng asosiy salbiy hodisa shu bo„ldiki, dehqonlarning aksariyat qismi zo„ravonlik 
bilan, iqtisodiy jihatdan ta'minlanmagan soxta kolxozlarga kiritildi. Jamoa mulkining 
afzalliklari yo„qligiga ishonch hosil qilinganidan so„ng, dehqonlarning qattiq 
noroziligiga sabab bo„ldi.
Chunki yakka dehqon xo„jaliklarining to„la-to„kis tugatilishi va kolxozlar yirik 
umumlashgan ishlab chiqarishning yagona shakli sifatida qaror topishi sovet 
hokimyatining “kolxozlardan oldingi qishloq” ni sotsialistik o„zgartirish borasidagi 
siyosatining tantanasi, deb baholandi. Aslida O„zbekistondagi qishloq xo„jaligini 
jamoalashtirishning sho`ro hokimyati nazarda tutgan maqsad va vazifalarning asl 
mohiyati dehqonlarni davlat tomonidan asoratga solish edi. Mahalliy rahbarlar sho`ro 
hukumatining qishloq xo„jaligini ommaviy jamoalashtirish borasida markaziy 
tumanlarda olib borgan daxshatli siyosatidan to„la xabardor bo„lganlari xolda 
markazni “qo„llashga” majbur bo„ldilar, deyish mumkin.
Jamoa xo„jaliklariga birlashtirish uchun dehqon xo„jaliklariga bevosita tajovuz 
qilish, amaliy jihatdan buzg„unchilik harakatiga aylanib ketdi. Ushbu usul ayrim 
sohalarda yuksalishga ko`maklashgan bo„lsada, oqibat natijada xalqlarning milliy 
o`ziga xosligini yo„q qilinishiga, ular madaniyatining va iqtisodiy hayotining 
yomonlashuviga olib keldi. Bu xil soxta ijtimoiy qurilish ko„p yillar mobaynida 
anglab yetilmasdan, chinakam revolutsion metod sifatida olg„a surildi va unga amal 
qilindi. O„zining barcha kuchini O„zbekistonkomfirkasi yer-suv islohoti davrida yerni 
milliylashtirish, xususiy mulkni yo„q qilish, ishchi kuchini yollashda cheklashlar joriy 


35 
etish, “xo„jalik yuritishning sotsialistik formalarini” tadbiq etish kabi ishlarga 
sarfladi.
Va nihoyat, firqa va sho`ro hokimyatining agrar sohadagi “eng muhim 
tadbirlaridan biri” shu bo„ldiki, xo„jaliklarni ixtisoslashtirish iqtisodiy hayotda katta 
ahamiyat kasb etishi, ayniqsa industrlashtirish o„z ulushini qo„shishi lozim edi. Lekin 
O„zbekiston mehnatkashlari uchun faqat paxtachilik bilan shug„ullanishning salbiy 
oqibatlari, biz yuqorida ko„rib o„tganimizdek, 20-30 yillardayoq ko„zga chalingan 
edi. Paxta, g„alla, jo„xori, makkayi, sholi, poliz ekinlarining kamaytirilishi 
ocharchilik yillarida o‟z ta'sirini ko„rsatdi. Ammo tarixiy asarlarda 30 yillar 
oralig„idagi xato va kamchiliklar to„g„risida ma'lumot kam keltiriladi, balki ko„proq 
ixtisoslashtirish himoya qilinadi.
Sababi - ma'muriy-buyruqbozlik tizimi kuchaygan bir paytda ixtisoslashtirishga 
qarshi chiqqan qishloq aholisi “nomunosib” nom bilan atalib, ulardan qattiq o„ch 
olindi. Kezi kelganda aytib o„tish lozimki, firqa va sho`ro hukumatining ommaviy 
kollektivlashtirish xalqqa qarshi zo„ravonliklar ham amalga oshirildi.
1929-yilning kuzidan terror usulidagi siyosiy qarorlarni bajarish uchun raqamlar 
ortidan quvish va qishloq xo„jalik artellari mulkining davlatlashtirilishi boshlandi. Bu 
jarayon kolxozlarda nafaqat artelning bo„linmas fondidan, balki ishlab chiqarilgan 
mahsulotlardan ham foydalanish huquqini yo„qligida o„z aksini topdi. Kolxozlarda 
ishlashga majbur etilgan ishchi kuchining davlatlashtirilishi sodir bo„ldi. Natijada, 
kolxozlar davlatning harbiy-siyosiy manfaatlariga xizmat qila boshladi. Davlat va 
kolxozlar o„rtasidagi munosabatlar, boshqa qishloq xo„jalik korxonalar bilan bo„lgan 
munosabatlar kabi, shartnomalar asosida tuzilmagan bo„lib, davlat buyurtmalari 
tizimi orqali amalga oshirildi. Ular faoliyatining natijalari birinchi navbatda mahsulot 
topshirishning majburiy tartibi va davlat tomonidan sotib olinish topshiriqlarining 
bajarilishi bilan baholanadi. Bunday siyosatning pirovard natijasi shu bo„ldiki, 
dehqonlar shaxsiy manfaatlarining yakuniy natija bilan bilan aloqadorligi buzildi. 
Bevosita ishlab chiqaruvchi mahsulot ishlab chiqarishning ko„payishidan 
manfaatdorlik sezmasdi. Chunki, uning mehnat natijalari to„lig„icha davlat xisobiga 
olinar edi. Xo„jaliklar o„z ishlab chiqarish tuzilmalarini mustaqil ravishda 


36 
shakllantirish imkoniyatidan ham mahrum etilgan bo„lib, ko„pincha hech qanday 
foyda keltirmaydigan, ayrim hollarda faqat zarar keltiradigan mahsulotni ishlab 
chiqarishga majbur edilar. Oqibatda qishloq mexnatkashlari davlat hisobiga 
ishlaydigan ishchi kuchiga aylanib qoldilar.
Shunday qilib, kolxoz qurilishi sur'atlarini sun'iy ravishda avj oldirish 
kolxozlarni “sotsialistik asosda mustaxkamlash” ko„p sonli odamlarning qurbon 
bo„lishiga, begunoh qonlar to„kilishiga sabab bo„ldi. Oqibatda respublikada faqat bir 
xil shakldagi kolxoz tuzumi qaror topdi.
Xo„jalik yuritish tamoyillarining buzilishlari shunga olib keldiki, sotsializm 
umid bog„lagan kollektiv xo„jalik shakli dehqonlarni shavqatsiz ekspluatatsiya 
vositasiga aylanib qoldi. Kollektivlashtirishning ilk bosqichidan oxirigacha kolxozlar 
hech qachon o„zining haqiqiy imkoniyatlari va mustaqil kooperativ xo„jalik sifatidagi 
ustunliklarini ro„yobga chiqara olmadilar, ular ustidan doimiy ravishda ma'muriy-
buyruqbozlik tizimi hukumronlik qildi. Sotsializmning eng muhim g„oyalaridan biri 
bo„lgan kooperatsiya shu tariqa xalokatga uchradi. 
Hozirgi vazifa - bosib o„tilgan yo„lni sarhisob qilib, uni yangicha tahlil etishdir. 
Bu faqat muvoffaqqiyatlar tarixini yoritib bermasdan, balki xato-kamchiliklarni ham 
ochib tashlab, tarixiy chigalliklarni bartaraf etish, kelajakni belgilab olishda ham 
katta ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 3,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə