O nazarov monografiya


Partiya o„rganlari yoppasiga kollektivlashtirish sharoitida ko„proq dehqonlarni



Yüklə 3,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/20
tarix19.10.2023
ölçüsü3,33 Mb.
#128102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
portal guldu uz O`zbekistonda ommaviy jamoalashtirishning o`tkazilishi


Partiya o„rganlari yoppasiga kollektivlashtirish sharoitida ko„proq dehqonlarni 
ishontirish, kolxozlarni ixtiyoriy tashkil qilish o„rniga ma‟muriy-buyruqbozlik bilan 
shg„ullana boshladilar. Kolxozlarning mustaqil ish yuritish vazifalarini asta-sekin 
partiya xodimlari egallab olib, o‟zlarining doimiy faoliyatiga aylantirdilar. Oqibatda 
quyi Sovet organlarining ish faoliyati susaydi va ularning mustaqil harakat yo„llari 
to„sib qo„yilishi natijasida kolxoz rahbarlari yuqoridan berilgan buyruq va 
ko„rsatmalarni bajaruvchi malaylar darajasiga tushirildi. Ularning o„rniga paxta 
mustaqilligiga erishishga xizmat qiladigan partiya va xo„jalik rahbarlarining 
ko„pchilik qismini kolxozlarning rahbarlik organlariga tayinlash oddiy bir xolga 
aylanib bordi. (bu yerda 25-mingchilar ko„zda tutilayapti. -O.N.).
Kolxozlarning ichki demokratiyasi, ya‟ni o„zini-o„zi boshqarish tayinlab qo„yish 
bilan almashtirildi. Demokratik tamoyillarning buzilishi hayotdan mustahkam o„rin 
egallay boshladi. Aslini olganda, respublika rahbariyatining bu jarayonni to„xtatishga 
qaratilgan intilishlari markaz oldiga to„siq bo„la olmadi. Chunki 1930-yillarda 
boshlangan 
ma‟muriy-buyruqbozlikning 
siyosatining 
kuchayishi 
kolxoz 
rahbarlarining javobgarlik va tashabbuskorliklarini susaytirdi va keng dehqonlar 
26
Тошкент ВДА.Ф-86, оп-1,д.6826, 95-варақ. 


22 
ommasi orasidagi obro„ va ma`suliyatining sezilarli darajada so„nib borishiga olib 
keldi.
Vujud sharoit va vaziyat bilan hisoblashmasdan yoppasiga kollektivlashtirish 
ketidan quvish susaymadi. Birgina 1930-yilning yanvar-fevral oylarida ommaviy 
ravishda kolxozga jalb etishning yanada tezlashuvi, kolxoz qurilishi masalasida 
markazdan va joylardan olingan korsatmalarning noaniqligi tufayli yuz berdi. 
Tarixchi olima P.Aminovaning ta‟kidlashicha, 1930-yilning bahoridan e‟tiboran 
kolxozlarni tashkil etish ko„lami yanada kengaydi. Jumladan, 1930- yil 20-noyabrda 
e‟lon qilingan faktlarga ko„ra, 2 oy mobaynida respublikadagi 61 ta tumanda 664 
kolxoz tashkil etilgan degan ma‟lumotni keltiradi.
27
Vaholanki, 1930-yil martiga 
kelib respublikada kollektivlashtirish darajasi 47,8 % dan 27,5 % ga tushganligi 
haqiqatga yaqindir.
28
Bu majburiy kolxozlashtirish jarayoni tumanlarda ko„zbo„yamachiliklar ko„lami 
kengayib borishi oqibatidir desak to„g„ri bo„ladi. Masalan, “kolxozmarkaz” ning 
ma‟lumotiga ko„ra, Quvada 5, Oltiariqda 4 kolxoz faqat qog„ozda mavjud bo„lganligi 
fakti fikrimizning dalili bo„la oladi.
29
Binobarin, kolxozlashtirishda ixtiyoriylik tamoyili buzildi. Uy –joylarning 
umumlashtirilishi, chorva mollari, xatto parrandalarning tortib olinishi va 
umumlashtirilishi asossiz ravishda yirik kolxozlar tuzish yo„lidagi xatoliklarning 
birinchi sababi bo„lsa, ikkinchisi siyosiy qarorlarning bajarilishi zarur va majburiy 
qonun qilib qo„yilganligidir. Kezi kelganda aytish kerakki paxta yakkaxokimligini 
ta‟minlashga qaratilgan ish uslubi kolxozlar qurilishidagi ayrim kamchiliklar tanqid 
ham qilindi. 
Masalan, VKP (b) MK O„rta Osiyo markaziy byurosining 1930- yil 24-apreldagi 
qarorida: “O„zbekistonning sotsial-siyosiy va iqtisodiy rivojlanishi xilma-xilligini, 
ularning markaziy rayonlardan farq qilishini inobatga olmaslik, o„rtahol 
dehqonlarning kollektivlashtirishga tayyorgarligiga baho bermaslik va kambag‟al 
27
Аминова 
Р.Х.Сплошная 
коллективизация 
сельского 
хозяйства 
Узбекистана 
(1930-1932гг.)-
Т.:Ўзбекистан,1980.-56-ст. 
28
Ўзбекистоннинг янги тарихи.2-китоб,-Т.:Шарк,2000.-353 бет. 
29
Жамолов О.Б.Социально-экономические предпосилки сплошной коллективизация сельского хозяйство в 
Узбекистане.-Т.:Госиздат Уз ССР,1950.-112-ст. 


23 
dehqonlarning xohish-irodasini hisobga olmaslik, partiya va sovet rahbar xodimlari 
qishloqda faol bo„lmaganliklari tufayli ko„pdan-ko„p xatoliklar yuz berdi”,
30
-deb 
ta‟kidlanganligi ma‟lum. Ammo amalda dehqon mehnatiga majburiylik tusi berildi va 
tub aholining “jamoa” dan bezishi shu tariqa boshlandi. 
O„zbekistonda ommaviy kollektivlashtirishni amalga oshirishdagi qing„irliklar 
uchun butun ayb mahalliy xodimlarga to„nkaldi. Chunonchi VKP (b) MKning 1930-
yil 25-fevraldagi qarorida “O„zbekistonning ba‟zi bir va Shimoliy Kavkazning tog„li 
tumanlarida kollektivlashtirish noma`qul yo`llar va usullar bilan olib borildi deyiladi. 
Natijada 1930-yil 26-fevralda O„z KP (b) MK ijroiya byurosining shoshilinch 
yig„ilishida O„zbekistonda kollektivlashtirishni o„tkazish davrida yo„l qo„yilgan 
xatolarni to„g„irlash to`g`risida” qaror qabul qilinadi.
31
Ushbu qarorda respublikada 
kolxoz tuzish davrida yo„l qo„yilgan kamchiliklarning sabablari ochib tashlandi va 
ularni tuzatishga yo„l tutildi. Ba‟zi rayonlarda kollektivlashtirishga kambag„al va 
o„rtahol dehqonlarning tayyor emasligi, shuningdek kolxozlarni tashkil qilishda har 
bir tumanning jo`g„rofiy sharoiti va sotsial-iqtisodiy ahvoli hisobga olinmaganligi 
qayd etildi. 
Shunga qaramasdan, kolxoz qurilishi Farg„ona okrugida ham, boshqa 
okruglarda bo„lgani kabi , siyosiy xatoliklar natijasi ekanligiga bo„lib o„tgan voqealar 
shoxidlik beradi. Farg„ona okrugida kolxoz tuzumi afzalliklari hamda mohiyatini 
tushuntirish yaxshi yo„lga qo„yilmaganligini ta`kidlovchi hujjatlarni tahlil qilaylik. 
Birgina Bag„dod tumandagi Chuvalin qishloq sovetiga kolxoz tuzish masalasida 
rayondan borgan vakil Muxammadjonov o„z xizmat vazifasini suiste`mol qilgan 
holda, beshta yirik qishloqdan iborat kolxoz tuzishga kirishadi. Muxammadjonov 
kolxozlarning ijobiy mohiyatini ochib berish o„rniga dehqonlarga shunday deydi: 
“Kim agar kolxozga kirsa, dumba yog„ini yeydi, kim kirishni xoxlamasa, qizil 
qalampir yeydi”.
32
Kolxoz va uning tub mohiyati masalasiga yengiltaklik bilan qarash, shubhasiz 
keng dehqonlar ommasida tabiiy norozilik, isyonkorlik tuyg„ularining avj olishiga 
30
Узбекистанская правда.1930.24 апреля. 
31
Ўз РМДА Ф-90,оп-1,д.1218,27-варақ. 
32
Ўзбекистон Республикаси Президенти Девони архивининг Фарғона бўлими.Ф-109,оп-11.д-821,1-варақ. 


24 
sabab bo„ldi. Kolxozlashtirishga qattiqqo„llik bilan ish yuritish orqali erishish 
mumkin, degan siyosiy xulosa tufayli kolxozlar qurilishidan noroziliklar ko„lami 
ko„paydi xolos. Masalan, 1939-yil 4-mart kuni Muhammadjonov rahbarligidagi 
vakillar Xitoy qishlog„iga kelib, chorvaning umumiy bahosini hisoblay boshladilar. 
Shu payt 15 dan ortiq kishi norozilik bildirib, vakillardan ikkitasini do„pposladi. 
Qishloq sovetining raisi qochib ulgurdi. Ikki vakilni esa dehqonlar savaladilar. 
Shundan keyin voqea avj olib, Bag„dod qishlog„ida 500-600 kishi to„plandi va tashkil 
etilgan kolxozning umumiy ro„yxatini yoqib yubordilar. Qo„lga olingan ikki vakildan 
ro`yxatlar tortib olindi va vakillar qishloqqa kolxoz tuzish uchun qaytib kelmaslikka 
va‟da berganliklaridan keyingina qo`yib yuborildi.
33
Misollarni davom ettirish mumkin. Masalan, Bag„dod tumandagi ilk Madamin 
qishloq sovetidan kelgan vakillar aholi chorvasini baholayotgan vaqtda 25 chog„liq 
odam yig„ildi va komissiya raisi hamda kelgan vakillarning qishloqdan chiqib 
ketishini talab qildilar. Shuningdek, ularni kollektivlashtirish masalasi bilan boshqa 
kelmasliklarini ta‟kidladilar. 
Ko„rinadiki, kolxoz ustavining asl mohiyatini bilmaslik hamda ustavdagi 
noaniqliklar tufayli xato-kamchiliklar ko„lami kengaygan. Birgina Xo‟ja qishlog„ida 
kollektivlashtirish majburiy asosda 100 % amalga oshirildi. Komissiya qishloq 
shaxsiy xo„jaliklaridagi chorvaning umumiy bahosini belgilayotgan paytda 600 ga 
yaqin dehqonlar yig„ildilar va kolxozni tarqatib yuborishni talab qildilar. Shuningdek, 
Qaynar qishlog„i va uning atrofidan kolxoz tuzishga qarshi 1,5 ming dehqon yig„ilib, 
kolxozga yozilgan dehqonlarning ro„yxatini yo„q qilishni , tortib olingan yerlarni 
qaytarishni talab qilib, bir ovozdan kolxozda qolishdan bosh tortdilar. Qudash 
tumandagi Katta yangilik Shunqor Qari devona, Oqtepa, Oqmachit, Imom Hayit 
qishloqlaridagi ko„tarilishlar ham keskin bo„ldi. 
34
Katta yangilik qishloq sovetida 
1930-yil 6-mart kuni 200 ga yaqin dehqon oilasi kolxoz markaziga norozilik yurishi 
uyushtirdi. 
33
Ўзбекистон Республикаси Президенти Девони архивининг Фарғона бўлими.Ф-109,оп-11.д-821,4-варақ. 
34
Ўзбекистон Республикаси президенти Девони архивининг Фарғона бўлими.Ф-109,оп-11.д-821,6-варақ. 


25 
Kolxoz qurilishi davridagi xato-kamchiliklarni rahbarlar faqat “tahlil” qilganlar 
xolos. Zarur choralar ko„rish to„g„risida fikr ham yuritmaganlar, desak bo„ladi. 
Farg„ona tumanda yoppasiga kollektivlashtirishning borishini aniqlash maqsadida 
okrugdan Boltayev va RKP (b) ning O„rta Osiyo bo„yicha vakili D.Manjara 
yo„llangan. Ularga kolxoz tuzishni tezlashtirish va paxta planini bajarish, shuningdek, 
bahorgi ekish ishlarini ko„rib chiqish yuklangan edi. Biroq, ular yo„l qo„yilayotgan 
nuqsonlarga, arizalarga befarq munosabatda bo„ldilar. Masalan, Qumqishloq sovetida 
dehqonlar hamma qamab qo„yilganlarni ozod etishni va yeridan mahrum 
bo„lganlarning yerlarini qaytarishni talab qildilar. Shirkat xo„jaligidan olingan 
qishloq xo„jalik asboblarini qaytarib olib kelib topshirdilar.
1
Lekin bu haqli talablar 
ijro etilmadi. Chunki kolxoz tuzish haqidagi ko„rsatmalar albatta bajarilishi bundan 
keyin ham zo„ravonlik bilan olib borilishi ko„zda tutilgan edi. 
Bundan tashqari, amaldagi kolxoz ustavi xayotga abstrakt yondashgan holda 
ishlab chiqilgan bo„lib, dehqonlarning ichki imkoniyati, psixologiyasi, geografik 
muhit va xususiy mulkka munosabati deyarli hisobga olinmagan edi. Kolxoz ustavlari 
joylarga o„z vaqtida yetib kelmadi yoki mohiyati yetarli tushuntirib berilmadi. 
Natijada birgina Bag„dod tumanda 1930-yilning 16-fevralidan 5 martigacha 47 ta 
kolxozdan faqat 11 tasi qoldi, xolos.
35
Qo„ng„irot qishlog„ida okrugdan kelgan vakil 
Po„latov ishtirokida yig„ilish o„tkazilib unda kambag„al dehqonlar: “Ilg„or quloq 
xo`jaliklarini tiklash, ularni birlashtirish, ishlab chiqarish shirkatini tashkil qilish 
kerak, chunki davlatga asosiy paxtani shu xo„jaliklar beradi” deganlar. Ular vakilga 
murojaat qilib: “Sovet hokimyati 13 yildirki, quloqlarga hech narsa bergani yo„q” 
deganlar. Dehqonlarning bu fikrini vakil O„rtoq Po„latov eshitishni ham xohlamadi. 
Natijada yig„ilish tarqab ketdi. (Bu yerda o„rtahol dehqonlar haqida so„z borayapti – 
O.N.). 
Kolxoz tuzumi davrida xalqqa nisbatan siyosiy nayranglarni ishga solishdan 
ham qaytmadilar. Masalan, 1930-yil 22-fevralda O„zKP (b) Farg‟ona okrug qo„mitasi 
yig„ilishining bayoniga ko„ra, Qo`qon tumanga qarashli birgina “Qizil musht” 
qishlog„ida o„rtahol dehqonlarning kolxozga a‟zo qilib olinmaganligining asosiy 
35
Ўзбекистон Республикаси президенти Девони архивининг Фарғона бўлими.Ф-109,оп-11.д-821,7-варақ. 


26 
sababi – ular o„z yerlarida yaxshi ishlaganligi xamda ro„za tutib, machitga 
qatnaganligidir, deb baxona qilinadi.
36
Boltayevning ushbu yig„ilishda eshitilgan 
hisobotidan aniq bo`lishicha
37
, kollektivlashtirish rejasi qabul qilingandan keyin 
rahbarlar o„z kabinetlarida o„tirib buyruq berishda o„zaro musobaqani avj oldirishni 
maqsad qilib qo„yganlar. Keng jamoatchilikning xohish-irodasi xisobga olinmagan. 
Natijada, bir joyda xlopkotavarniy kolxozlar, boshqa joyda esa birdaniga 
kollektivlashtirishning eng yuqori formasi – artellarni joriy etish ishlari olib 
borilganligi, joylarga yuborilgan mas‟ul xodimlarning tajribasizligi tufayli 
boshlangan ishlar ham yaxshi natija bermadi. Masalan, Bag„dod tuman rahbarlariga 
rayonda 
kolxoz 
tuzishning 
eng 
oddiy 
formasidan 
foydalangan 
holda, 
kollektivlashtirishni 75 % ga yetkazish yuklangan. Biroq imkoniyatga qarab harakat 
qilinmaganligi dehqonlar orasida noroziliklarni keltirib chiqargan.
38
Oqibatda siyosiy 
rahbarlar "soxta tashviqotni" tahlil qilib ham ko„rdilar, masalan O„zKP (b) MK 
Farg„ona ijro qo„mitaning mas'ul xodimi Lepnaning: “qishloqlarga yuborilgan 
vakillarning ko„p qismini vaqt borida chaqirib olish kerak, chunki ular qishloq uchun 
yoki kollektivlashtirish uchun hech qanday foyda berayotgani yo„q”, degan so„zlari 
ham hujjatlarda mavjud. Ammo bunday fikr-xulosalar majburiy tus olgan davlat 
buyurtmalari oldida “ojiz” fikrlar edi, xolos. Chunonchi , soxta kollektivlashtirishga 
erishish maqsadida jismoniy tayziqdan tortib dehqonlarni yashab turgan joylaridan 
majburiy kochirishgacha borib yetgan. Masalan, Farg„ona tuman mas'ul xodimi 
Bo„ribekov “faoliyati” ni olaylik . U Farg„ona tumandagi kolxozlardan birida 
odamlarning kolxozga kirishini tezlashtirish uchun 400 dehqonni yoniga qorovul 
qo„yib, katta ko„chaga haydaydi. Ularga: charchasalaring, albatta kolxozga kiramiz, 
deb aytasizlar, aytmasalaring quvishni davom ettiramiz", deydi. Norozilik bildirgan 
dehqonlarni 20 chaqirimgacha quvib boradilar. Bo„ribekov Mozor qishlog„ida: “Agar 
kolxozga kirmasalaring yerlaringni tortib olamiz”, deydi.
39
Qishloqlarga vakil bo„lib 
borgan ba'zi xodimlar dehqonlarga hatto ko„k choy berishni ham ta`qiqlab qo„yadilar. 
36
Ўзбекистон Республикаси президенти Девони архивининг Фарғона бўлими.Ф-109,оп-11.д-821,8-варақ. 
37
Ўзбекистон Республикаси президенти Девони архивининг Фарғона бўлими.Ф-109,оп-11.д-821,13-варақ. 
38
Ўзбекистон Республикаси президенти Девони архивининг Фарғона бўлими.Ф-109,оп-11.д-821,13-варақ. 
39
Ўзбекистон Республикаси президенти Девони архивининг Фарғона бўлими.Ф-109,оп-11.д-821,15-варақ. 


27 
Okrugdagi ko„p rayonlar, jumladan Pop, Bag„dod rayonlarida vakillar mol-mulkning 
hammasini topshirishni talab etdilar. Bu esa dehqonlarning noroziligiga olib keldi. 
Ehtimol, bu kamchilillar kolxoz tuzumi va uning mohiyatini tushunib yetmaslik 
oqibatida sodir bo„lgandir. Ma'lumki, dehqon kayfiyati, dunyoqarashi hamda har bor 
hudud aholisining o„z psixologiyasi bo„ladi. Agar kolxoz tuzish, mulkni zo„ravonlik 
bilan umumlashtirish yo„li bilan emas, balki tadbirkorlik va ixtiyoriylik asosida olib 
borilganida kolxoz tuzumi va uning istiqboli, iqtisodiy rivojlanishi boshqacha bo„lishi 
mumkin edi. Ammo respublikaning aksariyat okruglarida kolxozga majburiy kiritish 
keng quloch yoydi. Farg„ona okrugi Bag„dod tumanidagi qishloqlardan birida 
bo„lgan F.Xo„jayevga dehqonlar aytgan quyidagi gaplar bunga misol bo„la oladi. 
“Biz o„n kishi yig„ildik”- deydi dehqon. – “Bizni ro„yxatga olmoqchi bo„ldilar. Lekin 
biz unamadik. Chunki kolxozning afzalliklarini ko„rganimiz yo„q. Shunda oramizdan 
bittamizni ushlab qolib, qolganlarning familiyasi va mol-mulkini so„rab oldilar. 
Shundan keyin biz majburiy ravishda kolxozga yozilganmiz”.
40
Keyingi voqealar 
shuni dalillaydiki, ko‟rsatmalar, takliflar ma'lum guruh uchun aytilgan “eslatma” 
rolini o„ynagan. Rishton tumaniga vakil bo„lib kelgan Boltayev rayon rahbarlaridan: 
“Yoppasiga kollektivlashtirish uchun iqtisodiy va siyosiy imkoniyat bormi?”- deb 
so„raganda, bunday imkoniyat faqat 40% ni tashkil etishini ma`lum qiladilar. Shunga 
qaramay, rayon rahbarlari yoppasiga kollektivlashtirishni asossiz ravishda 
tezlashtirdilar. Natijada, dehqonlarning noroziliklari va xatto kolxozdan chiqish 
hollari yuz beradi.
41
Siyosiy ahvol murakkablashgan bir paytda F.Xo„jayev O„zKP (b) Farg„ona 
okrugi ijroiya qo„mitasining 1930-yil 22-fevral kuni bo„lib o„tgan yig„ilishida 
shunday deydi: “Respublikamizda kollektivlashtirish plani uncha ko„p hajmda emas, 
balki 30% qilib belgilandi. Buni markaziy komitetga qishloq xo„jaligi masalasi bilan 
shug„ullangan o„rtoq Boltayev yaxshi biladi. Ushbu planni qabul qilganimizdan so„ng 
MK to„satdan respublika bo„yicha kollektivlashtirishni 44% qilib belgiladi. Qayerdan 
kelib qoldi 44% li plan? Nahotki, ushbu raqamni Karimov yoki Leppa va boshqalar 
40
Ўзбекистон Республикаси президенти Девони архивининг Фарғона бўлими.Ф-109,оп-11.д-821,16-варақ. 
41
Ўзбекистон Республикаси президенти Девони архивининг Фарғона бўлими.Ф-109,оп-11.д-821,10-варақ. 


28 
o„ylab topgan bo„lsa? Bizga har kuni telegramma kela boshladiki, qishloqlardagi 
kambag„al dehqonlar kolxoz tuzumini talab qilgan emish. Oxir-oqibatda biz, 
Markaziy komitetdagilar kollektivlashtirishga qarshi turmoqdamiz, degan fikr kelib 
chiqdi”. “Menimcha - deydi F.Xo„jayev, - Markaziy Komitet uzoqni ko„radigan 
bo„lib, okruglardan kelayotgan ma'lumotlarga asoslanganida edi, O„zbekiston 
bo„yicha 100% kollektivlashtirishni qabul qilishi mumkin edi”. Lekin, Markaziy 
Komitet shunday qilmadi. Sababi-bunga imkoniyat yo`qligi, buning hammaga 
ma‟lumligi edi. Kollektivlashtirishni yuqori ko`rsatkichlar bilan olib borish uchun 
yetarli sotsial-iqtisodiy shart-sharoit yetilmaganligi uchun shunday bo„ldi. 
Markazning respublikamiz hukumatiga tazyiq o`tkazishining kuchayishi, “quloq 
qilish” yo„lining faol tus olishi, yakkahol dehqonlarga nisbatan ma'muriy-iqtisodiy 
siquvning qattiqlashuvi ularning kolxozlarga majburiy ravishda jalb qilish sur'atlarini 
jiddiy ravishda oshirishga yordam berdi. Oqibatda, O„zbekiston monokulturaga 
asoslangan rayonga aylanib qoldi. Undan chiqish imkoniyati uzoq vaqtgacha 
bo„lmadi. Sababi-region jo„g„rofiy jihatdan moslashgan hudud deb tahmin qilindi va 
shunga yarasha ishlar amalga oshirildi. Dastlab kollektivlashtirishni ma'lum darajada 
imkoniyatdan kelib chiqqan holda amalga oshirishga harakat qilindi. Masalan, 
Toshkent okrugida kollektivlashtirish o‟rtacha 18% qilib belgilandi. Arxiv 
hujjatlarining guvohligiga ko„ra, Markaziy Komitetning ruxsatisiz Toshkent okrugi 
rahbariyati okrugni yoppasiga kollektivlashtirilgan okrug deb e'lon qildi va uni 1930-
yil kuzida tugatishni zimmasiga oldi. Toshkent va boshqa okruglarga nisbatan 
iqtisodiy tomondan aytarli imkoniyatga ega bo„lmagan, shuningdek, jo„g„rofiy 
jihatdan ham ko„proq chorvachilikka ixtisoslashgan bu okrugda kollektivlashtirishni 
tezlashtirishning hech qanday imkoniyati yo„qligi ma'lum edi.
Bu o„rinda xalqimizning atoqli farzandi, taniqli partiya va davlat arbobi Fayzulla 
Xo„jayevning Farg„ona ta‟ssurotlarini davom ettirish o„rinlidir. "Bag„dod tumandagi 
qishloqlardan biriga borganimizda, deb eslaydi F. Хojayev, - dehqonlar avvalboshida 
bizning kimligimizni bilmadilar. Keyin dehqonlar biz bilan suhbatlashdilar. Kolxoz 
tuzumi va uning afzalliklari to„g„risida ularga tushuntirishishlari olib borilmagan. 
Shuningdek, Sovet xokimiyati ularga nima berganligi deyarli aytilmagan. Biz ularga 


29 
“Sizlarda kolxoz bormi” deb murojaat qilganimizda, “bor” deb javob qaytarishdi. 
“O„n besh kishi yozilgan qolganlarimiz kutib turibmiz, qani kolxoz nima berar ekan? 
Agar yaxshi bo„lsa, biz ham kiramiz” - deyishdi. “Sizlarga kolxoz tuzumi xaqida 
tushuntirish olib borilmadimi”-deganimizda, dehqonlardan biri shunday javob qildi: 
“Bizdan hamma narsamizni olib umumlashtirar ekanlar, biz esa batrak holiga kelar 
ekanmiz. Agar qanaqa qilinsa, biz sizlarning uylaringni yo„q qilamiz va vokzaldan 
hammalaringga yotoqxona beramiz. Sizlarda nima bo„lsa, hammasi davlat ixtiyoriga 
o„tkaziladi”- deydilar. “Demak, hech qanday tushuntirish ishlari olib borilmaganligi 
ko„rinib turibdi”. Yuqoridan kelgan, lekin vaziyatga qarab belgilangan ko„rsatmalarni 
joylarda sun'iy ravishda buzish hollari yana boshlandi.
Masalan, 1930-yil yanvar oyida Farg„ona tumanda 8% kollektiv xo„jalik mavjud 
dedi. Okrug rahbarlari fevral oyida uni 40% qilib ko„rsatdilar. Mart oyiga kelib bu 
ko„rsatkich 100% ga olib kelindi.
42
Boshqa rayonlarda bo„lgani kabi bu yerda ham 
ixtiyoriylik tamoyili buzilganligini ko‟rishimiz mumkin. Bag„dod, Chust, Pop va 
boshqa rayonlarda ko„rsatkichni 100% ga yetkazishga harakat qilingan. 
Kollektivlashtirishni fevral oyining 20 sanasida tugatish ko`zda tutilgan. Aslida 
bunday ko„rsatkichga erishish to„g„risida yuqoridan yo‟llangan biron-bir direktiv 
hujjat mavjud emas.
Yuqori tashkilot rahbarlariga yaxshi ko„rinish uchun kim o„zaro kolxoz uzish 
musobaqasi davom etdi va og„ir oqibatlarga olib keldi. Ma'naviy hayotni ma'muriy 
buyruqbozlik egallaganiga yana bir misol. “Biz qanday bo„lmasin, dehqonlarning 
kolxozga kirishini ixtiyoriylik tamoyili asosida ta'minlashimiz kerak degan edi - 
F.Xo„jayev. Sababi bahorgi ekinishlari yaqinlashmoqda, bizga yuklatilgan paxta 
planini bajarishimiz, xamda bu yil 18 mln put paxta tolasiga ega bo„lish uchun 
kurashish kerak” edi.
43
Ma'lum bo„ladiki, Markaziy Komitetdagilar kollektivlashtirishning borishini har 
qancha nazorat qilmasinlar, ularning asosiy diqqat-e'tibori paxta mustaqilligi uchun 
kurashga qaratilganligi oshkor bo„lmoqda. Rahbarlar ko„p yillik tajribadan to„g„ri 
42
Ўзбекистон Республикаси президенти Девони архивининг Фарғона бўлими.Ф-109,оп-11.д-821,20-варақ. 
43
Ўзбекистон Республикаси президенти Девони архивининг Фарғона бўлими.Ф-109,оп-11.д-821,21-варақ. 


30 
xulosa chiqarib olmaganliklari, o„z fikrlarini erkin, oshkora ayta olish imkoniyatiga 
ega bo„lmaganliklari oshkor bo`ladi. Partiya xodimlari bu davrda yuqoridan kelgan 
ko„rsatmalar asosida ish tutayotganliklari har qadamda kuzatiladi. Eng achinarlisi 
shundaki, yuqoridan yuborilgan rahbarlarning aksariyati mahalliy millat tilini, urf-
odatlarini bilmasligi hamma damlar ruhiyatiga salbiy ta'sir qildi. Va nihoyat, kolxoz 
tuzishda ixtiyoriylik tamoyili buzilishi tufayli xalq noroziligi kuchaya bordi. Masalan, 
Bag„dod tuman markazida 1000-1500 kishi “Bizga kolxozning keragi yo„q” degan 
shiorlar ostida norozilik bildirdilar. Mirshablar bilan to„qnashuvda dehqonlardan uch 
kishi, bitta mirshab, bitta vakil halok bo„lgan.
44
Afsuski, xalqning sabr-toqati to„lib 
toshsa ham, kollektivlashtirish o„z yo„lida avvalgiday qo„shib yozishlar va 
zo„ravonlikka asoslangan holda davom etdi. 1930-yil boshida Farg„ona okrug 
komiteti (o„rtoq Boltayevga) O„zKP (b) MK va BKP (b) MK O„rta Osiyo bo„limi 
byurosining qarori yuborilgan. Ushbu qarorda partiya rahbarlarining aybi bilan 
kolxozlarda dehqonlarni ko„chirib yuborish va qamab qo„yish, ularni o„z shaxsiy 
yeridan ajratish, suv ta'minotini to„xtatish, oziq-ovqat berishni to„xtatish kabi 
voqealar jamoalashtirishdagi zo„ravonlik siyosati bilan tanqid qilingan. 1930-yil 17-
martda Farg„ona okrugiga Markazdan maxsus xat ham yuborilgan. Unda aytilishicha, 
bahorgi ekin ishlarining boshlanishi munosabati bilan qamalganlarni ozod qilish, 
o„rtahol dehqonlarning va kambag„allarning paxta solig„ini to„lamaganligi 
munosabati bilan jinoiy javobgarlikka tortish ishini vaqtincha to‟xtatish to„g„risida 
ko„rsatma berilgan.
45
1930-yil 20-mart kuni Markazdan okrug partiya komitetiga xat 
yo„llashib, unda artel ustaviga xilof ravishda qator xatoliklarga yo„l qo„yilganligi 
aytilgan. Jumladan, shaxsiy xo„jaliklardagi parranda, sigir va mayda chorva turlarini 
hamda shaxsiy tomorqa uchastkalarini tortib olmaslik, umumlashtirmaslik va eng 
asosiysi savdo uchun zarur bo„lgan bozorlarni yopib qo„ymaslik ta'kidlangan. 
Ammo berilgan (siyosiy-O. N.) ko„rsatmalarn amalga oshmaganligi sababli 
dehqonlarning kolxoz tuzumiga qarshi harakati to„xtamadi. Masalan, Quva, 
Shahrixon, Asaka, Bag‟dod, Chust, Pop rayonlarida, Marg„ilonda dehqonlarning 
44
Ўзбекистон Республикаси президенти Девони архивининг Фарғона бўлими.Ф-109,оп-11.д-821,49-варақ. 
45
Ўзбекистон Республикаси президенти Девони архивининг Фарғона бўлими.Ф-109,оп-11.д-821,54-варақ. 


31 
ko„tarilishlari bo„lib o„tdi. Oqibatda, kolxozni tark etish ommaviy tus oldi. Masalan, 
Marg„ilon tumanda 1930-yil 20-mart ma'lumotiga ko„ra, kollektivlashtirilgan 
xo„jaliklar ( ular rayondagi jami xo„jaliklarning 50% ni tashkil qiladi ) dan 10 foizi 
qolganligi ma'lum. Farg„ona okrugi bo„yicha 1930-yil 17-martdan 22-martgacha, 
ya'ni bir hafta ichida kollektiv xo„jaliklar soni quyidagicha kamayishi kuzatiladi ( foiz 
hisobida ):
46
1930- yil 17-mart 
1930-yil 22-mart 
Qo„qon 
82% 
65% 
Chust, Pop 
48% 
37% 
Bog„dod 
12% 
12% 
Quva 
80% 
80% 
Rishton 
24% 
Ma‟lumot yo„q 

Qudash 
9% 
9% 
Buvayda 
15% 
15% 
Beshariq 
11% 
Ma‟lumot yo„q 

Marg„ilon 
50% 
10% 
Oltiariq 
48% 
25% 
Farg„ona 
62% 
25% 

Yüklə 3,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə