O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   94

55
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
omillarini, kasbga yaroqlilikni belgilash va kasbga moyillikni tarbiyalash
usullarini tahlil qila olish.
"Qishloq xo`jaligi asoslari" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi
malakalarga ega bo`lishlari kerak:
Ishlab chiqarish asoslari: maktab atrofidagi ishlab chiqarish
korxonalarida qo`llanilayotgan ishlab chiqarish texnologiyalarida
shakllangan tejamkorlik tizimi va mehnat unumdorligini hisoblash.
 Kasb tanlashga yo`llash: Kasbga doir shaxsiy reja tuzish. Tanlangan
kasb-hunarga doir ma`lumotlar to`plash va tahlil qilish. Kasbiy qiziqish
va moyilliklarni aniqlash bo`yicha amaliy mashqlar bajarish. Kasb egallash
va ishga joylashishga doir shaxsiy rejani referat shaklida tayyorlash va
himoya qilish.


56
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
MEHNAT TA`LIMI FANIDAN O`QUV
DASTURI
(1 - 9-SINFLAR)
Uqtirish xati
Ushbu o`quv dasturlari umumiy o`rta ta`lim maktablarida Davlat
ta`lim standarti asosida mehnat ta`limi fanini o`qitishning mazmun-
mohiyatini, maqsad va vazifalarini belgilaydi.
Umumiy o`rta ta`lim maktablarida mehnat ta`limi fanini o`qitishning
maqsadi - o`quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari
hamda kasblar bilan tanishtirish, ularda dastlabki mehnat ko`nikma,
malakalarini, mehnatga qiziqish, mehnatsevarlikni shakllantirish, ularni
mehnat va kasblarni qadrlashga, ahamiyatini tushunishga o`rgatish hamda
kasb tanlashga tayyorgarliklarini amalga oshirishdan iborat.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi ta`limiy - tarbiyaviy
va rivojlantiruvchi vazifalarni bajarish lozim bo`ladi:
Ta`limiy vazifa - o`quvchilarning barkamol shaxs bo`lib shakllanishlari
uchun ularga mehnat jarayonlari, kasb asoslarini (texnologiyasini)
o`rgatish va kasb tanlash bilan uyg`unlashtirish orqali kasbgacha
tayyorgarligiga zamin yaratish bilan egallagan bilimlarini uzviy
rivojlantirish asosida mehnat qurollari, vositalari, jarayonlari, hududiy
ishlab chiqarishning asoslarini o`rgatish; texnika va texnologiyalar asosida
egallanayotgan kasb-hunar sohasi xususiyatlari, shu sohaning ilg`or
vakillari faoliyati bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy vazifa - o`quvchilarning umummehnat ko`nikmalarini
shakllantirish jarayonida ma`naviy-ahloqiy, aqliy, jismoniy, estetik,
ekologik, vatanparvarlik, insonparvarlik va tadbirkorlik sifatlarini
shakllantirib borish.
Rivojlantiruvchi vazifa - o`quvchilarning kasbgacha tayyorgarligini
rivojlantirish, mehnat ta`limi mazmunini takomillashtirish orqali
barkamol shaxs bo`lib yetishishlariga yordam berish.
Ijodiy vazifa - mehnat ta`limi jarayonida kasb-hunar asoslariga oid
bilim, ko`nikma va malakalarini zamonaviy talablar darajasida bo`lishini
ta`minlash uchun o`quvchilarning mustaqil ravishda ijodiy faoliyat yurita
olishi.
Amaliy vazifa - buyum, narsa namunalar asosida zaruriy buyurtmalarni


57
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
amalda bajara olish.
Maktabda mehnat ta`limidan o`tkaziladigan mashg`ulotlar qo`yidagi
vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutadi:
- o`quvchilarda dastlabki nazariy va amaliy mehnat tajribalarini hosil
qilish, zamonaviy texnika borasidagi bilimlari doirasini yanada
kengaytirish, ularda kishilar mehnati va mehnat jarayoniga nisbatan
ijobiy munosabatda bo`lishga tayyorlash;
- o`ziga topshirilgan har qanday ishni uddalay bilish, mehnatning
o`ziga xos madaniyati va uning nazariy asoslarini egallash, o`z ishini va
o`rtoqlarining ishlarini rejalashtirish hamda tashkil eta olishga o`rgatish;
- o`quvchilarni mehnat ta`limi mashg`ulotlari jarayonida aqlli,
odobli, yaxshi ahloqiy sifatlar shakllangan, did-farosatli hamda jismonan
sog`lom qilib tarbiyalashni amalga oshirish.
Mehnat ta`limi fanining mazmunida shartli ravishda 5-9 sinflardan
boshlab o`quvchilar kamida uchta yo`nalish bo`yicha tayyorgarlik
ko`rishlari nazarda tutiladi. Masalan, qiz, o`g`il bolalar hamda ular
uchun umumlashgan yo`nalishlar tanlanishi mumkin.
Mehnat ta`limining yo`nalishlaridan tegishlisi maktab atrofidagi
korxona, tashkilot va kasb-hunar kollejlarida keng tarqalgan sohalarga
muvofiq tanlab olinadi. Har bir maktabda mehnat ta`limining quyidagi
yo`nalishlaridan tegishlilari asos qilib olinadi:
·
Texnologiya va dizayn
·
Servis xizmati
·
Qishloq xo`jaligi asoslari
Ushbu ta`lim yo`nalishlari mazmunan xalq hunarmandchiligi, ishlab
chiqarish asoslari va kasb tanlashga yo`naltirish bilan uyg`unlashtirilgan
holda amalga oshiriladi.
Mehnat ta`lim yo`nalishlari bo`yicha mashg`ulotlarni tashkil qilish
va o`tkazish ketma - ketligi mahalliy sharoit hamda imkoniyatlarni
hisobga olgan holda ta`lim muassasasi tomonidan belgilanadi. Har bir
yo`nalish bo`yicha ishlatiladigan elektr, ilg`or texnika va texnologiyalar
asoslari o`rgatiladi.
Mazkur yo`nalishlar yuzasidan quyidagi bo`limlar bo`yicha bilim,
ko`nikma va malakalar shakllantiriladi:
1-4 sinflar uchun:
1. Qog`oz va karton bilan ishlash.


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə