Obodonlashtirish



Yüklə 140,86 Kb.
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü140,86 Kb.
#133726
1   2   3   4
AMALIYOT OBODONLASHTIRISH

OBODONLASHTIRISH TARIXI
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-yanvardagi 4-sonli “Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (https://lex.uz/ru/docs/-2117709) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 2-son, 26-modda), 3-dekabrdagi 315-sonli “Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (https://lex.uz/ru/docs/-2286067) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 49-son, 632-modda) hamda viloyat hokimining 2013-yil 14-yanvardagi 17-Q-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida qaror qilaman:

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-yanvardagi 4-sonli “Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda (https://lex.uz/ru/docs/-2117709) viloyat hokimining 2013-yil 14-yanvardagi 17-Q sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining respublika shaharlari va tumanlaridagi obodonlashtirish masalalari bo‘yicha tashkilotlarni (bo‘linmalarni) qayta tashkil etish va ularning negizida obodonlashtirish boshqarmalarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilganligini inobatga olib tumandagi Obodonlashtirish bo‘limi qayta tashkil etilib, uning negizida obodonlashtirish boshqarmasi tashkil etilsin.

3. Tuman obodonlashtirish boshqarmasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga, uning tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Quyidagi ishlar obodonlashtirish boshqarmasining asosiy vazifalari sifatida belgilansin:

ko‘chalar, skvyerlar, xiyobonlar, yodgorlik majmualari va umumiy foydalaniladigan boshqa ko‘kalamzor zonalarni ko‘kalamzorlashtirish, dov-daraxtlarni parvarish qilish bo‘yicha agrotexnika tadbirlarini o‘tkazish, ularning zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish;

yo‘l-ko‘prik xo‘jaligini (ko‘chalar, yo‘laklar qatnov qismining yo‘l qoplamasi, bekat ko‘tarmalari, yer osti o‘tish joylari, ko‘priklar, transport chorrahalari va yo‘l o‘tkazgichlar, yon bordyurlar, suv chiqarib yuborish tarmoqlari va boshqa sun’iy inshootlar) saqlash, mukammal va joriy ta’mirlash;

xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini saqlash, mukammal va joriy ta’mirlash;

drenaj xo‘jaligini (vertikal va gorizontal quduqlar, ochiq va yopiq kollektorlar, sun’iy havzalar, yer osti va yomg‘ir suvlarini haydaydigan nasos stansiyalari) va favvoralarni saqlash, mukammal, joriy ta’mirlash va ulardan foydalanish bo‘yicha boshqa ishlar;

elektr energiyasini tejash maqsadida zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarni joriy etgan holda yo‘llar va ko‘chalarning tashqi yoritish tarmoqlarini saqlash, mukammal va joriy ta’mirlash hamda ulardan foydalanish bo‘yicha boshqa ishlar; elektr energiyasini tejash maqsadida zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarni joriy etgan holda yo‘llar va ko‘chalarning tashqi yoritish tarmoqlarini saqlash, mukammal va joriy ta’mirlash hamda ulardan foydalanish bo‘yicha boshqa ishlar;

nazoratsiz, shu jumladan egasiz itlar, mushuklar va yirtqich hayvonlarni veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda tutish va davlat veterinariya bo‘limlariga olib kelish;

ekologiya me’yorlariga, sanitariya, shaharsozlik me’yorlari va qoidalariga hamda boshqa me’yorlar va qoidalarga muvofiq dafn etish joylari (qabristonlar) va qabr ustiga o‘rnatilgan yodgorliklarni saqlash va ulardan foydalanish;

mavsumiy talablarni hisobga olgan holda obodonlashtirish obyektlarini sanitariya jihatidan tozalash;

qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish va ko‘mib tashlash.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.

6. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi





Yüklə 140,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə