Образование и инновационные исследования



Yüklə 40,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix30.12.2023
ölçüsü40,88 Kb.
#166875
1   2   3
2311-Текст статьи-6369-1-10-20230422

Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2023 йил №1)
ISSN 2181-1709 (P)
210
Education and innovative research 2023 y. №1
ramziy bo‘lib, muhim ijtimoiy-siyosiy, axloqiy, vatanparvarlik, adolat, insonparvarlik 
masalalarini o‘z ichiga oladi. Koshifiy yomonlikni yana xunrezlar (qon to‘kuvchi, 
rahmsiz), fitna angezlar (fitna qo‘zg‘atuvchi, g‘ovg‘a soluvchilar), xunxor (qonxo‘r), 
ayyorpesha (ayyorlikni hunar qilib olganlar), mavsuf (maqtanchoq), qabih siyrat 
(yomon xulqli) kabilarni dilozorlar deb ataydi. Bular badfeʼl, yaʼni vojibulmanʼea deb 
shunday maslahat beradi: “Badfeʼl elni viloyatdan yo‘q etmaq hubdir, har daraxtkim 
yomondur kesmagi marg‘ubdir” - deb bularni davlat ahliga bisyor ziyoni bor, ehtiyot 
bo‘lish kerak, - deydi. [2] 
Husayn Voiz Koshifiy inson yaxshi xulq, go‘zal (ahloq) muomala yo‘lidan yurmay 
turib izzat va sharaf manzilini egallab olmasligi, hayvonot biyobonidan insoniyat 
dorulmulkiga yetib bo‘lmasligini taʼkidlaydi. Koshifiyning axloqiy qarashlari 
markazida insonparvarlikka daʼvat turadi va uni juda keng maʼnoda tushunadi. Uning 
fikricha kishilarning insonparvarlik fazilatiga bo‘lgan ehtiyoji suv va olovga bo‘lgan 
ehtiyojdan ham muhimroq.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Husayn Voiz Koshifiy XV asr Xuroson va 
Movarounnahr madaniyatining rivojiga katta hissa qo‘shgan hamda o‘z asarlari bilan 
keyingi avlodlarga katta taʼsir ko‘rsatgan mashhur allomalardan biri bo‘lib tarixda 
qoldi. U qomusiy ijodi bilan o‘z davri maʼnaviy yuksalishi yo‘lida faol xizmat qildi 
va nafaqat Markaziy Osiyo balki butun Sharq umuminsoniy, madaniy boyliklarini 
kuchaytirishga sezilarli taʼsir ko‘rsatdi.
Adabiyotlar ro‘yxati 
1.Alisher Navoiy “Majolis ul-nafois”.To‘la asarlar to‘plami. 10 jildlik. 9-jild.-
T.:G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2011y. 377-378 betlar
2. Husayn Voiz Koshifiy. “Futuvvatnomai sultoniy”. “Axloqi muhsiniy”. T.: 
“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashri, 2011 y. - 374 b
3. Hashimov K., Nishonova S. Pedagogika tarixi / Darslik. – Tоshkеnt: “Istiglol” 
nashriyoti, 2005 y.- 304 b
4. Hoshimov K., S.Ochil. O’zbek pedagogikasi antologiyasi. - T.: O’qituvchi, 
1995 y - 464 b
5. Mahmudov. R.J.Husayn Voiz Koshifiy/ Maʼnaviyat yulduzlari. T. 2001y. 241-
245 b

Yüklə 40,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə