Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. Fan dasturi


Markaziy nerv tizimi fiziologiyasi



Yüklə 192,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/21
tarix30.12.2023
ölçüsü192,35 Kb.
#164404
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Одам анатомияси

Markaziy nerv tizimi fiziologiyasi 
 
Markaziy nerv tizimining umumiy vazifalari,periferik nerv tizimi. MNSning reflektor 
tamoyili. Refleks va uning turlari. Neyronlar vazifalari va ularning ta’rifi. 
Nerv hujayrasi membranasining xususiyatlari. Qo‘zg‘atuvchi va tormozlovchi 
sinapslar. Nerv tolasi bo‘ylab impulslar o‘tishi mexanizmi. Markaziy tormozlanishning 
mexanizmlari:uygunlashish va jarayonlarida tormozlanishning ahamiyati. Postsinaptik va 
presinaptik tormozlanish to`shunchalari. 
MNS markazlarining funksional tuzilish va lokalizatsiyasi haqida I.P.Pavlov ta’limoti. 
Konvergensiya, divergensiya, irradatsiya, summatsiya, umumiy oxirgi yo‘l, teskari bog‘lanish 
va dominanta tamoyillari haqida ta’limotlar. Orqa miyaning oldingi va orqa ildizlari vazifalari: 
orqa miyaning reflektor va o‘tkazuvchanlik vazifasi. Orqa miya bilan bosh miyaning 
funksional bog‘lanishi.
Uzunchoq miya fiziologiyasi. Uzunchoq miya reflektor markazlari va ularning vazifasi. 
Uzunchoq miyada chiqadigan bosh miya nervlarining vazifasi va o‘z-o‘zini boshqarishda 
tutgan o‘rni. Nafas va tomirlar harakati markazlari. Uzunchoq miyaning muskul tonusini 
boshqarishda tutgan o‘rni. Uzunchoq miyaning o‘tkazuvchanlik vazifasi, harakat va 
vegetativ reaksiyalarni hosil qilishdagi ahamiyati.
O‘rta miya fiziologiyasi. O‘rta miyaning reflektor faoliyati. O‘rta miyadan chiqadigan 
bosh miya nervlarning funksiyasi. O‘rta miyaning qizil va vestibulyar moddalari funksiyalari. 
O‘rta miyaning qizil yadrolari va qora moddasining muskul tonusini va gavda vaziyatini 
boshqarishi roli. Tana muvozanatini saqlovchi, o‘z-o‘zini idora etadigan mexanizmlar. To‘rt 
tepalik bo‘rtiqlarining funksiyasi . 
Varoliev ko‘prigi va miyachaning fiziologiyasi. Miyachaning funksiyalari
organizmning harakat funksiyasiga ta’siri. Miyachani po‘stlog‘i bilan funksional bog‘liqligi. 
Varoley ko‘prigi funksiyasi, undagi markazlar. Oraliq miya va miya stvolining fiziologik roli. 
Ko‘rish bo‘rtiqlari (talamus) bo‘rtiq osti sohasi (gipotalamus)ning ahamiyati Murakkab 
harakat funksiyalarini boshqarishda yo‘l-yo‘l tana bilan shaffof tananing mohiyati. 
Gipotalamusning emotsiya va motivikatsiya shakllanishida tutgan o‘rni. Miya stvolining 
retiqo`lyar formatsiyasi, uning fiziologik roli. Retiqo`lyar formatsiyaning nafas, qon aylanishi 
va ichki organlar funksiyasiga ta’siri. Bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ining tuzilishi. 
Bosh miya po‘stlog‘ining turli sohalarining funksional ahamiyati. Miya po‘stlog‘ining uch xil 
zonasi: birlamchi proeksion zona-tana sezuvchanligini boshqaruvchi qism: ikkilamchi zona-
axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash, uzatish va saqlash qismi: uchlamchi (assotsiativ) 
zona-shartli reflekslarni shakllantiradigan, odamning hulq-atvori faoliyatini boshqaradigan va 
nazorat qiladigan qismlarining ahamiyati. Po‘stloq bilan po‘stloq osti to‘qimalarining o‘zaro 
ta’siri. Odam miyasi katta yarim sharlaridagi bo‘limlar funksiyasining lokalizatsiyasi. 

Yüklə 192,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə