Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. Fan dasturi


Mustaqil ta’limni tashkil etishningshakli va mazmuni



Yüklə 192,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/21
tarix30.12.2023
ölçüsü192,35 Kb.
#164404
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Одам анатомияси

Mustaqil ta’limni tashkil etishningshakli va mazmuni 
Talaba mustaqil ta’limtayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda 
quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: 

 
darslik va o‘quv qo‘llanmalarning boblari va mavzularini o‘rganish. Bunday 
tashkiliy shakl, odatda, birinchi kurs talabalari uchun tavsiya etiladi, chunki bu toifa 
talabalarda mustaqil tahsil olish tajribasi kam bo‘ladi. Bunday ish natijalari amaliy 
mashg‘ulotlarida, kollokviumlarda hamda referatlar, individual berilgan vazifalar bo‘yicha 
tekshiriladi. 

 
tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruza qismlarini o‘zlashtirish. Bunda 
o‘qituvchi asosiy materialning bayon qilinishiga alohida ahamiyat berishi lozim bo‘ladi. 
Tarqatma materiallar hajmi har bir ma’ruza uchun 5-8 sahifa bo‘lishiga erishish kerak. 
Bunday ish natijalari reyting nazoratining muvofiq bosqichlarida tekshiriladi. 

 
o‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashtrilgan tizimlari bilan ishlash. Bu 
usul ma’ruza mashg‘ulotlari hamda amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida 
qo‘llanilinishi mumkin. 

 
o‘z –o‘zini baxolash orqali bilimni uzluksiz nazorat qilish. Talaba maxsus 
formula yordamida o‘z bilimni o‘zi baxolaydi va maxsus nazorat daftariga qayd etib boradi. 

 
fanning boblari va mavzulari ustida ishlash.Bu maxsus va ilmiy adabiyotlar 
(monografiya, maqolalar) referatlar, kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlarini bajarish 


jarayonida amalga oshiriladi. Mustaqil tahsilning bu shakli barcha kurs talabalariga tavsiya 
etiladi. Uning natijalari ham reyting nazoratida aks etadi. 

 
fanlar bo‘yicha adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish, qo‘shimcha 
adabiyotlar ustida ishlash hamda ularni o‘rganish. Bu ish ham barcha semestrlarda amalga 
oshiriladi va reyting tizimida baholanadi. 

 
talabalarning ilmiy –tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq holda fanning 
muayyan boblari va mavzularini chuqur o‘rganish. Mustaqil ishning bu shakli barcha 
semestr talabalariga tavsiya etiladi. 

 
faol o‘qitish metodidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari. Talabalar 
tomonidan ta’lim, fan va texnologiyalarning dolzarb muammolari bo‘yicha tayyorlangan faol 
o‘qitish metodlarini (o‘yinli texnologiyalar, munozara, seminar va b.q.) qo‘llagan dars 
mashg‘ulotlari. 

 
avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash. Bu 
esa ma’ruza mashg‘ulotlari doirasida ham amaliy mashg‘ulotlariga tayyorgarlik doirasida 
ham olib boriladi. Mustaqil ta’limning bunday shakli axborot texnologiyalari keng 
qo‘llaniladigan OTM larida ham qo‘llash mumkin. 


Yüklə 192,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə