Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. Fan dasturi



Yüklə 192,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/21
tarix30.12.2023
ölçüsü192,35 Kb.
#164404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Одам анатомияси

Muskul sistemasi. 
 
Muskullar va ularning funksiyasi. Organizm uchun muskullarning ahamiyati. 
Muskullarning tuzilishi, shakli. Muskullarning ishlashi, charchashi. Richaglar qonuni. 
Antogonist va sinergetik muskullar. Muskullar yordamchi apparatlari (paylar, fassiyalar, 
g‘altaklar, xaltalar) ning ta’rifi. Muskul qisqarishi turlari va kuchi. Muskullar rivojlanishining 
odam yoshiga va ish faoliyatiga qarab o‘zgarishi. 
Bosh, bo‘yin, mimika va chaynov muskullari. Bosh fassiyasi. Bo‘yin muskullari va 
fassiyasi. Bo‘yinning yuza muskullari, til osti suyagiga birikuvchi muskullari. Til osti 
suyagidan pastda joylashgan muskullar, ularning birikishi va funksiyasi.
Gavda va muskullarning joylashishi, ahamiyati. Oro‘aning yuza va chuqur muskullari. 
Ko‘krak va qorin muskullari funksiyalari va tanada joylashishi. Gavda muskullarining 
fassiyalari, birikishi va boylamlari. Nafas olish muskullari va qorinni tarang saqlaydigan 
muskullarning rivojlanishiga mashq qilishning ta’siri. Qorin muskullarining bo‘sh qismidan 
dabba (churra) hosil bo‘lishi. 
Qo‘l-oyoq muskullari. Elka kamari va qo‘l muskullari, ularning gavda bo‘g‘imlari bilan 
bog‘lanishi, funksiyasi. Chanoq kamari va oyoq erkin muskullarining ta’rifi, funksiyasi, 
fassiyalari va boylamlari. Odam harakat tayanch sistemasining o‘ziga xos xususiyatlari. 
Maktab yoshidagi bolalar qaddi-qomatining shakllanishida jismoniy tarbiyaning ahamiyati. 
Yassi oyoqli. Odam gavdasining statikasi va dinamikasi. 
Odam tanasi harakatining kinematikasi hakida to`shunchalar: masofa, joy 
o‘zgartirish, tezlik, tezlanish, aylanma harakatlar va erkinlik darajalari hakida to`shunchalar. 
Bo‘g‘imlardagi harakatlar, harakat o‘qlari. 
Odam tanasi harakatining dinamikasi, uning asosiy qonuniyatlari. Odam tanasi 
bo‘laklarining umumiy va xususiy og‘irlik markazlari. 
Mexanik ish hakida to`shuncha, energiyaning saqlanish qonuni. Joy o‘zgartiruvchi 
harakatlardagi muskullarning ishlashi.
Mushaklar biodinamikasi. Mushaklarning mexanik, elastik xususiyatlari. Mushak 
uzunligi, mushak qisqarishi mexanikasi. Mushakning harakatlangan xolati, mushak 


tortilishining mexanik, anatomik va fiziologik shartlari. Tayanch harakat sistemasining 
biomexanik tizimi. 
Tana bo‘limining og‘irlik markazlari. Odam harakatidagi kuchlar: tashqi jismlarni 
energiya kuchi, elastik diformatsiya kuchlari, tanani og‘irlik kuchlari, muhitning ta’siri kuchi, 
statik va dinamik qarshiliklar. Tana to‘qimalari va bo‘laklarining uzaro ta’sirining ichki 
kuchlari; og‘irlik va tana bo‘laklarini inersiyasi, tayanch reaksiya kuchi va harakatdagi 
kuchlarini ahamiyati. Harakat sifati biomexanikasi hakida to`shuncha. 
Xususiy biomexanik: o‘q atrofida aylanish tana xolatini saqlash, lokomator harakatlar 
va joy o‘zgartiruvchi harakatlar haqida to`shuncha. 

Yüklə 192,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə