Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. Fan dasturi



Yüklə 192,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/21
tarix30.12.2023
ölçüsü192,35 Kb.
#164404
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Одам анатомияси

 


 
Mustaqil ta’limtashkil etishning shakli va mazmuni. 
 
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda 
quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: 

 
darslik va o‘quv qo‘llanmalarning boblari va mavzularini o‘rganish. Bunday 
tashkiliy shakl, odatda, birinchi kurs talabalari uchun tavsiya etiladi, chunki bu toifa 
talabalarda mustaqil tahsil olish tajribasi kam bo‘ladi. Bunday ish natijalari amaliy 
mashg‘ulotlarida, kollokviumlarda hamda referatlar, individual berilgan vazifalar bo‘yicha 
tekshiriladi. 

 
tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruza qismlarini o‘zlashtirish. Bunda o‘qituvchi 
asosiy materialning bayon qilinishiga alohida ahamiyat berishi lozim bo‘ladi. Tarqatma 
materiallar hajmi har bir ma’ruza uchun 5-8 sahifa bo‘lishiga erishish kerak. Bunday ish 
natijalari reyting nazoratining muvofiq bosqichlarida tekshiriladi. 

 
o‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashtrilgan tizimlari bilan ishlash. Bu usul 
ma’ruza mashg‘ulotlari hamda amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida 
qo‘llanilinishi mumkin. 

 
o‘z –o‘zini baxolash orqali bilimni uzluksiz nazorat qilish. Talaba maxsus formula 
yordamida o‘z bilimni o‘zi baxolaydi va maxsus nazorat daftariga qayd etib boradi. 

 
fanning boblari va mavzulari ustida ishlash.Bu maxsus va ilmiy adabiyotlar 
(monografiya, maqolalar) referatlar, kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlarini bajarish 
jarayonida amalga oshiriladi. Mustaqil tahsilning bu shakli barcha kurs talabalariga tavsiya 
etiladi. Uning natijalari ham reyting nazoratida aks etadi. 

 
fanlar bo‘yicha adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish, qo‘shimcha adabiyotlar ustida 
ishlash hamda ularni o‘rganish. Bu ish ham barcha semestrlarda amalga oshiriladi va 
reyting tizimida baholanadi. 

 
talabalarning ilmiy –tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq holda fanning muayyan 
boblari va mavzularini chuqur o‘rganish. Mustaqil ishning bu shakli barcha semestr 
talabalariga tavsiya etiladi. 

 
faol o‘qitish metodidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari. Talabalar tomonidan 
ta’lim, fan va texnologiyalarning dolzarb muammolari bo‘yicha tayyorlangan faol o‘qitish 
metodlarini (o‘yinli texnologiyalar, munozara, seminar va b.q.) qo‘llagan dars mashg‘ulotlari. 

 
avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash. Bu esa 
ma’ruza mashg‘ulotlari doirasida ham amaliy mashg‘ulotlariga tayyorgarlik doirasida ham 
olib boriladi. Mustaqil ta’limning bunday shakli axborot texnologiyalari keng qo‘llaniladigan 
OTM larida ham qo‘llash mumkin. 


Yüklə 192,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə