Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. Fan dasturi



Yüklə 192,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/21
tarix30.12.2023
ölçüsü192,35 Kb.
#164404
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Одам анатомияси

 
 


II - BO‘LIM 
Asosiy qism. 
Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni 
 
Kirish – Odam fiziologiyasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, metodlari va 
rivojlanish tarixi 
 
Odam fiziologiyasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari va tekshirish usullari. Tabiiyot 
fanlari sistemasida tutgan o‘rni. Pedagogika, psixologiya, gigiena, meditsina, biologiya
anatomiya, kimyo va jismoniy tarbiya fanlari uchun ahamiyati. Fiziologiyaning ob’ekti va 
tajriba o‘tkazish usullari. Fiziologiya fani tarixiga doir ma’lumotlar. Vatanimiz va xorij 
olimlarining fiziologiya fani rivojiga qo‘shgan hissalari. 
Fiziologiyaning asosiy qonuniyatlari va fiziologik to`shunchalari 
Organizm va tashqi muhit. Organizmning yashash sharoitiga moslanishi. Gomeostaz va uni 
saqlovchi vositalar. Moddalar va energiya almashinuvi. Assimilyasiya va dissimilyasiya. 
Fiziologik reaksiyalar: ta’sirlanish, ta’sirlovchilar va ularning turlari. Qo‘zg‘aluvchanlik va 
uning yuzaga kelishida hujayra membranasining ahamiyati. Reflektor reaksiyalar. 
Organizmning funksional sistemalari haqidagi ma’lumot. 
Qon sistemasi fiziologiyasi 
 
Organizmning muhiti haqida to`shuncha. Qon sistemasi, qonning miqdori va tarkibi. Qon 
hosil qiluvchi organlar va qon deposi. Qonning fiziologik vazifalari. Qonning yopishqoqligi va 
nisbiy zichligi. Qonning o‘rnini bosuvchi eritmalar.
Qon plazmasining tarkibi. Qonning shaklli elementlari: eritrotsitlar, leykotsitlar. Ularning 
tuzilishi, miqdori. Odamning jismoniy ishi, mehnati va tinch holatidagi gemoglabin miqdori. 
Eritrotsitlarning rezistentligi va gemolizi. Leykotsitlarning miqdori tuzilishi va funksiyasi. 
Agronulotsitlar va granullotsitlarning turlari. Leykotsitar formula. Trombotsitlarning miqdori, 
tuzilishi va funksiyasi, qon ivishidagi ahamiyati. Qonning ivishi.
Immunitet. Immunitet turlari. Qonning immunobiologik reaksiyasi. Eritrotsitlarning 
agglyutinatsiya reaksiyalari. Qon guruhlari. Qonning agglyutinnogenlari va agglyutininlari. 
Rezus-faktor to`shunchasi. Gemoliz.

Yüklə 192,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə