Odamlarni shaxslararo muomalaga o‘rgatish yo’llari Reja



Yüklə 58 Kb.
səhifə1/2
tarix11.12.2023
ölçüsü58 Kb.
#145098
  1   2
odamlarni shaxslararo


Odamlarni shaxslararo muomalaga o‘rgatish yo’llari
Reja:

1.Muomala tuzilishi va vazifalari.


2.Muomala ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarni amalga oshirish sifatida.
3Jamiyat rivojlanishida muomalaning roli.
4.Muomala tuzilishining mazmuni va shakli.
5.Muomala jarayonini asosiy tomonlari

Tayanch tushunchalar: Muloqotning perseptivligi,muloqatning kommunikativ tomoni,muloqatning interaktivligi



Xar qanday faoliyat odamlarning bir-birlari bilan til topishishni,bir-birlariga turli xil ma’lumotlar uzatishni,fikrlar almashinuvi kabi murakkab xamkorlikni talab kiladi.Shuning uchun xam xar bir shaxsning jamiyatda tutgan urni,ishlarining muvoffakiyati, obrusi uning mulokotga kirish kobilyati bilan bevosita boglik.
Shaxslararo mulokot jarayoni juda murakkabdir. B.F.Pariginning yozishicha, «mulokot shunchalik kup kirrali jarayonki, unga bir vaktning uzida kuyidagilar kiradi:

  • individlarning uzaro ta’sir jarayoni

  • Individlar urtasidagi axborot almashinuvi jarayoni

  • Bir shaxsning boshka bir shaxsga munosabati jarayoni

  • bir kishining boshkalarga ta’sir kursatish jarayoni.

  • bir-birlariga xamdardlik bildirish imkoniyati

  • shaxslarning bir-birlarini tushinish jarayoni

Mulokotning turli shakllari va boskichlari mavjud bulib,dastlabki boskich –odamning uz-uzi bilan mulokotidir. T. Shibutani «Ijtimoiy psixologiya» kitobida ( darsligida ) «Agar odam ozgina bulsa xam uzini anglasa, demak, uz-uziga kursatmalar bera oladi»,-deb tugri yozgan edi. Odamning uz-uzi bilan mulokoti aslida uning boshkalar bilan mulokotining xarakterini va xajmini belgilaydi. Agar odam uz-uzi bilan mulokot kilishni odat kilib olib, doimo jamiyatdan uzini chetga tortib, totinib yursa, demak, u boshkalar bilan , suxbatlashishda jiddiy kiyinchilikni boshidan kechiradi deyish mumkin. Demak, boshkalar bilan mulokot- mulokotning ikkinchi boskichidir. Uchinchi boskich avlodlar urtasidagi mulokot.Bu mulokot tufayli xar bir jamiyatning uz madaniyati, madaniy boyliklari, kadriyatlari mavjud buladiki, buning axamiyatini tushungan insoniyatning eng ilgor vakillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saklab keladilar xamda ta’lim-tarbiya va kundalik mulokot jarayonida uni avloddan-avlodga uzatadilar.Mulokot murakkab jarayondir. Uning tuzilishi kuyidagicha:
1. Mulokotning kommunikativ tomoni ― mulokotlarga kirishuvchilar urtasidagi ma’lumot almashinuvi jarayoni.
2. Mulokotning interaktiv tomoni ― mulokotga kirishuvchilarning xulk-atvoriga ta’siri.
3. Mulokotning perseptiv tomoni ― mulokotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok etishlari va tushunishlari bilan boglik bulgan murakkab psixologik jarayon.Xar kanday mulokot rasmiy yoki norasmiy buladi. Rasmiy mulokot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulk-atvoridan kelib chikadi. Masalan, raxbarning uz xodimlari bilan, professorning talaba bilan mulokoti. Norasmiy mulokot odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni usha suxbatdoshlarning fikr-uylari , niyat-maksadlari va emotsional munosabatlari bilan belgilanadi. M: dustlar suxbati, poyezdda uzok safarga chikkan yulovchilar suxbati, tanaffusda talabalarning sport, moda, shaxsiy munosabatlar borasidagi suxbati. Odamlarning asl tabiatiga mos bulgani uchun xam norasmiy mulokot doimo odamlarning xayotida kuprok vaktini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin bunday mulokotga xam kobiliyat kerak, ya’ni uning kanchalik sergapligi, ochik kungilligi, suxbatlashish yullarini bilish, til topishish kobiliyati, uzgalarni tushunish va boshka shaxsiy sifatlari kundalik mulokotning samarasiga bevosita ta’sir kursatadi. Shuning uchun xamma xam raxbar bula olmaydi, ayniksa, pedagogik ishga xamma xam kul uravermaydi, chunki buning uchun xam rasmiy, xam norasmiy mulokot texnikasidan xabardorlik talab etiladi.
Mulokot mavzui va yunalishiga ko‘ra:Ijtimoiy yunaltirilgan ( keng jamoatchilikka karatilgan va jamiyat manfaatlaridan kelib chikadigan).

  • Guruxdagi predmetga yunaltirilgan (mexnat, ta’lim jarayonidagi yoki biror topshirik bajarish jarayonidagi mulokot).

  • Shaxsiy mulokot (bir shaxsning boshka shaxs bilan uz muammolarini yechish maksadida urnatgan munosabatlari).

  • Pedagogik mulokot (pedagogik jarayonda ishtirok etuvchilar urtasida amalga oshiriladigan murakkab uzaro ta’sir jarayoni).

Xar bir mulokot turining uz konun-koidalari , ta’sir usullari va yul-yuriklari borki, ularni bilish xar bir kishining, ayniksa, odamlar bilan doimo mulokotda buladiganlarning burchidir.
Endi mulokotning xar bir tarkibiy kismi bilan aloxida tanishib chikamiz.
1. Mulokotning kommunikativ tomoni ― shaxslararo axborotlar, bilimlar goyalar, fikrlar almashinuvi. Bu jarayonning asosiy vositasi ―til. ( yozma-ogzaki, monologik-dialogik nutk) Diologik nutkning mazmuni, xarakteri, davomiyligi mulokotga kirishgan shaxslarning shaxsiy karashlariga, kizikishlariga, bir-birlariga bulgan munosabatlariga,maksadlariga bevosita boglik buladi. Ukituvchi-ukuvchi, siyosiy raxbarlarning, diplomatlarning,dugonalarning suxbati bir-biridan fark kiladi.Monologik nutk bir kishining boshka kishiga murojaati― fikrlarning mantikan tugal bulishi, grammatik konun-koidalarga rioya kilish kerak. Odamlarning mulokot jarayonida suzlardan tashkari turli xil xarakatlardan, kiliklardan, xolatlardan, kulgu, oxanglardan xam foydalanadilar. Mimika, kuz karashlar, tuxtashlar (pauza) ifodalari va xokazo. Buyuk rus yozuvchisi L.Tolstoy odamlarda 97 xil kulgu turi, 85 xil kuz karashlar turi borligini kuzatgan. Andreyevaning yozishicha, odam yuz ifodalari, nigoxlarining 2000 ga yakin kurinishlari bor.Bu noverbal mulokat vositalarining milliy va xududiy xususiyatlari bor. Masalan . uzbek xalkining mulokot jarayoni boy, uzaro munosabatlarning bevosita xarakteri unda shunday vositalarning kuprok ishlatilishi bilan boglik. Bolgarlar biror fikrni tasdiklamokli bulishsa, boshlarini chaykashadi, inkor etmokchi bulishsa, bosh siltashar ekan.
Noverbal mulokatda suxbatdoshlarning fazoviy joylashuvlari xam axamiyatga ega: Masalan, ayollar xissiyotga berilganligi uchun bir – birlari bilan yakin turib gaplashar ekanlar, erkaklar urtasida masofa bular ekan.
Ukuvchilarni partada orkama – ketin utkazgandan kura doira shaklida utkazilsa, ularda javobgarlik xissi yukorirok bular ekan, emotsiyalar almashgani uchun xam guruxdagi psixologik vaziyat ijobiy bulib, bolalarning predmetga va bir – birlariga munosabatlari ancha yaxshi bular ekan.
Demak ta’lim – tarbiya jarayonini tashkil etishda mulokotning barcha vositalariga, ayniksa, nutkka e’tibor berish kerak. Bolalarni ilk yoshlik choglaridanok nutk madaniyatiga urgatish, nutklarini ustirish choralarini kurish zarur. Pedagog xam nutk madaniyatiga ega bulishi kerak.
2. Mulokotning interaktiv tomoni – kishilarning birgalikdagi f aoliyatda bir – birlariga amaliy jixatdan ta’sir etishlari. Xamkorlikda ishlash, bir – birlariga yordam berish, bir – birlaridan urganish, xarakatlar muvofikligiga erishish kabi kator kobiliyatlarni namoyon kilish mumkin.
Odamlarning turli sharoitlarda uzlarini tutishlari xulk – atvorlarining boshkarilishi ma’lum psixologik konuniyatlarga boglikligini kurish mumkin. Bunga sabab jamiyatda kabul kilingan turli normalar , konun koidalardir. Chunki uzaro mulokot va uzaro ta’sir jarayonlarida shunday xatti – xarakatlar obrazlari kishilar ongiga singib tasavvurlar, xislatlar orkali boshka birovni tushunishga xarakat kilish, uzini boshka birov bilan solishtirish, masalan: 1 – martda uchrashuvga ketayotgan yigitning xolatini uning urtogi yoki akasi tushunishi mumkin.
Refleksiya – mulokot jarayonida suxbatdoshning pozitsiyasida turib, uzini tasavvur kilishdir, uziga birovning kuzi bilan karashga intilishdir. Masalan: guruxdoshingizdan biriga kuylagi yarashmaganini aytish mumkin, 2-chisiga aytsam kuyyapti deb uylaydi deysiz.
Stereotipizatsiya – odamlar ongida mulokotlar mobaynida shakllanib urnashib kolgan, kunikib kolingan obrazlardan shablon sifatida foydalanish, bunday stereotiplar ba’zan mulokotni tugri yunalishini ta’minlasa, ba’zan xatoliklarga sabab buladi. Masalan: kizlarning shim kiyib yurishi yoki velosiped minishi. Kupchilik bunday kizlarni odobsiz deb uylaydi, bu notugri, albatta.
Ba’zan kishini tashqi qiyofasidan uning xarakterini aniqlaydi. M: shunday tajriba o‘tkazilgan: talabalarga turli qiyofadagi kishilarning rasmi ko‘rsatilgan, ular iyagi katta kishilar kuchli irodaga ega, peshonasi keng odamlar-aqlli, sochi qattiq odam- qaysar , bo‘yi past odam- xokimiyatga intiluvchi, Chiroyli odam- o‘ziga bino qo‘ygan yoki nodon bo‘lishini aytilgan.Bular albatta, to‘g‘ri emas. Lekin kishilarning ongida avloddan avlodga o‘tib kelayotgan tasavvurlar shunday obrazlarni shakllantirgan. Natijada odam xakida tushunchaning shakllanishida u xaqida bo‘lgan ma’lumot katta rol o‘ynaydi.M: Bodalyova talabalarning 2 guruxiga 1 odam portretini ko‘rsatib, uni 1-guruxga –jinoyatchi, 1-gurux talabalariga esa olim deb tanishtirgan.1-guruxdagilar uning ko‘zlarini-yovuz, beshavqat desa 2-guruxdagilar uning ko‘zlarini-dono, muloyim deyishgan.
Odamlarning tashqi qiyofasi, kiyinishi, o‘zini tutishi, xissiy xolati, ovozi, qiliqlari, yurishi va x. k. ishlarining ichida odamning so‘z muloqat manba’i suxbatdoshiga eng ko‘p ma’lumot beradi.
Odamning bir -birlarini to‘g‘ri anglashlari idrok( asosiy bilish) sohasiga aloqador, bir-birlarini tushunishlari esa ularning tafakkur soxasiga aloqador, murakkab jarayondir. Boshqa odamni to‘g‘ri tushungan shaxs uning xissiy xolatiga kira olgan xissoblanadi.YA’ni unda empatiya- birovlarning xis kechinmalarini tushuna olish qobiliyati rivojlangan bo‘ladi.Yuksak ongli, madaniyatli, « ko‘pni ko‘rgan» shaxsgina boshqalarni to‘g‘ri tushunishi, ularning mavqeida tura olishi mumkin.
Psixoliklar turli muloqot vaziyatlariga duch keladilar va xar bir vaziyatda ulardan o‘tkir didlik, odob, kishilarning psixologiyasini bilgan xolda ularni to‘g‘ri tushunish malakasi talab qilinadi.Bo‘lg‘usi psixolog bu borada quyidagi qonuniyatlarni bilishi kerak
1.Birinchi ko‘rgan odam xaqida faqat birlamchi tasavvurgina bulishi mumkin.
2. Biror kishi xaqida berilgan malumotga asosan muayyan fikr xosil qilish oson, lekin uni o‘zgartirish qiyin.
3. Intellekt juda yuqori bo‘lsa xam, juda past bo‘lsa xam boshqa odamni tushunish qiyin.
4.Maxsus tayyorgarlik bo‘lishi kerak.Tajribada 5-kurs psixologlari bilan rassomlarni odamlarga bergan baxosi solishtirilgan, rassomlarni bergan baxosi aniqroq bo‘lib chiqqan.
-bitta odamning baxolash topshirig‘i berilganda og‘riqni boshdan kechirayotgan odamlar unda joxillik sifati bor deb baxolaganlar ,yaxshi xolatda bo‘lganlarida esa xuddi o‘sha odamni yaxshi sifatlarga ega deb aytganlar-demak, biror kishiga baxo berish- odamning emotsional holatiga xam bog‘liq ekan.
-shaxsning ochikligi-ya’ni ochiq, samimiy odamning bergan baxosi bilan tund, pismiq odamning baxolari o‘rtasida sifat jixatidan farq bo‘lishligi aniqlangan.
Xulosa, bo‘lg‘usi psixologlardan psixolik bilimdonlik talab etiladi.- buning ijtimoiy- psixolik treninglar yordamida amalga oshiriladi- odamlarda muloqat malakalari xosil qilinib,ular turli ijtimoiy sharoitlarda o‘zini to‘g‘ri tutishga odatlantiriladi. Boshqacha aytganda, trening muloqotga o‘rgatishdir.
Muloqotga o‘rgatish xozirgi zamon kishisining turli ishlab chikarish va muomala sharoitlarida to‘g‘ri moslashishga yordam beradi. Buning uchun maxsus tayyorarlik guruxlari yoki trening guruxlari tashkil etishni psixologlar taklif etishgan
G‘arbda shu maqsadda T-guruxlar tashkil qilinib, muloqot jarayonida qiyinchilik xis etayotgan kishilar taklif etilgan. Ijtimoiy pisixologik treningning asosiy usullari- guruxiy munozaralar, rolli o‘yinlar, psixolik sezgirlikni oshiruvchi treninglardir. Trening gurux a’zolari 7-15 kishigacha bo‘lib mashg‘ulotlar bir necha kundan bir necha oylargacha davom etadi.
Ijtimoiy psixologik treninglarga quyidagi metodik talablar qo‘yiladi:
1. Munozara yoki o‘yinlar jarayonida xar bir ishtirokchi vaziyatni yoki rolni faol o‘zlashtirib, har bir xolatdan o‘zi uchun xulosa chiqarishga olib kelish zarur.
2. T-guruxlarda muloqotning nutk shakllaridan tashqari, nutqsiz-noverbol shakllari xam keng qo‘llanishi, ya’ni xar bir ishtirokchi (o‘rganuvchi) xar bir xarakat, ritmning moxiyatini xam tushunib uni xayotda ishlatishga xam erishish zarur.
3. Har bir ishtirokchi kundalik yuritib, uni xar galgi mashg‘ulotlardan so‘ng o‘ziga xis kechinmalari, muommolarni yechishdagi shaxsiy ishtiroki, tasavvurlarini odilona yozib borishi muximdir.
4. T-guruxga qatnashish ixtiyoriy bo‘lganligi uchun, xar bir a’zo mashg‘ulotlarni qoldirmaslikka xarakat qilishi zarur,- chunki bu a’zolarning o‘zaro munosabatlariga, guruxning muxitiga bevosita ta’sir qiladi
- Mashg‘ulotlar maxsus xonalarda, shovqin surondan xoli yerda tashkil etilishi, shinam bo‘lishi kerak.
-Mashg‘ulot utkazuvchi trener- maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan, xushmuomala, did bilan kiyingan, o‘z kayfiyati yoki o‘yinga shaxsiy munosabat bilan mashg‘ulotlarning tabiiy kechishiga xalaqit bermasligi, sabr-toqatli, madaniyatli bo‘lishi zarur.
Mashg‘ulotlarni «yumaloq stol» yoki «to‘rtburchak» stol atrofida gilam ustida, ba’zan tik turgan xolda xam o‘tkazish mumkin.
Xozirgi davrda T-guruxlar raxbarlarni muloqotga tayyorlash, ma’sul shaxslarni qayta tayyorlash kurslarida, psixologlar davrasidagina o‘tkazilmoqda. Muloqotdagi bilimdonlik barcha mutaxassislarga zarur.
Amaliy psixolog xox maktabda bo‘lsin, xox sanoat korxonasida yoki boshqa o‘quv yurtida bo‘lmasin, maxalliy sharoitni chuqur o‘rgangan xolda, u yerdagi raxbariyat bilan kelishib, T-guruxlar tashkil etmogi va xam uzining, xam atrofdagilarning bilimdonligini oshirib bormog‘i zarur.
Fan amaliyotga-degan tamoyil bugungi kunda xar qachongidan xam dolzarb masalaga aylangan. Chunki yoshlarni mustaqil davlatimiz ma’naviy negizlarini teran anglashga o‘rgatish va ularni ma’rifatga chorlash jarayonida qator tadbiqiy vazifalarni amalga oshirishni taqazo etadi.
Ilm-fan taraqqiyotini uzoq davri shu bilan tavsiflanadiki, olimlar va tadqiqotchilar ko‘proq nazariy masalalarni xal qilish, umumiy qonun qoidalarni sharxlash, tushuntirish orqali jamiyat va insoniyat taraqqiyotini yoritishga o‘rganishlari ko‘p uchraydi. Bu koida pedagogika va psixologiya fanlariga xam tegishli.
Bugun biz uchun ijtimoiy taraqqiyot va inson tafakkuri rivojlanishini tezlatuvchi,.uning davr va kishilar xulqiga xamohang tarzda ketishini ta’minlab beruvchi tadbiqiy ishlar va ilmiy izlanishlar zarur. Mamlakatimizda ro‘y berayotgan tub ijtimoiy siyosiy isloxotlar shuni talab qilmoqda.
Xulosa
Dolzarb muammolardan biri- yoshlarda yangicha dunyoqarashni shakllantirish, ularni yangicha demokratik munosabatlarga ruxiy jixatdan tayyorlashdir. Ma’naviyat soxasidagi isloxotlar yoshlarda o‘z xalqining madaniyati, Vatanning o‘tmishi va buguni, milliy qadriyatlarga tug‘ri munosabatlarning shakllanishiga sabab bo‘ladi va bu- ziyoli, bilimdon kishilar uchun eng zarur fazilatdir.
Aks xolda, olam sir asrorlarini chuqur bilgan, qiziqishlari doirasida jiddiy izlanishlar olib borishga tayyor shaxs, agar u, bu bilimlarini avvalo o‘z xalqi, millati, yaqinlari manfatiga yo‘naltira olmasa va uning jamiyat taraqqiyotiga aloqasini tasavvur qila olmasa, ma’naviyati qashshoq, iqtidori esa samarasiz xudbin shaxs sifatida baxolanadi.


Yüklə 58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə