Ogahiy tarixiy asarlarida shahar tushunchasi bilan bog‘liq istilohlar abdulla O‘razboyev, Urganch davlat universiteti dotsenti, Xorazm Ma’mun akademiyasi grant rahbari, filologiya fanlari doktori



Yüklə 37,67 Kb.
səhifə1/3
tarix11.10.2023
ölçüsü37,67 Kb.
#126739
  1   2   3
Низомиддинга Аблулладан


OGAHIY TARIXIY ASARLARIDA SHAHAR TUSHUNCHASI BILAN BOG‘LIQ ISTILOHLAR


Abdulla O‘razboyev,
Urganch davlat universiteti dotsenti,
Xorazm Ma’mun akademiyasi grant rahbari,
filologiya fanlari doktori

“Riyozu-d-davla” Muhammad Rizo Erniyozbek oʻgʻli Ogahiy qalamiga mansub tarixiy asarlar silsilasidagi birinchi mustaqil kitobi boʻlib, asarning bu qadar betakror va benazirligi unga keyinchalik “voqe’ot-u futuhot ta’lifi va tarix tasnifi...” “mavrusiy xizmat va qadimiy hirfat”1 boʻlib qolishiga zamin hozirladi.


Xiva xonligining Allohqulixon davridagi (1825 ‒ 1842-y.y.) eng muhim, tabiiyki, u bilan bogʻliq holda atrof mamlakatlar hayotiga oid ayrim voqealarni qamrab olgan bu asarni muarrix 1844-yilda Muhammad Ya’qub mehtarning homiyligida yozgan. Asarda davrning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy ahvoli, xonlik va qoʻshni hududlarda yashovchi turli etnik birliklar munosabati, harbiy safarlar, diplomatik munosabatlar bayoni, ma’rifiy masalalar, ayrim siyosiy arboblar, mashhur shoir, adib, faqihlar zikri, hududlarning tabiati, koʻplab mavze va manzillar tavsifi kabilar mavjud.
Masalan, Ogahiy asarda oʻsha paytda 33 yoshida boʻlgan “Ost-Hindiston” kompaniyasi josusi Abbotning Xivaga kelishi haqida shunday yozadi: “Ma’lumi xotiri ashraf boʻlsunkim, chun hamul yil zulqa’da oyining oʻn beshida Hindustondin Haybat sohib otligʻ inglis elchisi kelib ostonboʻsliqgʻa musharraf boʻldi”2.
Bu toʻgʻrida Muhammad Yusuf Bayoniyning “Shajarayi xorazmshohiy” asarida mufassal ma’lumotlar keltirilgan3.
Ogahiyning mazkur asari boshqa solnomalari qatori oʻz davridan beri muxlis va tadqiqotchilar e’tiborini jalb etib keladi. Jumladan, oʻtgan asrning boshlaridayoq Miyon Buzruk Ogahiy tarixiy asarlari xususida maqola e’lon qilgan1. A.K.Borovkov esa “Материалы по истории туркмен и Туркмении. II.” (– S. 427-475)da “Извлечения из “Рияз ад-давла”ni e’lon qilgan.
“Riyozu-d-davla”ning tarixiy asar sifatida tadqiqi amalga oshirilgan monografik ish O.Mutalov tomonidan bajarilgan2. Olim qayd etganidek, Xiva xonligi tarixnavisligining yirik tadqiqotchisi Y.Bregel fikricha, Xiva xonligi boʻyicha yaratilgan koʻplab asarlar Munis va Ogahiy qoʻlyozmalaridan foydalanilmagani uchun ilmiy jihatdan mukammal tadqiqotlar qatoriga kirmaydi3.
Asarning ayrim jihatlari lingvistik tadqiqi A.Oʻrozboyev ishlarida kuzatiladi4. Ushbu muhtasham yodnoma hali adabiy, falsafiy jihatdan oʻz tadqiqotchilarini kutmoqda.
Asarning tili, badiyati va boshqa jihatlari xususida koʻp gapirish mumkin. Biz quyida asardan olingan bir kichik parcha misolida fikrimizni muxtasar ifodalashga harakat qilamiz.
Oʻzbek adabiyotshunosligida Shermuhammad Munis va Muhammad Rizo Ogahiy tarixiy asarlari adabiy turi va janri masalasiga oid bir necha qarashlar mavjud. Hatto ularni tarixiy asar emas, tarix asari, ya’ni tarix bayon qilingan asar deb nomlash toʻgʻri boʻladi (S.Ashirboyev), degan fikrlar oʻrtaga tashlanmoqda. Mulohazalarning hech biri Ogahiy (“Firdavsu-l-iqbol”ning katta qismi Munisga tegishli ekani ma’lumligi bois alohida ta’kidga hojat yoʻq) qalamiga mansub asarlarga beriladigan baho, olingan va olinadigan xulosa, ma’lumot va hokazolarga hech qanday ta’siri yoʻq boʻlgani sababli bir qadar besamardek tuyulsa ham, ilmiy haqiqat nuqtayi nazaridan masalaga oydinlik kiritish zarurati bor. Shuning uchun N.Shodmonov “Shohidu-l-iqbol”ga yozgan soʻzboshining katta qismini asar adabiy turi va janri masalasiga bagʻishlab, bu borada bildirilgan fikrlarni umumlashtirilib tahlil qilgan1. Muallif tomonidan bildirilgan mulohazalar, chiqarilgan xulosalar Ogahiyning barcha tarixiy asarlariga tegishli, deb hisoblash toʻgʻri boʻladi.
Ogahiy tarixiy asarlari, jumladan, “Riyozu-d-davla”da shaharlar tarixi, madaniy meroslari, obidalariga aloqador ma’lumotlar majmu’i hamdir. Masalan, xonning Rafanikdagi hovlisi ta’rifida o‘qiymiz: “Chun ul hazrat Rafanik qariyasi hududidakim, holo hamul mavze’ diyori Xivaq zayyanallohu bi-l-adli va-n-nasaqning toza bino topgʻan shahrining ichida qolibdur, bir raboti oliy bino qildurub erdikim, asosi istehkomi “kaʼannahum bunyānun marśūśun”2 ta’rizigʻa sodiq va bogʻi bemisole barpo etdurub erdikim, aning sahni bahjatiltizomi “Irama žāti-l-‘imādi-llatī lam yuxlaq mišluhā fi-l-bilādi”3 tavsifi muvofiq erdi. Fazoyilmaob, kamolotintisob Muhammad Qilichbekkim, hamul zamonning zabardast shuarosidin erdi, ul havliy binosigʻa bu ta’rixni aytibdur.
Ta’rix:
Shohi olampanoh-u dinparvar
Kard barpo imorate chu Eram.
Soli ta’rixi in bino Rojih
“Qasri jannatnishon” namud raqam.

Yüklə 37,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə