Ogahiy tarixiy asarlarida shahar tushunchasi bilan bog‘liq istilohlar abdulla O‘razboyev, Urganch davlat universiteti dotsenti, Xorazm Ma’mun akademiyasi grant rahbari, filologiya fanlari doktori



Yüklə 37,67 Kb.
səhifə2/3
tarix11.10.2023
ölçüsü37,67 Kb.
#126739
1   2   3
Низомиддинга Аблулладан

Ta’rixning tarjimasi:
“Olampanoh-u dinparvar shoh Eram kabi bir imorat yaratdi. Rojih bu binoning ta’rixini “Qasri jannatnishon” – “Jannatday koʻrinishli qasr”deb yozib qoʻydi”.

Rojih beki mazkurning taxallusidur.


Ta’rix:
Havliyi farxundafol-u xushbino,
Sar basar rohatfizo-u pursafo.
Barcha devori chekib gardungʻa bosh,
Mehr yuzin zarrasi aylab xarosh.
Jumla burji charxi a’lodin,
Kungiri avji Surayyodin.
Har taraf anda qusuri dilkusho,
Bogʻi jannat qasri yangligʻ xushhavo.
Ollida topib bino dahlizlar,
Nashoh-u davlat bila labrezlar.
Toqi ayvoni bagʻoyat dilpazir,
Keldi adno shamsasi mehri munir.
Keldi ayvonlar sutuni bemisol,
Sidayi Tubo kabi farxundafol.
Har sutun toshi topib andoq safo,
Kim boʻlub oyinayi getiynamo.
Sahni ahm boshdir oyoq margʻub oʻlub,
Sar-basar fayz-u safo birla toʻlub.
Bogʻi jannat bogʻidek orosta,
Himmat ahli koʻnglidek pirosta.
Zeb ila topmish bino devor anga,
Aql ustodi boʻlub me’mor anga.
Changali andoqki, sahfa jadvali,
Qaysi jadvalkim ul oʻlgʻay zarhaliy.
Davrida shamshod-u ar’ar saf tuzub,
Barcha ra’noliq rusumin koʻrguzub.
Behisob anda daraxti mevavor,
Necha turluk meva aylab oshkor.
Sahnida gullar ochilgʻan rang-barang,
Gul uza sunbul sochilgʻan tang-batang.
Bulbul-u qumri boʻlub dastonsaro,
Bir-birisidin fuzun tortib navo.
Salsabiloso oqib joʻ har taraf,
Bogʻ sahnigʻa qoʻyub roʻ har taraf.
Havzlar har sori yuz tazyin topib,
Kavsaroso zeb ila oyin topib.
Suv alarda shirayi jondin chuchuk,
Har ne yoʻq andin chuchuk, andin chuchuk.
Vasfigʻa yuz agar cheksam raqam,
Mingidin birni qila olmon raqam1.
Hamul yil Xivaq shahri ichra Muhammad Amin inoqning madrasikim, choʻbin erdi, ayyom mururi va avom uburi jihatidin koʻhna boʻlub erkan, binosigʻa xalal yetib erdi, ul hazrat vaziri a’zam Muhammad Yusuf mehtarga buyurub, koʻhna imoratin yiqturub, yangidin tosh bila bino qildurdikim, bagʻoyat xushbino va dilkusho-u pursafodur2.
Ogahiy tarixiy asarlarida qo‘llanilgan istilohlar tahlili ham shahar tarixiga oid ayrim muhim ma’lumotlar taqdim qila oladi. Jumladan, hokim حاکم istilohi viloyat, ma’muriy hudud hokimi3 (masalan, “Ul yerda Marv viloyatining hokimi...”; “hokimi odil hukmi bila qilg‘an amallari jazosig‘a mubtalo...”, shuningdek, mamlakat hukmdori (“...chun Buxoro hokimining ul noloyiq atvori ul hazratniig zamiri futuvzatosoriga muvofiq tushmay...”; “Buxoro hokimi Abulfayzxon va Hakim atoliq Elbarsxon va Eshmuhammadbiydin istimdod qildi” ma’nolaridan tashqari qal’a, shahar yoki qo‘rg‘on hokimi4 ma’nosida ham ishlatilgan: “Va lekin Hasanali mirzokim, Mashhad shahrining hokimi farmonravosi erdi...” (RD, 260b); “Mashhadi muqaddas hokimi Ollohyorxonkim, Osafu-d-davlag‘a ishtihor topmishdur, Eron dorulmulkining podshohi Muhammadshoh tarafidin nayobatan jam’i Xuroson viloyatining hokimi hukmronidir,..” (JVS, 48a); “Daragaz qo‘rg‘onining hokimi oliyshoni Beklarxon...” (RD, 261b)
Shahriyorشهریار so‘zi ham mumtoz adiblarimiz tilida “podshoh” ma’nosida ishlatilgan1. Ogahiy tarixiy asarlarida mazkur so‘z ko‘p hollarda xonning sinonimi sifatida keladi: “Xorazm mamolikining shahriyori sohib ixtiyori...; “shahriyori Iskandarshavkat...”(RD, 264a) Ogahiyda ushbu so‘z ko‘p hollarda monarx ma’nosida emas, ko‘chma ma’noda badiiy vosita sifatida ishlatilgan. Masalan, “...oftobi olamtob shahriyori xovar sangaridin harakat ko‘rguzub,..” (RD, 274a) Parchadagi shahriyori Xovar – “quyosh” ma’nosidagi parafrazadir. “Riyoz ud-davla”dagi bir o‘rinda ushbu so‘zning xonga emas, uning inisi Rahmonquliga nisbatan ishlatilgani shahriyor so‘zining Munis va Ogahiy asarlari tilida “xon xonadonining baland mavqega ega a’zosi”, “boshliq, sardor” tarzida ma’nosi kengayganidan darak beradi:
To‘raxon shahriyori mulku davlat,
Ki, uldur bu zamon ichra Sikandar. (RD, 256a)
Ogahiy tarixiy asarlarida shahriyor so‘zi podshoh, xon ma’nosida ishlatilgan o‘rinlar ham uchraydi. M.Mu’inning fikricha, bu so‘z eroniy tillarning janubi-g‘arbiy guruhiga mansub shathr (shahar) so‘zi bilan o‘zakdoshdir. Haqiqatan ham, shoh va shahar so‘zlari o‘rtasida mantiqiy bog‘liqlik seziladi. Buni qadimiy manbalar, fors tilining qadimgi davrlaridagi shakl va ma’no taraqqiyoti hamda ushbu so‘zning turli eroniy tillarga qiyosi ham ko‘rsatadi. Shahr شهر pahlaviyda shahr (mulk, viloyat), shathr (jahon, olam) qadimiy xshahr o‘zagidan. “Avesto”da bu so‘z xshathua shaklida uchraydi. O‘rta fors tilida shahr. Qadimgi hind tilidagi kshatra (shahar) so‘zi xshi – shohlik qilmoq, farmon bermoq, qudratli bo‘lmoq o‘zagidan hosil bo‘lgan. Hozirgi eroniy tillarda mazkur so‘z bir-biriga yaqin shakllarda qo‘llanadi. Jumladan, islakiy (gilon), farizandiy, yarniy, notanziy tillarida shâhr, simnoniyda shahr, surxaida shar, shahmirzodiyda shar, dizfuliyda shaar va hokazo1.
Shuni ta’kidlash lozimki, mumtoz adiblarimiz tilida shahr shaklida ikkita so‘z mavjud. Biri mazkur forsiy shahr. Ikkinchisi oy (mesyats) ma’nosida shahr شهر bo‘lib, arab tilidan o‘zlashgan va shahuraشهر – yorimoq, porlamoq fe’li asosida paydo bo‘lgan hamda “shuhrat”, “mashhur” kabi so‘zlar bilan o‘zakdosh hisoblanadi2. O‘zbek mumtoz adiblari tilida ham monarx mazmunida shoh so‘zi bilan bir qatorda shahriyor so‘zi ham keng qo‘llanilgan. Shahriyor pahlaviy tilida shahrdar, “Avesto”da xshathodara, Behistun yodnomalarida shathrdaran shaklida uchraydi3. Shahrdor so‘zi shahr (mamlakat, shahar) va -dor (doshtan – ega bo‘lmoq fe’lining hozirgi zamon negizi) birikuvidan tashkil topgan va keyinchalik shahriyor shaklini olgan. Ogahiy tarixiy asarlarida shahriyor so‘zi podshoh, xon ma’nosida ishlatilgan o‘rinlar ham uchraydi. Masalan, Ogahiy “Riyoz ud-davla”da xonning kemada Amudaryo bo‘ylab sayr qilishini quyidagicha ta’riflaydi:

Yüklə 37,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə