O`G`il bolalar kiyimlari uchunh fason va gazlama tanlash, andaza tayyorlash, andazaga fason chiziqlarini kiritish, andazani gazlamaga joylashtirish, bichish va tikish, texnologik xaritas yaratish



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə7/12
tarix05.04.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#104267
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
9-ta mavzu texnologiyadan

Kamar tutkichga ishlov berish
Kamar tutkich - bu shim belbog’idagi asosiy bo’lak ùisoblanadi.
Kamar tutkich asosan 2 ta bo’lakdan iborat bûlib, asos va astar bo’laklaridir. Kûpincha ûrta qalinlikdagi matolardan shim tikilganda kamar tutkich bitta asos matodan bûylama ip yûnalishi bûyicha bichib olinadi va ag’darma chok yoki maxsus buklagich mashina yordamida buklab tikiladi.
Modelga kûra belbog’g’a kamar tutkich bûlsa, uni shim yuqori bel qismiga ulash paytida belbog’ tagiga kamar tutkichni pastki qirqimiga qûyib, ularni belbog’ ulaydigan chokra perpendikulyar joylab tikiladi. Kamar tutkichning yuqori qirqimini ichkariga bukib, kamar ûtishiga soliqi ùosil qilib, bukilgan ziyidan 1-2 mm oraliqda bostirib tikiladi. Kamar tutkich modelga qarab shim beliga qarab joylashtiriladi.

SUYUQ TAOMLAR TAYYORLASH JARAYONINI TEXNOLOGIYASI
REJA:
1.Xushho’r suyuq taomlar tayyorlash uchun zarur hom ashyo maxsulotlari tanlash va ishlov berish.
2.Yo’riqnomali xarita asosida Borj taomini tayyorlash.
3.Taomlarni tayyorlashda aniqlangan kamchiliklarni ko’rsatish
Umumiy ovqatlanish korxonalarini hozirgi zamon taiabida rivojlantirish uchun; oziq-ovqat sanoati tarmoqlari bilan kooperatsiyalash asosida mahsulotni yangi sanoat texnologiyasi asosida ishlab chiqarishni joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini yarim tayyor yoki tayyor mahsulot tayyorlovchi yirik korxonaga aylantirish, ularni mahsulotlar bilan markazlashtirilgan usulda ta ’minlashga o‘tkazish lozim. Bular o ‘z navbatida tarm oq xodim larining ish unum dorligi oshishiga, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining yaxshilanishiga, xomashyodan unumli va sifatli foydalanishga, ko‘p mehnat talab etuvchi ish jarayonlarini mexanizatsiyalashga imkon beradi. Umumiy ovqatlanishning xalq xo'jaligi uchun ahamiyati katta. Taomlarni umumiy ovqatlanish korxonalarida tayyorlash, kulinariya yarim fabrikatlarini joriy etish juda ko‘p m ehnat va vaqtni tejaydi, insonni xalq xo‘jaligida va ijtimoiysiyosiy sohalarda ishlash uchun bo'shatib olishga imkon beradi, xotin-qizlami ro‘zg‘ordagi unumsiz ishlardan ozod qiladi. Yaxshi tashkil etilgan, ilmiy-gigiyenik asosda yo'Iga qo'yilgan um um iy ovqatlanish mehnatkashlar keng ommasi uchun foydali bo'lib, sanoatda va qishloq xo'jaligida mehnat unumdorligini oshirishga yordam beradi. Mamlakatimizda umumiy ovqatlanishni yaxshilash va rivojiantirishga qaratilgan hukum atim izning qator qarorlari xalqimizga qilinayotgan g'amxo'rlikni ko'rsatuvchi dalillardan biridir. U m um iy ovqatlanish korxonalarida ishlab chiqarilgan m ahsulot sifati, kishilaming sog'lom va mehnatga qobiliyatli bo'lishlari ko'pincha pazandalam ing malakasiga, ularning taom tayyorlash texnolo-giyasini va zamonaviy texnika vositalarini qanchaUk yaxshi egallaganliklariga bog'liqdir. Taom tayyorlash texnologiyasi — pazandachilikda ko'pchilik xo'randalarga mo'ljallab taom tayyorlash uchun mahsulotlarga mexanik va issiqlik ishlovini berishning oqilona sirlarini o'rgatadi. Bu texnologiya xalq urf-odatlariga, usta pazandalam ing ish tajribalariga, fan-texnika yutuqlariga tayangan holda ish tutadi. Hozirgi zamon umumiy ovqatlanish korxonalarida pazandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish murakkab texnologik jarayon bo'lib, bu jarayon taom tayyor bo'lgunga qadar mahsulotlarga ishlov berish bilan bog'liq bo'lgan ketm a-ket bosqichlardan iboratdir. Taom deb, bir yoki bir necha tur mahsulotga pazandachilik ishlovi berish, bezash va porsiyalab iste’molga tayyor holga keltirish holatiga aytiladi. Pazandachilik mahsulotlari deb, oziq-ovqat mahsuloti yoki bir necha xil mahsulotlarga pazandachilik ishlovi berilib, iste’molga tayyor holatiga yetkazilgan, bunda biroz qo'shim cha ishlov berish, isitish, porsiyalarga taqsimlash, bezashni talab qiladigan holatga aytiladi. Umumiy ovqatlanish korxonalari ish jarayonlarini tashkil qilish usuliga qarab: tayyor va qayta tayyorlanadigan mahsulotlar bilan ishlovchichi korxonalar, yarim tayyor mahsulotlar bilan ishlovchi korxonalarga bo'linadi. Mahsulot — taom tayyoriash uchun ishlatiladigan manba hisoblanadi; yarim tayyor mahsulot — iste’mol uchun tayyor bo'lm agan, lekin bir yoki bir necha pazandachilik ishlovi jarayonidan o'tgan, am mo bevosita iste’mol qilish mumkin bo'lm agan, taom tayyor bo'lishi uchun yana ishlov berilishi kerak bo'lgan mahsulot ko'rinishidir. Yarim tayyor mahsulotlarning tayyoriigi ularga berilgan ishlov usuliga qarab turii darajada bo'lishi mumkin. Yuqori darajadagi yarim tayyor mahsulotlar deb, qisman yoki to'liq mexanik yoki issiq yoxud kimyoviy ishlov berilgan, shuningdek, yarim tayyor mahsulotlarning bir nechta xilini qo'hib, ulardan yengil texnologik ishlov berish bilan olinadigan taom yoki pazandachilik mahsulotlariga aytiladi. Mahsulot ishlovchi korxonalar mahsulotlami oz muddatda saqlashni tashkil etish uchun moslashtirilgan omborxonalarga, mahsulotlarga (go'sht, baliq, sabzavot) mexanik ishlov beriladigan tayyoriov sexlariga, shuningdek, issiq, sovuq va qandolat mahsulotlari ishlab chiqaradigan sexlarga ega bo'lishi kerak
Suyakli, go‘sht-suyakli, go‘sht va qo‘ziqorinli, bulonlardan xar xil mahsulot qo‘shib sho‘rvalar pishiriladi. Baliq bulonida kartoshkali sho‘rvalar, rassolnik, solyanka, щi tayyorlaniladi. To‘ldirgichli sho‘rvalar tayyorlash uchun yormani saralab, suvini bir necha marta almashtirib ivitiladi. Suli yormasini yuvilgandan so‘ng qaynab to‘rgan suvga solinadi va chala tayyor bo‘lguncha pishiriladi. Qaynab chiqqan suvni to‘kib tashlab, yormani alohida yuvib olinadi. Chunki suv bemaza ta’m berishi mumkin. Dukkaklilarni saralab, yuvib, suvga solinadi (2-3 l suvga, 1 kg) loviya va moshni 5-8, no‘xatni 3 - 4 soatga ivitib qo‘yiladi. Keyin o‘sha suvda tuz qo‘shmasdan qopqog‘i yopiq xolda pishiriladi. Makaronni tozalab olib, qaynab to‘rgan suvga solinadi. Makaron 30 - 40 daqiqa, lapsha 20 - 25 daqiqa, vermishel 10-15 daqiqa pishiriladi.
To‘ldirgichli ovqatlar uchun tomat pyuresini qovurib olinadi.
Borshlar (karam sho‘rva). Dog‘langan yog‘da lo‘nda-lo‘nda qilib to‘g‘ralgan go‘sht va piyoz qizarguncha qovuriladi. So‘ngra qozonga to‘g‘ralgan pomidor yoki tomat pastasi solinib 10 daqiqacha qovurilgach, somon shaklida to‘g‘ralgan sabzi, qizilcha va parrak - parrak qilib to‘g‘ralgan kartoshka solinadi. Barcha masalliq yaxshilab qovurilgandan so‘ng qozonga 3 l suv, qalampir, tuz, dafna yaprog‘i, mayda to‘g‘ralgan karam solib 35 - 40 daqiqa davomida qaynatiladi.
Makaron mahsulotlaridan, lapshadan, yorma va dukkaklilardan tayyorlanadigan taomlar. Bu turdagi taomlar uchun makaron, rojki, vermishel sanoat yoki uy lapshasi, xar xil yormalar va dukkaklilarni ishlatsa bo‘ladi. Taomlar suyakli, go‘sht-suyakli bulonlarda tayyorlaniladi. Mol, qo‘y, parranda go‘shtlari, go‘sht konservalaridan, quritilgan qo‘ziqorinlardan tayyorlaniladi. Makaron mahsulotlaridan sho‘rvalar tayyorlash uchun sabzi, piyoz, oq ildiz, somoncha yoki kubik shaklida, dukkakli va yormali taomlar uchun esa kubik shaklida to‘g‘raladi. Sabzi va piyozni jazlanadi. Makaron mahsulotlari ayniksa vermishel pishirish jarayonida yumshab ketadi. Shuning uchun, 30-40 daqiqada tarqatib bo‘lish xisobi bilan, kam miqdorda tayyorlash kerak.
Tiniq sho‘rvalar tiniq bulon va garnirlardan tayyorlaniladi. Bulonlar tiniq sho‘rvalar uchun tindirish natijasida va ozuqaviy bulonlarni ekstraktiv moddalar bilan to‘yintirish yo‘li bilan olinadi. Tindirish uchun go‘sht, parranda suyaklari, tuxum oqi ishlatiladi. Garnir sifatida tiniq bulonlar uchun xar xil sabzavotlar, go‘sht, parranda, baliq, tuxum, yormadan tayyorlangan mahsulotlar ishlatiladi. Portsiyali idishga solinayotganda garnir qo‘shiladi va bulon qo‘yiladi. Tiniq bulonlarni kosalarda dasturxonga tortiladi.
Suyuq taom turlari. Sho‘rva turlari. Mastava, noxot sho‘rva moshxo‘rdi tayyorlash qoidalari va ishlatiladigan xom-ashyolar.
Chuchvara
Kerakli masalliqlar:
Qiyma go‘sht - 300 g.
Un - 500 gr.
Piyoz - 5-6 dona.
Kartoshka - 2-3 dona.
Tuxum - 2 dona.
Tayyor bulon (Galina blanka yoki
Rollton) - 1 p
Tuz
Ziravorlar
Tayyorlanishi:
1 kosa suvda 1 osh qoshiq tuz eritiladi. Tayyor eritma unga solinadi va 2 ta tuxum qo‘shib, xamir qoriladi. Xamir yaxshilab mushtlab, tindirib qo‘yiladi.
Qozonga suv solinib gazga qo‘yiladi. Suv qaynab chiqqach, 2-3 dona mayda to‘g‘ralgan piyoz va kartoshkalar solinadi.Endi qiyma tayyorlaymiz. Buning uchun tayyor qiyma go‘shtiga qolgan piyozlarni mayda to‘g‘rab, z
iravorlar bilan tuz-namagini to‘g‘rilaymi



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə