Xodimlarni mukofatlash tamoyili. Reja: «Mehnatni tashkil etish va boshqarish» fanining obyekti va predmeti



Yüklə 97,63 Kb.
səhifə1/3
tarix29.11.2023
ölçüsü97,63 Kb.
#141050
  1   2   3
husni akas222




Xodimlarni mukofatlash tamoyili.
Reja:


1.«Mehnatni tashkil etish va boshqarish» fanining obyekti
va predmeti

2.«mehnatni tashkil etish va boshqarish»
fanining predmeti, mazmuni va vazifasi

3. Mehnatni tashkil etishning mazmuni va vazifalari

Ijtimoiy mehnat munosabatlarini amalga oshirishda mehnat omillaridan oqilona va samarali foydalanish hozirgi zamon iqtisodiy taraqqiyotining muhim sharti bo‘lib, mehnatni tashkil etish va boshqarish har qanday faoliyatning doimiy ravishda amal qiluvchi omilidir. Har qanday zamon hamda inson faoliyati olib borilayotgan barcha sohalarda texnika va texnologiyalar bilan qurollanish darajasi bilan barobar ravishda yaxshi tashkil etilgan mehnat yuqori natijalarga erishishni ta'minlab kelgan.


Har qanday jamiyat taraqqiyoti, qaysi sohada bo‘lishidan qat'iy nazar, yetuk va barkamol mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan siyosat bilan o‘lchanadi hamda unga shu nuqtai nazardan tegishli baho beriladi. Kelajakda yuqori marralarni egallashni oldinga maqsad qilgan O‘zbekiston birinchi navbatda, iqtisodiyoti kundan-kunga yuksalib, xalqaro maydonda munosib va salmoqli o‘rin egallab bormoqda. Masalaga shu nuqtai nazardan yondashgan holda mamlakatimizning har bir oliy ta'lim muassasasida mehnat munosabatlari sohasida iqtisodchi malakasiga (kasbiga) ega bo‘layotgan har bir bitiruvchi, o‘qish davomida o‘ta yuksak maqsadlarni ko‘zlab, xalq va Vatan manfaatlarini, talablarini o‘ylab, o‘quv rejasida ko‘rsatilgan barcha fanlardan mukammal bilimga ega bo‘lmoqdalar.
Iqtisodchilar tayyorlashdagi shunday iqtisodiy fanlardan biri «Mehnatni tashkil etish va boshqarish» fanidir. Bugungi kunda nafaqat ishning o‘zini, balki uning ko‘zini biladigan yetuk mutaxassislar - o‘zlari tanlagan sohaning mohir ustalari bo‘lgan yosh avlodni jahon andozalariga mos ravishda tayyorlash zamon talabidir. «Mehnatni tashkil etish va boshqarish» fani talabalarning mehnatni tashkil etish, mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi, ish vaqti sarflari, ularni rejalashtirish, mehnatni normalash usul va uslublari bilan bog‘liq bo‘lgan ham nazariy, ham amaliy bilim saviyalarini yanada oshirishga qaratilgan. Shuningdek, iqtisodiy islohotlar sharoitida har bir korxona va tashkilotda xodimlar mehnat faoliyatining eng samarali bo‘lishini ta'minlovchi shart-sharoit yaratish maqsadida mehnatni atroflicha o‘rganish, takomillashtirish va har tomonlama asoslangan mehnat normalarini belgilashning nazariyasi va amaliyotini ishlab chiqish hamda ish vaqtidan samarali foydalanish asosida mehnat unumdorligini o‘stirish imkoniyatlarini qidirib topish muhim ahamiyatga egaligicha qolmoqda.
E'tiboringizga havola qilinayotgan ushbu o‘quv qo‘llanmada «Mehnatni tashkil etish va boshqarish» fani bilan bog‘liq bo‘lgan qator amaliy va nazariy masalalarning mohiyati ochib berilgan, fanning predmeti va mazmuni, mehnatni tashkil etish va uning shakllari, taqsimoti, kooperatsiyasi, ish joylarini tashkil etish, ixtisoslashtirish, rejalashtirish, mehnatning usul va uslublarini takomillashtirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, mehnat intizomi, uni mustahkamlash yo'llari, ishlab chiqarish jarayoni, ish vaqti sarfining turkumlanishi, uni kuzatish uslublari va mehnat normalari kabi ijtimoiy muammolar keng yoritilgan. Ba'zi masalalarni O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy rivojlanish davridagi o‘ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olgan holda va xorijiy davlatlar iqtisodiyoti bilan taqqoslash orqali bayon etishga harakat qilingan.
O‘quv qo‘llanmada bayon qilingan ma'lumotlar talabalarga mehnatni tashkil etish, uni boshqarishning asosiy nazariy qoidalari hamda usul va uslublarini egallashga ko‘maklashadi, bo‘lajak iqtisodchilar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sohalaridagi faoliyatida ulardan ijodiy foydadanishlariga imkon beradi.
«Mehnatni tashkil etish va boshqarish» fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanmadan oliy o‘quv yurtlarida iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar bilan bir qatorda, shu soha muammolari bo‘yicha izlanishlar olib borayotgan ilmiy xodimlar va amaliyotchilar hamda professor-o‘qituvchilar ham foydalanishlari mumk
1.«Mehnatni tashkil etish va boshqarish» fanining obyekti
va predmeti

Ma'lumki, ishlab chiqarish jarayoni - bu, avvalo, mehnat jarayonidan iborat bo‘lib, u kishi mehnati, mehnat predmeti va mehnat vositalarini o‘z ichiga oladi. Mehnat _ kishilarning ma'lum bir maqsadga qaratilgan ongli faoliyati bo‘lib, bu faoliyat natijasida ular tabiatdagi mavjud narsalarni o‘zgartirish, o‘z ehtiyojlariga moslashtirish orqali moddiy ne'matlar va madaniy boyliklar yaratadilar. Mehnatning shu tariqa ifoda topgan mohiyati har qanday kishilik jamiyatida ham ishlab chiqarshning asosiy sharti bo‘lib qolaveradi. Chunki, mehnatsiz moddiy ne'matlar yaratilishi, ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonining bo‘lishi mumkin emas.
Kishi mehnati yo‘naltirilgan tabiatdagi barcha narsalar mehnat predmeti, deyiladi. Kishilar o‘z mehnat predmetiga qanday vositalar bilan ta'sir ko‘rsatsalar, ana shunga mehnat vositalari, deyiladi. Mehnat vositalari orasida mehnat qurollari muhim rol o‘ynaydi. Mehnat predmeti bilan mehnat vositalari birgalikda ishlab chiqarish vositalarini tashkil qiladi. Ammo ishlab chiqarish vositalari har qancha zamonaviy, rivojlangan, takomillashgan bo‘lsa-da, hatto jahon standartlari talablariga to‘la javob bersa-da, o‘z holicha harakatga kelmaydi. Ular faqat ishchi kuchi, ya'ni insoning mehnat qobiliyati bilan birlashgandan so‘nggina harakatga keladi, mehnat jarayoni amalga oshadi, moddiy ne'matlar ishlab chiqariladi yoki ma'lum xizmatlar ko‘rsatiladi. Demak, mehnat jaryoni, ya'ni moddiy ne'matlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida kishilarning bevosita mehnati muhim rol o‘ynaydi.
Shu sababli mehnatni oqilona tashkil etish va boshqarish, uni maqsadga muvofiq sarflash, bekordan-bekor isrof bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik va shular asosida ishlab chiqarishning, xizmat ko‘rsatishning samaradorligini oshirish bozor iqtisodiyotining hozirgi sharoitidagi muhim va dolzarb muammolardan biridir.
Odatda, mehnat ikki xilga, ya'ni jonli mehnatga va o‘tmishdagi mehnat (buyumlashgan mehnat)ga bo‘linadi. Mehnatni tashkil etish va boshqarishning obyekti jonli mehnat hisoblanadi. Shunday ekan, bu fan jonli mehnat masalalari bilan shug‘ullanadi.
Jonli mehnat fiziologik jarayon bo‘lib, bunda kishilar jismoniy va
aqliy energiya sarflaydilar. Aqliy energiya sarfi bilan jismoniy energiya
5
sarfining turli nisbatda bo‘lishi esa mehnatning mazmuniga hal qiluvchi ta'sir ko‘rsatadi.



Yüklə 97,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə