Xodimlarni mukofatlash tamoyili. Reja: «Mehnatni tashkil etish va boshqarish» fanining obyekti va predmeti


Mehnatni tashkil etishning mazmuni va vazifalari



Yüklə 97,63 Kb.
səhifə3/3
tarix29.11.2023
ölçüsü97,63 Kb.
#141050
1   2   3
husni akas222

3.Mehnatni tashkil etishning mazmuni va vazifalari
Ijtimoiy va xususiy sektorlardagi ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish korxonalarida mehnatni tashkil etish uchun bir qancha vazifalarning har birini bir vaqtning o‘zida va bir-biriga bog‘liq holda kompleks hal etish lozim. Iqtisodiy vazifalar provardida ish vaqtini tejash bo‘lib chiqadi. Lekin bu yo‘nalishda eng yuqori darajalarga erishish uchun sog‘lom mehnat sharoiti va natijalaridan manfaatdorlikni ta'minlash zarur bo‘ladi. Shu munosabat bilan bozor iqtisodiyotining hozirgi sharoitida korxonalarda mehnatni tashkil etishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Iqtisodiy vazifalar. Bularga mehnat samaradorligini barcha chora va tadbirlar bilan oshirish, mehnat va moddiy resurslardan eng unumli foydalanish, mahsulot ishlab chiqarish, ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmini oshirish va sifatini yaxshilash kabilar kiradi.

  2. Sanitariya-gigiena va psixo-fiziologik vazifalar. Bularga xodimlarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish, texnika xavfsizligini ta'minlash, butun ish vaqti davomida normal ishlash qobiliyatini ta'min etish maqsadida har jihatdan (kompleks ravishda) ularning ijtimoiy tuzilishi, jinsini va yoshini yetarli darajada hisobga olib, yaxshilab borishlar kiradi.

  3. Ijtimoiy vazifalar. Bularga xodimlarni har tomonlama va garmonik rivojlantirish, mehnatning mazmundorligi, yoqimliligi, uni bajarish bosqich va tartiblarining oddiyligiga erishish, ijodiyligini, ijrochilarning ijodiy tashabbuskorligini rivojlantirish, mehnatni eng zarur hayotiy ehtiyojga aylantirib borish kabilar kiradi.

  4. Tashkiliy vazifalar. Bularga ish joyini tashkil etishning sohalar, mutaxassislar va kasblar bo‘yicha namunaviy loyihalarini ishlab chiqish hamda uchastka va sexlarda xizmat ko‘rsatishning namunaviy loyihalarini joriy qilish doirasini kengaytirish, mehnatni tashkil etishga doir masalalarni bir-biridan ajratmagan holda hal etish kabilar kiradi.

Odatda, mehnatni tashkil etish ishlari bir qancha yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladi. Ulardan asosiylari quyidagilardir:

  1. Korxonalarda texnika, texnologiya, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni tashkil etish jarayonlarining rivojlanishi, xodimlarning madaniy-texnika darajasi o‘sib borishi munosabati bilan mehnat taqsimoti va kooperatsiyalashtirishni takomillashtirish. Bu vazifalarni hal etish eng avvalo, ijrochilarni joy-joyiga qo‘yishni va ularning ish vaqtidan samarali foydalanishini ta'minlovchi eng muvofiq yo‘llarni belgilashni, ko‘p jihozda va ko‘p agregatda xizmat ko‘rsatish hamda kasblar o‘rindoshligining eng samarali shakllarini tanlashni, ishlab 8

chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jamoasidagi har bir a'zoning vazifalarini, huquq va burchlarini aniq va to‘g‘ri belgilashni ko‘zda tutadi.

  1. Xodimlarning ish joylarini tashkil etish, ularga xizmat ko‘rsatishni doimo takomillashtiib borish, xodimni antropometrik asbob- uskunalar (odam gavdasining ayrim qismlari hamda xarakteriga, estetik idrokiga mos asbob-uskunalar) bilan ta'minlash, ish joylariga ish vaqtining behuda sarflanishiga barham beradigan, hech bo‘lmasa kamaytiradigan eng samarali xizmat ko‘rsatish tizimlarini joriy qilish.

  2. Mehnat jarayonlarini takomillashtirish, mehnatning usul va uslublarini joriy qilish. Bu ishga xodimlarning yuqori mehnat unumdorligini ta'min etuvchi eng ratsional mehnat jarayonini loyihalash va joriy qilish, shuningdek, mehnatning ilg‘or usullarini o‘rganish, tanlash va amaliyotga joriy etish yo‘li bilan erishiladi.

  3. Xodimlarni tanlash, tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish ishlarini yaxshilash, ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan ta'lim shaklari va uslublarini tanlash.

  4. Mehnatni normalashni takomillashtirish, uning ilmiy darajasini yuksaltirish, joriy qilish sohalarini kengaytirish, ilmiy jihatdan asoslangan mehnat normalari va normativlarining salmog‘ini oshirish.

  5. Og‘ir, sermehnat ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini mexanizatsiyalashni tezlashtirish hisobiga mehnat sharoitini barcha choralar bilan yaxshilash, ishlovchilar uchun zarur sanitariya-gigiena sharoitini yaratish, mehnat va dam olishning qulay tartiblarini qo‘llash, ishlab chiqarish muhitini estetik (funksional muzikadan foydalanishni ham nazarda tutib) jihatdan o‘zgartirish.

  6. Kishilarning o‘zaro eng qulay mehnat aloqalarini qaror toptirish, mehnat va ishlab chiqarish intizomini mustahkamlash, xodimlarning mehnatda ijodiy faoliyatini rivojlantirish.

Mehnatni tashkil etish va normalashni takomillashtirish ishlari fiziologlar va psihologlarning ishtiroki bilan ular bergan tavsiyalar asosida olib borilishi kerak.
Yuqorida qayd etganimizdek, mehnat fiziologik jarayon bo‘lib, bunda odam jismoniy va aqliy energiya sarflaydi. Aqliy energiya sarfi bilan jismoniy energiya sarfining turli nisbatda bo‘lishi esa, mehnatning mazmuniga hal qiluvchi ta'sir ko‘rsatadi.
Mehnat jarayonining tarkibiy qismlari (usullari, harakatlari, qimirlashlari)ning murakkabligi va xilma-xilligi, bu qismlarning bajarilish tartibini mustaqil tanlash, hisoblash, rejalashtirish va 9
muvofiqlashtirish imkoniyatlari mehnatning mazmuniga muhim o‘zgarishlar kiritadi.
Har bir jamiyatda mehnatning mazmuni, intellektualligi fan- texnika inqilobi ta'sirida uzluksiz kengayib va ortib boradi. Ishlab chiqarishning, xizmat ko‘rsatishning, avtomatlashtirish, boshqarish va nazorat qilishning avtomatik vositalarini joriy etish jismoniy mehnatning, ayniqsa, og‘ir jismoniy mehnatning ulushini kamaytiradi, ishlovchi xodimning yuqori ma'lumotli bo‘lishini talab etadi, mehnatni tobora ijodiy mehnatga aylantira boradi. Mehnat har bir kishining hayotiy ehtiyojiga aylanishi uchun obyektiv shart-sharoit shu tariqa asta- sekin rivojlana boradi.
«Mehnatni tashkil qilish va boshqarish» fanining asosiy maqsadlaridan biri odamning ish qobilyatidan to‘la foydalanilgan va uni saqlagan holda ish vaqtini tejash, yuksak mehnat samaradorligini ta'minlashdir.
Ish qobilyati, deganda odamning o‘z salomatligiga shikast yetkazmay, miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini pasaytirmagan holda konkret ishni bajara olish imkoniyatini uzoq vaqt saqlashi tushuniladi.
Odamning ish qobiliyati bir qancha fanlar tekshirib, o‘rganayotgan ko‘p murakkab omillarga bog‘liq. «Mehnat fiziologiyasi va psihologiyasi», «Mehnat sanitariyasi va gigienasi», «Ergonomika», «Muhandislik psihologiyasi», «Ishlab chiqarish estetikasi», «Mehnat sotsiologiyasi» ana shunday fanlar jumlasidandir.
«Mehnat fiziologiyasi» mehnat faoliyatining inson organizmiga ta'sirini tadqiq qiladi hamda uning yuqori mehnat qobiliyatini uzoq vaqt saqlashga qaratilgan tavsiyalar beradi.
Mikro va makroiqtisodiyot sohalaridagi korxonalar tez taraqqiy qilishi bilan bunyodga kelgan mehnatni tashkil qilishning yangi shakllari, mexanizatsiyalashtirilgan va qisman avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning hozirgi darajasiga moslashtirlgan holda mehnat jarayonining fizik mohiyatini chuqur o‘rganishni talab qiladi. Mehnatni normalashda bu jarayon mexanizmlar harakati ularga xizmat ko‘rsatuvchi xodimning fiziologik xususiyatlariga va imkoniyatlariga moslashtirilishini taqozo etadi.
«Mehnat psihologiyasi» kishida ruhiy xususiyatlarning shaklanish qonuniyatlarini: uning ehtiyojlari, odatlari, ko‘nikmalari, qobiliyati, temperamenti, xarakteri, xotirasi, tafakkuri, xato harakatlarning oldini olish, ratsionalizatorlik va ixtirochilik qobiliyati va h.k. xususiyatlarini aniqlaydi.
Mehnat psihologiyasi ta'limoti ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarida kishilarning o‘zaro munosabatlarini va bu
munosabatlarning mehnat unumdorligiga, ishlab chiqarilgan
mahsulotning, ko‘rsatilgan xizmatning sifatiga ta'sirini tadqiq qiladi.
«Mehnat sanitariyasi va gigienasi» fani odam ish qobiliyatini va salomatligini saqlashga yordam beradigan tashqi muhit sharoitini aniqlab beradi. Bunda mikroiqlim parametrlari (havo harakati, uning namligi, bosimi, tezligi), ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish binolarining yorug‘ligi, shovqini, vibratsiyasi, changligi, gazlanganligi nazarda tutiladi.
«Ergonomika» nihoyatda qulay mehnat sharoitlarini yaratish uchun odam ishlatadigan mehnat qurollarini uning o‘ziga moslab berish maqsadida «odam_mashina» tizimini tadqiq qiladi. «Ergonomika» mehnat fiziologiyasi va psihologiyasi, antropologiyasi, texnika fanlari erishgan yutuqlardan keng foydalanadi.
«Muhandislik psihologiyasi» avtomatlashtirilgan boshqarish
tizimlariga xizmat ko‘rsatishda juda katta axborot oqimini qabul qilish va qayta ishlash natijasida inson organizmida sodir bo‘ladigan psihologik o‘zgarishlarni tadqiq qiladi. Vazifa operator uchun tez va to‘g‘ri qarorga kelishni osonlashtirishdan iborat. «Muhandislik psihologiyasi»ning tavsiyalaridan «Ergonomika»da, masalan, boshqaruv pultlarini loyihalash, ularni ratsional joylashtirish va hokazolarda foydalaniladi.
«Ishlab chiqarish estetikasi» buyumlar, jihozlar, asboblar kishi organizmining xususiyatlariga mos bo‘lishiga erishish uchun ularni badiiy konstruksiyalash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi, korxona xonalarini estetik bezash normalarini aniqlaydi.
«Mehnat sotsiologiyasi» mehnat taraqqiyoti va mehnat inson uchun birinchi hayotiy ehtiyojga aylanishining eng umumiy qonunlarini o‘rganadi. U aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat o‘rtasidagi, sanoat mehnat bilan qishloq xo‘jaligi mehnati o‘rtasidagi ziddiyatni yo‘qotishning tub yo‘nalishlarini ishlab chiqadi. «Mehnat sotsiologiyasi»ning korxonadagi amaliy vazifalari mehnat taqsimoti chegaralarini topish, bir yo‘la bir necha kasbda ishlash, mehnat jamoalarini tuzish, mehnat jamoasida, sexda, brigadada qulay «psihologik iqlim» yaratish va uni saqlash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Ma'lumki, mehnatni tashkil etish («tashkilot») tushunchasining kelib chiqishi lotincha “organizo”dan olinib, shaklni ma'lum qilaman degan so‘zlar bilan bog‘liqdir. Bu bilan tashkil etish, ayni vaqtda o‘zida funksional va nazariy jihatlardan muayyan maqsadga erishish yoki muayyan vazifani tashkil qilish tizimni yaratish va takomillashtirish sohasida ongli faoliyatning jarayoni va natijasidir. Inson faoliyatining barcha sohalarida tashkil etishning roli ana shundan iborat bo‘lib, bu hol tashkil etishga tadqiqot va ishlanmalar predmeti sifatida e'tiborni jalb etadi.
Tashkil etish nazariyasi va amaliyotini mammolarni ishlab chiqishning ilmiy yo‘nalishlari orasida prakseologiya (yunoncha amaliyot yoki harakat va o‘rganish, ma'nolarini anglatuvchi so‘zlardan) samarali amaliy faoliyat tamoiyillari va usullari haqidagi fan muhim o‘rin egallaydi.
«Tashkil etish» tushunchasi uni tadbiq etish obyektiga ko‘ra aniqlanadi. Odatda mehnatni ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etish bir-biridan farqlashni taqozo etiladi. Bunda ko‘p hollarda mehnatni tashkil etish mehnat jarayonining, ishlab chiqarishni tashkil etishning o‘zi esa, boshqarishning funkiyasi deb tushuniladi. Bu tushunchalarni farqlash korxonalarda mutaxasislar tayyorlash sohasida qaror topgan amaliyot va tegishli xizmatlarni ajratish bilan bog‘liqdir. Amaliyotda esa mehnatni tashkil etish bilan birgalikda olib borilgan taqdirdagina mehnat samarali bo‘lishi mumkin.
Asosiy e'tiborni odamlarga qaratish korxona manfaatlarini kamsitish deb tushunilmaydi, chunki faqat odmlargina korxona muvaffaqiyatini ta'minlay oladilar. Buni uchun ular barcha kerakli narsalar bilan ta'min etilgan bo‘lishlari lozim.
Shunday qilib, umumiy kategoriya tushunchasi sifatidagi tashkil etishni mehnat, shlab chiqarish va boshqarishni tashkil etishga ajratishga an'anviy yondashuv eskirib qolgan bo‘lib, tushunchalarning real mazmuni va mohiyati haqidagi hozirgi tassavvurlarga to‘g‘ri kelmaydi. Bu tushunchalar mehnat faoliyatiga (shu jumladan ishlab chiqarish va boshqaruv faoliyatiga) ma'lum darajada taalluqli bo‘lganligi sababli, bu yerda gap aynan mehnat faoliyatini tashkil etish haqida, aniqrog‘i, inson ijodkorligining alohida turi bo‘lgan tashkilotchilik faoliyati haqida, bu ijodkorlik natijasi, inson faoliyatining (shu jumladan, tashkilotchilik faoliyatlaridagi) innovatsiya, ta'minot, ishlab chiqarish, boshqarish, 12
tijorat, xo‘jalik, iqtisodiy, ijtimoiy, axbrot tizimlari va boshqa tizimlar haqida borishi mumkin.
«Mehnatni tashkil etish» atamasidan ayrim korxonaga tatbiqan foydalanilganda uni keng va tor ma'noda talqin etish mumkin. Keng ma'noda mehnat, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etish bilan bog‘liq masalalarning barchasini anglatadi. Mazkur tushunchani shunday talqin qilish tarafdorlari korxonada mehnat faoliyatini tashkil etishga uni yaxlit bir butun deb yondashadilar. Boshqa mualliflarning fikricha, «mehnatni tashkil etish» tushunchasining mazmunini bunday anglash tegishli hodisaning ijtimoiy ahamiyati nuqtai nazaridan to‘g‘ri bo‘lsa-da, korxonalarda ishlab chiqarish jarayonida jonli mehnatning mavjudligi uchun uni to‘liq va atroflicha o‘rganishni qiyinlashtiradi.
Tor ma'noda mehnatni tashkil etish deganda jonli mehnatni tashkil etish, mehnatni taqsimlash va kooperatsiyalash, ish joylarini tashkil etish, mehnat usullari, sharoitlari va dam olish tartiblarini oqilonalashtirish, mehnatni me'yorlash, xodimlarni tayyorlash va malakalarini oshirish, moddiy pag‘batlantirish, mehnat intizomini mustahkamlash kabi bir qator amaliy tadbirlar majmuasi tushuniladi.
Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, samarali mehnat faoliyatini tashkil etish (mehnat predmeti va vositalarining mavjudligini taqazo etadi): mehnat sharoitlarini tashkil qilish (texnologik va ekologik omillarini taqozo etadi); mehnat munosabatlarini tashkil etish (xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarni shakllantirishni talab etadi); mehnatga haq to‘lashni tashkil etish, mehnatni o‘lchash, normalash hamda mehnat sarfini uning sifatiga qarab baho berishni taqazo etadi. Bu muammolarning yechilishi mustaqil ahamiyatga ega bo‘lishdan tashqari, mehnat faoliyatini tashkil etishning ajralmas funksiyasi sifatida ham qaraladi.Ishlab chiqarish munosabatlarida mehnat faoliyatini tashkil qilish masalasi eng asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Ishlab chiqarish munosabatlarida ishchi kuchi va mehnat qurollari, mehnat predmetlari orasidagi o‘zaro bog‘liqlik yuzaga keladi. O‘zaro bog‘liqlik va ta'sir, mehnat faoliyatini qay holatda tashkil etilganligi natijasidir. Mehnat faoliyatini tashkil etish, bir tomondan uning asoslarini (huquqiy, ma'naviy- psihologik, iqtisodiy, ijgimoiy) yuzaga kelishi, ikkinchi tomondan mehnat faoliyati mexanizmini shakllantirilishini taqozo etadi.Huquqiy asoslar — ishlab chiqarish munosabatlaridagi mehnat faoliyatini tashkil qilishga xizmat qiladigan huquqiy mezonlar (fuqarolik, ma'muriy, egalik huquqlari, korxona ishlab chiqarish bilan bog‘liq huquqiy hujjatlar).
Ma'naviy-psihologik asoslar — bu mehnat faoliyatini tashkil qilishda ishlab chiqarish munosabatlarida tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar va ularni shakllanish jarayoni bilan yuzaga keladi (bunda yollanma ishlovchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat, rahbar yoki korxona egasi bilan yollanma ishlovchi o‘rtasidagi munosabat yoki jamoa o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar).
Iqtisodiy asoslar esa, mehnat faoliyatini tashkil qilishning asosini tashkil etadi. Bunda mehnat faoliyatini tashkil qilish mezonlari, ya'ni shaxsning moddiy manfaatdorligi, bu yerda mehnat faoliyatidan qoniqish darajasi ko‘zda tutiladi.
Ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarida, mehnat faoliyatining mazmuni — har bir shaxsning professional malaka darajasi, ishbilarmonlik va tadbirkorlik qobiliyati va boshqalar tashkil etadi.
Hozirgi sharoitda kishilar faoliyatining mehnatdagi buyumlashgan elementlar bilan o‘zaro aloqasini o‘rnatibgina qolmay, o‘zaro hamkorlikdagi faoliyat qatnashchilari bo‘lgan «inson-texnika» o‘rtasida mehnat munosabatlarini shakllantirish, jonli mehnat samaradorligini oshirish kabi muammolarni yechish zarur bo‘lmoqda. Xodimlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta'minlashning korxona ish faoliyati tizimidagi o‘rni va xodimlar faoliyatini tashkiliy ta'minlashning tarkibiy qismlari 1.1-rasmda ko‘rsatib berilgan.
Shunday qilib mehnatni tashkil qilishning tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:

  1. Mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi. Korxona miqyosida mehnat taqsimoti amalga oshirilib, uning kooperatsiyasi puxta o‘ylab ko‘rilgandan keyin korxona ichida mehnatni chuqur taqsimlash va kooperatsiyalashni amalga oshirish - alohida uchastkalar, xodimlar o‘rtasida mehnatni taqsimlash, xodimlarni joy-joyiga qo‘yish, ular faoliyatining o‘zaro bog‘lanishi va sinxronizatsiyasini ta'minlash imkonini beradi.

  2. Mehnat jarayonlarini tashkil etish. Mehnat faoliyatini tashkiliy jihatdan ta'minlash mehnat jarayonlarini tashkil etish, ya'ni aniq ish turini bajarishda qo‘llaniladigan usullarni belgilab olishni nazarda tutadi. Mehnat jarayonlarini o‘rganib chiqish va uni amalga oshirishga qancha ish vaqti sarflanishi zarurligini aniqlash eng yaxshi ish usullarini tanlash, ish joylarini oqilona taqsimlash imkonini beradi.

  3. Mehnatni me'yorlash. Mehnat me'yorini belgilamasdan turib, xodimlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta'minlab bo‘lmaydi. Mehnatni me'yorlash xodimlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta'minlashning turli variantlarini baholash vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Har qanday tashkiliy o‘zgarish ish vaqti sarflariga ma'lum darajada ta'sir etishi tufayli mehnatni me'yorlash ushbu o‘zgarishlarni miqdoran baholab, eng oqilona variantni tanlash imkonini beradi.




  1. Ish joylarini tashkil etish. Mehnat jarayoni ma'lum vaqt va makonda amalga oshiriladi. Ish joyi mehnatni makoniy qo‘llash obyekti bo‘ladi. Ish joyi ishlab chiqarish jarayonining birlamchi bo‘g‘ini va tashkiliy-texnikaviy negizidir. Aynan unda ushbu jarayon uch asosiy elementining birlashishi ro‘y beradi va uning bosh maqsadi - mehnat buyumining moddiy jihatdan o‘zgartirilishiga erishiladi. Shu sababli ishlab chiqarish topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun har bir ish joyi aniq ishning tabiatiga ko‘ra muayyan tarzda tashkil qilingan bo‘lishi.

  2. Mehnat sharoitlari. Mehnat sharoitlarini yaratish xodimlar faoliyatini ma'naviy va moddiy jihatdan ta'minlashning ajralmas qismi bo‘ladi. Mehnat sharoitlari insonning salomatligi va ish qobiliyatiga katta ta'sir ko‘rsatadigan muhim omildir. Mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishning qiziqarliligini oshirib, mehnatga ijodiy munosabatda bo‘lishiga ko‘maklashib, katta ijtimoiy vazifani ham bajaradi.

  3. Mehnat va dam olish tartiblari. Bir qator mualliflar mehnat va dam olish tartiblarini takomillashtirish masalalarini mehnat sharoitlarini oqilonalashtirishning yagona muammosi doirasida ko‘rib chiqadilar. Biz bunday yondashuvga e'tiroz qilmaymiz, lekin ushbu masalalar ma'lum xususiyatlarga ega ekanligi va nisbatan mustaqilligi tufayli ularni xodimlarning faoliyatini tashkiliy jihatdan ta'minlashning alohida elementi deb qarash maqsadga muvofiqdir.

  4. Xodimlarni tanlash, tayyorlash va malakasini oshirish. Tashkiliy vazifalarni hal qilishda xodimlarni tayyorlash va ularning faollik darajasini oshirish katta ahamiyatga ega. Bozor munosabatlarini rivojlantirish xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirishga yondashishni tubdan o‘zgartiradi. YAngi sharoitlarda xodimlar bilan ishlash sohasida vaziyatga moslashuvchanlik zarur, ya'ni kasbiy tuzilma ishlab chiqarishning texnikaviy negizi o‘zgarib borishiga muvofiq ravishda o‘zgaruvchan bo‘lishi lozim.

  5. Mehnatni rag‘batlantirish. Mehnatni moddiy va ma'naviy rag‘batlantirish tizimini yaratish ish haqi, lavozim maoshi turlari va tizimlaridan foydalanish, mukofotlash tizimlarini ishlab chiqish kabilarni nazarda tutadi. Mehnatni rag‘batlantirishni tashkil etish mehnat faoliyatida yuksak ko‘rsatkichlarga erishish maqsadida ish vaqtidan oqilona foydalanish, ilg‘or ish usullarini o‘zlashtirish, ish joylarini yaxshiroq tashkil etish, ishda zaruriy aniqlik va uyushqoqlikni ta'minlashga qaratilishi lozim.

  6. Ijtimoiy-mehnat munosabatlari. Hozirgi vaqtda «ijtimoiy-mehnat munosabatlari» atamasi ilmiy iste'molga kirib qoldi va faol ravishda ishlatilmoqda. U nomlayotgan realliklarni tarkibiy element sifatida xodimlarning mehnat faoliyatini tashkiliy jihatdan ta'minlashga kiritish o‘rinlidir.





Yüklə 97,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə